|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
|
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar |
|
2. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar |
|
3. |
“Mahalla” xayriya jamoat Fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, |
|
4. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar |
|
5. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar |
|
6. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, viloyatlar |
|
7. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar |
|
8. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar |
|
9. |
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpogʻiston Respublikasi, |
|
10. |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimi rahbari |
|
11. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar |
|
12. |
Jamoatchilik vakillari |
|
13. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar |
| T/r | Tadbirlar | Masʼullar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati |
| I. Oila, mahalla, taʼlim muassasalari hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan metodologik asoslarni yaratish | ||||
| 1. | Ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi oʻrni, majburiyati, masʼuliyati va farzandlar bilan oʻzaro munosabatlarini mustahkamlashga doir uslubiy qoʻllanma va tavsiyalarni tayyorlash, joylarga yetkazish. | “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy- amaliy markazi, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (RBIMM), “Kelajak ovozi” YOTM, “Kamolot” YOIH, manfaatdor vazirliklar va idoralar | 1. Uslubiy qoʻllanma va tavsiyalar loyihasini tayyorlash. | 2012-yil 20-iyul |
| 2. | Umumiy oʻrta taʼlim maktablari 1 — 4-sinflarida “Bola tarbiyasi — kelajak mevasi”, 5 — 7-sinflarida “Ilm ol — hunar oʻrgan!”, 8-9-sinflarida va Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim muassasalari 1-bosqichlarida “Tanlagan kasbing — sening kelajaging!” hamda 2-3-bosqichlarida “Yetuk mutaxassis — kelajak mevasi!” mavzularida “Otalar majlisi”ni oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va joriy etish. | Xalq taʼlimi vazirligi (XTV), Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (OʻMKHTM), “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YOIH manfaatdor vazirliklar va idoralar | 1. Tanlangan mavzular boʻyicha “Otalar majlisi”ni oʻtkazish tartibi loyihalarini tayyorlash. | 2012-yil 1-avgust |
| 3. | Yoshlarning psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, pedagoglar, psixologlar va huquqshunoslar hamkorligida oʻquvchilarning huquqiy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan huquqiy axborotlarni oʻz ichiga olgan buklet, maʼlumotnoma va tarqatma materiallar ishlab chiqish va joylarga yetkazish. | XTV, OOʻMTV, OʻMKHTM, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Davlat boshqaruvi akademiyasi (DBA), RBIMM, “Kelajak ovozi” YOTM, “Oila” ilmiy-amaliy markazi | Huquqiy bilimlarni oshirishga doir buklet, maʼlumotnoma va tarqatma materiallarni ishlab chiqish va joylarga yetkazish. | 2012-yil 30-avgust |
| 4. | Qizlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, salomatlik masalalari va balogʻat davri oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida “Orasta qiz yon daftarchasi” nomli qoʻllanmani ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi (SSV), “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro Fondi, “Kamolot “ YOIH, Adliya vazirligi, XTV, OOʻMTV, OʻMKHTM | 1. “Orasta qiz yon daftarchasi” nomli qoʻllanma loyihasini tayyorlash. | 2012-yil 20-avgust |
| II. “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” Jamoat kengashlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish | ||||
| 5. | “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashlarini tuzish. | XTV, OOʻMTV, OʻMKHTM, IIV, SSV, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YOIH, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, “Kelajak ovozi” YOTM, QR Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzurida “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashini tuzish. | 2012-yil iyul |
| 6. | Jamoat kengashi, ota-onalar tomonidan taʼlim muassasalaridagi taʼlim-tarbiya sifatini oʻrganish va ularni yanada takomillashtirishga doir tadbirlarni amalga oshirishdagi faolligini oshirish. | “Mahalla” Fondi, XTV, OOʻMTV, Kasb-hunar taʼlimi markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, manfaatdor vazirliklar va idoralar | 1. Taʼlim muassasalaridagi taʼlim-tarbiya sifatini tubdan oʻrganish. | 2012-yil 30-avgust |
| 7. | Taʼlim muassasalaridagi taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, oʻquvchilar davomatini yaxshilash bilan bogʻliq masalalarda Jamoat kengashi va mahallaning oʻrnini kuchaytirish. | XTV, OOʻMTV, Kasb-hunar taʼlimi markazi, IIV, “Mahalla” Fondi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Yoshlar ittifoqi | 1. Taʼlim muassasalari rahbarlari, Jamoat kengashi, mahalla va ota-onalar hamkorligida taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish yoʻllari va oʻquvchilarning darsga qatnash davomatini uzviy tahlil qilib borish. | 2012-yil sentabrdan boshlab |
