Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qalmoqir konini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 23-noyabrdagi PQ-1233-son
qaroriga muvofiq hamda “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga jahon bozorlarida vujudga kelayotgan konyunkturani hisobga olgan holda Qalmoqir konini kengaytirish ishlarini jadallashtirish maqsadida:
1. “Qalmoqir konini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
“Olmaliq KMK” OAJ loyihaning I bosqichini (karerni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish) 2011-yilning I yarim yilligida ishlarni yakunlagan holda muddatidan oldin amalga oshirishni taʼminlasin;
loyihaning I bosqichini amalga oshirish yakunlarini hisobga olgan holda belgilangan tartibda loyihaning umuman va II bosqichning (karerni kengaytirish va ruda qazib olishni koʻpaytirish) tuzatilgan texnik-iqtisodiy asoslanishi tayyorlandi.
2. Umumiy qiymati 43,84 mln AQSH dollari ekvivalenti boʻlgan “Qalmoqir konini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” loyihasining II bosqichini amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
“Olmaliq KMK” OAJning 14,27 mln AQSH dollariga teng boʻlgan oʻz mablagʻlari, shu jumladan maxsus investitsiya hisob raqamlari mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki orqali qayta moliyalashtiriladigan 22,99 mln AQSH dollari miqdoridagi, 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yil imtiyozli davr bilan yillik 4,0 foiz stavkada, shu jumladan qayta moliyalashtiruvchi bankning yillik 1,0 foiz miqdoridagi marjasini hisobga olgan holda beriladigan krediti mablagʻlari;
“Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining yillik 6,0 foiz stavkasi bilan 7 yil muddatga, shu jumladan 2 yil imtiyozli davr bilan ajratiladigan 6,57 mln AQSH dollari miqdoridagi krediti mablagʻlari.
asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1
* va 1a-ilovalarga
* muvofiq boʻlgan, II bosqichda (“Ruda qazib olishni 30 mln tonnagacha koʻpaytirgan holda rudnikni kengaytirish”) amalga oshirilayotgan “Qalmoqir konini rekonstruksiya qilish va kengaytirish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi;
II bosqichda qayta moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditini soʻndirishning prognoz jadvali 2-ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin..