

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="UNOFFIAL"><label id="s17882"></label><div name="-5630474" id="-5630474">Norasmiy tarjima</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2120023" id="-2120023">Patent protsedurasi maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponentlashning xalqaro eʼtirof etilishi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2120026" id="-2120026">Budapesht Shartnomasi</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-2120028" id="-2120028">1977-yil 28-aprel, Budapesht</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-2120029" id="-2120029">Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Shartnomaga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustdagi 277-II-sonli “Patent tartiboti maqsadlari uchun mikroorganizmlarni toʻplashni xalqaro eʼtirof etish toʻgʻrisidagi Budapesht shartnomasiga qoʻshilish haqida”gi <a href="/mact/-2119622">Qaroriga</a> asosan qoʻshilgan.</div></div><div class="TEXT_CENTER"><label id="s527"></label><div name="-2120031" id="-2120031">(2002-yil 12-yanvardan kuchga kirgan)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2120032" id="-2120032"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5627170" id="-5627170">KIRISh QOIDALARI</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5627180" id="-5627180">1-modda <br />Ittifoqning taʼsis etilishi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627184" id="-5627184">Ushbu Shartnomaning qatnashchi-davlatlari (bundan buyon “Kelishuvchi davlatlar” deb ataladi) Patent protsedurasi maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponentlashning xalqaro eʼtirof etilishi boʻyicha Ittifoq hosil qiladilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5627189" id="-5627189">2-modda <br />Taʼriflar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627193" id="-5627193">Ushbu Shartnoma va <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnoma </a>maqsadlari uchun: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627196" id="-5627196">(i) “patent”ga havolalar ixtirolarga patentlarga havolalar, ixtirolarga mualliflik guvohnomalari, foydalilik toʻgʻrisidagi guvohnomalar, foydali modellar yoki qoʻshimcha guvohnomalar, qoʻshimcha mualliflik guvohnomalari va foydalalik toʻgʻrisida qoʻshimcha guvohnomalar sifatida anglashilishi kerak; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627201" id="-5627201">(ii) “mikroorganizmlarni deponentlash” deganda, ushbu soʻzlar qatnashgan kontekstga koʻra mazkur Shartnoma va Yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladigan quyidagi xatti-harakatlar tushuniladi: mikroorganizmning, uni olish va qabul qilish bilan shugʻullanadigan, deponentlash boʻyicha xalqaro organga topshirilishi, yoki bunday mikroorganizmning deponentlash boʻyicha xalqaro organ tomonidan saqlanishi, yo boʻlmasa, uning aytib oʻtilgan topshirilishi ham, aytib oʻtilgan saqlanishi ham; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627206" id="-5627206">(iii) “patent protsedurasi” deganda, patentga topshirilgan talabnomaga yoki patentga taalluqli har qanday maʼmuriy yoki yuridik protsedura tushuniladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627210" id="-5627210">(iv) “patent protsedurasi maqsadlari uchun chop etish” deganda, patentga topshirilgan talabnomani yoki patentni ommaviy tanishuv uchun rasmiy chop etilishi yoki rasmiy eʼlon qilinishi tushuniladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627213" id="-5627213">(v) “hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti” deganda, <a href="/mact/-2119620#-5627653">9(1)-moddaga </a>muvofiq deklaratsiya topshirgan har qanday tashkilot tushuniladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627214" id="-5627214">(vi) “sanoat mulki idorasi” deganda, patent berishga vakolatli Ahdlashuvchi davlat organi yoki Hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti tushuniladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627217" id="-5627217">(vii) “deponentlash boʻyicha muassasa” deganda, mikroorganizmlarni olish, qabul qilish va saqlashni, shuningdek ularning namunalarini berishni taʼminlaydigan muassasa tushuniladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627218" id="-5627218">(viii) “deponentlash boʻyicha xalqaro organ” deganda,<a href="/mact/-2119620#-5627603"> 7-moddaga </a>muvofiq deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomini olgan deponentlash boʻyicha muassasa tushuniladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627220" id="-5627220">(ix) “depozitor” deganda, mikroorganizmni oladigan va qabul qiladigan deponentlash boʻyicha xalqaro organga uni topshiradigan jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek aytib oʻtilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning har qanday huquqiy vorisi tushuniladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627226" id="-5627226">(x) “Ittifoq” deganda <a href="/mact/-2119620#-5627180">1-moddada </a>aytib oʻtilgan Ittifoq tushuniladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627228" id="-5627228">(xi) “Assambleya” deganda, <a href="/mact/-2119620#-5627764">10-moddada </a>aytib oʻtilgan Assambleya tushuniladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627230" id="-5627230">(xii) “Tashkilot” deganda, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tushuniladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627234" id="-5627234">(xiii) “Xalqaro byuro” deganda, Tashkilotning Xalqaro byurosi va Intellektual mulk muhofazasi boʻyicha Xalqaro birlashgan byurolar (BIRPI) tushuniladi, BIRPIlar mavjud boʻlguniga qadar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627238" id="-5627238">(xiv) “Bosh direktor” deganda, Tashkilotning Bosh direktori tushuniladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627241" id="-5627241">(xv) “Yoʻriqnoma” deganda, <a href="/mact/-2119620#-5628222">12-moddada </a>tilga olingan <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnoma</a> tushuniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5627371" id="-5627371">I BOB <br />MODDIY-HUQUQIY QOIDALAR </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5627377" id="-5627377">3-modda. <br />Mikroorganizmlarni deponentlashning eʼtirof etilishi va oqibatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627386" id="-5627386">(1)(a) Patent protsedurasi maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponentlashga ruxsat beradigan yoki deponentlashni talab qiladigan ahdlashuvchi davlatlar bunday maqsadlar uchun mikroorganizmni deponentlash boʻyicha istalgan xalqaro organda deponentlashni eʼtirof etadilar. Bunday eʼtirof deponentlash boʻyicha xalqaro organ tomonidan koʻrsatilgan deponentlash fakti va sanasining eʼtirof etilishini, shuningdek namuna sifatida berilayotgani depozitlangan mikroorganizm namunasi ekanligi faktining eʼtirof etilishini oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627394" id="-5627394">(b) Har qanday Ahdlashuvchi davlat<a href="/mact/-2119620#-5627386"> (a)-kichik bandda </a>koʻrsatib oʻtilgan deponentlash boʻyicha xalqaro organ tomonidan berilgan deponentlash toʻgʻrisidagi tilxat nusxasini talab qilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627397" id="-5627397">(2) Ushbu Shartnoma va <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnoma</a> bilan boshqariladigan masalalarga kelsak, bironta Ahdlashuvchi davlat ushbu Shartnoma va Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan talablardan boshqa yoki qoʻshimcha talablarni taqdim qila olmaydi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5627423" id="-5627423">4-modda <br />Qayta deponentlash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627425" id="-5627425">(1)(a) Agar deponentlash boʻyicha xalqaro organ depozitlangan mikroorganizm boʻyicha namunalarni, jumladan, quyidagi sabablarga koʻra bera olmasa: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627428" id="-5627428">(i) agar bunday mikroorganizm yashashga layoqatli boʻlmay qolgan boʻlsa, yoki </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627430" id="-5627430">(ii) agar namunalarni berish xorijga joʻnatishni talab qilsa-yu, namunalarni xorijga joʻnatish yoki ularni xorijdan olishni eksport yoki import cheklovlar tufayli amalga oshirib boʻlmasa, ushbu organ, namunalarni taqdim eta olmasligi fakti aniqlangach, buning sababini koʻrsatgan holda, zudlik bilan bu haqda depozitorni xabardor qiladi, va depozitor, <a href="/mact/-2119620#-5627461">(2)-band </a>qoidalarini hisobga olgan holda va ushbu bandda koʻzda tutilganidek, dastlab depozitlangan mikroorganizmni qayta deponentlash huquqiga ega boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627441" id="-5627441">(b) Dastlabki deponentlash qaysi deponentlash boʻyicha xalqaro organda amalga oshirilgan boʻlsa, qayta deponentlash ham oʻsha yerda amalga oshiriladi, biroq:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627454" id="-5627454">(i) agar dastlabki deponentlash amalga oshirilgan muassasa deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomini toʻliq yoki depozitlangan mikroorganizm mansub boʻlgan mikroorganizm turiga nisbatan yoʻqotgan boʻlsa, yoki, agar dastlabki deponentlash amalga oshirilgan deponentlash boʻyicha xalqaro organ depozitlangan mikroorganizmlarga nisbatan oʻz funksiyalarining bajarilishini vaqtincha yoki butunlay tugatayotgan boʻlsa, bu holda qayta deponentlash deponentlash boʻyicha xalqaro organning boshqasida amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627455" id="-5627455">i) qayta deponentlash <a href="/mact/-2119620#-5627430">(a)(ii) kichik bandda </a>aytib oʻtilgan hollarda deponentlash boʻyicha boshqa xalqaro organda amalga oshirilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627456" id="-5627456">(s) Har qanday qayta deponentlashga depozitor imzolagan va yangidan depozitlanayotgan mikroorganizm dastlab depozitlangan mikroorganizmning aynan oʻzi ekanligi taʼkidlangan ariza ilova qilinadi. Agar depozitorning bu taʼkidi bahsli boʻlsa, isbotlash ishi amaldagi qonunchilik tomonidan tartibga solinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627458" id="-5627458">(d) <a href="/mact/-2119620#-5627425">(a) — (s)-</a> va <a href="/mact/-2119620#-5627459">(e)-kichik bandlar </a>qoidalarini hisobga olgan holda, agar dastlab depozitlangan mikroorganizmning yashashga layoqatliligi toʻgʻrisidagi avvalgi hamma arizalar mikroorganizm yashashga layoqatli ekanini koʻrsatsa, va agar qayta deponentlash <a href="/mact/-2119620#-5627425">(a) kichik bandda </a>aytib oʻtilgan bildirishnoma depozitor tomonidan olingan sanadan eʼtiboran uch oy oraligʻida amalga oshirilgan boʻlsa, qayta deponentlash dastlabki deponentlash sanasiga amalga oshirilgan hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627459" id="-5627459">(e) Agar <a href="/mact/-2119620#-5627454">(b)(i) kichik bandlar </a>qoidalari qoʻllanadigan boʻlsa va depozitor Xalqaro byuroning <a href="/mact/-2119620#-5627454">(b)(i) kichik bandlarda </a>aytib oʻtilgan tugatilganlik, cheklanganlik yoki toʻxtatilganlik toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-2119620#-5627425">(a) kichik bandda </a>koʻrsatilgan bildirishnomani u chop etilgan sanadan eʼtiboran olti oy oraligʻida olmagan boʻlsa, (d) kichik bandda aytib oʻtilgan uch oylik muddat koʻrsatib oʻtilgan nashr sanasidan eʼtiboran hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627461" id="-5627461">(2) Agar depozitlangan mikroorganizm deponentlash boʻyicha boshqa xalqaro organga berib yuborilgan boʻlsa, ushbu organ bunday mikroorganizm namunalarini taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlgan davrga qadar <a href="/mact/-2119620#-5627425">(1)(a)-bandda </a>aytib oʻtilgan huquq amal qilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5627466" id="-5627466">5-modda <br />Import va eksport sohasida cheklovlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627469" id="-5627469">Har bir Ahdlashuvchi davlat shuni maʼqul deb biladiki, agar va modomiki mikroorganizmlarning ayrim turlarining eksporti va importiga cheklov bor ekan, qachonki bunday cheklov milliy xavfsizlik maqsadlarida zarur boʻlsagina, yoki sogʻliq yoki atrof muhit uchun xavf tugʻdirsagina, bu cheklov, ushbu Shartnomaga muvofiq, depozitlangan yoki deponentlash uchun moʻljallangan mikroorganizmlarga