toggle_night_mode
Hujjat 02.05.2016 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SPORT TURLARI BOʻYICHA TERMA JAMOALAR TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI HAMDA SPORT VA OMMAVIY JISMONIY TARBIYA TADBIRLARINING KALENDAR REJASINI SHAKLLANTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarining 2012-yil London shahri (Buyuk Britaniya)da boʻlib oʻtadigan XXX yozgi Olimpiada va XIV Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etishga tayyorgarligi toʻgʻrisida” 2009-yil 5-yanvardagi PQ-1029-son qarorini bajarish yuzasidan, sport turlari boʻyicha terma jamoalarni tashkil etish va sport tadbirlarini oʻtkazish rejasini shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Sport turlari boʻyicha terma jamoalar toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 14-iyun,
173-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qaroriga
1-ILOVA
Sport turlari boʻyicha terma jamoalar toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sport turlari boʻyicha terma jamoalarni shakllantirish va ular faoliyatining asosiy tamoyillarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizom oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshiruvchi jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
jismoniy tarbiya va sport tashkiloti – tashkiliy va huquqiy shaklidan qatʼi nazar, faoliyatning asosiy turi sifatida jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
sport musobaqasi - musobaqa tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan nizom (reglament) boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqaning eng yaxshi qatnashchisini aniqlash maqsadida sportning har xil turlari (sport turlari) boʻyicha sportchilar yoki sportchilar jamoalari oʻrtasidagi musobaqa;
sport tadbirlari – sport musobaqalari, oʻquv-trenirovka yigʻinlari, sport kurslari, seminarlari, konferensiyalari va sport musobaqalariga tayyorlanish boʻyicha sportchilar ishtirokidagi boshqa tadbirlarni oʻz ichiga oladigan tadbirlar;
ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari – aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib va tashviq qilishga yoʻnaltirilgan tadbirlar;
sport turi - sport musobaqalarini oʻtkazish hamda ularda qatnashish talablari, tartibi va shartlari belgilanadigan oʻz Qoidalariga ega boʻlgan, kishini sport musobaqalariga oʻziga xos tarzda tayyorlash bilan xarakterlanadigan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi;
oʻquv-trenirovka yigʻinlari – sport yoʻnalishiga, pedagogik va tarbiyaviy xarakterga ega boʻlgan, sportchilarni sport musobaqalarida hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida qatnashishga tayyorlash, shuningdek tadbirlardan keyin holatini tiklash maqsadida sportchilarning sport mahoratini oshirishga oid uyushtirilgan tadbirlar;
sportchi - sportning tanlangan turi bilan muntazam shugʻullanadigan, oʻz sport mahoratini doimiy ravishda oshirib boradigan va sportning tanlangan turi boʻyicha sport musobaqalarida hamda oʻquv-sport trenirovka yigʻinlarida muntazam qatnashadigan jismoniy shaxs;
trener - tegishli oʻrta maxsus yoki oliy taʼlim maʼlumotiga ega boʻlgan, oʻquv-trenirovka va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazuvchi, shuningdek sport natijalariga erishish uchun musobaqa faoliyatiga rahbarlik qiluvchi jismoniy shaxs;
sport turlari boʻyicha terma jamoalar - sportchilar, trenerlar, olimlar, tibbiyot mutaxassislari va boshqa mutaxassislardan iborat boʻlgan, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlariga hamda ularda qatnashishga tayyorlanish maqsadida tashkil etiladigan turli tashkilotlar jamoalari;
sport turlari boʻyicha terma jamoalarning trenerlar kengashi - sport turlari boʻyicha terma jamoalarning bosh (katta) trenerlari va trenerlaridan, boshqa yetakchi va nufuzli trenerlardan, sport turlari boʻyicha vrachlar, kompleks ilmiy guruhlar rahbarlaridan hamda sport turlari boʻyicha terma jamoalarning boshqa mutaxassislaridan iborat boʻlgan, sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar)da yoki ular boʻlmaganda - respublika oliy sport mahorati maktablarida tashkil etiladigan, sport turlari boʻyicha terma jamoalarning sport, pedagogik va tarbiyaviy faoliyatini tartibga soluvchi jamoa.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Sport turlari boʻyicha terma jamoalarni shakllantirishning maqsadi, vazifalari va tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar sport turlari boʻyicha terma jamoalarni va sport turlari boʻyicha ularning zaxirasini shakllantirishning asosiy maqsadlari va vazifalari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi nufuzini mustahkamlash uchun respublika va xalqaro sport arenalarida yuqori oʻrinlarni egallash;
sport turlari boʻyicha sport musobaqalari yakunlariga koʻra yuqori sport natijalariga erishgan sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislardan terma jamoalarni va ularning zaxirasini shakllantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
yuqori malakali sportchilarni tayyorlash hamda sport turlari boʻyicha hududiy va respublika sport musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashishga, Olimpiada va Osiyo oʻyinlarida, Jahon va Osiyo chempionatlarida, kuboklarida, shuningdek boshqa xalqaro sport musobaqalarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan terma jamoalarni hamda ularning zaxirasini shakllantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
sportchilarni tayyorlashning ilgʻor metodlarini oʻquv-trenirovka jarayoniga joriy etish;
sportchilarning jismoniy, texnik-taktik, psixologik tayyorligini takomillashtirish, ularning sport mahoratini oshirish;
jismoniy tarbiya-sport harakatini va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish.
5. Sport turlari boʻyicha sportchilarning barcha yosh toifalari va jinsiy mansubligi boʻyicha milliy terma jamoalar respublikada sport turlari boʻyicha terma jamoalarning oliy maqomiga egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Sport turlari boʻyicha sportchilarning barcha yosh toifalari va jinsiy mansubligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri terma jamoalari hududiy terma jamoalarning oliy maqomiga egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Sport turlari boʻyicha terma jamoalarni va ularning zaxirasini shakllantirishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan belgilangan tartibda sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari boʻyicha yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Sport turlari boʻyicha terma jamoalar:
sport turlari boʻyicha sportchilarning barcha yosh toifalari va jinsiy mansubligi boʻyicha Milliy terma jamoalar – Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan, sport turlari boʻyicha tegishli respublika federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar)ning hamda Respublika oliy sport mahorati maktabining (ular mavjud boʻlsa) kelishilgan taqdimnomasi boʻyicha;
sport turlari boʻyicha sportchilarning barcha yosh toifalari va jinsiy mansubligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri terma jamoalari - tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan, sport turlari boʻyicha tegishli hududiy federatsiyalar (uyushmalar, markazlar va boshqalar)ning (ular mavjud boʻlsa) taqdimnomasi boʻyicha;
sport turlari boʻyicha jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining terma jamoalari - tegishli jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari maʼmuriyati tomonidan shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
Sport turlari boʻyicha Milliy terma jamoalar hamda sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha ularning zaxiralari Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanaparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan tasdiqlanadi, hududiy terma jamoalar Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanaparvar” tashkiloti Markaziy kengashining hududiy boʻlinmalari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Sport turlari boʻyicha terma jamoalar (asosiy tarkib va zaxira (stajyorlar)) tarkibiga quyidagilar kiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
sportchilar;
trenerlar (bosh trenerlar, katta trenerlar, trenerlar);
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar - vrachlar, massajistlar, psixologlar, operatorlar, texniklar, mexaniklar, xoreograflar, akkompaniatorlar, qutqaruvchilar va sportchilarni tayyorlash uchun zarur boʻlgan boshqa mutaxassislar;
maʼmuriy xodimlar - rahbarlar, menejerlar, sport (texnika) direktorlari, administratorlar.
