Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“ERKIN OMBOR” BOJXONA REJIMI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 27-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1309-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 29-son, 327-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 20-yanvardagi 01-02/12-5-son qarori (roʻyxat raqami 1309, 2004-yil 9-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 6-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan “Erkin ombor” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-avgust,
01-02/12-24-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 24-avgustdagi 01-02/12-24-son qaroriga ILOVA
“Erkin ombor” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 5-banddagi “ilovaga” degan soʻz “mazkur Nizomning 1-ilovasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 11-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “toʻqqizinchi” degan soʻz “oʻninchi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
“17. Erkin ombor egasi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Tovarlar hisobini olib borish jurnalini (shu jumladan avtomatlashtirilgan hisobini) yuritadi va har chorakda erkin omborga tushuvchi va erkin ombordan olib chiqiluvchi tovarlar boʻyicha bojxona organiga hisobot taqdim etadi. Hisobotda Tovarlar hisobini olib borish jurnalida koʻrsatilgan barcha maʼlumotlar boʻlishi kerak.”.