1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.04.00 Olib chiqishga cheklovlar, taqiqlar (maʼdaniy boyliklar, qimmatbaho metallar va toshlar, tovarlar, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan buyumlar va boshqalar)]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RANGLI METALLAR PARChALARI VA ChIQINDILARI EKSPORTINI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-85-sonli “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Rangli metallar ichki bozorini himoya qilish, vatanimizdagi ishlab chiqaruvchilarni xomashyo bilan taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.04.00 Olib chiqishga cheklovlar, taqiqlar (maʼdaniy boyliklar, qimmatbaho metallar va toshlar, tovarlar, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan buyumlar va boshqalar);
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.02.00 Import va eksportni chegaralash]
1. 1999-yil 15-fevraldan boshlab rangli metallar parchalari va chiqindilarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish taqiqlansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-martdagi PF-3982-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 95-modda)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
2. “Oʻzbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJga har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan hajmlarda rangli metallar parchalari va chiqindilarini eksport qilish huquqi berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi PF-5300-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 06/18/5300/0557-son)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi olib chiqib ketilishi taqiqlangan tovarlar, buyumlar va mahsulotlarning respublikadan tashqariga chiqarilishi chogʻida belgilangan tartibga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-sonli “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 5-fevral,
PF-2212-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 2-son, 51-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 375-modda; 2008-y., 14-15-son, 95-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 06/18/5300/0557-son)