toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining
Qarori
MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLARNI BOSHQARISH REJALARINI ISHLAB CHIQISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 6-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2325]
O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 1-son, 1-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Rais N. UMAROV
Toshkent sh.,
2012-yil 5-yanvar,
3-son
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2012-yil 5-yanvardagi 3-sonli qaroriga
ILOVA
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 1-son, 1-modda) muvofiq, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni (keyingi o‘rinlarda METH) boshqarish rejalarini ishlab chiqish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, METHni boshqarish rejalari tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha barcha tashkiliy, tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi, texnikaviy va boshqa tadbirlardan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2. METHni boshqarish rejasi mazkur Nizom ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq tuziladi va tasarrufida METH bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarda, uning nusxasi esa — tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida saqlanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
3. Tasarrufida METH bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar har bir shunday hudud bo‘yicha mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda boshqarish rejasini tuzadilar.
II. Boshqarish rejasining mazmuni
4. Ilovaga muvofiq METHni boshqarish rejasi quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
a) kirish qismi;
b) METHni tavsifi;
v) METHni baholash;
g) METHni boshqarish strategiyasi;
d) tezkor reja;
e) ilovalar.
Boshqarish rejasini tuzishda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
o‘tgan besh yil davr uchun tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishi tahlili;
o‘tgan besh yil davrdagi METH faoliyatini baholash tahlili;
METHning har bir turida tabiat muhofazasi, ekologik-ma’rifiy, ilmiy, turistik, rekreatsion hamda cheklangan xo‘jalik faoliyati bo‘yicha keyingi besh yillik davr uchun amalga oshiriladigan tadbirlar;
davlat o‘rmon fondi yerlarida tashkil qilingan METHlar uchun, o‘tgan besh yillik davrda o‘rmon xo‘jaligini yuritish hamda o‘rmondan foydalanishni kompleks baholash va keyingi besh yillik davr uchun ushbu o‘rmon uchastkalarini muhofaza etish, himoya qilish, qayta tiklash hamda parvarishlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish to‘g‘risidagi bo‘lim;
boshqarish tuzilmasi, normativ-huquqiy bazasi, kadrlar bilan ta’minlash va ularning malakasini oshirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro aloqalarni takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshirish bo‘yicha mexanizmlar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Boshqarish rejasining mazmuni METH toifasi, tartibi (rejimi), maqsadi va vazifalariga bog‘liq bo‘ladi (qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadigan suvni muhofaza qilish hamda yer osti chuchuk suvlari shakllanadigan hududlarni boshqarish tartibi bundan mustasno).
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
III. Boshqarish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash
Oldingi tahrirga qarang.
6. Boshqarish rejasini ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari amaliy yordam beradilar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
7. Boshqarish rejasi tasarrufida METH bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘lari hisobiga hamda homiylar mablag‘larini jalb qilgan holda besh yillik muddatga ishlab chiqiladi.
8. METH boshqarish rejalari tasarrufida METH bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalari davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak.
9. METHni boshqarish rejasi yangilanganda, METHni avvalgi boshqarish rejasi yo‘q qilinmaydi. Bunda METHni yangilangan boshqarish rejasi mazkur Nizomning 2-bandiga muvofiq saqlanadi.
METHning faoliyat ko‘rsatishi to‘xtatilganda, METHning barcha rejalari METH faoliyatiga mas’ul bo‘lgan tashkilotlarning arxiviga topshirilishi lozim.
IV. Yakuniy qoidalar
10. METHni boshqarish rejasi METHni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazoratini olib boruvchi davlat organlariga taqdim etilishi majburiydir.
11. METHni boshqarish rejasiga kiritilgan ma’lumotlarning haqiqiyligiga, shuningdek uning o‘z vaqtida yangilanishi uchun javobgarlik tasarrufida METH bo‘lgan davlat idoralari, yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga yuklanadi.
12. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi Bosh boshqarmasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, Ugam-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i boshqarmasi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi Bosh boshqarmasi boshlig‘i S. ERGASHEV
2011-yil 26-dekabr
Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi raisi v. b. I. TURAMURATOV
2011-yil 27-dekabr
Ugam-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i Bosh direktori A. ABDUJAMILOV
2011-yil 28-dekabr
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z. RO‘ZIYEV
2011-yil 29-dekabr
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejasining
SHAKLI

A. KIRISH‎

• Titul varag‘i (boshqaruv organi, METH nomi, tayyorlanish sanasi, boshqarish rejasi (BR) ning amal qilish muddati)
‎• Muqaddima
‎• Tayyorlashda ishtirok etgan shaxslar va tomonlar‎
‎‎‎• BRni ishlab chiqish jarayonida qo‘llanilgan adabiyot, arxiv, boshlang‘ich uslubiy va me’yoriy materiallarning xarakteri, izhorlar, minnatdorchiliklar‎
‎• Mazmun jadvali‎
‎• Foydalanilgan qisqartirishlar‎

