1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-dekabr,
PF–4494-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-dekabrdagi PF–4494-sonli Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Import operatsiyalarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 18-fevraldagi PF–1930-sonli Farmonining 2-bandidagi “vakolatli banklar va bojxona organlarida” soʻzlari “vakolatli banklarda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy sohalarida islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish, mamlakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Dasturlarni amalga oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 2-iyundagi PF–2612-sonli Farmonining 2-ilovasi 5-boʻlimi “Qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar” ustunidagi 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-sentabrdagi PF–3321-sonli Farmoni 2-bandining birinchi xatboshidagi “ularni hisobga olish, import qilinadigan tovarlarni bojxona orqali baholash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini” soʻzlari “import qilinadigan tovarlarni bojxona orqali baholashni”soʻzlari bilan almashtirilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-noyabrdagi PF-4858-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 48-son, 547-modda)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi PF-5366-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2018-y., 06/18/5366/1879-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 2-modda; 2016-y., 48-son, 547-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2018-y., 06/18/5366/1879-son)