| 8. | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi yoshlar bilan ishlash komissiyalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish. | “Mahalla” Fondi, Yoshlar ittifoqi, OOʻMTV, XTV, OʻMKHTM, Madaniyat va sport ishlari vazirligi | 1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi yoshlar bilan ishlash komissiyasi faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrganish, vazifalarini aniq belgilash va samaradorligini yanada oshirish. | 2012-yil 20-iyuldan |
| 9. | Taʼlim tizimidagi yutuqlar va islohotlar haqida ota-onalarning keng maʼlumotga ega boʻlishlarini taʼminlash maqsadida “Ota-onalar universiteti” faoliyatini kuchaytirish. | XTV, Kasb-hunar taʼlimi markazi, “Mahalla” Fondi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Yoshlar ittifoqi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. “Ota-onalar universiteti” faoliyati samaradorligini oshirish choralarini belgilash. | 2012-yil 20-avgust |
| 10. | Taʼlim muassasalari va mahallalarda “Oila — muqaddas tushuncha”, “Oilaviy anʼanalar”, “Mahalla va oila maʼnaviyatining mustahkamligi”, “Ota va ona — oila tayanchi”, “Oilada sharqona sadoqat” mavzularida suhbatlar va savol-javob kechalarini tashkil etish. | “Mahalla” Fondi, XTV, OOʻMTV, Kasb-hunar taʼlimi markazi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, RBIMM, “Kelajak ovozi” YOTM, Yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi | 1. Soha mutaxassislari, malakali professor-oʻqituvchilar, oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalari hamda namunali oilalar vakillaridan iborat targʻibot guruhlarini shakllantirish. | 2012-yil 30-iyun |
| III. Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida gʻayriijtimoiy harakatlarning vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlarini oʻrganish, ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish | ||||
| 11. | Mahallalarda noqobil, notinch oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarning taʼlim-tarbiyasi hamda ularga har tomonlama ijtimoiy koʻmaklashish koʻlamini kengaytirish. | “Mahalla” Fondi, XTV, Kasb-hunar taʼlimi markazi, IIV, Xotin-qizlar qoʻmitasi, RBIMM, Yoshlar ittifoqi , “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi | 1. Mahallalarda faol, el orasida hurmat qozongan ziyoli insonlarni hamda tegishli idoralar vakillarini jalb qilgan holda oilalarni oʻrganish, mavjud muammolarni aniqlash. | 2012-yil 30-avgust |
| 12. | Oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni qiziqishlari boʻyicha kasb-hunarga yoʻnaltirish. | XTV, Kasb-hunar taʼlimi markazi, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, RBIMM, “Kelajak ovozi” YOTM, Yoshlar ittifoqi, SSV, Davlat soliq qoʻmitasi, IIV, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. Mahallalar va taʼlim muassasalarida oʻquvchi-yoshlar uchun tashkil etilgan fan toʻgaraklari, sport seksiyalari faoliyatini oʻrganish, tarmogʻini kengaytirish orqali ommaviylikni taʼminlash. | 2012-yil sentabrdan boshlab muntazam ravishda |
| 13. | Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik, jinoyatchilik, huquqbuzarlik yoki boshqa noijtimoiy harakatlar sodir etilishining oldini olish boʻyicha keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish. | XTV, Kasb-hunar taʼlimi markazi, IIV, Adliya vazirligi, RBIMM, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. Oʻquvchilar oʻrtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish borasida profilaktik suhbatlar, uchrashuvlar oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish hamda ijroga yoʻnaltirish. | 2012-yil 20-avgust |
| 14. | Dars vaqtida maktabga bormasdan bemaqsad yurgan, masjidlarga qatnayotgan, bozorlarda turli yumushlar hamda jamoat transportlarida chipta sotish bilan shugʻullanayotgan oʻquvchilarni aniqlash va ularni oʻqishga qaytarish maqsadida “Oʻquvchi” reydlarini oʻtkazish. | XTV, Kasb-hunar taʼlimi markazi, IIV, “Mahalla” Fondi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. Vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruhini tuzish. | 2012-yil sentabr |
| 15. | Oʻquvchi-yoshlarning dars va tungi vaqtlarda “Internet-kafe”lar va “Kompyuter klublari”da boʻlishi, maʼnaviy-axloqiy buzuqlikni targʻib etuvchi saytlarga kirishi holatlarini aniqlash va ularga barham berish boʻyicha vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda reydlar tashkil etish. | OʻzAAA, “Mahalla” Fondi, XTV, Kasb-hunar taʼlimi markazi, IIV, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. Vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruhini tuzish. | 2012-yil sentabrdan boshlab muntazam ravishda |
| 16. | Erta turmush qurish hamda yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldini olish, ularni inson sogʻligʻiga zararlari, huquqiy javobgarliklari mavzularida mahallalarda ota-onalar oʻrtasida mutaxassislar ishtirokida tushuntirish ishlarini amalga oshirish. | Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” Fondi, Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston musulmonlar idorasi | 1. Erta turmush qurish holatlarining oldini olishga qaratilgan uchrashuv, suhbat va tushuntirish ishlarini tashkil etish boʻyicha hamkorlik jadvalini ishlab chiqish va amalga oshirish. | 2012-yil sentabrdan boshlab |
