toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.04.2019
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2004 YIL 26 FEVRALDAGI 90-SON HAMDA “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA” 1998 YIL 16 IYuNDAGI 255-SON QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 337-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi va Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 26-mart,
84-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-martdagi 84-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 692-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 957-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 16-iyundagi 255-son qarorining 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 13-son, 143-modda; 2017-y., 36-son, 957-modda)