Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“BOJXONA OMBORI” BOJXONA REJIMI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 27-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1318-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 29-son, 327-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 20-yanvardagi 01-02/12-3-son qarori (roʻyxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 8-son, 103-modda) bilan tasdiqlangan “Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-avgust,
01-02/12-23-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 24-avgustdagi 01-02/12-23-son qaroriga ILOVA
“Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va shaxsiy muhr bilan tasdiqlangan” degan soʻzlar “hamda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 15-banddagi “toʻqqizinchi” degan soʻz “oʻninchi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 22-bandning birinchi xatboshisidagi “oyiga bir marotaba” degan soʻzlar “har chorakda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Quyidagi mazmundagi 261-band bilan toʻldirilsin:
“261. ”Bojxona ombori” bojxona rejimi quyidagi hollarda yakunlangan hisoblanadi:
tovar va transport vositalari boshqa bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda;
tovar va transport vositalari halokat oqibatida yoki yengib boʻlmas kuch taʼsirida yoʻq boʻlganida;
tovar va transport vositalari tergov va/yoki surishtiruv organlarining qaroriga asosan olib qoʻyilgan taqdirda;
tovar va transport vositalari sud qaroriga asosan davlat daromadiga oʻtkazilganda”.
birinchi xatboshidagi “yuk yetkazishni nazorat qilish kitobchasi” degan soʻzlar “yukni yetkazib berish nazorat kitobchasi” degan soʻzlar bilan, “YUYENQK” degan abbrevitura “YUYEBNK” degan abbreviatura bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “YUYENQK” degan abbreviatura “YUYEBNK” degan abbreviatura bilan almashtirilsin.
quyidagi mazmundagi toʻqson yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar tovar bojxona ombori litsenziyasiga ega boʻlmagan omborga joylashtirilsa, mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan ruxsatnomaning raqami va sanasi koʻrsatiladi”;