|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.06.2019
|
|
Reytingni tuzuvchi — Davlat test markazi | ||
|
Reytingni tuzishning davriyligi — har yili, natijalarini ommaviy axborot vositalarida chop etgan holda | ||
| T/r |
Ko‘rsatkich |
Ko‘rsatkichning umumiy reytingdagi salmog‘i |
| | Yakuniy reyting shu jumladan: |
100% |
| | I. O‘qitish sifati darajasining indeksi | 35% |
| 1.1. |
Xorijiy oliy ta’lim muassasalari darajasiga (PhD) ega bo‘lgan, jahondagi 300 ta eng yaxshi oliy o‘quv yurtlari jumlasiga kiradigan professor-o‘qituvchilar tarkibi (PO‘T) ulushi (umumiy soniga nisbatan % hisobida) |
7% |
| 1.2. |
O‘qitish sifati darajasi (oliy o‘quv yurti talabalaridan so‘rov natijalari bo‘yicha) |
7% |
| 1.3. |
Yil mobaynida oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari soni (100 nafar PO‘T hisobiga) |
5% |
| 1.4. |
Xorijiy o‘qituvchilar va xorijiy talabalar ulushi (tegishli ravishda umumiy soniga nisbatan % hisobida) |
4% |
| 1.5 |
Xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan almashish dasturlari soni |
4% |
| 1.6. |
Xorijiy tilda o‘qitiladigan ta’lim (mutaxassisliklar) yo‘nalishlari bo‘yicha soni (umumiy soniga nisbatan % hisobida) |
3% |
| 1.7. |
PO‘Tning xorijiy tillarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilish darajasi |
3% |
| 1.8. |
O‘quv jarayonida laboratoriya va yordamchi uskunalardan foydalanish |
2% |
| | II. Talabalar va bitiruvchilar malakasining indeksi | 20% |
| 2.1. |
Bitiruvchilar malakasini ish beruvchilardan so‘rov natijalari bo‘yicha baholash |
10% |
| 2.2. |
Xalqaro va respublika olimpiadalarida va nufuzli tanlovlarda mukofotlar (diplomlar) va sovrinli o‘rinlar bilan taqdirlangan talabalar soni |
5% |
| 2.3. |
O‘qishni tugatgandan keyin 6 oy mobaynida mutaxassislik bo‘yicha ishga joylashgan bitiruvchilar ulushi |
5% |
| | III. Oliy o‘quv yurtining ilmiy salohiyati | |
| 3.1. |
Xalqaro indekslar ma’lumotlari bo‘yicha oliy o‘quv yurtining PO‘T tomonidan chop etilgan materiallardan iqtiboslar darajasi |
8% |
| 3.2. |
Yil mobaynida xorijiy referatsiyalanadigan ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar va intellektual mulk obyektlariga olingan sertifikatlar (patentlar) soni (1 nafar PO‘T hisobiga) |
7% |
| 3.3. |
Oliy o‘quv yurti xodimlari tomonidan himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalari va chop etilgan monografiyalar soni (100 nafar PO‘T hisobiga) |
4% |
| 3.4. |
Ilmiy-tadqiqot faoliyatidan olingan mablag‘lar (1 nafar PO‘T hisobiga), shu jumladan: |
16% |
|
xorijiy ilmiy fondlar va tadqiqot markazlarining grantlari va buyurtmalari hisobiga olingan mablag‘lar (1 nafar PO‘T hisobiga); |
7% | |
|
iqtisodiyot tarmoqlari buyurtmalari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlardan, shuningdek davlat grantlari hisobiga olingan mablag‘lar (1 nafar PO‘T hisobiga) |
9% | |
| | IV. Boshqa ko‘rsatkichlar | |
| 4.1. |
Axborot-resurs markazining o‘quv adabiyotlari, shu jumladan elektron kitoblar bilan ta’minlanganligi, elektron resurslardan masofadan foydalanishning mavjudligi (1 nafar talaba va 1 nafar PO‘T hisobiga fondlar soni) |
4% |
| 4.2. |
O‘quv jarayonida va ilmiy-tadqiqot ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanish darajasi (kompyuter texnikasi, multimediy uskunasi, Internetdan foydalanish) |
3% |
| 4.3. |
Internetda oliy o‘quv yurti to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish (oliy o‘quv yurti veb-saytining sifati, oliy o‘quv yurti to‘g‘risida zarur axborotning chop etilgan maqolalar va materiallarning, foydalanuvchilarning elektron so‘rovlari uchun bog‘lanish ma’lumotlarining mavjudligi, saytning yangilab borilishi) |
2% |
| 4.4. |
Oliy o‘quv yurtining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan PO‘T soni |
1% |