toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASI GUVOHNOMALARINI BERISH VA AVIATSIYA XODIMLARINING TURLARI” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AVIATSIYA QOIDALARIGA (OʻR AQ-61) OʻZGARTIRISHLAR VA QOʻSHIMCHA KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 10-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1349-7]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 1-N-sonli ““Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarini (OʻZR AQ-61) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3609, 24.02.2025-y.) asosan 2025-yil 25-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-fevraldagi 90-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2004-y., № 2, 17-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni IKAO standartlar va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2004-yil 26-martdagi 49-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻR AQ-61) (roʻyxat raqami 1349, 2004-yil 7-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 212-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 19-aprel,
37-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 19-son, 212-modda)