1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.12.00 Ayrim toifadagi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogiron bolalarni uyida oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 5-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2435]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 587-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogiron bolalarni uyida oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-yanvar,
5-SP-son
Xalq taʼlimi vaziri T. SHIRINOV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-yanvar,
3-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-yanvar,
10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligining 2013-yil 28-yanvardagi 5-SP, 3, 10-son qaroriga ILOVA
Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogiron bolalarni uyida oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 52-son, 587-modda) muvofiq uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlariga, shuningdek nogiron bolalarni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra uyda yakka tartibda oʻqitiladigan bolalarni (bundan buyon matnda – bolalar deb yuritiladi) uyida oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
I bob. Kompensatsiya miqdori
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.03.00 Uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
1. Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda bolalarni uyida oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga oylik yoʻl kompensatsiyasi miqdori eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida belgilanadi.
II bob. Kompensatsiyani tayinlash
2. Kompensatsiya:
oʻzgalar yordamiga muhtoj yolgʻiz fuqarolarga uyida xizmat koʻrsatish bilan band boʻlgan tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining ijtimoiy xodimlariga (bundan buyon matnda – ijtimoiy xodimlar deb yuritiladi);
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
bolalarni uyida oʻqitadigan barcha turdagi umumtaʼlim maktablari, shu jumladan maktab-internatlarining oʻqituvchilariga (bundan buyon matnda – maktab oʻqituvchilari deb yuritiladi) tayinlanadi.
3. Kompensatsiyani tayinlash:
ijtimoiy xodimlarga – ish vaqti oylik meʼyorining amalda ishlangan vaqtidan kelib chiqib;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.12.00 Ayrim toifadagi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar]
maktab oʻqituvchilariga – maktabdan oʻqitilayotgan oʻquvchining yashash joyigacha kamida 1,5 kilometr masofa boʻlganda uyda oʻqitilayotgan bir nafar oʻquvchi uchun eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
Bir nafar uyda oʻqitilayotganga biriktirilgan bir nechta oʻqituvchilarga kompensatsiya ularning har oyda amalda oʻtkazadigan oʻquv soatlari ulushidan kelib chiqqan holda uyda oʻqitilayotganlarning oʻquv rejasidagi oʻquv soatlarining umumiy miqdoriga mutanosib ravishda belgilanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
Bunda, har bir ijtimoiy xodim yoki maktab oʻqituvchisi uchun kompensatsiyaning umumiy miqdori eng kam oylik ish haqining 100 foizidan oshmasligi lozim.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
4. Uyda oʻqitiladigan bolalar roʻyxati, shuningdek ularning maktabga biriktirilishi xalq taʼlimi muassasalarini metodik taʼminlash va faoliyatini tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda, uyda oʻqitiladigan bolalar faqat ularning yashash joyi mikrouchastkasidagi maktablarga biriktiriladi.
5. Kompensatsiyani tayinlashga:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
ijtimoiy xodimlar uchun – tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktorining ijtimoiy xodimga yolgʻiz fuqarolarni biriktirish toʻgʻrisidagi buyrugʻi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
maktab oʻqituvchilari uchun – maktab direktorining buyrugʻi asos boʻladi.
III bob. Kompensatsiyani toʻlash
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.14.00 Kafolatlar va kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish]
6. Kompensatsiyani toʻlash oʻtgan oy uchun oyning ikkinchi yarmi oylik ish haqini toʻlash bilan bir vaqtda, alohida toʻlov qaydnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.29.00 Taʼtillar / 05.02.29.06 Ijtimoiy va boshqa taʼtillar]
7. Ijtimoiy xodimlar va maktab oʻqituvchilari taʼtilda, shuningdek vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz boʻlgan davr uchun kompensatsiya toʻlanmaydi.
IV bob. Yakuniy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 171-moddasi ikkinchi qismi 8-bandiga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 52 (I)-son) ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan kompensatsiya miqdori chegarasida ijtimoiy xodimlar va maktab oʻqituvchilarining daromadi sifatida qaralmaydi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolar sugʻurta badallari solinmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
9. Kompensatsiyani toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
10. Kompensatsiyaning toʻgʻri tayinlanishi va toʻlanishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning joylardagi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 10-son, 132-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)