1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.17.00 Xalq badiiy hunarmandchiligi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “XALQ BADIIY HUNARMANDChILIGI VA AMALIY SANʼATINI RIVOJLANTIRIShNI YANADA QOʻLLAB-QUVVATLASh TOʻGʻRISIDA” 2010 YIL 30-MARTDAGI PF-4210-SONLI FARMONIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida” 2012-yil 26-apreldagi OʻRQ-327-sonli Qonuniga muvofiq;
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2010-yil 30-martdagi PF-4210-sonli Farmonining 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 28-martdagi PF–3588-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq oilaviy korxonalar xalq badiiy hunarmandchiligi va qoʻlda ishlangan amaliy sanʼat buyumlarini sotishdan olinadigan daromaddan 2014-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan davrda yagona soliq toʻlovi toʻlashdan ozod etilsin”.
2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 6-sentabr,
PF–4469-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 37-son, 425-modda)