toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish va deklaratsiyalashni huquqiy tartibga solish toʻgʻrisida”gi Davlat bojxona qoʻmitasi buyrugʻiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 14-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3-5]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y.,29-son, 328-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 1993-yil 23-dekabrdagi 162-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish va deklaratsiyalashni huquqiy tartibga solish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3, 1993-yil 14-oktabr), ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 22-yanvar,
01-02/20-6-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 7-son, 91-modda)