| 17. | Oʻquvchi-yoshlar orasida turli milliy mentalitetimizga zid boʻlgan salbiy holatlarning oldini olish boʻyicha hamda profilaktik nazoratda turuvchi oʻquvchilarni tarbiyalashda ota-onalar, mahalla, huquq-tartibot idoralari davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish. | “Mahalla” Fondi, IIV, XTV, Kasb-hunar taʼlimi markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, RBIMM, Yoshlar ittifoqi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston musulmonlar idorasi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. Turli milliy mentalitetimizga zid boʻlgan salbiy holatlarning oldini olish. | 2012-yil 1-iyuldan boshlab muntazam ravishda |
| 18. | Oʻquvchi-yoshlarning zararli odatlar yoʻliga kirishiga sabab boʻlayotgan omillarga qarshi manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish. | XTV, Kasb-hunar taʼlimi markazi, OOʻMTV, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, RBIMM, Yoshlar ittifoqi | 1. Taʼlim muassasalariga yaqin hududlarda alkogolli va tamaki mahsulotlari sotilishining oldini olish boʻyicha Jamoatchilik kengashi nazoratini kuchaytirish. | 2012-yil 1-iyuldan boshlab 2012-yil sentabr Muntazam ravishda jadval asosida |
| IV. Barkamol avlodni tarbiyalashga doir maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni samaradorligini oshirish va ularni mazmunan yanada takomillashtirish | ||||
| 19. | “Bir bolaga yetti qoʻshni ota-ona” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarining mazmun-mohiyatini keng targʻib etish. | “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ittifoqi, XTV, OOʻMTV, Kasb-hunar taʼlimi markazi | 1. Jamoat kengashi ishtirokida taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayoniga oid masalalarni muhokama etishni yoʻlga qoʻyish. | 2012-yil muntazam ravishda alohida reja asosida muntazam ravishda |
| 20. | Yosh avlodga xalqimizning koʻp asrlar davomida shakllangan qadriyatlarini, ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga qoʻyilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish. | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi”, XTV, OOʻMTV, Kasb-hunar taʼlimi markazi, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi | 1. Soha mutaxassislari va jamoatchilik vakillaridan iborat Targʻibot guruhini shakllantirish. | 2012-yil sentabrdan boshlab rejaga muvofiq |
| 21. | “Yoshlar maʼnaviy olamini boyitishda adabiyot va sanʼatning oʻrni” mavzuida turkum maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish. | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Mahalla” Fondi, OʻzFA Til va adabiyot instituti, Yoshlar ittifoqi, XTV, OOʻMTV, Kasb-hunar taʼlimi markazi | 1. Yozuvchi, shoir, olim, sanʼatkor va yosh qalamkashlardan iborat Ishchi guruh tuzish. | 2012-yil sentabr muntazam ravishda rejaga muvofiq |
| 22. | Oʻquvchi-yoshlarni gʻoyaviy tahdid va past saviyali “ommaviy madaniyat” va boshqa turdagi yot gʻoyalarning zararli taʼsiridan himoya qilishga qaratilgan maʼrifiy tadbirlar tashkil etish. | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, XTV, OOʻMTV, Kasb-hunar taʼlimi markazi, SSV, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar, “Mahalla” Fondi | 1. Soha mutaxassislari tomonidan mahalla oqsoqollarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari oʻrtasida “Missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlari”, “Din va maʼnaviyat”, Xurofotga qarshi kurashda ayollarning oʻrni” mavzularida suhbatlar, muloqotlar tashkil etish. | 2012-yil sentabrdan boshlab muntazam ravishda |
| 23. | “Qudratimiz — birlik va hamjihatlikda” mavzuida madaniy tadbirlar tashkil etish. | Baynalmilal madaniyat markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, MTRK, “Mahalla” Fondi, Yoshlar ittifoqi | Respublikamizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari ishtirokida joylarda doʻstlik festivallari, maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar, turli tildagi sheʼrxonlik kechalarini tashkil etish. | 2012-yil iyuldan boshlab muntazam ravishda reja asosida |
| 24. | Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va taʼlim muassasalari hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritish. | MTRK, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, XTV, OOʻMTV, Kasb-hunar taʼlimi markazi, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. Amalga oshirilayotgan ishlarni televideniye, radio va matbuot orqali keng yoritish. | 2012-yil iyundan boshlab muntazam ravishda |
| 25. | “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuasi bajarilishi boʻyicha axborot tayyorlash va keyingi yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | XTV, OOʻMTV, OʻMKHTM, IIV, SSV, “Mahalla” Fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YOIH, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, “Kelajak ovozi” YOTM, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | 1. Amalga oshirilgan chora-tadbirlarni samaradorligini oʻrganish, tanqidiy tahlil qilish hamda ularni kelgusida yanada samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 2013-yil 25-yanvarga qadar |