1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.02.00 Umumiy ovqatlanish sohasini boshqarish va nazorat qilish.Isteʼmolchi huquqini himoya qilish.]
UMUMIY OVQATLANISH TASHKILOTLARINING FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA XODIMLARINING KASBIY DARAJASINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston milliy pazandachiligi oʻzining noyobligi, pazandachilik anʼanalarining turli-tumanligi bilan ajralib turadi, teran tarixiy ildizlarga ega, jahonning koʻplab mamlakatlarida, shuningdek respublika mehmonlarida Sharq mehmondorchiligi ramzi sifatida gʻoyat mashhurdir.
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda tarixiy meros va madaniy boylik sifatida pazandachilik sanʼatini saqlab qolish borasida katta ishlar amalga oshirildi, milliy-tarixiy anʼanalarni va oziq-ovqat texnologiyasining zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda umumiy ovqatlanish sohasini rivojlantirish uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Umumiy ovqatlanish sohasida yosh yuqori malakali oshpazlar va mutaxassislar tayyorlashga katta eʼtibor berilmoqda. Bularning barchasi milliy pazandachilikning nufuzi oshishiga, uni yanada ommalashtirishga koʻmaklashdi.
Milliy pazandachilikni ommalashtirish va rivojlantirishda tadbirkorlik subyektlari va nodavlat notijorat tashkilotlari alohida oʻrin tutmoqda. Keyingi vaqtlarda umumiy ovqatlanish tashkilotlarida ishlovchi tobora koʻplab mutaxassislar xorijiy va xalqaro pazandachilik tanlovlarining gʻoliblari va sovrindorlari boʻlishmoqda.
Oʻzbekistonning milliy pazandachiligini saqlab qolish va yanada ommalashtirish, xalqaro darajadagi oshpazlar tayyorlash, umumiy ovqatlanish tashkilotlarini rivojlantirish yuzasidan jamoatchilik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularga xalqaro standartlarni joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq umumiy ovqatlanish sohasida oshpazlar, pazandalar, qandolatchilar, ofitsiantlar va boshqa mutaxassislarning kasbiy darajasini oshirish tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Umumiy ovqatlanish va mehmonxona xoʻjaligi sohasi xoʻjalik yurituvchi subyektlari va nodavlat notijorat tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasini (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb ataladi) taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
2. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.09.00.00 Mehmonxona xoʻjaligi]
a) Uyushma umumiy ovqatlanish va mehmonxona xoʻjaligi sohasida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning taʼsis yigʻilishida tashkil etiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar]
b) Uyushmaning maqsadlari va vazifalarini yoqlovchi hamda umumiy ovqatlanish va mehmonxona xoʻjaligi, ovqatlanish industriyasi uchun asbob-uskunalar, buyumlar va vositalar hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar kelgusida Uyushmaning aʼzolari boʻlishlari mumkin;
v) quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros]
taomlar tayyorlashning milliy anʼanasi va madaniyati saqlanishini taʼminlash, oʻzbek milliy pazandachilik sanʼatining unutilib borayotgan turlarini tiklash, milliy pazandachilik sanʼatini rivojlantirishga koʻmaklashish, aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni targʻib qilish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
umumiy ovqatlanish sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish, ularning malakasini oshirish hamda Oʻzbekiston va xorijiy davlatlarning yetakchi oshpazlarini jalb etgan holda mahorat darslari oʻtkazish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda umumiy ovqatlanish va mehmonxona xoʻjaligi sohasi mutaxassislari tayyorlash masalalarida hamkorlik qilish, kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazishni tashkil etish, ularni ishga joylashtirish yuzasidan davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
umumiy ovqatlanish sohasida raqobatni rivojlantirishga, oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan milliy mahsulotlarni sanoatda keng koʻlamda ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy quvvatlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashish;
Jahon bosh oshpazlar hamjamiyati uyushmasi (WACS) bilan oʻzaro hamkorlik qilish, u oʻtkazadigan tadbirlarda qatnashish;
shu jumladan xalqaro koʻrgazmalar, konferensiyalar va seminarlarda qatnashish orqali Oʻzbekiston milliy pazandachiligining, uning milliy taomlar va pazandachilik mahsulotlari tayyorlashining noyob xususiyatlari va usullarini chet ellarga kiritib borish, ijobiy nufuzini shakllantirish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.05.00 Madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlik]
xorijiy mamlakatlar umumiy ovqatlanish tashkilotlarining ovqatlar tayyorlash va xizmatlar koʻrsatish madaniyati kadrlar tayyorlash sohasidagi ilgʻor tajribasini joriy etish, shuningdek Oʻzbekiston milliy pazandachilik sanʼati yutuqlarini namoyish qilish va xalqaro maydonda yoyish uchun xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari bilan aloqalar oʻrnatish va ularni yanada mustahkamlash;
respublikada, shu jumladan mintaqalarda turli millatlar pazandachiligiga oid tanlovlar, viktorinalar, koʻrgazmalar, festivallar va maxsus kunlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
axborot xizmatlari koʻrsatish, Oʻzbekiston milliy pazandachiligini targʻib va joriy etuvchi maxsus nashrlar, kitoblar, jurnallar va bukletlar, elektron nashrlarni tayyorlash va shu jumladan chet ellarda tarqatish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida umumiy ovqatlanish masalalarini faol yoritish.
3. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasining tashkiliy tuzilmasiga 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasining boshqaruv apparati tuzilmasiga 2-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
4. Uyushma muassislari, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Uyushma huzurida faoliyati asosan quyidagilarga yoʻnaltirilgan Xalqaro milliy pazandachilik sanʼati markazini (keyingi oʻrinlarda Xalqaro markaz deb ataladi) tashkil etish haqidagi taklifi qabul qilinsin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Oʻzbekiston va xorijiy davlatlarning umumiy ovqatlanish tashkilotlari uchun milliy pazandachilik sanʼati sohasida yuqori nazariy va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan umumiy ovqatlanish sohasi mutaxassislari (oshpazlar, pazandalar, qandolatchilar, ofitsiantlar va boshqalar)ning kasbiy darajasini oshirish hamda xalqaro miqyosda eʼtirof etiladigan diplomlar va sertifikatlar berish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
milliy-tarixiy anʼanalarni va zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda umumiy ovqatlanish sohasi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
umumiy ovqatlanish tashkilotlari xodimlarini ovqatlar tayyorlashning ilgʻor tajribasi va texnologiyalarini, shuningdek xizmat koʻrsatish madaniyatini egallashi uchun qisqa muddatli (1 — 3 oy) va oʻrtacha muddatli (4 — 6 oy) kurslarda oʻqitish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
umumiy ovqatlanish sohasi boʻyicha mutaxassislar tayyorlashda oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga koʻmaklashish.
Uyushma aʼzolari (qatnashchilari)ning majburiy va ixtiyoriy ajratmalari, xayr-ehson mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar Uyushmani moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
taʼlim xizmatlari va boshqa xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan oʻz mablagʻlari, Uyushmaning ajratmalari, xayriya yordami mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar Xalqaro markazni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
6. Uyushma va Xalqaro markaz tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va xorijdan olib kelinadigan texnologik asbob-uskunalar, oʻquv-metodik anjomlari va boshqa tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha 2016-yil 1-yanvargacha, istisno tariqasida, bojxona toʻlovlaridan ozod qilinsin (bojxona yigʻimlari bundan mustasno).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
mutaxassislarni oʻqitish jarayonini tashkil etishda Uyushmaga va Xalqaro markazga zarur metodik yordam koʻrsatsin;
Uyushma bilan birgalikda kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining umumiy ovqatlanish tashkilotlarida ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashini tashkil etishni, shuningdek ularni keyinchalik ishga joylashtirishni taʼminlasin.
8. Uyushma muassislariga:
bir oy muddatda — Uyushmani tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tadbirlarini amalga oshirish, boshqaruv organlarini saylash;
ikki oy muddatda — ushbu qarorga muvofiq vazifalar va tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
ikki oy muddatda — Xalqaro markaz Ustavini ishlab chiqish, shuningdek uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar]
Uyushma va Xalqaro markaz boshqaruvi apparatini zarur bilimlarga va tajribaga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar va oʻqituvchilar bilan taʼminlash;
Xalqaro markaz tomonidan beriladigan sertifikatlar (diplomlar)ning xalqaro miqyosda eʼtirof etilishi yuzasidan Jahon bosh oshpazlar hamjamiyati uyushmasi (WACS) bilan zarur ishlar olib borish tavsiya qilinsin.
9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga va boshqa ommaviy axborot vositalariga Uyushma tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarni uning buyurtmanomalariga binoan keng yoritish tavsiya etilsin.
10. Toshkent shahar hokimligi Uyushma va Xalqaro markazni Toshkent shahridagi boʻsh turgan binolarga joylashtirish masalasini bir oy muddatda hal etsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-oktabr,
289-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-oktabrdagi 289-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasining tashkiliy tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-oktabrdagi 289-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi boshqaruv apparatining tuzilmasi
Xodimlarning umumiy soni — 16 kishi (yordamchi va texnik xodimlardan tashqari)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 41-42-son, 479-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)