toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.11.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TRENERLIK FAOLIYATINI YaNADA TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 918-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, trenerlik faoliyatini yanada tartibga solish, aholiga jismoniy tarbiya-sport hamda sogʻlomlashtirish xizmatlari koʻrsatishning sifatini oshirish va xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jismoniy tarbiya - sport tashkilotlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2013-yil 1-iyuldan boshlab trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiyadan oʻtmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 24-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 5-son, 57-modda)
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 13-iyul,
214-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyuldagi 214-son qaroriga
1-ILOVA
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish, trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi hududida trenerlik faoliyatini amalga oshirishni xohlovchi jismoniy shaxslar, shuningdek jismoniy tarbiya va sportni ommalashtiruvchi yoki ushbu sohada aholiga xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Ushbu Nizom sport yoʻnalishidagi muassasalardan tashqari, davlat umumtaʼlim maktablarida, kollejlarda, litseylarda va oliy oʻquv muassasalarida jismoniy tarbiya boʻyicha oʻqituvchilar sifatida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarga tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya (keyingi oʻrinlarda attestatsiya deb ataladi) — jismoniy shaxslarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi malakasini, bilimlarini va kasbiy koʻnikmalari darajasini ularning trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishiga ruxsat berish maqsadida aniqlash;
trenerlik faoliyati — aholi va sportchilar bilan oʻquv-trenirovka, jismoniy tarbiya-sport hamda sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazishga, shuningdek sport natijalariga erishish uchun ularning musobaqa faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan faoliyat;
trener — sport boʻyicha trener, trener-oʻqituvchi yoki trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan trener-instruktor sifatida trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma — Oʻzbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxsga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan hujjat.
4. Quyidagilar attestatsiya oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʻquv-trenirovka, jismoniy tarbiya-sport va sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarini oʻtkazishda aholi xavfsizligini taʼminlash;
trenyerlarning malaka, metodologik madaniyati darajasini maqsadli, uzluksiz oshirishini, shaxsiy, kasbiy oʻsishini, ularning zamonaviy pedagogik texnologiyalar va amaliy koʻnikmalardan foydalanishini ragʻbatlantirish;
sportchilarni tayyorlash samaradorligi va sifatini oshirish, aholi bilan jismoniy tarbiya-sport va sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarini oʻtkazish.
5. Kollegiallik, oshkoralik, ochiq-ravshanlik, talabgorga xolisona munosabatda boʻlish va kamsitishlarga yoʻl qoʻymaslik attestatsiyaning asosiy tamoyillari hisoblanadi.
II. Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi faoliyatini tashkil etish
6. Attestatsiya Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi.
7. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, sport turlari boʻyicha respublika sport tashkilotlari (federatsiyalari, uyushmalari va boshqalar), jismoniy tarbiya va sport sohasidagi taʼlim muassasalari xodimlaridan shakllantiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
8. Komissiya raisi vakolatiga quyidagilar kiradi:
Komissiya ishlarini tashkil etish va uning faoliyatiga rahbarlik qilish;
Komissiya aʼzolarining Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish;
Komissiya majlislari kun tartibini belgilash va majlislarni chaqirish;
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etish;
boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
9. Komissiya raisi boʻlmagan taqdirda uning vazifalarini Komissiya raisining oʻrinbosari bajaradi.
10. Komissiya aʼzolari vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Komissiya ishida qatnashish;
Komissiya qarorlarini qabul qilish boʻyicha ovoz berishda qatnashish;
Komissiyaning koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan materiallar boʻyicha tegishli xulosalarni oʻz vaqtida taqdim etish;
ekspert guruhlar tarkibiga kiritish uchun ekspertlar nomzodlarini koʻrib chiqish;
ekspert guruhlarning amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish.
11. Komissiya kotibi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Komissiya qarorlari ijrosi monitoringini yuritish va uning natijalarini Komissiyaning koʻrib chiqishi uchun taqdim etish;
ishchi organ va ekspert guruhlarning Komissiya majlisiga materiallar tayyorlash boʻyicha faoliyatini tashkil etish;