10. Sport turlari boʻyicha terma jamoalar tarkiblari kattalar, yoshlar (bolalar), oʻsmirlar yosh toifalaridagi sportchilardan, shuningdek sport veteranlaridan iborat boʻladi. Yosh senzi sport turlari xususiyatlariga muvofiq, sport turlari boʻyicha tegishli respublika federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar) tomonidan, xalqaro sport tashkilotlarining tasdiqlangan norma va qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Sport turlari boʻyicha terma jamoalarning aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, ichki ishlar organlarining harbiy xizmatchilari hamda oʻz komandirlari qaroriga muvofiq sport turlari boʻyicha terma jamoalarga komandirovkaga yuborilgan boshqa sportchilar muddati tugagunga qadar haqiqiy harbiy xizmatda qolishda davom etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Sport turlari boʻyicha terma jamoalarning tarkiblari oʻtgan sport mavsumida rasmiy respublika yoki xalqaro sport musobaqalaridagi ishtiroki yakunlariga koʻra, sport turlari boʻyicha tegishli respublika federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar)ning hamda Respublika oliy sport mahorati maktabining (ular mavjud boʻlsa) huzurida tashkil etilgan trenerlar kengashlarida ularni muhokama qilgan holda shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Sportchilarni sport turlari boʻyicha terma jamoalar tarkibiga kiritish uchun mezonlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar trenerlari respublika oliy sport mahorati maktablari (ular mavjud boʻlsa) hamda sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar) tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Sport turlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar terma jamoalarining trenerlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan, sport turlari boʻyicha tegishli hududiy fedaratsiyalar (uyushmalar, markazlar va boshqalar)ning (ular mavjud boʻlsa) va/yoki jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining taqdimnomasiga koʻra tayinlanadi.
Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining sport turlari boʻyicha terma jamoalari trenerlari tegishli jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari maʼmuriyati tomonidan tayinlanadi.
Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha milliy terma jamoalar trenerlari Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanaparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan tayinlanadi, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha hududiy terma jamoalar trenerlari Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanaparvar” tashkiloti Markaziy kengashining hududiy boʻlinmalari tomonidan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Sport turlari boʻyicha terma jamoalar trenerlari uchun malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Sport turlari boʻyicha terma jamoalarning maʼmuriy va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarini tayinlash, shuningdek ularni egallab turgan lavozimlaridan ozod qilish sport turlari boʻyicha tegishli respublika federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Yosh toifalari, jinsiy mansubligi boʻyicha asosiy tarkibdan va zaxiradan (stajyorlardan) shakllantiriladigan sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolari – sportchilar, trenerlar, maʼmuriy va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar roʻyxat boʻyicha tarkibining shakli ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Sport turlari boʻyicha terma jamoalarning tarkiblari buyruq bilan 1 yil muddatga tasdiqlanadi va joriy yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha amal qiladi. Sport turlari boʻyicha terma jamoalarning tasdiqlangan tarkibini quyidagilar munosabati bilan qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻtgan sport musobaqalarining natijalari;
sportchilar natijalari darajasining jiddiy pasayishi;
sportchilar olgan jarohatlar, ular chalingan kasalliklar va boshqalar;
sportchilar yashash joyining oʻzgarishi;
sportchilarning terma jamoalar tarkibidan ixtiyoriy chiqishi;
Keyingi tahrirga qarang.
sportchilarning sport musobaqalarida qatnashishni toʻxtatishi;
maʼnaviy-axloqiy va boshqa normalarning buzilishi;
antidoping qoidalarining buzilishi.
19. Sport turlari boʻyicha terma jamoalar tarkibiga kiritiladigan sportchilarning cheklangan soni ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq Jahon va Osiyo chempionatlaridagi eng koʻp sonli sportchilar tarkiblari boʻyicha aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Sport turlari boʻyicha terma jamoalarning roʻyxat boʻyicha tarkibida sportchilarni tayyorlagan trener(lar)ga doir maʼlumotlar albatta koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Quyidagi talablardan bittasiga javob bermaydigan sportchilarni sport turlari boʻyicha terma jamoalarga kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmasa (sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar uchun);
sport turlari boʻyicha tegishli respublika federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar) hamda jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari hisobida turmasa;
sport turlari boʻyicha terma jamoalar tarkibidagi kichik yosh toifasidagilardan katta boʻlsa;
sport bilan shugʻullanish uchun tibbiy ruxsatnomaga va tegishli sport hujjatiga (sportchining malaka sinov daftarchasiga, sport guvohnomasiga) ega boʻlmasa.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Sport turlari boʻyicha terma jamoalar uchun shart-sharoitlarni tashkil etish
Keyingi tahrirga qarang.
22. Sport turlari boʻyicha terma jamoalar va ularning zaxirasi aʼzolari (ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar doirasida) quyidagi huquqlarga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻquv-trenirovka yigʻinlari hamda sport turlari boʻyicha terma jamoalar tarkibida respublika va xalqaro sport musobaqalarida qatnashish davrida turar joy, oziq-ovqat, kiyim-bosh va sport formasi bilan taʼminlanish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat, mintaqaviy jismoniy tarbiya - sogʻlomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanish;
fundamental, tajriba-konstruktorlik, texnologik hamda boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar va taʼlim muassasalarining ilmiy, tibbiy-biologik va texnik yutuqlaridan foydalanish;
kasallangan va sport jarohatlari olingan barcha holatlarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatli organning yoʻllanmasi boʻyicha tibbiy xizmat koʻrsatishdan, shuningdek sport tibbiyot muassasalarida, vrachlik-jismoniy tarbiya dispanserlarida davolanishdan foydalanish.
23. Sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolari quyidagilarga majbur:
Keyingi tahrirga qarang.
turli sport musobaqalarida, shu jumladan Olimpiada va Osiyo oʻyinlarida, Jahon va Osiyo chempionatlarida, kuboklarida, shuningdek boshqa xalqaro sport musobaqalarida sport turlari boʻyicha mamlakat, hudud terma jamoalari tarkibida munosib qatnashgan holda respublika hamda xalqaro sport arenasidagi musobaqalarda qatnashish, oʻz yutuqlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining sport sharafini mustahkamlash;
Keyingi tahrirga qarang.
sport tadbirlarida qatnashgan holda oʻz sport mahoratini oshirish, yuksak fuqarolik, maʼnaviy-irodaviy va axloqiy sifatlarini namoyon qilish, gigiyena asoslarini oʻrganish, jismoniy tarbiya va sport hamda olimpiada harakati sohasida bilimlarni egallash;
Keyingi tahrirga qarang.
tayyorgarlik, trenirovka va musobaqa topshiriqlarining individual rejalarini bajarish;
oʻz shaxsiy namunasi bilan sport turlari boʻyicha terma jamoada oʻrtoqlik, sogʻlom raqobatlashish, sport turlari boʻyicha terma jamoaning maʼmuriyatiga va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga, hakamlarga, tomoshabinlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlish ruhini qaror toptirishga intilish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻquv-trenirovka jarayoni va sport musobaqalari davomida sport turlari boʻyicha terma jamoa maʼmuriyatining koʻrsatmalarini, trenerlar tarkibi, vrach, ilmiy guruh rahbarlari hamda xodimlarining talablari va tavsiyalarini bajarish;
Keyingi tahrirga qarang.
sport musobaqasining sofligi uchun kurashish, sport rejimini buzmaslik, zoʻravonlik, millatlararo va diniy toqatsizlikning turli shakllarini targʻib va tashviq qilmaslik, shuningdek doping, psixotrop va boshqa taqiqlangan preparatlarni hamda Jahon dopingga qarshi agentlik va sport turlari boʻyicha xalqaro sport tashkilotlari tomonidan taqiqlangan vositalarni qoʻllamaslik;
sport rejimiga, intizomiga va jamoat tartibiga rioya qilish;
sport formasi, anjomlari, uskunalari hamda sport inshootlariga va shu kabilarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish.
24. Sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar asosiy tarkibining sportchilari va tegishli respublika sport federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar) oʻrtasida kontraktlar tuzilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Kontraktlarda ularga maxsus ilovalar tarzida (ilovaning mavjudligi kontrakt matnida aks ettirilgan boʻlishi kerak) quyidagi shartlar (respublika federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalarning oʻz mablagʻlari hisobiga) nazarda tutilishi mumkin:
