OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
Qarori
AHOLI PUNKTLARIDA YOVVOYI HAYVONLARNI SAQLASH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2373]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-son “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bogʻliq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 290-modda) 9-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N. UMAROV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-may,
5-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-may,
18-son
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 18-maydagi 5, 18-son qaroriga ILOVA
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tutqunlikda saqlash — yovvoyi hayvonlarga ular tor (toʻsilgan) joyda yashaydigan sharoitlar yaratish (qafasda, temir panjarali joyda, akvariumda, terrariumda, bogʻlangan holda saqlash va hokazo);
yovvoyi hayvonlar — xonakilashtirilmagan hayvonlar;
pitomnik — insonning doimiy nazorati ostida boʻlgan va hayvonlarni urchitish uchun foydalaniladigan, hayvonlarning nazorat qilinadigan hududdan chiqib ketishiga toʻsqinlik qiluvchi chegaralarga ega boʻlgan nazorat qilinadigan hudud (muhit).
2. Yovvoyi hayvonlar belgilangan tartibda maxsus jihozlangan xonalarda (jonli burchaklarda) va ochiq maydonchalarda, (hayvonot bogʻlari, pitomniklar, fermalarda) shuningdek turar joylarda saqlanishi mumkin.
3. Yovvoyi hayvonlar qonun hujjatlari, shu jumladan mazkur Qoidalarning talablariga javob beradigan sharoitlarda hayvonlarga insoniylik bilan munosabatda boʻlishning umumeʼtirof etilgan normalariga muvofiq saqlanishi kerak.
5. Yovvoyi hayvonlar zoologiya doʻkonlaridan, hayvonot bogʻlaridan sotib olinganligi, chet el davlatlaridan olib kelinganligi, ov qilish yoʻli bilan yoki baliq ovlashda qoʻlga kiritilganligi va hokazolar toʻgʻrisida tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq olingan deb hisoblanadi.
Tasdiqlovchi hujjatlar boʻlib, kassa cheklari, yuk xatlari, ov qilish yoki baliq ovlashga ruxsatnomalar, hayvonlarni Oʻzbekistonga olib kirishga Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan ruxsatnomalar hisoblanishi mumkin.
6. Yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish qonun hujjatlariga muvofiq pitomniklar, zoologiya doʻkonlari va hayvonlarni sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan bozorlarda amalga oshirilishi mumkin.
Yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 3-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
III bob. Saqlashga qoʻyiladigan talablar
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qarori bilan tasdiqlangan Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish hamda ovchilik-baliq ovlash xoʻjaligini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq yovvoyi hayvonlarning barcha turlari faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha tutqunlikda saqlanishi mumkin, zoologiya doʻkonlaridan sotib olingan yovvoyi hayvonlar bundan mustasno.
8. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni hamda zaharli hayvonlarni hayot faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida tutqunlikda saqlashga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan maxsus pitomniklarda yoʻl qoʻyiladi.
9. Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish boʻyicha pitomniklar Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida hisobga qoʻyiladi.
10. Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda yoki pitomnikda saqlashga ruxsatnoma berilgan shaxslar har yili, 1-yanvargacha, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga oʻzlaridagi hayvonlarning soni, tur tarkibi va holati toʻgʻrisida axborot berishi shart. Hayvon nobud boʻlgan taqdirda, uni saqlaydigan shaxs hayvon nobud boʻlgan kundan boshlab oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga uning nobud boʻlishi sababi toʻgʻrisidagi veterinariya xulosasini taqdim etishi shart.
11. Yovvoyi hayvonlarni doimiy yoki vaqtincha saqlash uchun foydalaniladigan volyerlar, qafaslar, terrariumlar va boshqa xonalar oʻz maydoni va hajmiga koʻra yovvoyi hayvonlarning hayoti uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlashi, shuningdek ularni aholi punktlarida saqlash uchun mazkur Qoidalarning ilovasida belgilangan sharoitlar, shuningdek veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga javob berishi lozim.
yovvoyi hayvonlarni (bedanadan tashqari) umumiy mulkdan foydalaniladigan (zinapoya maydonchalari, cherdaklar, yertoʻlalar, oʻtiladigan dahlizlar), umumiy ovqatlanish va savdo joylarida saqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ruxsatnomasisiz tutqunlikda va pitomniklarda saqlanayotgan hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan tabiatga chiqarib yuborish;
14. Mazkur Qoidalarning 13-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda yovvoyi hayvonlarni jonsizlantirish insoniylik tamoyillari asosida faqatgina veterinariya mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi.
