OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy belgilangan yoshdan 10 va 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 2 va 3-roʻyxatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 3-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2409 ]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy belgilangan yoshdan 10 va 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 2 va 3-roʻyxatlariga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.