toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 08.11.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Texnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb etish jarayonini takomillashtirish uchun loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish tartibi joriy etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Texnik koʻmaklashish mablagʻlarini jalb etish, monitoring olib borish va oʻzlashtirishni muvofiqlashtirish jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 8-noyabr,
319-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 8-noyabrdagi 319-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 72-modda):
a) 1-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat budjeti, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar hamda donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida beriladigan xorijiy grantlar mablagʻlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan va bitta kontrakt boʻyicha qiymati 100 ming AQSH dollariga teng miqdordan ortiq boʻlgan import qilinadigan va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar tender asosida xarid qilinadi”;
b) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirdagi uchta xatboshi sifatida bayon qilinsin:
“Quyidagi hollarda, agar:
tovarlar (ishlar, xizmatlar) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq xarid qilinayotgan boʻlsa;
donor mamlakatlarning, tegishli xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarning tartibotlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar berish va xorijiy grantlar berish shartlarida oʻzgacha hol belgilangan boʻlsa, tenderlar oʻtkazilmaydi.
v) ilovada 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Nizom:
Davlat budjeti mablagʻlari;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar;
donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati tomonidan tuzilgan shartnomalar doirasida beriladigan xorijiy grantlar;
Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan import qilinadigan va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalarni xarid qilish yuzasidan tender savdolari (keyingi oʻrinlarda “tenderlar” deb ataladi) oʻtkazishni tashkil etish mexanizmini belgilab beradi.
3. Ushbu Nizomning amal qilishi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishga;
agar donor mamlakatlarning, tegishli xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarning tartibotlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar berish va xorijiy grantlar berish shartlarida tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishning oʻzgacha tartibi belgilangan boʻlsa, tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 61-modda):
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish, shuningdek texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) 4-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish, shuningdek texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish, shuningdek donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda donorlar deb ataladi) texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Texnik koʻmaklashish – bu asbob-uskunalar va texnologiyalar xarid qilish, tajriba-konstruktorlik ishlarini, ilmiy yoki boshqa tadqiqotlarni amalga oshirish, davolash, oʻqitish, xodimlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maslahat xizmatlari koʻrsatish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun donorlar tomonidan natura tarzidagi grantlar va pul shaklida beriladigan maqsadli mablagʻlardir.
3. Donorlarning texnik koʻmaklashish mablagʻlari hisobiga amalga oshirish nazarda tutilayotgan loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
4. Donorlarning texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi monitoringi va nazorat qilish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
II. Loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish
5. Har yili 31-maydan kechikmasdan Iqtisodiyot vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kelgusi yilda donorlar tomonidan moliyalashtirish nazarda tutilayotgan texnik koʻmaklashishning ustuvor loyihalari roʻyxati tayyorlanadi hamda Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishgan holda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
6. Har yili 25-yanvardan kechikmasdan Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tomonidan boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joriy yilda amalga oshirish uchun donorlar bilan oldindan ishlab chiqilayotgan loyihalar roʻyxati tayyorlanadi va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
7. Yangi loyiha taklifini ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatlarga kiritish uchun loyiha tashabbuskori boʻlgan vazirlik yoki idora yoxud texnik koʻmak oluvchi (ijro etuvchi agentlik) loyiha taklifini (oʻzbek/rus va ingliz tillarida) ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Loyiha taklifi pasportini ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga hamda Iqtisodiyot vazirligiga kiritadi.
