Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudi ajrimlari toʻgʻrisida
Fuqarolik ishlarini birinchi instansiyada koʻrishda ajrimlar chiqarilishi masalalarini tartibga solishga doir qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning
17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, fuqarolik ishlarini birinchi instansiyada koʻrishda ajrimlar chiqarish masalalarini tartibga soluvchi qonunchilikka rioya etilishi ishni sudda koʻrishga lozim darajada tayyorlashni, ishning haqiqiy holatlarini, protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini har taraflama, toʻliq va xolisona aniqlashni, shuningdek ish boʻyicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli hal qiluv qarori chiqarilishini taʼminlashning muhim sharti hisoblanadi.
2. Tushuntirilsinki, birinchi instansiya sudi ajrimlari, ishni apellatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish natijasi boʻyicha chiqariladigan ajrimlardan farqli ravishda, ishni mazmunan hal qilmaydigan sud akti hisoblanadi (FPK 237-moddasi
birinchi qismi).
Birinchi instansiya sudi ajrimlari sud tomonidan ishni sudda koʻrishga tayyorlash, sudda koʻrish yoki hal qiluv qarorlarini ijro etish bosqichida alohida protsessual hujjat koʻrinishida ham (alohida xona (maslahatxona)ga kirish yoʻli bilan), ajrim matnini sud majlisi bayonnomasiga kiritish yoʻli bilan ham (alohida xona (maslahatxona)ga kirmasdan) chiqarilishi mumkin.
3. Fuqarolik protsessual kodeksi 237-moddasining
uchinchi qismiga muvofiq, birinchi instansiya sudi murakkab boʻlmagan masalalarni hal qilish boʻyicha alohida xona (maslahatxona)ga kirmagan holda ajrim chiqarishi mumkin. Bunday ajrimlar, jumladan, uchinchi shaxslar, vakillar, davlat boshqaruv organlarini ishda ishtirok etishga jalb qilish yoki ishga kirishi, prokurorning ishda ishtiroki, guvohlarni chaqirish, boshqa dalillarni chaqirib olish yoki ishga qoʻshish, ishni koʻrishni keyinga qoldirish yoki davom ettirish, qarshi daʼvoni qabul qilish, dalillarni tekshirish tartibini belgilash, dalillarni joyida koʻzdan kechirish, ishni mazmunan koʻrish tamom boʻlganligini eʼlon qilish va sud muzokaralariga oʻtish, ishni mazmunan koʻrishni tiklash masalalari boʻyicha chiqarilishi mumkin.
Fuqarolik protsessual qonunchiligi mazmunidan kelib chiqqan holda, sud oʻz xohishiga koʻra, yuqorida qayd etilgan har qanday masala boʻyicha alohida protsessual hujjat koʻrinishidagi ajrim chiqarishga haqli.
4. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, alohida protsessual hujjat koʻrinishida chiqarilishi shart boʻlgan ajrimlarga, jumladan, quyidagilar toʻgʻrisidagi ajrimlar kiradi:
arizani harakatsiz qoldirish (FPK
154-moddasi), arizani qabul qilishni rad etish (FPK
153-moddasi),arizani qabul qilish va ish qoʻzgʻatish (FPK
151-moddasi), daʼvoni taʼminlash (FPK
248-moddasi), ishni sudda koʻrishga tayyorlash (FPK
160-moddasi), dalillarni taʼminlash (FPK
64-moddasi), sud topshiriqlari (FPK
65-moddasi), ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish (FPK
83-moddasi), ekspertiza tayinlash (FPK
84-moddasi), javobgarni qidirish (FPK
140-moddasi), ishni sudda koʻrishga tayinlash (FPK
161-moddasi), rad qilish talabini qabul qilish yoki qabul qilmaslik (FPK
29-moddasi), ishni sudning yopiq majlisida koʻrish (FPK
10-moddasi), ishni sirtdan ish yuritish tartibida koʻrish (FPK
224-moddasi), ish yuritishni toʻxtatib turish yoki tiklash (FPK
95,
96-moddalari), jarima solish (FPK
122-moddasi), ishga daxldor boʻlmagan tarafni almashtirish (FPK
42-moddasi), taraflar, uchinchi shaxs yoki qonuniy vakilni protsessual huquqiy voris bilan almashtirish (FPK
43-moddasi), dalillar qabul qilishni yoki talab qilishni rad etish (FPK
58-moddasi), bir turdagi ishlarni birlashtirish (FPK
156-moddasi), bir necha talabni ajratish (FPK
157-moddasi), ishni sudda koʻrishni tiklash (FPK
205-moddasi), ishni bir suddan boshqa sudga oʻtkazish (FPK
147-moddasi), hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolar va ochiq arifmetik xatolarni tuzatish (FPK
213-moddasi), hal qiluv qarorini tushuntirish (FPK
215-moddasi), hal qiluv qarorini darhol ijro etish (FPK
220-moddasi), hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish va uni boʻlib — boʻlib ijro etish, uni ijro usuli va tartibini oʻzgartirish (FPK
216-moddasi), darhol ijro etishga qaratilmagan hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash (FPK
222-moddasi), sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta koʻrish (FPK
232-moddasi), arizani koʻrmasdan qondirish (FPK
98-moddasi), ish yuritishni tugatish (FPK
100,
101-moddala�i), sud buyrugʻi chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etish (FPK
2385-moddasi), sud buyrugʻini bekor qilish (FPK
23810-moddasi), protsessual muddatlarni uzaytirish va tiklash (FPK
130-moddasi).
Alohida protsessual hujjat koʻrinishida chiqarilishi shart boʻlgan ajrimlarga, shuningdek FPK
19-moddasiga muvofiq chiqariladigan xususiy ajrimlar kiradi.