nisbatan joriy qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5627482" id="-5627482">6-modda <br />Deponentlash boʻyicha xalqaro organning maqomi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627491" id="-5627491">(1) Deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomiga enga boʻlish uchun, deponentlash boʻyicha har qanday muassasa Ahdlashuvchi davlat hududida joylashgan boʻlishi hamda muassasa <a href="/mact/-2119620#-5627493">(2)-bandda </a>sanab oʻtilgan shartlarga javob berishi va javob berishda davom etishi borasida ushbu davlat tomonidan taqdim etilgan vaʼdalarda oʻz aksini topgan imtiyozdan foydalanayotgan boʻlishi kerak. Aytib oʻtilgan vaʼdalar hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti tomonidan ham taqdim etilishi mumkin; bunday hollarda deponentlash boʻyicha muassasa ushbu tashkilot aʼzosi boʻlgan davlat hududida joylashgan boʻlishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627493" id="-5627493">(2) deponentlash boʻyicha muassasa xalqaro organ sifatida: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627495" id="-5627495">(i) uzluksiz amal qilishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627496" id="-5627496">(ii) <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnomada </a>koʻzda tutilganidek, mazkur Shartnomaga muvofiq ilmiy va maʼmuriy vazifalarni bajarish uchun zarur xodimlar jamoasi va asbob-uskunalarga ega boʻlishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627500" id="-5627500">(iii) begʻaraz va xolis boʻlishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627505" id="-5627505">(iv) har bir depozitor teng shart-sharoitlarda deponentlashi uchun qulay boʻlishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627508" id="-5627508">(v) deponentlash uchun har qanday mikroorganizmni yoki ularning muayyan turlarini qabul qilishi, ularning yashashga layoqatliligini <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnomada </a>koʻzda tutilganidek tekshirishi va saqlashi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627509" id="-5627509">(vi) depozitorga, <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnomada </a>koʻzda tutilganidek, yashashga layoqatlilik toʻgʻrisida tilxat yoki boshqa har qanday talab qilingan guvohnoma berishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627537" id="-5627537">(vii) depozitlangan mikroorganizmlarga nisbatan, <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnomada </a>koʻzda tutilganidek, maxfiylik talablariga boʻysunishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627539" id="-5627539">(viii) har qanday depozitlangan mikroorganizm namunasini <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnomada </a>koʻzda tutilgan shartlarga rioya qilgan holda hamda protseduraga muvofiq berishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627542" id="-5627542">(3) <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnoma </a>quyidagi hollarda qoʻllanadigan chora-tadbirlarni koʻzda tutadi:: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627545" id="-5627545">(i) agar deponentlash boʻyicha organ depozitlangan mikroorganizmlarga nisbatan oʻz funksiyalarini vaqtincha yoki butkul toʻxtatsa yoki taqdim qilingan vaʼdalarga muvofiq qabul qilishi kerak boʻlgan mikroorganizmlarning har qanday turini qabul qilishdan bosh tortsa; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627550" id="-5627550">(ii) deponentlash boʻyicha biron bir xalqaro organ deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomini toʻxtatsa yoki cheklasa.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5627603" id="-5627603">7-modda <br />Deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomini olish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627607" id="-5627607">(1)(a) deponentlash boʻyicha muassasa deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomiga ega boʻlishi uchun, oʻz hududida deponentlash boʻyicha muassasa joylashgan Ahdlashuvchi davlat Bosh direktor nomiga ayitib oʻtilgan muassasa <a href="/mact/-2119620#-5627493">6(2)-moddada </a>ifodalangan shartlarga javob beradi va javob berishda davom etadi degan vaʼdalar berilgan deklaratsiyani oʻz ichiga olgan yozma xabar yuboradi. Aytib oʻtilgan maqom hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti tomonidan Bosh direktorga yoʻllangan va aytib oʻtilgan deklaratsiyani oʻz ichiga olgan yozma xabariga muvofiq ham olinishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627608" id="-5627608">(b) bu xabar, <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnomada </a>koʻzda tutilganidek, deponentlash boʻyicha muassasa toʻgʻrisidagi axborotni ham oʻz ichiga oladi, hamda unda deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomi kuchga kirgan sana ham koʻrsatilgan boʻlishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627609" id="-5627609">(2)(a) Agar Bosh direktor yuborilgan xabar talab qilingan deklaratsiyani oʻz ichiga oladi va hamma talab qilingan axborot olindi deb hisoblasa, bu xabar zudlik bilan Xalqaro byuro tomonidan chop etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627610" id="-5627610">(b) Deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomi xabar bosilib chiqqan sanadan eʼtiboran olingan hisoblanadi yoki, agar sana <a href="/mact/-2119620#-5627608">(1)(b)-bandga </a>muvofiq koʻrsatilgan boʻlsa va agar u xabar chop etilgan sanadan ancha kechki boʻlsa, shu sanadan eʼtiboran olingan hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627612" id="-5627612">(3) <a href="/mact/-2119620#-5627607">(1)- </a>va <a href="/mact/-2119620#-5627609">(2)-bandlarga </a>muvofiq protsedura tafsilotlari Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5627619" id="-5627619">8-modda <br />Deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomining tugatilishi va cheklanishi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627623" id="-5627623">(1)(a) Har qanday Ahdlashuvchi davlat yoki har qanday hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti, <a href="/mact/-2119620#-5627482">6-moddada </a>sanab oʻtilgan shartlarga rioya qilinmagan yoki boshqa rioya qilinmayapti degan faktga asoslanib, Assambleyadan