1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.01.00.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING OILA KODEKSINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi 1998-yil 1-sentabrdan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida avval amal qilgan qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan nikohlar haqiqiy deb hisoblanadi;
qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiqlashtirilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Kodeksga zid kelmaydigan qismi qoʻllanilaveradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari ilovaga muvofiq 1998-yil 1-sentabrdan eʼtiboran oʻz kuchini toʻla yoki qisman yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini Oila kodeksiga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari va idoralari mazkur Kodeksga zid keladigan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi nashr etilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 30-aprel
608-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 608-I-son qaroriga Ilova
Oʻzbekiston Respublikasining oʻz kuchini toʻla yoki qisman yoʻqotgan qonun hujjatlarining
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1969-yil 6-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1969-yil, № 16, 142-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1969-yil 25-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1969-yil, № 27, 266-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1971-yil 28-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1971-yil, № 30, 271-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasining 1971-yil 17-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1971-yil, № 34, 323-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1973-yil 27-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksiga qoʻshimcha hamda oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1973-yil, № 19, 256-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasining 1973-yil 29-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1973-yil, № 19, 270-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1976-yil 22-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1976-yil, № 18, 201-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasining 1976-yil 25-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Oʻzbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonini tasdiqlash haqida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1976-yil, № 33, 390-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1980-yil 29-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining nikoh va oila toʻgʻrisidagi qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1980-yil, № 13, 196-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasining 1980-yil 12-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumi “Oʻzbekiston Respublikasining nikoh va oila toʻgʻrisidagi qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” chiqargan Farmonni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1980-yil, № 32, 542-modda).
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1983-yil 31-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksiga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1983-yil, № 10, 165-modda).
12. Oʻzbekiston Respublikasining 1983-yil 5-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi kodekslariga va boshqa qonun aktlariga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining oʻn beshinchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1983-yil, № 19, 321-modda).
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1984-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun aktlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1984-yil, № 12, 180-modda).
14. Oʻzbekiston Respublikasining 1984-yil 28-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi bir qonun aktlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining yettinchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1984-yil, № 19, 281-modda).
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985-yil 29-aprelda qabul qilingan “Voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish tartibiga baʼzi oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida hamda Oʻzbekiston Respublikasining Nikoh va oila, Grajdanlik va Grajdanlik-protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 13, 142-modda).
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985-yil 31-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Grajdanlik-protsessual kodeksiga hamda Nikoh va oila kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 31, 358-modda).
17. Oʻzbekiston Respublikasining 1985-yil 13-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining baʼzi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga va boshqa qonun aktlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining uchinchi va oʻninchi xatboshlari (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 35, 414-modda).
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1987-yil 16-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun aktlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonining I boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1987-yil, № 3, 8-modda).
19. Oʻzbekiston Respublikasining 1987-yil 23-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun aktlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining uchinchi xatboshisi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1987-yil, № 15, 161-modda).
20. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 198-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-songa ilova)