Komissiya raisi bilan majlislarni oʻtkazish muddatlari va joylari, shuningdek taklif etiladiganlar kontingentini kelishish;
Komissiya protokollarini yuritish va tasdiqlangan protokollarni Komissiya aʼzolariga yuborish;
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarga soʻrovlar tayyorlash.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
13. Ishchi organ:
Komissiya majlislarini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi;
Komissiya majlislarini oʻtkazishga barcha zarur materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi hamda unga davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, shuningdek Komissiya aʼzolaridan zarur materiallarni va trenerlik faoliyatiga taalluqli ekspert xulosalarni olish huquqi beriladi;
Komissiya majlislari oʻtkazilishini va kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlashni tashkil qiladi;
attestatsiyani sifatli oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish uchun malakali mutaxassislardan ishchi va ekspert guruhlarni shakllantiradi va ularning ishlarini muvofiqlashtiradi;
ishchi va ekspert guruhlar faoliyatini va Komissiya qabul qilgan qarorlarning bajarilishini joylarga borgan holda oʻrganadi;
Komissiya aʼzolarini va taklif etiladigan shaxslarni majlisning oʻtkaziladigan sanasi, joyi va vaqti toʻgʻrisida tegishli materiallarni yuborgan holda xabardor qiladi;
Komissiya qaroriga koʻra attestatsiyadan oʻtgan shaxslarga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan ruxsatnomalarni rasmiylashtiradi va beradi;
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
“Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxslar reyestri” Davlat axborot resursini yuritadi;
Komissiya qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni Komissiyaning koʻrib chiqishi uchun taqdim etadi.
Komissiya qarori boʻyicha ishchi organga Komissiyaning faoliyati samaradorligini oshirish va attestatsiya oʻtkazish maqsadida boshqa funksiyalar ham yuklanishi mumkin.
III. Attestatsiyani oʻtkazish tartibi
14. Talabgorni attestatsiyadan oʻtkazish 3 yilda bir marta oʻtkaziladi, Komissiya tomonidan attestatsiyadan oʻtishning boshqa muddatlari belgilanadigan quyidagi holatlar bundan mustasno:
talabgorda davlat va xalqaro sport unvonlari va/yoki mukofotlari mavjud boʻlsa yoxud talabgor Oʻzbekiston Respublikasida sportni va trenerlik faoliyatini rivojlantirishga salmoqli ulush qoʻshgan boʻlsa;
talabgorlarda trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga, ularda koʻrsatilgan muddatlarni hisobga olgan holda, sport turlari boʻyicha xalqaro federatsiyalar tomonidan berilgan ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud boʻlsa. Bunda sport turining xususiyati (olimpiada, noolimpiada, milliy va boshqa sport turlari) eʼtiborga olinadi.
15. Homilador ayollar, shuningdek uch yoshgacha bolalari boʻlgan ayollar attestatsiyaga jalb etilmaydi.
16. Ilgari ijtimoiy xavfli, ogʻir va alohida ogʻir jinoyatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi qaratilgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar attestatsiyaga qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
Qabul qilingan toʻlov mablagʻlari ishchi organning attestatsiyadan oʻtkazish, trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish ishlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplashga yoʻnaltiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
21. Attestatsiya ikki bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqich Komissiyaning ishchi organi tomonidan mintaqalarda oʻtkaziladi. Attestatsiyaning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli oʻtgandan keyin ikkinchi bosqich respublika mintaqalarida sport turlari respublika (mintaqa) tashkilotlarini (federatsiyalar, uyushmalar va boshqalarni) jalb etgan holda oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
23. Attestatsiyaning birinchi bosqichi davomida talabgorlar malaka sinovlaridan (mutaxassislar bazaviy nazariy bilimlari darajasining attestatsiya mezonlariga muvofiqligini aniqlash jarayoni) oʻtadilar, bunda kompyuter dasturlari qoʻllanilgan holda yoki yozma shaklda ularning trenerlik faoliyatini amalga oshirish asoslarini, fiziologiya sohasidagi umumiy masalalarni, oʻquv-trenirovka va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarini oʻtkazish, oʻquv-trenirovka va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarini oʻtkazish paytida shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish metodikalarini bilishlari hamda trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish jarayonida zarur boʻlgan boshqa umumiy nazariy bilimlarni bilishlari aniqlanadi. Savollar va baholash mezonlarining namunaviy roʻyxati ishchi organning taqdimnomasi boʻyicha Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini yoki ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxirasi maktab-internatlarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplomlarga ega boʻlgan shaxslar koʻrsatib oʻtilgan taʼlim muassasalarini tamomlagandan keyin tegishli sport turlari boʻyicha uch yil mobaynida attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichidan oʻtgan deb hisoblanadilar.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Boshqa oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport fakultetlarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplomlarga ega boʻlgan shaxslar koʻrsatib oʻtilgan taʼlim muassasalarini tamomlagandan keyin uch yil mobaynida attestatsiyaning birinchi bosqichidan oʻtgan deb hisoblanadilar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