har qanday organning deponentlash boʻyicha xalqaro organ sifatidagi maqomini tugatishni yoki mikroorganizmlarning muayyan turlari bilan cheklashni talab qilishi mumkin. Biroq Ahdlashuvchi davlat yoki hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti tomonidan qoʻyilgan bunday talab, ushbu tashkilotlarning oʻzlari tomonidan <a href="/mact/-2119620#-5627607">7(1)(a)-moddada </a>aytib oʻtilgan Deklaratsiya taqdim etilgan deponentlash boʻyicha xalqaro organga nisbatan tegishli boʻlmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627629" id="-5627629">(b) <a href="/mact/-2119620#-5627623">(a)-bandga </a>muvofiq talab qoʻyilgunga qadar, Ahdlashuvchi davlat yoki hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti Bosh direktor orqali <a href="/mact/-2119620#-5627607">7(1)-moddaga </a>muvofiq xabar yuborgan Ahdlashuvchi davlat yoki hukumatlararo sanoat mulki tashkilotini taklif qilinayotgan talab sabablari haqida xabardor qiladi, toki ushbu davlat yoki tashkilot aytib oʻtilgan bildirishnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran olti oy muddatda taklif qilingan talabning kiritilish zaruratini bartaraf qilish imkoniyatiga ega boʻlsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627632" id="-5627632">(s) Agar Assambleya talabni yetarli darajada asosli deb topsa, <a href="/mact/-2119620#-5627623">(a)-kichik bandda </a>tilga olingan deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomini tugatish yoki ushbu organga berilgan deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomini muayyan turdagi mikroorganizmlar bilan cheklash haqida qaror chiqaradi. Assambleyaning ushbu qarori aytib oʻtilgan talab foydasiga koʻpchilikning ovozini — 2/3 ovozni talab qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627636" id="-5627636">(2)(a) <a href="/mact/-2119620#-5627607">7(1)(a)-moddada </a>aytib oʻtilgan vaʼdalar keltirilgan deklaratsiyani taqdim etgan Ahdlashuvchi davlat yoki hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti Bosh direktor nomiga yuborilgan xabar vositasida oʻz deklaratsiyalarini yo batamom chaqirib olishlari, yoki faqat muayyan turdagi mikroorganizmlarga nisbatan chaqirib olishlari mumkin, va, agar va modomiki ularning tarkibidagi vaʼdalar qonuniy kuchga ega boʻlmay qolgan boʻlsa, oʻz deklaratsiyalarini har qanday holatda chaqirib olishlari kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627641" id="-5627641">(b) Agar bunday xabar butun boshli deklaratsiyaga tegishli boʻlsa, deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomining <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnomada </a>koʻzda tutilgan sanadan eʼtiboran tugatilishini bildiradi, agar u faqat muayyan turdagi mikroorganizmlarga tegishli boʻlsa, ushbu maqomning tegishli tarzda cheklanishini bildiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627645" id="-5627645">(3) Protseduraning tafsilotlari <a href="/mact/-2119620#-5627623">(1)- </a>va <a href="/mact/-2119620#-5627636">(2)-bandlarga </a>muvofiq <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnomada </a>koʻzda tutilgan.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5627650" id="-5627650">9-modda <br />Hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627653" id="-5627653">(1)(a) Bir nechta davlatdan regional paketlarni berish topshirigʻini olgan har qanday hukumatlararo tashkilot, hamda Sanoat mulkining muhofazasi boʻyicha Xalqaro (Parij) ittifoq aʼzolari boʻlgan hamma davlatlar Bosh direktor nomiga u <a href="/mact/-2119620#-5627386">3(1)(a)-moddada </a>koʻzda tutilgan eʼtirof etish toʻgʻrisidagi majburiyatni va <a href="/mact/-2119620#-5627397">3(2)-moddada </a>qayd etilgan talablarga tegishli majburiyatlarni qabul qilishi, hamda hukumatlararo sanoat mulki tashkilotlarga nisbatan qoʻllanadigan ushbu Shartnoma va <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnoma </a>qoidalaridan kelib chiqadigan hamma oqibatlarni eʼtirof etishi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etishi mumkin. Avvalgi gapda tilga olingan deklaratsiya <a href="/mact/-2119620#-5628351">16(1)-moddaga </a>muvofiq ushbu Shartnoma kuchga kirgunga qadar topshirilgan boʻlsa, uning amal qilishi kuchga kirgan sanadan eʼtiboran boshlanadi. Deklaratsiya ushbu Shartnoma kuchga kirganidan keyin topshirilgan boʻlsa va agar unda keyingiroq sana koʻrsatilmagan boʻlsa, bu holda uning amal qilishi deklaratsiya topshirilgan sanadan eʼtiboran boshlanadi. Aytib oʻtilgan soʻnggi holatda deklaratsiya xuddi shu holatda koʻrsatilgan sanadan eʼtiboran amal qila boshlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627671" id="-5627671">(b) Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tashkilot <a href="/mact/-2119620#-5627394">3(1)(b)-moddada </a>koʻzda tutilgan huquqqa ega boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627726" id="-5627726">(2) Mazkur Shartnoma yoki <a href="/mact/2970033">Yoʻriqnomaning </a>hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti manfaatlariga tegishli har qanday qoidasini qayta koʻrib chiqish yoki unga oʻzgartirishlar kiritishda har qanday hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti oʻzining <a href="/mact/2119620#-5627653">(1)-bandda</a> tilga olingan deklaratsiyasini Bosh direktor nomiga yuboriladigan bildirishnomada chaqirib olishi mumkin. Ushbu chaqirib olish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627729" id="-5627729">(i) bildirishnoma koʻrib chiqilgan yoki oʻzgartirilgan qoidalar kuchga kirgan sanadan oldin olingan boʻlsa, shu sanadan eʼtiboran, </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627739" id="-5627739">(ii) bildirishnoma <a href="/mact/-2119620#-5627729">(i)-kichik bandda </a>tilga olingan sanadan keyin olingan boʻlsa, bildirishnomada koʻrsatilgan sanadan boshlab yoki, bunday koʻrsatma mavjud boʻlmagan taqdirda, bildirishnoma olingan sanadan eʼtiboran uch oy oʻtib, kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627743" id="-5627743">(3) <a href="/mact/-2119620#-5627726">(2)bandda </a>aytib oʻtilgan holatga qoʻshimcha ravishda, har qanday hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti oʻzining <a href="/mact/-2119620#-5627653">(1)(a)-bandda </a>koʻrsatilgan deklaratsiyasini Bosh direktor nomiga bildirishnoma yuborish yoʻli bilan chaqirib olishi mumkin. Ushbu chaqirib olish Bosh direktor bildirishnomani olgan sanadan eʼtiboran ikki yil oʻtib kuchga kiradi. Ushbu bandga muvofiq chaqirib olish toʻgʻrisidagi bironta bildirishnoma deklaratsiya kuchga kirgan sanadan eʼtiboran besh yillik muddat davomida qabul qilinmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627745" id="-5627745">(4) hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan va <a href="/mact/-2119620#-5627726">(2)- </a>yoki <a href="/mact/-2119620#-5627743">(3)-bandlarda </a>tilga olingan chaqirib olish, — uning maʼlumoti deponentlash boʻyicha muassasaga <a href="/mact/-2119620#-5627607">7(1)-moddaga </a>muvofiq deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomiga ega boʻlish imkoniyatini bergan edi, — chaqirib olish toʻgʻrisidagi bildirishnoma Bosh direktor tomonidan olingan sanadan eʼtiboran bir yil oʻtib bunday maqomning tugatilishiga olib keladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627750" id="-5627750">(5) <a href="/mact/-2119620#-5627653">(1)(a)-bandda </a>aytib oʻtilgan har qanday deklaratsiya, <a href="/mact/-2119620#-5627726">(2)-band </a>yoki <a href="/mact/-2119620#-5627743">(3)-bandda </a>chaqirib olish toʻgʻrisidagi bildirishnoma, <a href="/mact/-2119620#-5627491">6(1)-moddaning </a>ikkinchi gapiga muvofiq keltirilgan hamda <a href="/mact/-2119620#-5627607">7(1)(a)-moddaga </a>muvofiq tashkil qilingan deklaratsiyaga kiritilgan vaʼdalar, <a href="/mact/-2119620#-5627623">8(1)-moddaga </a>muvofiq ilgari surilgan talab va <a href="/mact/-2119620#-5627636">8(2)-modada </a>aytib oʻtilgan chaqirib olish toʻgʻrisidagi xabar hukumatlararo sanoat mulki tashkilotining oliy boshqaruv organi tomonidan dastlab maxsus maʼqullanishi kerak; hamma Ahdlashuvchi davlatlar bu tashkilotning aʼzolari boʻlib, uning qarorlari bunday davlatlar hukumatlarining rasmiy vakillari tomonidan qabul qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5627758" id="-5627758">II BOB <br />MAʼMURIY QOIDALAR </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5627764" id="-5627764">10-modda <br />Assambleya </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627768" id="-5627768">(1)(a) Assambleya Ahdlashuvchi davlatlardan tarkib topadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627773" id="-5627773">(b) Har bir Ahdlashuvchi davlat nomidan bitta vakil qatnashadi, va u oʻrinbosarlar, maslahatchilar va ekspertlarga ega boʻlishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627776" id="-5627776">(c) Har bir hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti Assambleya majlislarida, shuningdek Assambleya tomonidan taʼsis etilgan har qanday komitet va ishchi guruh majlislarida maxsus kuzatuvchisiga ega boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627780" id="-5627780">(d) Ittifoq aʼzosi boʻlmasa-da, ammo Tashkilotning yoki Sanoat mulki muhofazasi boʻyicha Xalqaro (Parij) ittifoqining aʼzosi boʻlgan har qanday davlat, hamda, <a href="/mact/-2119620#-5627213">2(v)-moddada </a>belgilab qoʻyilganidek, patentlar sohasida ixtisoslashgan va hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti boʻlmagan har qanday hukumatlararo tashkilot Assambleya majlislarida va, agar Assambleya shunday qaror qabul qilsa, Assambleya tomonidan taʼsis etilgan har qanday komitet yoki ishchi guruh majlislarida oʻz kuzatuvchilariga ega boʻlishlari mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627784" id="-5627784">(2)(a) Assambleya: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627789" id="-5627789">(i) Ittifoqni saqlash va rivojlantirishga va ushbu Shartnomaning qoʻllanishiga tegishli hamma masalalarni koʻrib chiqadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627792" id="-5627792">(ii) oʻz zimmasiga maxsus yuklatilgan yoki mazkur Shartnomaga muvofiq topshirilgan huquqlarni amalga oshiradi va vazifalarni bajaradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627794" id="-5627794">(iii) Bosh direktorga qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyalarni tayyorlashga tegishli koʻrsatmalarni beradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627797" id="-5627797">(iv) Bosh direktorning Ittifoqqa tegishli hisobotlari va faoliyatini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi, hamda unga Ittifoq vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hamma kerakli yoʻl-yoʻriqlarni beradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627801" id="-5627801">(v) Ittifoq ishini qoʻllab-quvvatlash uchun zarur deb hisoblagan komitetlar va ishchi guruhlarni yaratadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627804" id="-5627804">(vi) <a href="/mact/-2119620#-5627780">(1)(d)-band </a>qoidalarini hisobga olgan holda Ahdlashuvchi davlatlar boʻlmagan qaysi davlatlar, <a href="/mact/-2119620#-5627213">2(v)-moddada </a>belgilangan hukumatlararo sanoat mulki tashkiloti boʻlmagan qanday hukumatlararo tashkilotlar, va qanday xalqaro nohukumat tashkilotlar oʻz majlislariga kuzatuvchilar sifatida qatnasha olishini, va deponentlash boʻyicha xalqaro organlar oʻz majlislariga kuzatuvchilar sifatida qay darajada qatnashishini hal qiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627805" id="-5627805">(vii) Ittifoq maqsadlariga erishish yoʻlidagi har qanday boshqa kerakli xatti-harakatlarni amalga oshiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627807" id="-5627807">(viii) mazkur Shartnomadan kelib chiqadigan hamma boshqa vazifalarni bajaradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627808" id="-5627808">(b) maʼmuriy faoliyati Tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan boshqa Ittifoqlar manfaatlariga tegishli masalalar boʻyicha Assambleya, Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi komiteti fikrini eshitgach, qaror qabul qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627810" id="-5627810">(3) Delegat faqat bitta davlat vakili boʻlishi hamda faqat uning nomidan ovoz berishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627811" id="-5627811">(4) Har bir Ahdlashuvchi davlat bitta ovozga ega boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627812" id="-5627812">(5)(a) Ahdlashuvchi davlatlarni yarmi kvorum tashkil qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627813" id="-5627813">(b) Kvorum boʻlmagan taqdirda ham Assambleya qaror qabul qilishi mumkin, biroq Assambleyaning hamma qarorlari, oʻzining protsedura qoidalariga tegishli qarorlardan tashqari, kvorum va talab qilingan koʻpchilik ovozga, <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnomada </a>koʻzda tutilganidek, oʻzaro xat yozishuv vositasida ovoz berish yoʻli bilan erishilgandagina, kuchga kiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627818" id="-5627818">(6)(a) Assambleya oʻz qarorlarini, <a href="/mact/-2119620#-5627632">8(1)(s)-</a>, <a href="/mact/-2119620#-5628251">12 (4)- </a>va <a href="/mact/-2119620#-5628293">14(2)(b)-moddalar </a>qoidalarini hisobga olgan holda, koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627821" id="-5627821">(b) Betaraf qolganlarning ovozlari hisobga olinmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627824" id="-5627824">(7)(a) Assambleya oʻzining navbatdagi sessiyasiga uch yilda bir marta Bosh direktor chaqirigʻi bilan Tashkilotning Bosh Assambleyasi toʻplangan vaqt va joyda toʻplanishni afzal biladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627827" id="-5627827">(b) Assambleya Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan favqulodda sessiyaga yo Bosh direktorning oʻz tashabbusiga binoan yoki Ahdlashuvchi davlatlarning toʻrtdan birining talabiga binoan toʻplanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5627828" id="-5627828">(8) Assambleya hamma protsedura qoidalarini qabul qiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5627832" id="-5627832">11-modda <br />Xalqaro byuro </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628170" id="-5628170">(1) Xalqaro byuro: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628176" id="-5628176">(i) Ittifoqning maʼmuriy vazifalarini, jumladan mazkur Shartnoma va <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnoma </a>yoki Assambleyaga muvofiq oʻziga maxsus yuklatilgan vazifalarni amalga oshiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628180" id="-5628180">(ii) qayta koʻrib chiqish boʻyicha kotibiyatning, Assambleyaning, Assambleya tomonidan taʼsis etilgan komitetlar va ishchi guruhlarning, hamda Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan va Ittifoqqa tegishli masalalarni koʻrib chiqadigan har qanday majlislarning vazifalarini bajaradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628191" id="-5628191">(2) Bosh direktor Ittifoqning bosh mansabdor shaxsi va Ittifoq vakili hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628194" id="-5628194">(3) Bosh direktor Ittifoqqa tegishli masalalarni koʻrib chiqish uchun hamma majlislarni chaqiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628201" id="-5628201">(4)(a) Bosh direktor va u tayinlagan har bir xodim ovoz berish huquqisiz Assambleyaning, Assambleya tomonidan taʼsis etilgan komitetlar va ishchi guruhlarning majlislarida, shuningdek Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan va Ittifoqqa tegishli masalalarni koʻrib chiqadigan har qanday boshqa majlislarda qatnashadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628206" id="-5628206">(b) Bosh direktor yoki u tayinlagan har bir xodim <a href="/mact/-2119620#-5628201">(a)-kichik bandda </a>tilga olingan Assambleyaning, shuningdek komitetlar, ishchi guruhlar va boshqa majlislarning exofficio kotibi hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628212" id="-5628212">(5)(a) Bosh direktor Assambleya koʻrsatmalariga muvofiq qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyalarni tayyorlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628215" id="-5628215">(b) Bosh direktor hukumatlararo va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyalarni tayyorlash masalalari boʻyicha maslahatlashishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628218" id="-5628218">(s) Bosh direktor va u tayinlagan shaxslar qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyalar ishida ovoz berish huquqisiz qatnashishlari mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628220" id="-5628220">(d) Bosh direktor va u tayinlagan xodim qayta koʻrib chiqish boʻyicha har qanday konferensiyaning exofficio kotibi hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5628222" id="-5628222">12-modda <br />Yoʻriqnoma </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628225" id="-5628225">(1) <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnomada</a>: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628229" id="-5628229">(i) ushbu Shartnoma <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnomaga </a>maxsus havola qiladigan talablarga nisbatan, yoki bunday qoidalar oʻrnatilgan yoki oʻrnatilishi maxsus koʻzda tutilgan talablarga nisbatan,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628232" id="-5628232">(ii) har qanday maʼmuriy talablar, masalalar yoki protseduralarga nisbatan,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628236" id="-5628236">(iii) ushbu Shartnomani qoʻllash uchun foydali boʻlgan har qanday tafsilotlarga nisbatan tegishli qoidalar koʻzda tutilgan. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628240" id="-5628240">(2) Ushbu shartnoma bilan bir paytda qabul qilinadigan <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnoma </a>ushbu Shartnomaga ilova qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628243" id="-5628243">(3) Assambleya Yoʻriqnomaga tuzatishlar kiritish huquqiga ega. