1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.05.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 01.16.00.00ga qarang) / 02.05.01.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (yigʻin);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOShQARISh ORGANLARI XODIMLARI MEHNATINI RAGʻBATLANTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
“Mustahkam oila yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalar fuqarolar yigʻinlarining rahbarlari va xodimlari mehnatini ularning yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash boʻyicha ijtimoiy ahamiyatli ishlarni amalga oshirishga, oila institutini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlashga, jamiyatda barqarorlik va totuvlikni taʼminlashga qoʻshgan hissasini eʼtiborga olgan holda yanada ragʻbatlantirish maqsadida:
1. 2012-yilning 1-avgustidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatchilarining mehnatini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 1997-yil 13-maydagi PF-1778-son Farmonining mehnat haqi boʻyicha Yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq ragʻbatlantirish koeffitsiyenti sifatida maoshlarga 20 foizli ustama haq oʻrnatilishini nazarda tutuvchi 1-bandining amal qilishi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari lavozimlariga hamda “Mahalla posboni” rahbarlariga nisbatan joriy etilsin.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
2. 2012-yilning 1-avgustidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining lavozim maoshlariga alohida mehnat sharoitlari uchun 12 foiz miqdorida oylik ustama haq oʻrnatilsin.
3. 2012-yilning 1-avgustidan boshlab tarkibida mahallalar tashkil qilinmagan shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolarining oʻzini oʻzi boshqarish organlari diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilarining lavozim maoshlari mehnat haqi Yagona tarif setkasi boʻyicha bir razryad oshirilsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
4. Ushbu Farmonda koʻzda tutilgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 9-iyul,
PF-4451-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 28-son, 309-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son, 30.05.2019-y., 06/19/5732/3212-son)