Keyingi tahrirga qarang.
turli darajadagi xalqaro sport musobaqalariga maqsadli tayyorlanish va yuqori sport natijalariga erishish uchun shartnomaviy moliya mablagʻlarini belgilash va toʻlash;
moddiy, mulkiy va maʼnaviy zararni toʻlash;
sportda jarohatlanishlar yoki kasbiy kasallanishlar natijasidagi mehnatga layoqatsizlikni qoplash va boshqa qoplov turlari;
mukofotlar, nafaqalar va boshqa ragʻbatlantirish turlari;
natijalarni hisoblab yozish va sportchi boshqa jamoaga oʻtgan taqdirdagi boshqa shartlar;
aniq sport talablarini bajarish.
25. Dopingga qarshi qoidalar sportchi tomonidan buzilgan taqdirda kontrakt bekor qilinadi.
26. Sport turlari boʻyicha terma jamoalarni, shu jumladan ularni sport musobaqalariga va/yoki sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlariga tayyorlashni va ularning mazkur tadbirlarda ishtirok etishini taʼminlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi va bunda quyidagilar bilan bogʻlik xarajatlar nazarda tutiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
sport turlari boʻyicha terma jamoalarning resurslarini oʻquv-trenirovka yigʻinlarida, sport musobaqalarida va/yoki ommaviy sport tadbirlarida qatnashishda energiya sarflarini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash, ularni oziq-ovqat bilan taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
farmokologik va tiklash vositalari, vitaminlar va oqsil-glukoza preparatlari, umumiy davolanish maqsadidagi dori-darmonlar va bogʻlov-oʻrov materiallari olish;
sport inshootlari, uskunalar, anjomlar va texnika vositalari, avtotransport, otlar uchun otxonalar, sport kiyimlari, anjomlari va uskunalarini saqlash uchun xonalarni ijaraga olish;
sport turlari boʻyicha terma jamoalarning oʻquv-trenirovka yigʻinlari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
sport musobaqalariga, ommaviy sport va boshqa sport tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularda qatnashish jarayonida sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolari uchun yoʻl haqi, turar joy uchun va sutkalik toʻlovlar toʻlash;
Keyingi tahrirga qarang.
puxta va ixtisoslashtirilgan kompleks tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolarining holatini (fizioterapevtik, psixologik va shu kabilar boʻyicha) tiklash tadbirlarini oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolarini sport formalari, maxsus sport kiyimlari, anjomlari va uskunalari bilan taʼminlash;
oʻquv-metodik va tibbiy-pedagogik koʻrikdan va nazoratdan oʻtkazishni taʼminlash:
sport turlari boʻyicha terma jamoalar sportchilarini, aʼzolarini samarali tayyorlash maqsadida ilmiy tadqiqotlar tashkil etish va oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
akkreditatsiya, vizalar olish uchun, oʻquv-trenirovka yigʻinlarida, sport musobaqalarida, ommaviy sport va boshqa sport tadbirlarida sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolarining qatnashishi uchun badallar toʻlash;
Keyingi tahrirga qarang.
doping nazorati oʻtkazish;
aeroportlar, temir yoʻllar, avtomobil vokzallari va suv portlari yigʻimlarini toʻlash;
sport anjomlari va uskunalarini tashish;
zamonaviy talablarga javob beradigan zarur sport, texnik va elektron uskunalar, anjomlar va boshqa vositalarni sotib olish;
sport turlari boʻyicha terma jamoalar mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirish (konferensiyalar, kurslar, seminarlar va shu kabilarda qatnashish) hamda ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash;
Keyingi tahrirga qarang.
sport turlari boʻyicha terma jamoalarni tegishli ilmiy-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash, sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolarining telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarda chiqishlarini tashkil qilish, sport turlari boʻyicha terma jamoalar faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish, sport turlari boʻyicha terma jamoalar toʻgʻrisidagi turli plakatlar, bukletlar, taqvimlar va shu kabilarni chiqarish;
Keyingi tahrirga qarang.
yoqilgʻi-moylash materiallari, yilqilar uchun yem-xashaklar va boshqa zarur materiallar bilan taʼminlash;
sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolarining madaniy-maʼrifiy, axloqiy va vatanparvarlik tarbiyasi darajasini, shuningdek maxsus hamda umumtaʼlim bilimlarini oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻurtalash.
IV. Sport turlari boʻyicha terma jamoalarning sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida qatnashishi
Keyingi tahrirga qarang.
27. Sport turlari boʻyicha terma jamoalarning ham respublika hududida, ham chet ellardagi ommaviy sport tadbirlarida qatnashishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Sport turlari boʻyicha terma jamoalar ishtirokidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish sport turlari boʻyicha terma jamoalarni tayyorlashning belgilangan tartibda tasdiqlangan kalendar rejasiga, sport turlari boʻyicha terma jamoalarni tayyorlash rejalariga, shu jumladan sportchilarni tayyorlashning individual rejalariga, shuningdek sport musobaqasini oʻtkazishning tasdiqlangan nizomlari (reglamentlari)ga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolari mansub boʻlgan tashkilotlar hamda sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolarining oʻzlari ommaviy sport tadbirlariga chaqirish toʻgʻrisida va rejalashtirilayotgan borish yoʻnalishi toʻgʻrisida tadbirlar oʻtkaziladigan sanadan kamida 15 kun oldin yozma ravishda xabardor qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Sport turlari boʻyicha terma jamoalarning sportchilari, trenerlari, sport tadbirining (har biri boʻyicha alohida) maʼmuriy va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining nomma-nom tarkibi sport turlari boʻyicha terma jamoalarning tasdiqlangan roʻyxatiga muvofiq sportchilar va trenerlar, maʼmuriy va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Sport turlari boʻyicha terma jamoalar sportchilari, aʼzolari uchun ularni tayyorlashning tasdiqlangan individual rejalariga muvofiq individual oʻquv-trenirovka yigʻinlarini belgilangan tartibda tashkil etish va oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolarining natijalarini hisobga olish va ularni ragʻbatlantirish -bob.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Sportchilarning - sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolarining hududiy hamda respublika sport musobaqalaridagi va/yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlaridagi ishtiroki natijalari (gʻalaba, sovrinli oʻrinni egallash, rekord oʻrnatish va shu kabilar) boʻyicha hisoblangan ochkolar majburiy tartibda:
Keyingi tahrirga qarang.
ular mansub boʻlgan tashkilotlar;
yuqori sport natijalarini koʻrsatgan vaqtda ular roʻyxatdan oʻtkazilgan respublika hududi hisobiga yoziladi.
33. Sportchilarning - sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolarining hududiy sport musobaqalaridagi va/yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlaridagi ishtiroki natijalari (gʻalaba, sovrinli oʻrinni egallash, rekord oʻrnatish va shu kabilar) boʻyicha hisoblangan ochkolar xalqaro sport tashkilotlarining yakunlariga koʻra hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Parallel hisoblanadigan ochkolarni berish:
boshqa jismoniy tarbiya tashkilotiga oʻtgan sportchi uchun, yangi va ilgarigi sport tashkilotida parallel ravishda hisobga olingan holda;
respublikaning boshqa hududidagi taʼlim muassasalarida oʻqish davri uchun;
haqiqiy harbiy xizmatni oʻtash davri uchun amalga oshiriladi.
35. Sport turlari boʻyicha terma jamoalarning Olimpiada va Osiyo oʻyinlarida, Jahon va Osiyo chempionatlarida, kuboklarida, shuningdek boshqa xalqaro sport musobaqalarida erishgan yuqori sport yutuqlari uchun sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolari belgilangan tartibda:
Keyingi tahrirga qarang.
davlat mukofotlari;
sport unvonlari, nishonlar, diplomlar, yorliqlar, kuboklar, medallar, vimpellar;
moddiy, mulkiy va boshqa buyumlar;
turli qimmatbaho sovgʻalar;
ragʻbatlantirishning boshqa shakllari bilan mukofotlanishlari mumkin.
VI. Yakunlovchi qoidalar
36. Ushbu Nizomning talablariga rioya etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari va sport federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar) sport turlari boʻyicha terma jamoalar tarkibini shakllantirishining va unga sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislarni kiritishning toʻgʻriligi yuzasidan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Sport turlari boʻyicha terma jamoalar toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA (shakl)
Keyingi tahrirga qarang.
Yosh toifalari, jinsiy mansubligi boʻyicha asosiy tarkibdan va zaxiradan (stajyorlardan) shakllantiriladigan sport turlari boʻyicha terma jamoalar aʼzolari – sportchilar, trenerlar, maʼmuriy va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning roʻyxat boʻyicha tarkibi