15. Yovvoyi hayvonlardan va pitomniklarda oʻstirilgan, yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo toʻgʻrisidagi konvensiyaning (CITES Konvensiyasi) ilovasiga kiradigan hayvonlardan foydalanishga qonun hujjatlariga va CITES Konvensiyasi ilovalariga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan va pitomniklarda oʻstirilgan yovvoyi hayvonlardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining nazorati ostida amalga oshiriladi.
17. Yovvoyi hayvonlar egalari quyidagi majburiyatlarga ega:
a) yovvoyi hayvonlarni ularning biologik xususiyatlariga muvofiq saqlashga, ularga nisbatan insoniylik bilan muomalada boʻlishga, ovqatsiz va suvsiz qoldirmaslikka, kasallangan holatlarda esa malakali veterinariya yordami koʻrsatilishini taʼminlashga;
b) yovvoyi hayvonlar saqlanadigan joylarni va ularga tutashib ketgan hududni veterinariya-sanitariya va zoogigiyena talablariga muvofiq saqlashga;
v) tabiatni muhofaza qilish davlat organlari vakillariga ular tomonidan yovvoyi hayvonlarni saqlashni nazorat qilishlari uchun yovvoyi hayvonlar va ularni saqlash makonlariga kirishlariga erkin sharoit yaratishga;
g) yovvoyi hayvonlarni koʻzdan kechirishlari, diagnostik tadqiqotlar va davolash-profilaktika ishlarini olib borish hamda emlash uchun veterinariya mutaxassislariga imkoniyatlar yaratib berishga;
d) jamoat tartibini va fuqarolarning xotirjamligini taʼminlash, odamlar va hayvonlarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida davlat sanitariya-epidemiologiya va davlat veterinariya nazorati organlari, shuningdek tabiatni muhofaza qilish davlat organlari va ichki ishlar organlari mansabdor shaxslarining koʻrsatmalarini bajarishga;
e) yovvoyi hayvonni saqlash taqiqlanganda uni boshqa shaxsga berishga (sotishga), yovvoyi hayvonlar uchun makonga joylashtirishga yoki jonsizlantirish toʻgʻrisidagi ariza bilan davlat veterinariya nazorati organlariga murojaat qilishga;
j) yovvoyi hayvonning notinchlik keltirib chiqarmaydigan va atrofdagilarga xavf tugʻdirmaydigan xatti-harakatini taʼminlashga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, ularning mol-mulkiga, shuningdek hayvonlarga zarar yetkazilishining oldini olishga;
z) yovvoyi hayvonlar insonni yoki boshqa hayvonni tishlab olganda yoxud boshqa jarohatlar yetkazganda:
jabrlanganni dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish uchun poliklinikaga (veterinariya poliklinikasiga) yoki boshqa tibbiyot muassasasiga olib borishga;
yovvoyi hayvonlar toʻsatdan nobud boʻlishi, bir necha hayvonning bir vaqtda kasallanishi yoki ular oʻzlarini odatdan tashqari holatda tutishi toʻgʻrisida veterinariya mutaxassislarini xabardor qilishga;
veterinariya mutaxassislari yetib kelgunga qadar kasallik belgilari borligiga shubha qilinayotgan hayvonlarni va kasallik tufayli nobud boʻlgan deb shubha qilinayotgan hayvonlarning murdalarini alohida saqlashga.
V bob. Yakuniy qoidalar
18. Noqonuniy saqlangan yovvoyi hayvonlar tabiatni muhofaza qilish davlat organlari tomonidan olib qoʻyilishi va hayvonlar uch oy muddatgacha hayvonot bogʻlarida yoki yovvoyi hayvonlar saqlanadigan makonlarda vaqtincha saqlashga beriladi.
19. Vaqtincha saqlash davri mobaynida olib qoʻyilgan hayvonning egasi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etganda hamda hayvonni saqlash xarajatlarini qoplagan taqdirda olib qoʻyilgan hayvonni qaytarib olishi mumkin.
20. Vaqtincha saqlash davri tugagan va egalari tomonidan talab etilmagan hayvonlar hayvonot bogʻiga, yovvoyi hayvonlar saqlanadigan makonga mulk huquqi asosida beriladi.
21. Yovvoyi hayvonlar tomonidan fuqarolarning sogʻligʻiga yoki ularning mol-mulkiga keltirilgan zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
22. Mazkur Qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni tabiatni muhofaza qilish davlat organlari, davlat veterinariya nazorati organlari, shuningdek ichki ishlar organlari hamda sogʻliqni saqlash muassasalari amalga oshiradi.
24. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. ROʻZIYEV
2012-yil 14-may
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2012-yil 15-may
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
2012-yil 16-may
Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalariga ILOVA
Yovvoyi hayvonlarni aholi punktlarida saqlash sharoitlari (bitta dona uchun minimal hisob)
№
Yovvoyi hayvon
Saqlash joyining turi
Maydoni m2
Yuqoriligi m
Hajmi
1.
Mayda sutemizuvchilar (kemiruvchilar, hasharotxoʻrlar, sassiqkoʻzan va hokazo)
Qafas, volyer (4 dona uchun)
1
1,5-2
2.
Oʻrta sutemizuvchilar (ondatra, quyon, tulki, boʻrsiq va hokazo)
Mayda chumchuqsimon qushlar, mayda toʻtiqushlar va hokazo
Qafas, volyer (10 dona uchun)
1
1
10.
Qirgʻovullar, kakliklar, toʻtiqushlar va hokazo
Qafas, volyer (10 dona uchun)
1
2
11.
Oʻrdaklar, gʻozlar, kazarkalar va hokazo
Qafas, volyer (10 dona uchun)
1
1,5-2
12.
Burgutlar, yirik lochinsimonlar va hokazo
Qafas, volyer (10 dona uchun)
4
2,5-3
13.
Oq qushlar, birqozonlar
Qafas, volyer (10 dona uchun)
4
2
14.
Turnalar, laylaklar, qarqaralar va hokazo
Qafas, volyer (10 dona uchun)
4
2,5-3
15.
Strauslar
Qafas, volyer (10 dona uchun)
10-12
2,5-3
16.
Qafas, volyer (10 dona uchun)
Qafas, volyer (10 dona uchun)
3
2,5-3
17.
Mayda sudralib yuruvchilar (asl kaltakesaklar, agamalar, toʻgarakboshlar, 90 sm gacha boʻlgan ilonlar va hokazo)
Qafas, volyer (6 — 10 dona uchun)
1
0,6
18.
2 m gacha boʻlgan ilonlar, echkemarlar
Qafas, volyer (4 dona uchun)
1
0,8-1
19.
2 m dan oshgan ilonlar (boʻgʻma ilonlar, pitonlar, anakonda va hokazo)
Qafas, volyer (4 dona uchun)
3
1,8-2
20.
Iguanalar, suv agamasi va hokazo
Qafas, volyer (2 dona uchun)
1,5-2
2-2,5
21.
2 m gacha boʻlgan timsohlar
Qafas, volyer (2 dona uchun)
3
1,5-2
22.
2 m dan oshgan timsohlar
Qafas, volyer (2 dona uchun)
5
2-2,5
23.
Toshbaqalar (choʻl, botqoq va hokazo)
Qafas, volyer (4 dona uchun)
1
0,8-1
24
Yirik toshbaqalar
Qafas, volyer (4 dona uchun)
2
2-2,5
25.
Amfibiyalar (triton, qurbaqalar, baqalar va hokazo)
Qafas, volyer (10 dona uchun)
1
0,5
26.
Mayda baliqlar
akvarium
2 l
27.
Oʻrta baliqlar
akvarium
4-5 l
28.
Yirik baliqlar (tovonbaliq, olabugʻa, piranyalar va hokazo)
akvarium
5-6 l
29.
Sazan, laqqalar, choʻrtanbaliq va hokazo
akvarium
10 — 12 l
30.
Osetrsimonlar, akulalar
akvarium
50 — 60 l
Izoh. Yirik yirtqich hayvonlar (sher, yoʻlbars, ayiq va hokazo) uchun qafas, volyer ichida uni yigʻishtirish paytida hayvonlarni koʻchirish uchun yondosh qafaslar moʻljallangan boʻlishi kerak.
Qafas, volyer osti betonlangan yoki metallanmagan boʻlmasligi kerak.
Hayot tarzi suv bilan bogʻliq hayvonlar (timsohlar, suv toshbaqalari, suvda suzuvchi qushlar va hokazo) uchun suv havzalari moʻljallangan boʻlishi kerak.
Koʻchib yuruvchi hayvonot bogʻlarining transport qafaslarida termoizolyatsiya (sovuq va issiq yil fasllarida) va hayot jarayoni uchun yetarli maydon yuqorida qayd etilgan oʻlchamlarga asosan mavjud boʻlishi shart.
Qafaslar, volyerlar, terrariumlar tabiiy atrof muhit vositalari (toshlar, shohlar, daraxt toʻsinlari va hokazo) bilan jihozlanishlari kerak.