1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
2013-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 10-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2403]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 16-oktabrdagi 6-mb-sonli “2014-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2523, 15.11.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 219-modda) 51-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. 2013-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari 1—118-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2011-yil 24-oktabrdagi 4-mb-son “2012-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2283, 2011-yil 17-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 484-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 24-iyuldagi 1-mb-son “2012-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2283-1, 2012-yil 30-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 361-modda).
3. Ushbu qaror 2013-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Rais B. TOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-oktabr,
4-mb-son
Tijorat banki faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (1-ilova)
Sugʻurta tashkiloti faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (2-ilova)
Tashkilotning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida hisoboti (3-ilova)
Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar toʻgʻrisida hisoboti (4-ilova)
Tashkilot xarajatlari toʻgʻrisida hisoboti (5-ilova)
Ishlab chiqaruvchilarning sanoat tovarlari narxlari toʻgʻrisida hisoboti (6-ilova)
Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari oʻrtacha narxlari toʻgʻrisida hisoboti (7-ilova)
Avtomobil transporti korxonalarida yuk tashish tariflari toʻgʻrisida hisoboti (8-ilova)
Temir yoʻl transportida yuk tashish tariflari toʻgʻrisida hisoboti (9-ilova)
Havo transportida yuk tashish tariflari toʻgʻrisida hisoboti (10-ilova)
Quvur yoʻli transportida yuk tashish (uzatish) tariflari toʻgʻrisida hisoboti (11-ilova)
Aloqa xizmati tariflari toʻgʻrisida hisoboti (12-ilova)
Xarid qilingan asosiy qurilish materiallari, qismlar va konstruksiyalar narxlari toʻgʻrisida hisoboti (13-ilova)
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisoboti (15-ilova)
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisoboti (16-ilova)
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisoboti (16/1-ilova)
Kooperatsiya birjasida tuzilgan shartnomalar doirasida 2013-yilda tayyor mahsulot, butlovchi qism va materiallar yetkazib berilishining borishi toʻgʻrisida hisoboti (16/2-ilova)
Nosanoat tashkilotlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarishi toʻgʻrisida hisoboti (17-ilova)
Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida hisoboti (18-ilova)
Yoqilgʻi yetkazish va uning tushish manbalari toʻgʻrisida hisoboti (19-ilova)
Gazning kelib tushish manbalari va uning taqsimoti hisoboti (19/1-ilova)
Yoqilgʻi kelib tushishi, sarfi va qoldiqlari toʻgʻrisida hisoboti (20-ilova)
Neft va gaz kondensatini ishlab chiqarish va taqsimoti toʻgʻrisida hisoboti (21-ilova)
Elektr energiya manbalari va taqsimoti, elektr stansiyalari (elektr generator qurilmalari) ishi toʻgʻrisida hisoboti (22-ilova)
Rangli metall parchalari va chiqindilarining shakllanishi va ishlatilishi toʻgʻrisida hisoboti (23-ilova)
Paxta xomashyosini qayta ishlash toʻgʻrisida hisoboti (24-ilova)
2012-yil paxta xomashyosini qayta ishlash natijalari toʻgʻrisida hisoboti (24/1-ilova)
Paxta xomashyosi xaridi toʻgʻrisida hisoboti (25-ilova)
Boshoqli don xaridi toʻgʻrisida hisoboti (26-ilova)
Fermer xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot shakli (31a-ilova)
(31a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 10-iyundagi 2-mb-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2403-1, 18.06.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 25-son, 328-modda)
Dehqon xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (32-ilova)
Mavjud qishloq xoʻjalik texnikalari hamda dehqonchilik va chorvachilik sohasida koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida hisoboti (33-ilova)
Oʻrmon parvarishi ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida hisoboti (34-ilova)
Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida hisoboti (35-ilova)
Zaharli chiqindilar hosil boʻlishi, foydalanilishi va ularning joylashtirilishi toʻgʻrisida hisoboti (36-ilova)
Tabiatni muhofaza qilish joriy xarajatlari, atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlovlar toʻgʻrisida hisoboti (37-ilova)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boʻyicha hisoboti (38-ilova)
Yerlarni rekultivatsiya qilish toʻgʻrisida hisoboti (39-ilova)
Ovchilik xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (40-ilova)
Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga yoʻnaltirilgan investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisida hisoboti (42-ilova)
Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga yoʻnaltirilgan investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisida hisoboti (43-ilova)
Ijtimoiy sohaning ayrim obyektlarini ishga tushirish toʻgʻrisida hisoboti (43/1-ilova)
Qurilish ishlarining bajarilishi, qurilish mashina va mexanizmlarining mavjudligi toʻgʻrisida hisoboti (44-ilova)
Qurilish ishlarining bajarilishi toʻgʻrisida hisoboti (45-ilova)
Jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar qurilishi toʻgʻrisida hisoboti (46-ilova)
Yakka tartibda qurilgan turar joylarni va noturar binolarni ishga tushirish toʻgʻrisida hisoboti (46/1-ilova)
Oʻzbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga yoʻnaltirilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisoboti (47-ilova)
Oʻzbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisoboti (47/1-ilova)
Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar toʻgʻrisida hisoboti (48-ilova)
Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar toʻgʻrisida hisoboti (49-ilova)
Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar toʻgʻrisida hisoboti (49/1-ilova)
Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisoboti (50-ilova)
Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarni bajarilishi toʻgʻrisida hisoboti (102-ilova)
Innovatsiya faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (103-ilova)
Pensionerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar toʻgʻrisida (104-ilova)
Ishlayotgan pensionerlar toʻgʻrisida hisobot (104/1-ilova)
Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar va oʻsmirlarni aniqlash va joylashtirish boʻyicha hisoboti (105-ilova)
Aholiga tibbiy yordam koʻrsatuvchi muassasalar faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (106-ilova)
Homilador, tugʻadigan va tuqqanlarga tibbiy yordam koʻrsatish,homiladorlikni toʻxtatish va kontratsepsiya vositalaridan foydalanish toʻgʻrisida hisoboti (107-ilova)
Bolalarga tibbiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida hisoboti (108-ilova)
Odam immun tanqisligi virusi bilan kasallangan bemorlar va qonni oitvga tekshirish natijalari toʻgʻrisida hisoboti (109-ilova)
Profilaktik emlashlar toʻgʻrisida hisoboti (110-ilova)
Yuqumli va parazitar kasalliklar toʻgʻrisida hisoboti (110/1-ilova)
Nogironlar uchun reabilitatsiya markazlari faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (111-ilova)
Nogironlik sabablari toʻgʻrisida hisoboti (112-ilova)
Tumanlar va shaharlarning maʼmuriy-hududiy oʻzgarishlari toʻgʻrisida hisoboti (113-ilova)