________________

(tashkilotning nomi) ‎‎

‎___________________dagi

(yil) (kun) (oy)

_____-son buyrugʻiga‎‎

____- ilova ‎‎

‎‎

_____________________________________________ terma jamoasining ‎‎

(milliy, viloyat, shahar, sport klubi, maktab va boshqalar)‎‎

____________________________ ______________ boʻyicha 20__ yil uchun ‎‎

(yoshi, jinsi boʻyicha) (sport turi) ‎‎

ROʻYXATI‎‎

T/r‎ F.I.O. ‎ Tugʻilgan yili, pasporti maʼlumotlari‎ Sport unvoni (razryadi)‎ Jismoniy tarbiya-sport tashkiloti‎ Manzili (viloyat, shahar, tuman)‎ Ish, oʻqish joyi ‎ Natijasi‎ Trenerning F.I.O. ‎

I. SPORTCHILAR
‎a) Asosiy tarkib
‎‎

1‎
2‎
3‎
...‎

‎‎b) Stajyorlar (zaxira)

‎1
2‎
3‎
...‎

‎‎II. MAʼMURIY, TRENERLAR VA XIZMAT KOʻRSATUVCHI XODIMLAR TARKIBI

T/r‎ F.I.O. ‎ Tugʻilgan yili, pasporti maʼlumotlari‎‎ Manzili (viloyat, shahar, tuman)‎‎ Terma jamoadagi lavozimi‎‎ Qoʻshim-chalar‎
1‎
2‎
3‎
...‎

Izohlar: 1. Sport turlarining xususiyatiga muvofiq “Natijasi” ustunida – sport musobaqalarining bosqichi, egallagan oʻrni, oxirgi yarim yilda oʻrnatgan rekordi va shu kabilar koʻrsatiladi. ‎‎

2. “Trenerning F.I.O.” ustunida sportchini tayyorlagan trenerlarning (2 nafardan koʻp emas) F.I.O. yoziladi. ‎‎

Jismoniy tarbiya-sport tashkilotining (ular mavjud boʻlsa) rahbari ‎‎

____________‎‎

____________‎‎

M.Oʻ.

‎‎(imzo)

(F.I.O.)‎‎

Sport federatsiyasi (uyushmasi, markazi va boshqalar)ning (ular mavjud boʻlsa) rahbari ‎‎

____________‎‎

____________‎‎

M.Oʻ. ‎‎

(imzo) ‎‎

(F.I.O.)‎‎

Bosh (katta) trener ‎‎

____________‎‎ ‎‎

____________‎‎ ‎‎


‎‎

(imzo) ‎‎ ‎‎

‎‎(F.I.O.)