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628251" id="-5628251">(4)(a) <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnomaga </a>har qanday tuzatishni qabul qilish uchun, <a href="/mact/-2119620#-5628255">(b)-kichik band</a> qoidalarini hisobga olgan holda, berilgan ovozlarning uchdan ikki qismi talab qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628255" id="-5628255">(b) Deponentlash boʻyicha xalqaro organlar tomonidan depozitlangan mikroorganizmlar namunalarini berishga tegishli har qanday tuzatishni qabul qilish uchun, bironta Ahdlashuvchi davlat taklif qilingan tuzatishga qarshi ovoz bermasligi talab qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628259" id="-5628259">(5) Ushbu Shartnoma qoidalari bilan <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnoma </a>qoidalari oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan holda, Shartnoma qoidalari qoʻllanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5628264" id="-5628264">III BOB <br />QAYTA KOʻRIB ChIQISh VA TUZATIShLAR KIRITISh </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5628269" id="-5628269">13-modda <br />Shartnomani qayta koʻrib chiqish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628274" id="-5628274">(1) Ushbu Shartnoma Ahdlashuvchi davlatlar konferensiyalarida vaqti-vaqti bilan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628277" id="-5628277">(2) Har qanday konferensiyani chaqirish toʻgʻrisidagi qaror Assambleya tomonidan qabul qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628279" id="-5628279">(3) <a href="/mact/-2119620#-5627764">10-</a> va <a href="/mact/-2119620#-5627832">11-moddalarga </a>kiritiladigan tuzatishlar yo qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyada yoki <a href="/mact/-2119620#-5628281">14-moddaga </a>muvofiq qabul qilinishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5628281" id="-5628281">14-modda <br />Shartnomaning ayrim qoidalariga tuzatishlar kiritish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628284" id="-5628284">(1)(a) Mazkur moddaga muvofiq <a href="/mact/-2119620#-5627764">10-</a> va <a href="/mact/-2119620#-5627832">11-moddalarga </a>tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar har qanday Ahdlashuvchi davlat yoki Bosh direktor tomonidan ilgari surilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628289" id="-5628289">(b) Bunday takliflar Bosh direktor tomonidan Ahdlashuvchi davlatlarga ularni Assambleya koʻrib chiqishidan kamida olti oy oldin yuboriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628291" id="-5628291">(2)(a) <a href="/mact/-2119620#-5628284">(1)-bandda </a>tilga olingan tuzatishlar Assambleya tomonidan qabul qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628293" id="-5628293">(b) <a href="/mact/-2119620#-5627764">10-moddaga </a>kiritiladigan har qanday tuzatishni qabul qilish uchun berilgan ovozlarning beshdan bir qismi talab qilinadi, <a href="/mact/-2119620#-5627832">11-moddaga </a>kiritiladigan har qanday tuzatishni qabul qilish uchun berilgan ovozlarning toʻrtdan uch qismi talab qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628299" id="-5628299">(3)(a) <a href="/mact/-2119620#-5628284">(1)-bandda </a>tilga olingan moddalarga kiritiladigan har qanday tuzatish ushbu tuzatish har bir davlatning konstitutsion protsedurasiga muvofiq amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi yozma bildirish Bosh direktor tomonidan ushbu tuzatish kiritilayotgan vaqtda Assambleya aʼzolari boʻlgan Ahdlashuvchi davlatlarning toʻrtdan uch qismidan olinganidan bir oy oʻtib kuchga kiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628301" id="-5628301">(b) Koʻrsatib oʻtilgan moddalarga shu tarzda kiritilgan har qanday tuzatish Assambleya tomonidan qabul qilinayotgan vaqtda Ahdlashuvchi davlatlar maqomida boʻlgan hamma Ahdlashuvchi davlatlar uchun majburiydir; biroq, aytib oʻtilgan Ahdlashuvchi davlatlar uchun moliyaviy majburiyatlar yaratadigan yoki bunday majburiyatlarni oshirib yuboradigan har qanday tuzatish bunday tuzatishni qabul qilganliklari toʻgʻrisida xabardor qilgan Ahdlashuvchi davlatlar uchungina majburiy boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628304" id="-5628304">(c) <a href="/mact/-2119620#-5628284">(a)-kichik band </a>qoidalariga muvofiq qabul qilingan va kuchga kirgan har qanday tuzatish ushbu tuzatish Assambleya tomonidan qabul qilingan sanadan keyin Ahdlashuvchi davlat maqomini olgan hamma davlatlar uchun majburiydir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5628309" id="-5628309">IV BOB <br />YAKUNIY QOIDALAR </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5628313" id="-5628313">15-modda <br />Shartnomada qatnashish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628322" id="-5628322">(1) Sanoat mulkining muhofazasi boʻyicha Xalqaro (Parij) ittifoq aʼzosi boʻlgan har qanday davlat ushbu Shartnomaning qatnashchisi boʻlishi mumkin, buning uchun u: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628327" id="-5628327">(i) Shartnomani imzolashi va keyin ratifikatsion hujjatni saqlash uchun topshirishi yoki </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628332" id="-5628332">(ii) Shartnomaga qoʻshilganlik toʻgʻrisidagi aktni saqlash uchun topshirishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628336" id="-5628336">(2) Qoʻshilganlik toʻgʻrisidagi ratifikatsion hujjatlar yoki aktlar saqlash uchun Bosh direktorga topshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5628343" id="-5628343">16-modda <br />Shartnomaning kuchga kirishi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628351" id="-5628351">(1) Ushbu Shartnoma oʻzlarining qoʻshilish toʻgʻrisidagi ratifikatsion hujjatlari yoki aktlarini topshirgan dastlabki beshta davlatga nisbatan qoʻshilish toʻgʻrisidagi beshinchi ratifikatsion hujjat yoki akt saqlashga topshirilgan sanadan eʼtiboran uch oy oʻtib kuchga kiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628355" id="-5628355">(2) Ushbu Shartnoma har qanday boshqa davlat uchun ushbu davlat ratifikatsion hujjat yoki aktni saqlashga topshirgan sanadan eʼtiboran uch oy oʻtib kuchga kiradi, agar ratifikatsion hujjat yoki aktda undan kechroq sana koʻrsatilmagan boʻlsa. Soʻnggi holatda ushbu Shartnoma mazkur davlatga nisbatan koʻrsatilgan kechroq sanadan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5628358" id="-5628358">17-modda <br />Shartnoma denonsatsiyasi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628363" id="-5628363">(1) Har qanday Ahdlashuvchi davlat Bosh direktor nomiga xabarnoma yuborish yoʻli bilan ushbu Shartnomani denonsatsiya qilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628368" id="-5628368">(2) Denonsatsiya