24. Uzrli sabab bilan attestatsiyaga kelmagan talabgorlar navbatdagi attestatsiyaga, biroq koʻpi bilan bir marta qoʻyiladilar. Uzrli sabab bilan bir martadan ortiq attestatsiyaga kelmaganlik uzrsiz sabab bilan kelmagan deb baholanadi, talabgor esa attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblanadi.
25. Uzrsiz sabablar bilan attestatsiyaga kelmagan talabgorlarga ishchi organ tomonidan (hujjatlar/materiallar asosida) talabgorni attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblash hamda unga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisida qaror chiqarilganligi haqidagi yozma bildirishnoma yuboriladi.
Uzrsiz sabab bilan attestatsiyaga kelmagan shaxslar oldingi attestatsiya vaqtidan boshlab koʻpi bilan 1 (bir) oydan keyin attestatsiyadan takroriy oʻtish huquqiga egadirlar.
26. Attestatsiyaning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtilgan taqdirda talabgorlarning hujjatlari Komissiyaga yuboriladi, u besh kun muddatda umumjismoniy tayyorgarlik boʻyicha trener-instruktorlar sifatida trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma berish yoxud ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Talabgorlar sport turlari boʻyicha trenyerlar sifatida faoliyatni amalga oshirish xohishini bildirgan taqdirda ular sportning tegishli turi boʻyicha trenyerlarga qoʻyiladigan kasbiy sifatlari, bilimlari va mahoratlarini aniqlash hamda sport turlari boʻyicha trenyerlar, sport turlari boʻyicha trener-oʻqituvchilar va trener-instruktorlar sifatida trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma berish maqsadida xulosa olish uchun sport turlari boʻyicha respublika (mintaqa) tashkilotlariga (federatsiyalari, uyushmalari va boshqalarga) yuboriladi. Tegishli sport tashkilotlari yoki malakali xodim mavjud boʻlmagan taqdirda sportning tegishli turi boʻyicha attestatsiyaning ikkinchi bosqichini oʻtkazish tartibi Komissiya tomonidan belgilanadi.
27. Attestatsiyaning ikkinchi bosqichi davomida talabgorlar sportning ommalashtirilayotgan turiga oid nazariy va amaliy bilimlari boʻyicha sinovdan oʻtadilar, sinov yakuni boʻyicha xulosa beriladi.
Xulosani berish tartibi, muddatlari va shartlari Komissiya bilan kelishgan holda sport turlari boʻyicha respublika (mintaqa) tashkilotlari (federatsiyalari, uyushmalari va boshqalar) tomonidan tasdiqlanadi.
28. Ishchi organ tomonidan attestatsiyaning birinchi bosqichi natijalari va sport turlari boʻyicha respublika (mintaqa) tashkilotlari (federatsiyalari, uyushmalari va boshqalar)ning attestatsiyaning ikkinchi bosqichi yakunlari boʻyicha xulosalari trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma berish yoxud ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Komissiyaga yuboriladi.
29. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” yoki “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” unvoniga, jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslar attestatsiyadan oʻtmasdan va attestatsiyadan oʻtganlik uchun haq toʻlamasdan trenerlik faoliyati bilan muddatsiz shugʻullanishga ruxsatnoma oladilar. Davlat unvonlari va xalqaro unvonlarga va/yoki mukofotlarga ega boʻlgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshgan shaxslar sport turi boʻyicha tegishli respublika federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ning iltimosnomasi boʻyicha Komissiyaning qarori bilan attestatsiyadan oʻtishdan va attestatsiya oʻtkazilganligi uchun haq toʻlashdan ozod qilinishi mumkin.
Sportning turi boʻyicha tegishli Respublika federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ning iltimosnomasi Komissiyaning koʻrib chiqishi uchun ishchi organga yuboriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
30. Komissiya majlisi unda Komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Qarorlar ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Agar talabgor Komissiya aʼzosi hisoblansa u attestatsiyadan oʻtishda oʻz nomzodi boʻyicha ovoz berishda qatnashmaydi.
Komissiya qarori uning uchun Komissiyaning majlisda qatnashayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchiligi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan deb hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
31. Komissiya majlislari zaruriyatga koʻra oʻtkaziladi va soʻrov yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
32. Komissiya qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi, u rais yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
34. Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma blankasi qatʼiy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi va tartib raqamiga ega boʻladi. Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnoma blankasi raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan hamda rahbarning imzosi va ishchi organning muhri bilan tasdiqlangan tegishli daftarda majburiy tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
35. Komissiya qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat bildirilishi mumkin.
36. Jismoniy shaxs attestatsiyadan oʻtmagan taqdirda toʻlov qaytarib berilmaydi.
37. Attestatsiyadan oʻtmagan jismoniy shaxs oldingi attestatsiya boʻlgan paytdan boshlab 1 (bir) oydan keyin attestatsiyadan takroran oʻtish huquqiga egadir.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 284-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 42-son, 519-modda)
371. Sportning olimpiya va paralimpiya turlari hamda Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari musobaqalarining gʻolib va sovrindor sportchilari tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) tavsiyalari asosida attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichlaridan oʻtmasdan, sport maktablarida trener sifatida ishlash uchun trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga belgilangan tartibda tegishli ruxsatnoma oladilar.
(371-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining tavsiyalari asosida umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari sport maktablarida trener-instruktor sifatida ishlash uchun attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichlaridan oʻtmasdan trener-instruktorlik faoliyati bilan shugʻullanishga belgilangan tartibda tegishli ruxsatnoma oladilar.
(371-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)
372. Trenerlik faoliyati uchun amal qiladigan ruxsatnomasi boʻlgan shaxslar berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar boshqa sport turlari boʻyicha trenerlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomani olishga ariza berishlari mumkin.
373. Sport turi boʻyicha trener-yoʻriqchi sifatida faoliyat bilan shugʻullanishga ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxslar sportning aynan shu turi boʻyicha trener yoki trener-oʻqituvchi sifatida faoliyatni amalga oshirish boʻyicha ariza berishi mumkin.
Bunda, agar talabgor yangi ruxsatnoma olish uchun unga amal qiladigan ruxsatnoma berilgan kundan boshlab sakkiz oygacha muddatda murojaat qilgan taqdirda, u attestatsiyaning birinchi bosqichini oʻtmasdan attestatsiyaning ikkinchi bosqichidan oʻtish uchun tegishli respublika sport tashkilotiga (federatsiyaga, uyushmaga va boshqalarga) yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(373-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
374. Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnomani uzaytirish, toʻxtatib turish, tiklash, amal qilishini toʻxtatish va qayta rasmiylashtirish “Tadbirkorlik sohasidagi ruxsat berish tartib-tamoyillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablari hisobga olingan holda ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(375-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
Bunda, agar talabgor unga amal qiluvchi ruxsatnoma berilgan kundan boshlab olti oy mobaynida ruxsatnoma olish uchun murojaat qilgan taqdirda, talabgor attestatsiyaning birinchi bosqichidan oʻtmasdan attestatsiyaning ikkinchi bosqichidan oʻtish uchun sport turi boʻyicha tegishli respublika sport tashkilotiga (federatsiyaga, uyushmaga va boshqalarga) yuboriladi.
Yangi ruxsatnoma rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan yigʻimning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
IV. Trenyerlarga malaka toifalari berish
38. Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsatnomaning mavjudligi, ish jarayonida yuqori sport va mehnat natijalariga erishganlik trenyerlarga malaka toifasi berish uchun asos hisoblanadi.
39. Trenyerlarga malaka toifasi berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
40. Trenyerlarga malaka toifasining amal qilish muddati 5 yilni tashkil qiladi.
V. Yakunlovchi qoida
41. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyuldagi 214-son qaroriga
2-ILOVA
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI

Sh. Isroilov

Jismoniy tarbiya va sport vaziri, komissiya raisi

J.M. Matchanov

Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi, Komissiya raisining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi direktori

A.K. Qodirov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

Sh. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sertifikatsiyalash va kompyuterlashtirish markazi direktori, komissiya kotibi

Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar komissiya tarkibiga kiritiladi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 332-modda; 2013-y., 5-son, 57-modda; 2014-y., 42-son, 519-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda, 38-son, 1040-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)