Keyingi tahrirga qarang.
Sport turlari boʻyicha terma jamoalar toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Sport turlari boʻyicha terma jamoalar tarkibiga kiritiladigan sportchilarning Jahon va Osiyo chempionatlaridagi eng koʻp sonli sportchilar tarkibiga koʻra belgilanadigan cheklangan soni
1. Erkaklar, ayollar:
a) asosiy tarkib:
sportning jamoaviy oʻyin turlari (sport turlari) - 1,5 ta tarkib;
tennis, stol tennisi, badminton, sport yakka kurashi (shu jumladan ogʻir atletika) – 2 ta tarkib;
sportning boshqa turlari – 2 ta tarkib;
b) stajyorlar tarkibi (zaxira):
sportning jamoaviy oʻyin turlari (sport turlari) - 1 ta tarkib;
tennis, stol tennisi, badminton, sport yakka kurashi (shu jumladan ogʻir atletika) – 2 ta tarkib;
sportning boshqa turlari – 1 ta tarkib.
2. Bolalar, oʻsmirlar, qizlar:
a) asosiy tarkib:
sportning jamoaviy oʻyin turlari (sport turlari) - 2 ta tarkib;
tennis, stol tennisi, badminton, sport yakka kurashi (shu jumladan ogʻir atletika) – 2 ta tarkib;
sportning boshqa turlari – 2 ta tarkib;
b) stajyorlar tarkibi (zaxira):
tennis, stol tennisi, badminton, sport yakka kurashi (shu jumladan ogʻir atletika) – 2 ta tarkib;
sportning boshqa turlari – 1 ta tarkib.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qaroriga
2-ILOVA
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
N I Z O M
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining har yilgi kalendar rejalarini tayyorlash va shakllantirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom, ularning idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtiruvchi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida sport, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish va ularda qatnashishni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
jismoniy tarbiya – sport tashkiloti – tashkiliy va huquqiy shaklidan qatʼi nazar, faoliyatning asosiy turi sifatida jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi – sport turlari boʻyicha sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari hamda oʻquv-trenirovka yigʻinlari roʻyxatini, ularning oʻtkazilish muddatlarini, joylarini, shuningdek joriy moliya yilida ularni oʻtkazish uchun zarur boʻladigan mablagʻlarni belgilovchi hujjat;
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari reglamenti - sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini, majburiy shartlarini va ularga boʻlgan talablarni hamda ularda qatnashish tartibini belgilovchi qoidalar yigʻindisidan iborat boʻlgan hujjat;
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari toʻgʻrisidagi nizom - sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish va ularda qatnashish tartibi va shartlarini belgilovchi hujjat;
sport musobaqasi - musobaqa tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan nizom (reglament) boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqaning eng yaxshi qatnashchisini aniqlash maqsadida sportning har xil turlari (sport turlari) boʻyicha sportchilar yoki sportchilar jamoalari oʻrtasidagi musobaqa;
sport tadbirlari – sport musobaqalari, oʻquv-trenirovka yigʻinlari, sport kurslari, seminarlari, konferensiyalari va sport musobaqalariga tayyorlanish boʻyicha sportchilar ishtirokidagi boshqa tadbirlarni oʻz ichiga oladigan tadbirlar;
ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari – aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib va tashviq qilishga yoʻnaltirilgan tadbirlar;
sport turi - sport musobaqalarini oʻtkazish hamda ularda qatnashish talablari, tartibi va shartlari belgilanadigan oʻz Qoidalariga ega boʻlgan, kishini sport musobaqalariga oʻziga xos tarzda tayyorlash bilan xarakterlanadigan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi;
oʻquv-trenirovka yigʻinlari – sport yoʻnalishiga, pedagogik va tarbiyaviy xarakterga ega boʻlgan, sportchilarni sport musobaqalarida hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida qatnashishga tayyorlash, shuningdek tadbirlardan keyin holatini tiklash maqsadida sportchilarning sport mahoratini oshirishga oid uyushtirilgan tadbirlar;
sport kurslari, seminarlari va konferensiyalari - jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Kalendar rejani shakllantirishning asosiy vazifalari
4. Quyidagilar kalendar rejani shakllantirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
sport turlari boʻyicha terma jamoalarni va ularning zaxirasini sport turlari boʻyicha sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlariga tayyorlash, mazkur tadbirlarni oʻtkazish va ularda qatnashishning yaxlit tizimini shakllantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi aholisining barcha qatlamlari va ijtimoiy guruhlari oʻrtasida ommaviy jismoniy tarbiyani rivojlantirishga koʻmaklashadigan ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari tizimini shakllantirish;
sport, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, oʻquv-trenirovka yigʻinlarini tayyorlash va oʻtkazishga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish.
5. Kalendar rejada nazarda tutilgan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari, har bir sport turining xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagi vazifalarni hal etishni taʼminlashi kerak:
aholining barcha qatlamlari oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirish;
sportchilar, hakamlar va trenerlar tarkibi malakasini oshirish;
turli hududiy, respublika xalqaro sport musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashish hamda litsenziyalar olish uchun sport turlari boʻyicha terma jamoalarni va ularni zaxirasini aniq maqsadli tayyorlashni samarali tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini shakllantirish hamda kalendar rejaga kiritish tartibi
6. Kalendar reja sport federatsiyalari va (yoki) jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlaridan iborat boʻladi hamda quyidagilarga boʻlinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
respublika kalendar rejasi - u Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan, Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda shakllantiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy kalendar reja - u tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari boʻlimlari tomonidan, hududiy moliya boshqarmalari (boʻlimlari) bilan kelishilgan holda shakllantiriladi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kalendar rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Jismoniy tarbiya - sport tashkilotlarining kalendar rejasi mazkur jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari maʼmuriyati tomonidan shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha respublika kalendar rejasi Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda shakllantiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha hududiy kalendar rejasi Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashining hududiy boʻlinmalari tomonidan, hududiy moliya boshqarmalari (boʻlimlari) bilan kelishgan holda shakllantiriladi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha shakllantiriladi.
7. Respublika kalendar rejasi quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:
a) kompleks sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari;
b) sport turlari boʻyicha respublika va xalqaro sport tadbirlari, ular quyidagilarga boʻlinadi:
yozgi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari;
qishki Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari;
sportning milliy turlari;
Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilmagan sport turlari;
nogironlar oʻrtasidagi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
v) ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari, ular quyidagilarga boʻlinadi:
joriy yil davlat dasturiga bagʻishlangan ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari;
aholi va bolalar oʻrtasida ommaviy sportni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari;
sportning milliy turlari va xalq oʻyinlari boʻyicha ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari;
Keyingi tahrirga qarang.
voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari;
sport veteranlari oʻrtasidagi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari.
8. Hududiy kalendar reja sport turlari boʻyicha hududiy va respublika sport tadbirlarini oʻz ichiga oladi, ular respublika kalendar rejasiga oʻxshash tartibda boʻlinadi va quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
