toggle_night_mode
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
KORXONALAR VA TAShKILOTLAR VEKSELLARINI ChIQARISh VA MUOMALA QILISh VAQTINChALIK TARTIBI HAMDA UNGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALARNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 7-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 149-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1995-yil 30-mayda tasdiqlangan “Korxonalar va tashkilotlar veksellarini chiqarish va muomala qilish vaqtinchalik tartibi” (roʻyxat raqami 149, 1995-yil 31-may);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1997-yil 29-martda 10-97-son bilan tasdiqlangan “Korxonalar va tashkilotlar veksellarini chiqarish va muomala qilish vaqtinchalik tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar” (roʻyxat raqami 149-1, 1997-yil 17-aprel).
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-avgust,
24/4-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2012-yil 17-avgust,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 36-son, 418-modda)