1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.03.00 Xizmatchilar, xizmatdan boʻshagan fuqarolar va ular oila aʼzolariga beriladigan imtiyozlar]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING
Qarori
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2402]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2017-yil 14-iyuldagi 22, 30, 82-sonli “Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2914, 22.08.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31 maydagi PQ-1765-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 22- son, 242-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
1. Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2005-yil 29-noyabrdagi 597, 8-son bilan Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan 2005-yil 30-noyabrdagi 145-son bilan tasdiqlangan “Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror (roʻyxat raqami 1530, 2005-yil 5-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 49-50-son, 370-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri Q. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-oktabr,
11-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-oktabr,
33-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-oktabr,
113-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2012-yil 23-oktabrdagi 11, 33, 113-sonli qaroriga ILOVA
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31 maydagi PQ-1765-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 22-son, 242-modda) muvofiq muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar (keyingi oʻrinlarda tavsiyanoma deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Tavsiyanomalar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikda yuqori natijalarga erishgan, zarur bilim darajasiga va namunali harbiy intizomga ega munosib harbiy xizmatchilarga harbiy qism komandirlari tomonidan beriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan, harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan fuqarolar barcha yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy taʼlim muassasalariga kirishda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballarning 27 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyozga ega boʻladi.
II bob. Tavsiyanomalar berish
3. Muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berish toʻgʻrisidagi qaror harbiy qism komandiri tomonidan ushbu harbiy xizmatchining bevosita komandirlari taqdim etgan taqdimnoma va muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy yigʻilishida qabul qilingan qarorga asosan qabul qilinadi. Bunda, muddatli harbiy xizmatchining xizmat davridagi harbiy intizomi, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik davomida erishgan natijalari hamda muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik dasturlarining oʻzlashtirilishiga oid yakuniy baholarni aniqlash maqsadida oʻtkazilgan test sinovlarining natijalari inobatga olinadi.
Harbiy qism komandirlari muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berish yuzasidan xolisona qaror qabul qilinishi uchun shaxsan javobgar boʻladi.
Har bir harbiy qismda harbiy intizom hamda muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik dasturlari oʻzlashtirib borilishi holatining hisobi yuritib borilishi shart. Guruh, vzvod, batalon va brigada komandirlari muddatli harbiy xizmatchilarning xizmat davridagi namunali harbiy intizomi, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarligi boʻyicha natijalarini xolisona baholab borish uchun shaxsan javobgar boʻladi.
4. Muddatli harbiy xizmatchiga harbiy intizom, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik natijalari boʻyicha ballar qoʻyish butun xizmat davri davomida amalga oshiriladi.
Agar muddatli harbiy xizmatchi namunali harbiy intizomi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomida nazarda tutilgan tartibda ragʻbatlantirilgan (muqaddam berilgan intizomiy taʼsir chorasining bekor qilinishi bundan mustasno) boʻlsa, unga quyidagi tartibda ballar qoʻyib boriladi:
harbiy qism komandiri tomonidan ragʻbatlantirilgan boʻlsa — 5 ball;
harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni (birlashma komandiri) tomonidan ragʻbatlantirilgan boʻlsa — 10 ball;
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari — Mudofaa vazirligi Bosh shtabi boshligʻi tomonidan ragʻbatlantirilgan boʻlsa — 15 ball;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2013-yil 5-iyuldagi 7, 19, 50-sonli qarori (roʻyxat raqami 2402-1, 31.07.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 31-son, 423-modda)
tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari rahbarlari tomonidan ragʻbatlantirilgan boʻlsa — 20 ball.
Muddatli harbiy xizmatchiga muddatli harbiy xizmat davrida namunali harbiy intizomi uchun koʻpi bilan 20 ball qoʻyiladi. Bunda, harbiy qism komandiri tomonidan ragʻbatlantirishning sonidan qatʼi nazar, 5 balldan ortiq ball qoʻyilmaydi.
5. Muddatli harbiy xizmat davomida nazorat-tekshiruv mashgʻulotlari natijalari boʻyicha muddatli harbiy xizmatchiga jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik uchun baho qoʻyib boriladi. Muddatli harbiy xizmatchining umumiy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha baholarning umumiy oʻrtacha arifmetik qiymati chiqariladi.
Jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha baholarning umumiy oʻrtacha arifmetik qiymati uchun muddatli harbiy xizmatchiga quyidagi tartibda ballar qoʻyiladi:
4,0 dan 4,3 ga qadar — 10 ball;
4,4 dan 4,7 ga qadar — 15 ball;
4,8 dan 5,0 ga qadar — 20 ball.
Umumiy oʻrtacha arifmetik bahosi 4,0 dan kam boʻlgan muddatli harbiy xizmatchiga ball qoʻyilmaydi.
6. Test sinovlari oʻtkazilishi boshlanishidan 5 kun oldin harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Muddatli harbiy xizmatchilarga xizmat davri uchun jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha qoʻyilgan umumiy oʻrtacha baholar va ballarning yigʻma vedomosti tuziladi. Yigʻma vedomost muddatli harbiy xizmatchilarning bevosita komandirlari va harbiy qism komandirining oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi va harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi.