yozgi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari;
Keyingi tahrirga qarang.
qishki Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari;
Keyingi tahrirga qarang.
sportning milliy turlari;
Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilmagan sport turlari;
Keyingi tahrirga qarang.
ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari;
nogironlar oʻrtasida sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining kalendar rejasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
kompleks sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari;
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarida ommalashgan sport turlari boʻyicha sport tadbirlari;
ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari;
sportchilarni tayyorlash yoki sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish va ularda qatnashish rejasidan kelib chiqqan holda boshqa boʻlimlar.
10. Kalendar rejada, shuningdek quyidagilar boʻyicha qilingan xarajatlarni qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi yigʻma axborotlar ham nazarda tutiladi:
kompleks, xalqaro, respublika hamda hududiy sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari boʻyicha;
sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar va ularning zaxirasi sportchilari va trenerlarining amaldagi normalarga muvofiq energiya sarflarini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
Olimpiada oʻyinlari, Jahon chempionatlari, Osiyo oʻyinlari gʻoliblari va sovrindorlarini, yilning eng yaxshi sportchisini mukofotlash boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kadrlar malakasini oshirish boʻyicha, shuningdek xorijiy mutaxassislarni jalb etish boʻyicha;
sportchilar va trenerlarga tibbiy xizmat koʻrsatish va ularni sugʻurtalash boʻyicha;
sport anjomlari, uskunalari va formalari sotib olish boʻyicha;
boshqa tadbirlar boʻyicha.
11. Kalendar rejani shakllantirish sport turlarining xususiyatlaridan, ularning ustuvorligidan kelib chiqqan holda, shuningdek xalqaro sport federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar)ning kalendar rejalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Kalendar rejaga quyidagilar kiritiladi:
a) xalqaro sport musobaqalari va oʻquv-trenirovka yigʻinlari, shuningdek respublika hududida oʻtkaziladigan sport musobaqalari va oʻquv-trenirovka yigʻinlari;
b) Olimpiada, Parolimpiada, Maxsus olimpiada, Surdolimpiada, Osiyo, Parosiyo oʻyinlari, oʻsmirlar Olimpiada oʻyinlari, universiadalar, spartakiadalar va boshqalar.
Keyingi tahrirga qarang.
v) respublika sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari
g) hududiy sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari;
d) ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari - festivallar, tanlovlar, koʻriklar va aholining turli qatlamlarini jalb etish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tadbirlar;
e) xalqaro, respublika va hududiy trenerlar yoki hakamlar kurslari, seminarlari, konferensiyalari, kongresslari.
13. Kalendar rejaga kiritish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tadbirlarning nomlari, oʻtkazish muddatlari va joylari koʻrsatilgan takliflar (buyurtmanomalar) oldingi yilning 10-oktabridan kechikmay quyidagi tartibda:
Keyingi tahrirga qarang.
a) respublika kalendar rejasiga kiritish uchun – respublika oliy sport mahorati maktablari bilan kelishilgan holda (ular mavjud boʻlsa) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga respublika sport federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar) tomonidan;
b) sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha respublika kalendar rejasiga kiritish uchun - Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Markaziy kengashiga sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar) va (yoki) sportning texnik va amaliy turlari rivojlanayotgan jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari tomonidan;
v) hududiy kalendar rejaga kiritish uchun – tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalariga, tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari boʻlimlariga sport turlari boʻyicha hududiy sport federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar) tomonidan (ular mavjud boʻlsa) va (yoki) jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari tomonidan;
g) sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha hududiy kalendar rejaga kiritish uchun – tegishli ravishda Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashining hududiy boʻlinmalariga sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha hududiy sport federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar) tomonidan va (yoki) jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari tomonidan taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sport-jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejaga, shuningdek kalendar rejani shakllantiradigan tashkilotlar tashabbusi boʻyicha ham kiritiladi.
14. Kalendar rejaga kiritish uchun taklifga (buyurtmanomaga) quyidagilar ilova qilinadi:
a) sportning tegishli turini rivojlantiruvchi xalqaro sport tashkilotining xalqaro sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori (kalendar reja nusxasi - respublika kalendar rejasi uchun);
b) xalqaro (Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkazilganda), respublika va hududiy sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari toʻgʻrisidagi nizomlar (reglament) loyihalari;
v) sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, musobaqalarni moliyalashtirishning rejalashtirilayotgan manbalari, shu jumladan budjetdan tashqari manbalari koʻrsatilgan holdagi moliyaviy-iqtisodiy asoslash.
15. Kalendar rejaga kiritiladigan yosh guruhlari oʻrtasidagi chempionatlar soni yanada yuqori bosqichdagi ana shunday chempionatlar sonidan oshishi mumkin emas.
IV. Kalendar rejada nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
16. Respublika va hududiy kalendar rejalarida nazarda tutilgan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobiga, ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar doirasida, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
17. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini hamda sport turlari boʻyicha terma jamoalar va ular zaxirasining Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida oʻtkaziladigan, kalendar rejaga kiritilgan sport tadbirlarida qatnashishini moliyalashtirish quyidagilar:
Keyingi tahrirga qarang.
sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va boshqa qarorlari yoki mahalliy hokimiyat organlari qarorlari asosida;
Keyingi tahrirga qarang.
sport tadbirini oʻtkazayotgan (yoki unda qatnashayotgan) tashkilotning buyrugʻi va sport tadbirining xarajatlari smetasi asosida kalendar rejada ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
18. Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazuvchi (yoki ularda qatnashuvchi) tashkilotlarga sport turlari boʻyicha terma jamoalar va ular zaxirasining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish va unda qatnashishni taʼminlash uchun kalendar rejada nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida, sportning alohida turlari boʻyicha sarflanmagan mablagʻlar hisobiga qoʻshimcha mablagʻlar yoʻnaltirish huquqi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida va uning hududida oʻtkaziladigan xalqaro sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari xarajatlari smetalari quyidagi hujjatlar asosida tuziladi:
elektron pochta, faks va boshqa aloqa vositalari orqali oʻzbek (rus) tilidagi tarjimasi bilan olingan hamda tegishli muhr bilan tasdiqlangan, sport turlari boʻyicha terma jamoani sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlariga rasmiy taklifnomaning (nizom, reglament, qoidalar va shu kabilarning) asl nusxasi (yoki nusxasi);
Keyingi tahrirga qarang.
transport vositalari (avia, temir yoʻllar, katta avtomobil yoʻllari, suv yoʻllari)ga joylarni band (bron) qilish va qatnashchilarni sugʻurta qilish boʻyicha hujjatlar;
sport yoxud ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida qatnashish yoki ularni oʻtkazish xarajatlari, sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining tashkilotchilari tomonidan eʼlon qilingan shartlarni hisobga olgan holdagi xarajatlar boʻyicha boshqa tasdiqlovchi hujjatlar.
20. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining xarajatlari smetalari quyidagi hujjatlar asosida tuziladi:
sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazadigan (yoki ularda qatnashadigan) tashkilotning sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi (qarori);
sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirining nizomi (reglamenti);
turar joy, oziq-ovqat, transportda tashish, sport inshooti, uskunalari, transport vositalarini ijaraga olishni, sugʻurta qilishni va shu kabilarni taʼminlash yuzasidan shartnomalar (preyskurantlar, maʼlumotnomalar);
sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirida qatnashish yoki uni oʻtkazish xarajatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
21. Sport turlari boʻyicha terma jamoalar turli sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida qatnashish uchun joʻnab ketayotganda xorijiy davlat hududida ovqatlanish va yashash xarajatlari Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safarlariga joʻnatishda xizmat safari xarajatlariga mablagʻlar berish tartibida belgilangan normalar (roʻyxat raqami 932-son 2000-yil 5-iyundagi ) boʻyicha nazarda tutiladi, agar tadbir oʻtkaziladigan joydagi tashkiliy qoʻmitaning shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa. Bunda, agar tashkiliy qoʻmitaning shartlariga muvofiq sport delegatsiyasining yashash va ovqatlanish normalari tasdiqlangan normalardan yuqori boʻlsa, u holda tashkiliy qoʻmitaning normalari qoʻllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Kalendar rejani shakllantirish va sport turlari boʻyicha moliyaviy mablagʻlarni taqsimlash komissiyasi
22. Kalendar rejani shakllantirish ushbu Nizom va maxsus tashkil etiladigan Komissiyaning qarori asosida amalga oshiriladi.
23. Komissiya kamida 5 kishidan iborat tarkibda tashkil etiladi, uning tarkibiga:
respublika kalendar rejasini shakllantirishda – Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tegishli boshqarmalarining boshliqlari, sport turlari boʻyicha respublika sport federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar)ning, sport turlari boʻyicha respublika oliy mahorati maktablarining, shuningdek Oʻzbekiston Milliy Olimpiada qoʻmitasining vakillari kiritiladi;
sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha respublika kalendar rejasini shakllantirishda - Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashining vakillari, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha respublika sport federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar)ning rahbarlari yoki vakillari kiritiladi;
hududiy kalendar rejani shakllantirishda – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalarining, tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari boʻlimlarining, sport turlari boʻyicha tegishli hududiy sport federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar)ning (ular mavjud boʻlsa) va (yoki) jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining vakillari kiritiladi;
sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha hududiy kalendar rejani shakllantirishda - Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi hududiy boʻlinmalarining, sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha tegishli hududiy sport federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar)ning (ular mavjud boʻlsa) va (yoki) jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining vakillari kiritiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining kalendar rejalarini shakllantirishda – mazkur jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari maʼmuriyati va trenerlarining yoki trener-instruktorlarining vakillari kiritiladi.
Komissiyaga rais boshchilik qiladi.
24. Komissiya tomonidan sport federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar)ning, respublika oliy sport mahorati maktablarining (ular mavjud boʻlsa), jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirini kalendar rejaga kiritish toʻgʻrisidagi takliflari (buyurtmanomalari) koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Komissiya zaruriyatga koʻra, Komissiya raisining qarori boʻyicha chaqiriladi.
Komissiya majlisini Komissiya raisi, u boʻlmagan taqdirda – Komissiya raisining qarori boʻyicha Komissiya aʼzolaridan biri boshqaradi.
26. Komissiya majlisi, agar majlisda Komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, qonuniy kuchga ega hisoblanadi.
Komissiyaning qarori ochiq ovoz bergan holda, koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
27. Agar Komissiya aʼzolarining ovozi teng boʻlib qolsa Komissiya majlisida raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
28. Komissiya qarori protokollashtirilishi va unda Komissiya aʼzolarining vizasi boʻlishi kerak.
29. Zarurat boʻlganda Komissiya majlislarida:
sport federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar);
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari;
respublika oliy sport mahorati maktablari vakillarining axborotlari eshitiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Komissiya ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan boʻlimlar, shuningdek kichik boʻlimlar va sport turlari boʻyicha moliyaviy mablagʻlarni taqsimlaydi.
Bunda quyidagilar hisobga olinadi:
sport turlarining ustuvorligi va istiqbolliligi;
sport turining yirik xalqaro sport musobaqalaridagi natijadorligi;
Olimpiada oʻyinlari va Jahon chempionatlariga tanlash yoki litsenziyali sport musobaqalari;
Keyingi tahrirga qarang.
sport turining keng tarqalganligi va ommaviyligi;
oʻtgan yildagi sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishga yoki ularda qatnashishga mablagʻlardan amalda foydalanilganligi.
Bunda moliyaviy mablagʻlarni Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlariga yoʻnaltirish Komissiyaning birinchi navbatdagi vazifasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Kalendar rejaga quyidagi hollarda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin:
xalqaro sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish muddatlari va (yoki) joylari oʻzgarganda;
sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish shartlari oʻzgarganda;
qoʻshimcha ravishda sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbiri kiritilganda;
quyidagilar bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy xarajatlar oʻzgarganda:
a) qatnashchilarning uzil-kesil tarkibi yoki sonini shakllantirish;
b) sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirini oʻtkazuvchi tashkilotning moliyaviy shartlarining oʻzgarishi;
v) sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbiriga nazarda tutilgan mablagʻlarning yetishmasligi.
Kalendar rejaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kalendar rejani shakllantiradigan tashkilotning buyrugʻi asosida, ularni kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslangan, Komissiya taqdimnomasi boʻyicha va quyidagi hujjatlarga muvofiqligi boʻyicha quyidagi zarur hujjatlar ilova qilingan buyrugʻi asosida kiritiladi:
sportning tegishli turini rivojlantirayotgan xalqaro sport tashkilotining qoʻshimcha yoki oʻzgartirishi toʻgʻrisidagi qaror (respublika kalendar rejasi uchun);
yuqori organlarning qoʻshimcha yoki oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qarori;
sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish reglamentini, shu jumladan moliyalashtirish shartlarini oʻzgartirishni tasdiqlovchi hujjatlar;
boshqa tasdiqlovchi hujjatlar.
32. Kalendar rejaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan tashkilotlarning tashabbusi boʻyicha, sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbiri oʻtkaziladigan sanadan bir oy oldin kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Kalendar rejaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar tegishli oʻzgartirishlarni kiritishning maqsadga muvofiqligi va zarurligining asoslashi bilan birga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Yakunlovchi qoidalar
34. Ushbu Nizomning talablariga rioya etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
35. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
36. Komissiya kalendar rejaning toʻgʻri shakllantirilishi uchun javob beradi.
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar
rejasi

