toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.10.2023
Hujjat 12.03.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASI BUYuRTMALARIGA ASOSAN BAHOLASh OBYEKTLARINI BAHOLAShDA BAHOLOVChI TAShKILOTLAR XIZMATLARINING QIYMATINI ANIQLASh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 2-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2152-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2023-yil 5-oktabrdagi 01/13-13-12/833-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2152-6, 12.10.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 17-son, 140-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-son “Davlat aktivlarini sotish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 6-son, 51-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 12-oktabrdagi 01/11-18/08-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2152, 2010-yil 10-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 412-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais v. b. A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 17-fevral,
01/11-18/05-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2012-yil 17-fevraldagi 01/11-18/05-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Q = [ (EKIH x K1) + (EKIH x K2) ] x Kyo x Kh – Qte, bunda;”
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qte— baholash obyektlari xususiylashtirish maqsadida baholanganda, ularni baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini baholash sanasidan boshlab bir kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda tahliliy ekspertizadan oʻtkazishda baholovchi tashkilot xizmatlarining qiymati”.
2. 7-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Q = (EKIH x K1) x K yo x K h – Q te, bunda:”
3. 8-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
bunda:”
4. 15-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “ekspert xulosasi tayyorlangan sanadagi” degan soʻzlar “baholash sanasidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 1-ilovaning 2-jadvali quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: ushbu jadval boʻyicha xizmatlar qiymatini aniqlashda bir xil nomdagi, ishga tushirish (ekish) yili va markasi (tipi) bir xil boʻlgan baholash obyektlari baholanayotgan obyektning bitta birligi sifatida qaraladi”.
6. 2-ilovaning 10, 11 va 12-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10.‎

Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini baholash sanasidan boshlab bir kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda tahliliy ekspertizadan oʻtkazish xizmatlari bilan birgalikdagi xizmatlar qiymati ‎

= (5 satr + 7
‎satr + 8 satr)
‎ yoki (6 satr + 7
‎ satr + 8 satr) yoki 9 satr

11.‎

Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini baholash sanasidan boshlab bir kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda tahliliy ekspertizadan oʻtkazish xizmatlari qiymati ‎

12.
‎‎

Xizmatlar qiymati ‎

= 10 satr – 11 satr‎

7. 3-ilovaning 8, 9 va 10-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
8.‎

Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini baholash sanasidan boshlab bir kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda tahliliy ekspertizadan oʻtkazish xizmatlari bilan birgalikdagi xizmatlar qiymati‎

= (4 satr + 5
‎satr + 6 satr) yoki 7 satr ‎

9.‎

Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini baholash sanasidan boshlab bir kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda tahliliy ekspertizadan oʻtkazish xizmatlari qiymati‎

10.‎ Xizmatlar qiymati‎

= 8 satr – 9 satr‎

8. 4-ilovaning 10, 11 va 12-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10.‎

Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini baholash sanasidan boshlab bir kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda tahliliy ekspertizadan oʻtkazish xizmatlari bilan birgalikdagi xizmatlar qiymati‎

= 8 satr yoki 9 satr‎

11.‎ Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini baholash sanasidan boshlab bir kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda tahliliy ekspertizadan oʻtkazish xizmatlari qiymati‎
12.‎ Xizmatlar qiymati‎

= 10 satr – 11 satr‎

9. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2012-yil 17-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 97-modda)