Donorning oʻzi loyiha tashabbuskori boʻlgan taqdirda u Oʻzbekiston Respublikasi hududida donorning / vakilining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan vazirlik yoki idora/donor orqali (bunday vazirlik yoki idora boʻlmagan taqdirda — bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga) loyiha taklifini ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Loyiha taklifi pasportini ilova qilgan holda, keyinchalik koʻrib chiqish uchun Iqtisodiyot vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga yuborish uchun, taqdim etadi.
Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi loyiha taklifi olingandan keyin oʻn kun muddatda, tahlil oʻtkazish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga loyiha taklifini koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hududida donor faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul vazirlik/donorning vakili hisoblangan taqdirda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi yoki Iqtisodiyot vazirligi loyiha taklifi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga loyiha taklifini koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etadi.
Zarur boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan loyiha takliflarini koʻrib chiqish uchun loyihani amalga oshirishning moʻljallanayotgan sohasiga aloqador boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralarni jalb qilishga haqlidir.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi barcha xulosalar olingandan keyin bir hafta muddatda:
ijobiy xulosalar mavjud boʻlgan taqdirda loyiha taklifini koʻrib chiqish va yuqorida koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilish uchun umumlashtirilgan xulosani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi masalasida manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda vazirliklar va idoralarning umumlashtirilgan fikrini u yoki bu loyihani texnik koʻmaklashish loyihalari roʻyxatiga kiritishga doir uzil-kesil qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
loyiha hujjatini puxtalashtirish zarur boʻlganda uni Oʻzbekiston Respublikasi hududida donorning/donorning vakili faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan vazirlik yoxud idora orqali loyiha tashabbuskoriga/ijro etuvchi agentlikka, bunday vazirlik yoki idora boʻlmagan taqdirda – bevosita donorga qaytaradi.
9. Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori olingandan keyin uch kun muddatda:
loyiha tashabbuskorini/ijro etuvchi agentlikni qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi;
ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda loyiha taklifini (oʻzbek/rus va ingliz tillarida) keyinchalik donorlar bilan ishlab chiqish va kelishish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga, Tashqi ishlar vazirligiga va xalqaro moliya institutlarida Oʻzbekiston Respublikasidan boshqaruvchilar ofislariga yuboradi;
donorning oʻzi loyiha tashabbuskori boʻlgan taqdirda uni Oʻzbekiston Respublikasi hududida donorning/donor vakilining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan vazirlik yoki idora orqali, vazirlik yoki idora boʻlmagan taqdirda esa — bevosita donorni qabul qilingan qaror toʻgʻrisida, qaror ijobiy boʻlgan taqdirda loyihani Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirish boʻyicha tayinlangan ijro etuvchi/birgalikda ijro etuvchi agentlik toʻgʻrisida xabardor qiladi. Oʻzbekiston tomonidan ijro etuvchi/birgalikda ijro etuvchi agentlikning mavjud boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha texnik koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirishning majburiy sharti hisoblanadi.
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari texnik koʻmaklashish loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibiga rioya etilishi uchun shaxsan javob beradilar.
III. Texnik koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirish monitoringi
10. Texnik koʻmakni oluvchi vazirlik yoki idora (ijro etuvchi agentlik) donor tomonidan texnik koʻmaklashish granti maqullanishi toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingandan keyin ikki hafta muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamentiga (keyingi oʻrinlarda Moliya vazirligining departamenti deb ataladi) Moliya vazirligi bilan kelishilgan va Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlangan:
a) texnik koʻmaklashish loyihasini amalga oshirish tadbirlari rejasini;
b) grant mablagʻlarini oʻzlashtirish jadvalini;
v) texnik koʻmaklashish loyihasi doirasida xarid qilish va/yoki yetkazib berish moʻljallanayotgan asbob-uskunalar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatini;
g) loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi imzolangan bitim nusxasini taqdim etadi.
11. Vazirliklar, idoralar va Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari boʻyicha axborotlarni turkumlash va texnik koʻmaklashishdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har chorakda hisobot choragi oxirgi oyining 25-kunidan kechikmay Moliya vazirligining departamentiga texnik koʻmakni oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan shakl boʻyicha taqdim etadi (ushbu Nizomga 4-ilova).
12. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi donorlar jalb etilishi va loyihani amalga oshirish davomida ular tomonidan majburiyatlar bajarilishining doimiy monitoringini olib boradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi donorlar tomonidan texnik koʻmaklashish loyihalarini moliyalashtirish yuzasidan qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga tushayotgan maʼlumotlar haqida oʻz vaqtida Moliya vazirligining departamentiga xabar beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 27-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga hamda Vazirlar Mahkamasiga donorlarni jalb etish va Oʻzbekiston Respublikasida texnik koʻmaklashish loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi tahliliy materiallarni taqdim etadi.
13. Grant mablagʻlari hisobiga tovarlar (ishlar va xizmatlar) sotib olish donorlar tomonidan belgilangan tartibotlarga muvofiq tender asosida amalga oshiriladi va ular uchun haq, qoidaga koʻra, ularning qarorgohlarida ochilgan tegishli hisob raqamlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlanadi. Grant mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasida oluvchilar hisob raqamlariga ularning faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat bankida maxsus ochilgan hisob raqamlariga tushadi.
14. Donorlarning texnik koʻmaklashish loyihalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish ushbu loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ijro etuvchi agentliklar uch kun mobaynida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga va Moliya vazirligining departamentiga donorlarning texnik koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirish doirasida olib kelinayotgan tovarlar tushganligi toʻgʻrisida axborot beradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tovarlar donorlarning texnik koʻmagiga tegishliligi toʻgʻrisidagi xulosa zarurligi bayon qilingan taqdirda bojxonada rasmiylashtirish maqsadida ijro etuvchi agentliklarga ushbu xulosa Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida texnik koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisida tuzilgan tegishli shartnomalarni tahlil qilish asosida beriladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi berilayotgan xulosalarning hisobga olinishi va ularning donorlar bilan tuzilgan shartnomalariga muvofiqligi uchun javob beradi.
15. Texnik koʻmaklashish loyihalari tugallangandan keyin ijro etuvchi agentliklar bir oy muddatda Moliya vazirligining departamentiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga loyihaning erishilgan maqsadlarini, iqtisodiy, ijtimoiy va/yoki ilmiy samarasini, balansga qabul qilinganligi va yetkazib berilgan moddiy-texnika vositalaridan foydalanish yoʻnalishlarini aks ettiruvchi texnik koʻmaklashish loyihasi amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi ijro etuvchi agentlikning rahbari tomonidan tasdiqlangan yakunlovchi hisobotni, shuningdek loyiha natijalarini qoʻllashga doir chora-tadbirlar rejasini taqdim etadi.
16. Ushbu Nizomning 10 va 15-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning oʻz vaqtida va toʻliq taqdim etilishi uchun masʼuliyat ijro etuvchi agentlik rahbariga yuklanadi.
IV. Grant mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish
17. Grant mablagʻlarini oʻz vaqtida oʻzlashtirish va ulardan maqsadli foydalanish uchun masʼuliyat ijro etuvchi agentlik rahbari zimmasiga yuklanadi.
18. Texnik koʻmaklashish loyihalari amalga oshirilishi ijro etuvchi agentliklar va manfaatdor tomonlarning vakillari taklif etilgan holda har chorakda kamida bir marta Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Moliya vazirligining departamenti tomonidan koʻrib chiqiladi.
19. Grant mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanilishini nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida Moliya vazirligi texnik koʻmaklashish loyihalari amalga oshirilishi boʻyicha ijro etuvchi agentliklar faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish uchun Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etishga haqlidir.
20. Ijro etuvchi agentliklar tomonidan grant mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, shuningdek yuqori tashkilotlar tomonidan zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Texnik koʻmak olgan budjet tashkilotlari belgilangan tartibda Gʻaznachilikka, davlat soliq xizmati organlariga grant mablagʻlaridan foydalanilishini aks ettiruvchi hisobotni, shu jumladan pul shaklida koʻmak olgan budjet tashkilotlari — budjet mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobot singari hisobotni taqdim etadilar.
21. Loyihani amalga oshirish jadvalidan orqada qolish, grant mablagʻlaridan samarasiz va boshqa maqsadda foydalanish hollari aniqlangan taqdirda Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentiga ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi.
Texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan boshqa maqsadlarda foydalanishda, shuningdek texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanish monitoringi olib borilishi va nazorat qilinishi tartibini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Nizomga
1-ILOVA
Donorlarning texnik koʻmaklashish mablagʻlari hisobiga amalga oshirish nazarda tutilayotgan loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish
SXEMASI