Yigʻma vedomostdan olingan koʻchirmalar harbiy qism shtabi boshligʻining imzosi va gerbli muhr bilan tasdiqlanib, test sinovlari boshlanishidan 3 kun oldin hamma uchun koʻrinarli joyga osib qoʻyiladi.
7. Muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik dasturlari oʻzlashtirilganligini yakuniy baholash uchun har bir harbiy qismda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda DTM deb yuritiladi) tomonidan test sinovlari oʻtkaziladi.
Test sinovlarini oʻtkazish muddati tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan DTM bilan kelishilgan holda belgilanadi.
8. Test sinovlari oʻtkazilishidan bir oy oldin tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan DTM bilan birgalikda muddatli harbiy xizmatchilarni tayyorlash dasturlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar qoʻshinlari turlarining jangovar-xizmat vazifalari xususiyatlari inobatga olingan holda namunaviy test savollari ishlab chiqiladi. Mantiqiy testlar DTM tomonidan, tegishli vazirlik va idoralarning masʼul mansabdor shaxslari ishtirokida ishlab chiqiladi. Test savollari tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik dasturlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni inobatga olgan holda har yili qayta koʻrib chiqilishi lozim.
9. Muddatli harbiy xizmatchilarni test sinovlaridan oʻtkazish uchun ishlab chiqilgan test savollarining umumiy soni 80 ta savoldan tashkil topib, ulardan 40 tasi– jangovar tayyorgarlikka oid, 20 tasi – maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikka oid, 20 tasi – mantiqiy testlardan iborat boʻladi. Har bir jangovar tayyorgarlikka oid toʻgʻri echilgan test savoli uchun – 1,2 ball, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikka oid toʻgʻri echilgan test savoli uchun – 1,1 ball, mantiqiy test uchun – 1 ball qoʻyiladi. Test topshiriqlarini echish uchun 2 soat beriladi. Javoblar varaqasini toʻldirish uchun 30 daqiqa ajratiladi. Test sinovlari oʻtkazish uchun umumiy vaqt 2 soat 30 daqiqani tashkil etadi.
10. DTMdan test sinovlarining natijalariga oid rasmiy maʼlumotlar olingach, har bir harbiy qismda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Muddatli harbiy xizmatchilar bilan oʻtkazilgan test sinovlarining natijalari va xizmat davri davomida toʻplangan ballarning yakuniy vedomosti tuziladi. Yakuniy vedomost toʻplangan ballarning pasayish tartibida tuzilib, harbiy qism komandirining oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi va harbiy qism komandiri tomonidan tasdiqlanadi. Yakuniy vedomostning nusxasi harbiy qism shtabi boshligʻining imzosi va gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda DTMdan olingan test sinovlarining natijalariga oid rasmiy hujjatlar bilan birga hamma uchun koʻrinarli joyga osib qoʻyiladi.
11. Tavsiyanoma berish yuzasidan yakuniy qaror qabul qilish uchun har bir nomzod muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy yigʻilishida muhokama qilinib, nomzodning xizmat faoliyatiga baho beriladi, test sinovlari natijalari, namunali harbiy intizomi, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha toʻplagan ballari hamda har bir harbiy xizmatchi toʻplagan ballarning umumiy miqdori eʼlon qilinadi.
Harbiy intizomining holati, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik natijalari va test sinovlari boʻyicha eng koʻp ball toʻplagan muddatli harbiy xizmatchi muddatli harbiy xizmatchilarning umumiy yigʻilish tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganidan soʻng, tavsiyanoma olishga munosib, deb hisoblanadi.
Bunda, yuqori ballar toʻplagan, biroq xizmat faoliyatiga salbiy tavsif berilgan harbiy xizmatchilarga, umumiy yigʻilish va boʻlinma komandirlarining yozma murojaati asosida harbiy qism komandirining qarori bilan tavsiyanoma berilmaydi.
Toʻplagan ballarining miqdoridan qatʼi nazar, muddatli harbiy xizmati davrida harbiy intizomni qoʻpol ravishda buzgan boʻlib, ular yuzasidan xizmat surishtiruvi oʻtkazilgan, harbiy qism komandirining tegishli buyruqlari chiqarilgan muddatli harbiy xizmatchi tavsiyanoma olish huquqiga ega emas.
12. Beriladigan tavsiyanomalarning umumiy soni harbiy qismning roʻyxatiga kiritilgan muddatli harbiy xizmatchilar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.
Bir necha nafar harbiy xizmatchining bir xil miqdorda ball toʻplagani bois, 40 foizli cheklashga amal qilishning iloji boʻlmasa, beriladigan tavsiyanomalar sonini bunday harbiy xizmatchilar soniga mos ravishda oshirishga ruxsat beriladi.
Xizmat davrida davlat mukofoti bilan taqdirlangan muddatli harbiy xizmatchi test sinovlarining natijalari inobatga olinmay, tavsiyanoma olish huquqiga ega boʻladi.
13. Muddatli harbiy xizmatchiga tavsiyanoma berilganda harbiy xizmatchini harbiy qism shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi harbiy qism komandirining buyrugʻiga quyidagi mazmundagi band kiritiladi: “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31 maydagi PQ-1765-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, oʻz harbiy burchini vijdonan ado etgan ______________________________________ (harbiy unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma berildi”.
Harbiy guvohnomaning “Alohida qaydlar” boʻlimiga quyidagi yozuv kiritiladi: “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun 20 __ yil “___” ______ kuni ____ seriyali ____________ raqamli tavsiyanoma berildi”. Ushbu yozuv shtab boshligʻining imzosi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
14. Tavsiyanomalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Tavsiyanomalar blankalari mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi.
Tavsiyanomalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun masʼuliyat harbiy qism komandirining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari zimmasiga yuklanadi.
Har yilning mart-aprel oylarida vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning tegishli boshqarmalariga muddatli harbiy xizmatchilarga berilgan tavsiyanomalar soni, ularning seriya va raqamlari koʻrsatib oʻtilgan hisobot, tavsiyanoma olgan harbiy xizmatchilar roʻyxati va umumiy yigʻilish bayonnomalarining nusxalari yuboriladi. Berilgan tavsiyanomalarning tikilgan qismi harbiy qism arxivida 5 yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanadi.
Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan tavsiyanomaning oʻrniga uning egasining arizasiga koʻra harbiy qism komandirining buyrugʻi bilan dublikat beriladi. Tavsiyanoma egasi uning yoʻqolganligi haqida davriy matbuotda eʼlon berishi va eʼlon nusxasini harbiy qismga taqdim etishi kerak. Yaroqsiz holga kelgan tavsiyanoma harbiy qismga qaytarilishi va belgilangan tartibda yoʻqotilishi lozim. Tavsiyanoma dublikati yangi blankada uning yuqori oʻng burchagida “Dublikat” yozuvi koʻrsatilgan holda rasmiylashtiriladi, unga uning aslida (tikilgan qismida) koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi. Dublikatning orqa tomoniga “20__ yil “___” _______dagi ___________-sonli tavsiyanoma oʻrniga berildi” degan yozuv kiritiladi va harbiy qismning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
III. Yakuniy qoidalar
15. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
16. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV
2012-yil 20-oktabr
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
“TASDIQLAYMAN” 00000 - HARBIY QISM KOMANDIRI
20 __ yil “___” ____________
________________________________ muddatli harbiy xizmatchilariga xizmat davri uchun jangovar va
(boʻlinma nomi)
maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha qoʻyilgan umumiy oʻrtacha baholar va ballarning
YIGʻMA VEDOMOSTI
T. r.
Harbiy unvoni
F. I. O.
Jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha umumiy oʻrtacha baholar va ballar miqdori
Namunali harbiy intizomi uchun ballar
Ballarning umumiy miqdori
jangovar tayyorgarlik boʻyicha
maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha
umumiy oʻrtacha baho
ballar miqdori
kim tomondan ragʻbatlantirilgan (buyruq sanasi va raqami)
ballar miqdori
1.
2.
Harbiy qism komandirining birinchi oʻrinbosari – shtab boshligʻi
Harbiy qism komandirining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
Harbiy qism komandirining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari
Harbiy qism komandirining moddiy taʼminot boʻyicha oʻrinbosari
Harbiy qism komandirining qurol-aslaha boʻyicha oʻrinbosari
Batalon (vzvod) komandiri
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2- ILOVA
TASDIQLAYMAN” 00000 - HARBIY QISM KOMANDIRI
20 __ yil “___” ____________
________________________________ muddatli harbiy xizmatchilari bilan oʻtkazilgan test
(boʻlinma nomi)
sinovlarining natijalari va xizmat davrida toʻplangan ballarining
YAKUNIY VEDOMOSTI
T. r.
Harbiy unvoni
F. I. O.
Javoblar varaqasining raqami
Test sinovlarining natijalari
Test sinovi natijasi boʻyicha toʻplangan ballar miqdori
Namunali harbiy intizomi uchun hamda jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik natijalari boʻyicha toʻplangan ballar
Toʻplagan ballarining umumiy miqdori
jami toʻgʻri javoblar
jumladan
toʻgʻri javoblar soni
maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha
mantiqiy testlar boʻyicha
toʻgʻri javoblar soni
ball miqdori
toʻgʻri javoblar soni
ball miqdori
toʻgʻri javoblar soni
ball miqdori
1.
2.
Harbiy qism komandirining birinchi oʻrinbosari – shtab boshligʻi
Harbiy qism komandirining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
Harbiy qism komandirining jangovar tayyorgarlik boʻyicha oʻrinbosari
Harbiy qism komandirining moddiy taʼminot boʻyicha oʻrinbosari
Harbiy qism komandirining qurol-aslaha boʻyicha oʻrinbosari
Batalon (vzvod) komandiri
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
TAVSIYANOMA BLANKASINING ShAKLI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 532-modda; 2013-y., 31-son, 423-modda)