1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini roʻyxatga olish]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Qarori
Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 31-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2251-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2017-yil 28-fevraldagi 2-mb-sonli “Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2251-3, 01.03.2017-y.) asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-sonli “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 328-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2011-yil 1-iyuldagi 3-mb-sonli qarori (roʻyxat raqami 2251, 2011-yil 2-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 31-son, 334-modda) bilan tasdiqlangan Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais B. TOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 27-iyul,
2-mb-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2012-yil 27-iyuldagi 2-mb-son qaroriga ILOVA
Elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandning ikkinchi xatboshisi “saytiga” degan soʻzdan keyin “kecha-kunduz” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 4-bandning uchinchi xatboshisi “sayti orqali” degan soʻzlardan keyin “kecha-kunduz” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 9-bandning ikkinchi xatboshisi “talabnomani” degan soʻzdan keyin “kecha-kunduz” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.