‎‎1. Kelgusi yilda donorlar tomonidan moliyalashtirish nazarda tutilayotgan texnik koʻmaklashishning ustuvor loyihalari roʻyxati

‎‎2. Joriy yilda amalga oshirish uchun donorlar bilan oldindan ishlab chiqilayotgan loyihalar roʻyxati

3. Loyiha taklifi pasporti ilova qilingan loyiha taklifi ‎‎

4. Loyiha taklifi boʻyicha xulosa ‎‎

‎‎5. Taqdim etilgan loyiha taklifini roʻyxatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun umumlashtirilgan xulosa

‎‎5a. Loyiha hujjatini puxtalashtirish

‎‎6. Loyiha taklifini roʻyxatlarga kiritish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi qaror

‎‎7. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabar berish

‎‎7a. Qabul qilingan qaror va tayinlangan ijro etuvchi agentlik toʻgʻrisida xabar berish

‎‎7b. Keyinchalik donorlar bilan ishlash uchun loyiha taklifi

Nizomga
2-ILOVA
Donorlarning texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi monitoringi va nazorat qilish
SXEMASI
monitoring

‎‎1. Donor tomonidan texnik koʻmaklashish loyihasini moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi.

2. Moliya vazirligi bilan kelishilgan va Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlangan texnik koʻmaklashish loyihasini amalga oshirish tadbirlari rejasi va grant mablagʻlarini oʻzlashtirish jadvali. ‎‎‎

‎‎3. Texnik koʻmak oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

‎‎4. Texnik koʻmaklashish grantlari boʻyicha Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllar boʻyicha hisobot olish.

‎‎5. Umumlashtirilgan yigʻma axborot taqdim etish.

5a. Texnik koʻmaklashish mablagʻlarining tushishi va oʻzlashtirilishi toʻgʻrisida yigʻma axborot.

‎‎6. Donorlar jalb etilishi va loyihani amalga oshirish davomida ular tomonidan majburiyatlar bajarilishining doimiy monitoringi.

‎‎6a. Loyiha amalga oshirilishining, texnik koʻmaklashish mablagʻlari oʻzlashtirilishi va ulardan maqsadli foydalanilishining doimiy monitoringi.

6b. Loyihani amalga oshirish jadvalidan orqada qolish hollarini bartaraf etish yuzasidan takliflar.

‎‎7. Tovarlarning kelib tushishi toʻgʻrisida axborot.
‎‎8. Tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish.
‎‎9. Loyihaning amalga oshirilishi toʻgʻrisida yakuniy hisobot.
‎‎ nazorat
‎‎10. Grant mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qilish.
‎‎10a. Tekshirishlar natijalari toʻgʻrisida axborot taqdim etish.
Nizomga
3-ILOVA

Loyiha taklifining pasporti‎‎

‎‎___________________________________________
‎(loyihaning nomi)

‎Ariza bergan tashkilot:
‎‎— nomi va rekvizitlari
— faoliyatining asosiy turi‎‎
— ilgari amalga oshirilgan loyihalar‎‎
Loyihaning maqsadi:‎‎
Loyihaning vazifalari:‎‎
Kutilayotgan natijalar va loyihani amalga oshirish samarasi:‎‎
Loyiha doirasida nazarda tutilayotgan tadbirlar:‎‎
Loyihani amalga oshirish nazarda tutilayotgan muddat:
Loyihaning umumiy summasi:‎‎
Berilayotgan grant summasi:‎‎
Kutilayotgan xarajatlar toifasi:‎‎
— joriy xarajatlar‎‎
— asbob-uskunalar‎‎
— oʻqitish‎‎
— maslahat xizmatlari‎‎
— boshqa xarajatlar‎‎
(nomi koʻrsatilsin)‎‎
Aloqa qiliniladigan shaxs:‎‎
— FIO‎‎
— lavozimi‎‎
— telefoni
— elektron pochta manzili ‎‎
Loyiha amalga oshiriladigan mintaqa:‎‎
Nizomga
4-ILOVA

Donorlarning texnik koʻmagini oluvchilar toʻgʻrisidagi
‎MAʼLUMOTLAR
‎ 20__ yil ___ choragi uchun

Mablagʻlarni oluvchi

Grantning tartib raqami yoki kodi

Grantning nomi

Donorning nomi

Grant mablagʻlaridan foydalanish boshlangan sana

Grant summasi (ming AQSH dollari)‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

‎‎
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri
20__ yil “___” ______________”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 45-son, 516-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 09/21/37/0067-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)