O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Boshqaruv organlari tizimida malakali xodimlarni tanlash va biriktirish hamda Davlat xizmatchilari mehnatini rag‘batlantirish maqsadida:
1. 1997-yil 1-iyuldan boshlab budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va sudlarning davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasining tegishli razryadlariga muvofiq, rag‘batlantiruvchi koeffitsiyent sifatida 20 foizli ustama haq belgilansin, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa.
2. 20 foizli ustamani joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror tayyorlasin.