Bosh direktor ushbu xabarnomani olgan sanadan eʼtiboran ikki yil oʻtib kuchga kiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628371" id="-5628371">(3) Hech bir Ahdlashuvchi davlat <a href="/mact/-2119620#-5628363">(1)-bandda </a>koʻzda tutilgan denonsatsiya huquqidan, shu davlatning oʻzi ushbu Shartnoma qatnashchisiga aylangan sanadan eʼtiboran besh yil muddat oʻmagunga qadar, foydalana olmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628374" id="-5628374">(4) Ushbu Shartnomaning <a href="/mact/-2119620#-5627607">7(1)(a)-moddada </a>aytib oʻtilgan dekloratsiyani deponentlash boʻyicha muassasaga nisbatan deklaratsiyani amalga oshirgan va bu unga deponentlash boʻyicha xalqaro organ maqomiga ega boʻlish imkonini bergan Ahdlashuvchi davlat tomonidan denonsatsiya qilinishi tufayli <a href="/mact/-2119620#-5628363">(1)-bandda </a>aytib oʻtilgan xabarnoma Bosh direktor tomonidan olingan sanadan eʼtiboran bir yil oʻtib, bunday maqomning tugatilishiga olib keladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5628377" id="-5628377">18-modda <br />Shartnomaning imzolanishi va tillari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628382" id="-5628382">(1)(a) Ushbu Shartnoma bittadan asl nusxada ingliz va fransuz tillarida imzolanadi, bunda ikkala matn aynan bir xil. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628384" id="-5628384">(b) Ushbu Shartnomaning rasmiy matnlari Bosh direktor tomonidan, manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashgandan keyin, hamda ushbu Shartnoma Butunjahon intellektual mulk tashkilotini taʼsis etuvchi Konvensiya boshqa tillarda imzolangan sanadan eʼtiboran ikki oy mobaynida, ishlab chiqiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628386" id="-5628386">(s) Ushbu Shartnomaning rasmiy matnlari Bosh direktor tomonidan, manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashgandan keyin, arab, italyan, olmon, portugal va yapon tillarida, shuningdek Assambleya belgilab beradigan boshqa tillarda ishlab chiqiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628388" id="-5628388">(2) Ushbu shartnoma 1977-yil 31-dekabrgacha Budapeshtda imzolash uchun ochiqdir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5628389" id="-5628389">19-modda <br />Shartnomani saqlash; nusxalarni joʻnatish; Shartnomani roʻyxatga olish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628390" id="-5628390">(1) Ushbu Shartnomaning asl matni, u imzolash uchun yopilganidan keyin, Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628391" id="-5628391">(2) Bosh direktor ushbu Shartnoma va <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnomaning </a>oʻzi tomonidan tasdiqlangan ikkita nusxasini <a href="/mact/-2119620#-5628322">15(1)-moddada </a>aytib oʻtilgan hamma davlatlarning hukumatlariga, <a href="/mact/-2119620#-5627653">9(1)(a)-moddaga </a>muvofiq deklaratsiya topshirishi mumkin boʻlgan hukumatlararo tashkilotlarga, va, talabga binoan, har qanday boshqa davlatning hukumatiga beradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628393" id="-5628393">(3) Bosh direktor ushbu Shartnomani Birlashgan millatlar tashkilotining Kotibiyatida roʻyxatdan oʻtkazadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628397" id="-5628397">(4) Bosh direktor ushbu Shartnomaga va <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnomaga </a>kiritilgan har qanday tuzatishning oʻzi tomonidan tasdiqlangan ikkita nusxasini hamma Ahdlashuvchi davlatlarga, hukumatlararo sanoat mulki tashkilotlariga va, talabga binoan, har qanday boshqa davlatning hukumatiga va <a href="/mact/-2119620#-5627653">9(1)(a)-moddaga </a>muvofiq deklaratsiya topshira oladigan har qanday boshqa hukumatlararo tashkilotga beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-5628398" id="-5628398">20-modda<br /> Bildirishnomalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628402" id="-5628402">Bosh direktor Ahdlashuvchi davlatlarni, hukumatlararo sanoat mulki tashkilotlarini hamda Ittifoq aʼzosi boʻlmagan, Sanoat mulkining muhofazasi boʻyicha Xalqaro (Parij) ittifoqining aʼzosi boʻlgan davlatlarni: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628409" id="-5628409">(i) <a href="/mact/-2119620#-5628377">18-moddaga </a>muvofiq imzolashlar toʻgʻrisida, </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628411" id="-5628411">(ii) <a href="/mact/-2119620#-5628336">15(2)-moddaga </a>muvofiq qoʻshilish toʻgʻrisidagi ratifikatsion hujjatlar yoki aktlarning saqlashga topshirilgani toʻgʻrisida,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628412" id="-5628412">(iii) <a href="/mact/-2119620#-5627653">9(1)(a)-moddaning </a>qoidalariga muvofiq topshirilgan deklaratsiyalar va <a href="/mact/-2119620#-5627653">9(1)(a)-moddaga </a>muvofiq chaqirib olish haqidagi xabarnomalar toʻgʻrisida, </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628413" id="-5628413">(iv) <a href="/mact/-2119620#-5628351">16(1)-moddaga </a>muvofiq ushbu shartnomaning kuchga kirgan sanasi toʻgʻrisida, </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628414" id="-5628414">(v) <a href="/mact/-2119620#-5627603">7-</a> va-<a href="/mact/-2119620#-5627619">8-moddalarga </a>muvofiq xabarlar toʻgʻrisida, shuningdek <a href="/mact/-2119620#-5627619">8-moddaga </a>muvofiq qarorlar toʻgʻrisida,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628415" id="-5628415">(vi) <a href="/mact/-2119620#-5628299">14(3)-moddaga </a>muvofiq ushbu Shartnomaga kiritilgan tuzatishlarni qabul qilish toʻgʻrisida,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628417" id="-5628417">(vii) <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnomaga </a>kiritiladigan har qanday tuzatish toʻgʻrisida,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628418" id="-5628418">(viii) Shartnomaga yoki <a href="/mact/-2970033">Yoʻriqnomaga </a>kiritilgan tuzatishlarning kuchga kirgan sanasi toʻgʻrisida,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5628419" id="-5628419">(ix) <a href="/mact/-2119620#-5628358">17-moddaga </a>muvofiq olingan denonsatsiyalar toʻgʻrisida xabardor qiladi. </div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