T/r‎‏

Tadbirning nomi‎‏
Oʻtkazilish muddati‎‏
Oʻtkaziladi-gan joyi‎‏
Qatnashuvchi tashkilotlar‎‏
Xalqaro sport musobaqalari va oʻquv-trenirovka yigʻinlari‎ Respublika sport musobaqalari va oʻquv-trenirovka yigʻinlari‎ Jami, soʻmda‎
ming soʻm‎ AQSH doll. ‎ ming soʻm‎ ming soʻm‎

1. Kompleks sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari ‎‎

‎‎2. Sport turlari boʻyicha respublika va xalqaro sport tadbirlari

‎‎2.1. Yozgi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari

Respublika sport musobaqalari‎
Xalqaro sport musobaqalari‎
Oʻquv-trenirovka yigʻinlari‎
Osiyo hamda Jahon chempionatlari va kuboklari ‎

‎‎2.2. Qishki Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari

Respublika sport musobaqalari‎
Xalqaro sport musobaqalari‎
Oʻquv-trenirovka yigʻinlari‎
Osiyo hamda Jahon chempionatlari va kuboklari ‎

2.3. Milliy sport turlari‎‎

Respublika sport musobaqalari‎
Xalqaro sport musobaqalari‎
Oʻquv-trenirovka yigʻinlari‎
Osiyo hamda Jahon chempionatlari va kuboklari ‎

‎‎2.4. Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilmagan sport turlari

Respublika sport musobaqalari‎
Xalqaro sport musobaqalari‎
Oʻquv-trenirovka yigʻinlari‎
Osiyo hamda Jahon chempionatlari va kuboklari ‎

‎‎2.5. Nogironlar oʻrtasida sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari

Respublika sport musobaqalari‎
Xalqaro sport musobaqalari‎
Oʻquv-trenirovka yigʻinlari‎
Osiyo hamda Jahon chempionatlari va kuboklari ‎

3. Ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari‎‎

Respublika sport musobaqalari‎
Xalqaro sport musobaqalari‎
Oʻquv-trenirovka yigʻinlari‎
Osiyo hamda Jahon chempionatlari va kuboklari
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA

20__yil uchun _____________________________ boʻyicha

‎‎(sport turining nomi)

‎‎sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga kiritish uchun takliflar (buyurtmanomalar)

‎‏T/r
‎‏
‎‏Tadbirning nomi
‎‏
‎‏Sport turi, sport turlari guruhi
Oʻtkazish muddatlari‎‏
‎‏
Oʻtkazish joyi‎‏
‎‏
Jami qatnashchilar soni‎‏
‎‏
shu jumladan: Moliyalashtirishga jami ehtiyoj, mln soʻm (11 guruh + 13 guruh)‎‏
‎‏
shu jumladan:
sportchilar‎‏
trenerlar‎‏
boshqalar‎‏
budjet mablagʻlari (mln soʻm)
ulardan‎ sport federatsiyalari, homiylar mablagʻlari va boshqa mablagʻlar hisobiga (mln soʻm)‎‏
ulardan‎
banklararo valyuta birjasida konvertatsiyalash hisobiga (AQSH dollari)‎ AQSH dollari ‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎
Keyingi tahrirga qarang.