1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi);
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tushumini hisobga olish hamda nazorat qilish darajasini oshirishga, soliq tushumlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olishga, shuningdek soliq to‘lovchilar uchun ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar turini kengaytirish hamda sifatini oshirishga yo‘naltirilgan davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalarni joriy qilish boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari deb hisoblansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
soliq to‘lovchilar, soliqqa tortish obyektlari, hisoblangan va to‘langan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek ular bo‘yicha imtiyozlar to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash;
soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tahlilning avtomatlashtirilgan ilg‘or usullarini keng joriy etish;
soliq to‘lovchilarning soliq va moliya hisobotlari hamda soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi boshqa axborotlarni avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish;
soliq ma’muriyatchiligi jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasida soliqqa tortish masalalarida, jumladan, aloqa kanallari orqali elektron axborot almashuvini tashkil etish;
soliq to‘lovchilarga real vaqt rejimida keng ko‘lamli interfaol xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish va soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq to‘lovchilarga butunlay kontaktsiz elektron xizmat ko‘rsatishni, jumladan, davlat interfaol xizmatlari ko‘rsatuvchi Yagona portal orqali ta’minlash;
axborot xavfsizligini ta’minlash hamda mavjud ma’lumotlarni himoya qilish choralarini ko‘rish.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3376-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2017-y., 07/17/3376/0211-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.01.00 Umumiy qoidalar]
2. Belgilansinki, soliq idoralarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasini shakllantirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
birinchi bosqich (2013-yil 1-yanvargacha) — barcha hududiy davlat soliq inspeksiyalarining axborot bazasini markaziy ma’lumotlar bazasiga integratsiyalashtirish;
ikkinchi bosqich (2015-yil 1-yanvargacha) — soliq to‘lovchilar majburiyatlarining paydo bo‘lishi (to‘xtatilishi) bo‘yicha vazirliklar va idoralarning ma’lumotlar bazasini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlar yagona axborot bazasiga integratsiyalashtirish.
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova berilmaydi.
davlat soliq xizmati idoralariga soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lishi (tugatilishi) to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadigan idora va tashkilotlarning ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
Mazkur qarorning 2-ilovasida ko‘rsatilgan idora va tashkilot rahbarlari zimmasiga soliq majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumot va boshqa axborotlar to‘laqonli hisobga olinishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
bir oy muddatda mazkur qaror bilan yuklangan vazifalarni hisobga olgan holda Axborot-tahlil bosh boshqarmasining yangi Nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Axborot-tahlil bosh boshqarmasini zarur moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlasin va yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirsin;
shtat jadvaliga o‘rnatilgan tartibda tegishli o‘zgartishlar kiritsin.
5. 3-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-oktabr,
PQ-1843-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-sonli qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tuzilmasini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 25-fevraldagi PP-1290-sonli qarorining 2-bandi va uning ilovasi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 45-son, 511-modda; 2013-y., 4-son, 44-modda, 20-son, 250-modda; 36-son, 477-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda, 30-son, 366-modda; 2016-y., 46-son, 529-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda, 8-son, 108-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2017-y., 07/17/3376/0211-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)