5. Qonunda birinchi instansiya sudi ajrimi mazmuniga nisbatan, uning koʻrinishidan kelib chiqqan holda, muayyan talablar qoʻyilgan (FPK
238-moddasi).
Alohida protsessual hujjat koʻrinishida chiqariladigan ajrimlar, odatda, kirish, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat boʻlishi kerak.
Ajrimning kirish qismida ajrim chiqarilgan vaqt va joy, ajrim chiqargan sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisi kotibi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinayotgan masalaning mohiyati koʻrsatiladi.
Ajrimning asoslantiruvchi qismida sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud qoʻllagan qonunlar bayon etilishi lozim.
Ajrimning xulosa qismida sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi, ajrim ustidan shikoyat berish (protest keltirish) tartibi va muddatlari koʻrsatilishi lozim. Ajrimning xulosa qismi uni ijro etish chogʻida tushunmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun aniq va tushunarli ifoda etilgan boʻlishi kerak.
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonunda FPK
65,
84,
98,
101,
153,
180,
194,
23810,
3098,
30913-moddalarida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha chiqariladigan ajrimlar mazmuniga nisbatan qoʻshimcha talablar belgilangan.
Sud majlisi bayonnomasiga kiritish yoʻli bilan chiqariladigan ajrimlar muhokama etilayotgan masalaning predmetini, sud xulosasiga olib kelgan asoslar va sud qoʻllagan qonun normalarini, sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasini oʻz ichiga olishi lozim (FPK 238-moddasi
4,
5,
6-bandlari).
6. Alohida protsessual hujjat koʻrinishida chiqariladigan ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida quyidagi hollarda shikoyat berilishi mumkin, agar:
ajrim ustidan shikoyat berish huquqi FPK muayyan normasida nazarda tutilgan boʻlsa;
ajrim ustidan shikoyat berish huquqi FPK muayyan normasida nazarda tutilgan boʻlmasa, biroq sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qilsa.
Sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda, jumladan, quyidagi ajrimlar ustidan shikoyat yoki protest berilishi mumkin:
arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi;
harakatsiz qoldirilgan arizani arizachiga qaytarish toʻgʻrisidagi;
dalillarni taʼminlashni rad etish toʻgʻrisidagi;
daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi;
ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi;
jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi;
ishni bir suddan boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarorini darhol ijro etish masalalari boʻyicha;
sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta koʻrish haqidagi arizani rad etish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarorining yozuvidagi xatolar va ochiq arifmetik xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi;
qoʻshimcha hal qiluv qarori chiqarishni rad etish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish va uni boʻlib-boʻlib ijro etish, uni ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani rad etish toʻgʻrisidagi;
arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi;
ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha;
protsessual muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi;
sud buyrugʻi chiqarish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi;
sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi.
7. Sudlarga tushuntirilsinki, birinchi instansiya sudining alohida protsessual hujjat shaklida chiqarilgan quyidagi ajrimlari ustidan sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda shikoyat va protest berilmaydi:
arizani harakatsiz qoldirish toʻgʻrisidagi;
arizani qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi;
ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi;
dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi;
sud topshirigʻi toʻgʻrisidagi;
javobgarni qidirish toʻgʻrisidagi;
ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarish toʻgʻrisidagi;
ishni sudda koʻrishga tayinlash toʻgʻrisidagi;
ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisidagi;
rad qilish talabini qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisidagi;
ishga daxldor boʻlmagan tarafni almashtirish toʻgʻrisidagi;
huquqiy vorisning protsessga kirishi toʻgʻrisidagi;
shaxsni sudda vakil sifatida qatnashishiga ruxsat berish toʻgʻrisidagi;
ishni mazmunan koʻrishni tiklash toʻgʻrisidagi;
bir necha talabni birlashtirish va bir necha talabni ajratish toʻgʻrisidagi;
jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirish toʻgʻrisidagi;
sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish toʻgʻrisidagi;
hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni yangi ochilgan holatlarga koʻra qayta koʻrish haqidagi arizani qanoatlantirish toʻgʻrisidagi;
ijro varaqasini ijroga topshirishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi;
yoʻqolgan ishni tiklash masalasi boʻyicha;
bayonnoma yuzasidan bildirilgan yozma fikrlarga qoʻshilmaslik toʻgʻrisidagi;
protsessual muddatlarni kechiktirish va tiklash toʻgʻrisidagi.
Sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda ustidan shikoyat, protest berilmaydigan ajrimlariga nisbatan eʼtirozlar apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ga, nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi arizaga shikoyat yoki nazorat tartibida keltiriladigan protestga kiritilishi mumkin.
8. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, birinchi instansiya sudining sud majlisi bayonnomasiga kiritish yoʻli bilan chiqariladigan ajrimlari shu sud tomonidan protsess ishtirokchilarining iltimosnomasi yoki sudning oʻz tashabbusiga koʻra bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. Sudning iltimosnomani qanoatlantirishni rad etishi manfaatdor shaxsni sudga shunday iltimosnoma bilan takroran murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan hollarda. birinchi instansiya sudining alohida protsessual hujjat koʻrinishida chiqarilgan ajrimlari ham taraflarning iltimosnomasiga koʻra, shu sud tomonidan bekor qilinishi mumkin (FPK 99-moddasi
ikkinchi qismi).
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Oliy sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar va viloyat sudlari vaqti-vaqti bilan birinchi instansiya sudlari tomonidan ajrimlar chiqarilishi amaliyotini umumlashtirsinlar hamda aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan choralar qoʻllasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B.MUSTAFAYEV
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi A.USMANOV