1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.03 Veksel;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
BANKLARNING ODDIY VEKSELI ChIQARILIShI VA MUOMALADA BOʻLIShI QOIDALARI HAMDA UNGA OʻZGARTIRIShLARNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 7-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 554-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 9-noyabrda 102-son bilan tasdiqlangan “Banklarning oddiy vekseli chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari” (roʻyxat raqami 554, 1998-yil 30-noyabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1999-yil 20-fevralda 102-1-son bilan tasdiqlangan “Banklarning oddiy vekseli chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalariga oʻzgartirishlar” (roʻyxat raqami 554-1, 1999-yil 1-aprel).
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-avgust,
24/3-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2012-yil 17-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 36-son, 419-modda)