1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2010 YIL 20 AVGUSTDAGI 181-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN XIZMATChILARINING ASOSIY LAVOZIMLARI VA IShChILAR KASBLARI KLASSIFIKATORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 3-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2376]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2015-yil 5-dekabrdagi 53-B-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-son qarori bilan tasdiqlangan xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari Klassifikatoriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2376-1, 11.12.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-son “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari Klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 34-son, 291-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-avgustdagi 181-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilarining asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.