1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
DALA SHAROITLARIDAGI ISHLARDA BAND BOʻLGAN XODIMLARGA DALA USTAMASI TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 170-moddasiga va Soliq kodeksining 171-moddasiga muvofiq dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarning mehnatini yanada ragʻbatlantirish va qoʻshimcha xarajatlarining oʻrnini qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi]
1. Dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarga dala ustamasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarga mehnat haqi tumanlar boʻyicha tartibga solinadigan, shu jumladan noqulay tabiiy iqlim-sharoitlaridagi joylarda ishlaganlik uchun tuman koeffitsiyentlari boʻyicha toʻlovlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 2-iyul,
190-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-iyuldagi 190-son qaroriga ILOVA
Dala sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarga Dala ustamasi toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom dala sharoitlarida geologiya-qidiruv, topografiya-geodeziya, loyiha-izlanish, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda boshqa ishlarni bajaradigan tashkilotlar (korxonalar) xodimlariga dala ustamasi toʻlashning umumiy tartibini va miqdorlarini belgilaydi.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.07.00 Alohida toifadagi xodimlarni mehnatining muhofaza qilish]
2. Xodimlarga dala ustamasi ishlovchilarning vaqtincha noqulay mehnat va maishiy sharoitlar sababli dala sharoitlaridagi ishlarni bajarish, shuningdek ishlab chiqarish obyektlarining aholi punktlaridan tashqarida joylashganligi bilan bogʻliq ortiqcha xarajatlarning oʻrnini qoplash maqsadida toʻlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
3. Quyidagi xodimlar dala ustamasi olish huquqiga ega:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.11.00 Alohida yashash sharoitli rayonlarda ishlovchi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar]
a) dala sharoitlarida ishlovchilar va dala ishlari amalga oshirilayotgan joylarda yashovchilar;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.12.00 Ayrim toifadagi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar]
b) ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan geologiya-qidiruv, topografiya-geodeziya, loyiha-izlanish va boshqa tashkilotlar (korxonalar)ga bevosita ularning bazaviy dala shaharchalarida xizmat koʻrsatish uchun maxsus tashkil etilgan maktablar, tibbiyot, madaniy-maʼrifiy, maktabgacha taʼlim muassasalari va boshqa yordamchi boʻlinmalar xodimlari.
4. Dala ustamasi xodimlarga, egallab turgan lavozimi va oylik maoshidan qatʼi nazar, dala ustamasi hisoblab yoziladigan sanada Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan miqdorlarda (koeffitsiyentlarda), biroq har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,06 baravaridan ortiq boʻlmagan holda quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
a) kuniga 0,053 – dala sharoitlarida bevosita dala ishlari amalga oshiriladigan obyektlarda ishlaganda;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
b) kuniga 0,011 – mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan tashkilotlar (korxonalar)ning bazaviy dala shaharchalarida ishlaganda.
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
41. Arxeologik tadqiqotlar oʻtkazuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy tashkilotlarda dala ustamasi arxeologik ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaradigan ilmiy xodimlarga, egallab turgan lavozimi va oylik maoshidan qatʼi nazar, dala ustamasi hisoblab yoziladigan sanada Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentlarda), biroq har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2,3 baravaridan ortiq boʻlmagan quyidagi miqdorlarda haq toʻlanadi:
a) kuniga 0,08 — dala sharoitlarida bevosita dala ishlari amalga oshiriladigan obyektlarda ishlaganda;
b) kuniga 0,03 — bazaviy dala shaharchalarida ishlaganda.
42. Arxeologik tadqiqotlar oʻtkazuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy tashkilotlarda dala sharoitlarida mavsumiy yollanadigan “yer qazuvchi” ishchilarning ish haqi miqdori Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan (koeffitsiyentlarda), biroq har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2,6 baravaridan ortiq boʻlmagan quyidagi miqdorlarda haq toʻlanadi:
a) kuniga 0,12 — haftada 5 kun ishlaganda;
b) kuniga 0,1 — haftada 6 kun ishlaganda”.
(41 va 42-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2020-y., 09/20/366/0740-son)
5. Oʻz xodimlariga dala ustamasi toʻlash huquqiga ega boʻlgan tashkilotlar roʻyxati mansubligi boʻyicha vazirliklar va idoralar tomonidan, vazirliklar va idoralar tarkibiga kirmaydigan tashkilotlar (korxonalar) tomonidan esa – mustaqil ravishda (Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda) tasdiqlanadi.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
6. Dala ishlariga yuborilayotgan xodimlarga dala ustamasi toʻlash tashkilot (korxona) boʻyicha tegishli buyruq bilan belgilanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
7. Dala ustamasi dala ishlari amalga oshirilayotgan joyda haqiqatda boʻlingan kalendar kunlar uchun toʻlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
8. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan miqdorlardagi dala ustamasi oʻrtacha oylik ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydi va Soliq kodeksiga muvofiq xodimning daromadi sifatida hisoblanmaydi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.11.00 Alohida yashash sharoitli rayonlarda ishlovchi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar]
9. Dala ustamasi toʻlash xodim dala ishlari olib borilayotgan joyda yoki bazaviy dala shaharchasida boʻlgan quyidagi holatlarda saqlanib qoladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.05.00 Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb tan olish. Muomala layoqatini cheklash]
a) vaqtinchalik ishga layoqatsiz boʻlgan davrda;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.02.00 Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida beriladigan kafolatlar]
b) davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish vaqtida.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
10. Dala ustamasi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.12.00 Ayrim toifadagi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar]
a) har kuni doimiy yashash joyiga qaytib kelish imkoniyatiga ega boʻlgan barcha toifadagi xodimlarga;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
b) har yilgi mehnat taʼtilida boʻlingan vaqt uchun toʻlanmaydi.
11. Xodim xizmat safariga yuborilganda dala ustamasi toʻlash toʻxtatiladi. Bunday holatlarda xarajatlar oʻrnini qoplash xizmat safarlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.14.00 Kafolatlar va kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish]
12. Tashkilotlar (korxonalar)ning jamoa shartnomalarida, jamoa kelishuvlarida va mehnat shartnomalarida dala ustamasi ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan miqdorlardan ortiq miqdorda nazarda tutilishi mumkin, uni toʻlash budjetdan tashqari manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Tashkilot (korxona)lar dala ustamasini oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlaydilar.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
13. Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan dala ustamasi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar tegishli xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar]
14. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan normalardan ortiq miqdorda toʻlanadigan dala ustamasi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq jismoniy shaxslarning daromadlari deb hisoblanadi va ulardan soliq olinadi.
15. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 297-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 09.06.2020-y., 09/20/366/0740-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 31.08.2022-y., 09/22/485/0789-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)