1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Ayrim budjet tashkilotlari xodimlari baʼzi toifalarining lavozim razryadlarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son qarorini bajarish yuzasidan, malakali kadrlarning oʻrnashib qolishi va ular qoʻnimsizligining oldini olish, shuningdek ayrim budjet tashkilotlarining buxgalterlari, iqtisodchilari va yuriskonsultlari (yuristlari)ning moddiy manfaatdorligini oshirish va masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ayrim budjet tashkilotlarining buxgalterlari, iqtisodchilari va yuriskonsultlari (yuristlari) mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim razryadlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2013-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
2. Budjet tashkilotlari rahbarlariga buxgalterlar, iqtisodchilar va yuriskonsultlar (yuristlar)ga ushbu lavozimlarda ishlashning uzluksiz stajidan, shuningdek yuklangan funksional vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishidan kelib chiqib mehnatga haq toʻlash fondi doirasida lavozim maoshining (tarif stavkasining) 10 foizigacha miqdorida ustama belgilash huquqi berilsin.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi budjet tashkilotlariga buxgalterlar, iqtisodchilar va yuriskonsultlar (yuristlar)ga ustamalar belgilash boʻyicha tavsiyalarni yetkazsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
3. Belgilansinki, buxgalterlar, iqtisodchilar va yuriskonsultlar (yuristlar)ga mehnatga haq toʻlash boʻyicha yangi lavozim razryadlari va lavozim maoshining (tarif stavkasining) 10 foizigacha miqdorda ustama joriy etish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar 2013-yilda tegishli budjet tashkilotlarining mehnatga haq toʻlash fondi boʻyicha umumiy tejam hisobiga amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2014-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining har yilgi parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 7-fevral,
33-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-fevraldagi 33-son qaroriga ILOVA
Ayrim budjet tashkilotlarining buxgalterlari, iqtisodchilari va yuriskonsultlari (yuristlari) mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim razryadlari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan muassasalarning bosh buxgalterlariga (bosh buxgalter huquqi bilan ishlovchi buxgalterlarga) mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va manfaatdor idoraning qoʻshma qarori bilan belgilanadi.
3. Ushbu lavozim razryadlari ular uchun tarif razryadlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining boshqa qarorlari yoki ularni bajarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va manfaatdor idoraning qabul qilingan qoʻshma qarorlari bilan belgilangan mutaxassislarga — buxgalterlar, iqtisodchilar, yuriskonsultlar (yuristlar)ga tatbiq etilmaydi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 71-modda; 2017-y., 18-son, 323-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)