B. METH TAVSIFI

B 1. Asosiy ma’lumotlar
‎B1.1. Joylashgan yer tavsifi
METH hududi va qo‘riqlash zonasining ma’muriy taalluqliligi. Hududning maydoni. METHning yirik tabiiy-geografik tuzilmalar va birliklarga (tizmalarga, platolarga) taalluqliligi. ‎METHning geografik hamda ma’muriy taalluqliligini aks ettiradigan xarita, METHning yuridik manzili, shuningdek, bog‘lanish uchun zarur aloqalar keltiriladi.
‎Hudud xaritasi, geografik koordinatlar (uzoqligi va kengligi)ni kiritish lozim.
B 1.2. Boshqaruv uchun huquqiy va ma’muriy tuzilma
‎Xronologik tartibda tegishli qarorlar, sanalar, qo‘shib olingan yoki ajratib tashlangan uchastkalarning nomlari, maydonlari tavsiflanadi.
‎METHning zamonaviy maqomi, zarur hollarda uning yaqin istiqbollari tavsiflanadi.
‎Muhofaza etiladigan tabiiy hudud va hokimiyat rahbarlari huquqlarini belgilaydigan qonunlar, nizomlar va qarorlar. Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi. Milliy va xalqaro belgilagan maqsadlar.
‎B 1.3. Maqsad va vazifalar
‎METHni, uning maqomi va haqiqiy imkoniyatlariga yo‘naltirilgan holda, asosiy vazifalarini bajarishga mo‘ljallangan, shu jumladan, universal ahamiyatli joriy maqsadlari va vazifalari keltiriladi.
‎B 1.4. Mavjud boshqarish dasturlari
‎Avvalgi va amaldagi Boshqaruv rejalari keltiriladi. Mavjud rejada foydalanilgan materiallar, ularning zamonaviyligi va dolzarbligi.
‎Shuningdek, istiqbolli, yillik va joriy rejalar, faoliyatni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari, dastur va jadvallari, ular bajarilishining muvaffaqiyatliligi, unga to‘sqinlik qiluvchi omillar va kamchiliklar.
B 1.5. Xarita, sun’iy yer yo‘ldoshi (sputnik) dan olingan va boshqa fotosuratlar‎
‎Mavjud xaritalar, GAT(GIS) geoinformatsion tasvirlari va sun’iy yer yo‘ldoshidan olingan tasvirlar sanab o‘tiladi.
B 2. Fizikaviy -geografik va ekologik tavsifi
‎Hududning muhim fizikaviy xarakteristikalari, flora (o‘simlik dunyosi) va faunasining (hayvonot dunyosi) tavsifi, populyatsiyalar (ko‘payish) ko‘lami, boshqa ekologik ahamiyatli xususiyat va jarayonlar keltiriladi. Zarur hollarda noyob va endemik taksonlar turlarining mavjudligi qayd etilgan bo‘lishi bilan bir qatorda ularning ro‘yxati keltirilishi lozim.
‎Shuningdek, mavjud tabiiy resurslar hajmini ko‘rsatish zarur.
‎B2.1. Relyefi/geologiyasi/gidrologiyasi/tuprog‘i/iqlimi
‎B2.2. Biologik xilma-xillik: biogeografiya, florasi va faunasi
‎B2.3. Ekotizimlar/landshaftlar
B 3. Meros obyektlari
‎B 3.1. Tabiiy meros obyektlari
‎Hududning noyob landshaftlar, ekotizimlar, jamoalar, flora va faunaning alohida ahamiyatli vakillari to‘plangan joy sifatida qiymati ochib beriladi. Hudud endemik turlar to‘plami yoki boshqa noyob tabiiy ajoyibotlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
B 3.2. Tarixiy va madaniy meros obyektlari‎
‎Davrlar va madaniyatlar almashinuvi haqida tarixiy ma’lumotlar, aholining o‘tmishi va zamonaviy hayot tarzi, urf-odatlarida, METHda yoki uning yon-atroflarida joylashgan tarixiy va madaniy meros obidalari haqidagi ma’lumotlar keltiriladi, bunday ma’lumotlar axborot va bilim darajasini oshirish uchun ahamiyatlidir.
B 4. Ilmiy-tadqiqotlar tarixi‎
‎METHda amalga oshirilgan tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tarixiy ma’lumotlar, shuningdek ularning tizimliligi va izchilligi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.
B 5. Boshqarish va nazorat‎
‎METHning davlat boshqaruvi tizimi aks ettiriladi: uning turli davlat va ma’muriy boshqaruv darajalardagi bo‘ysunishi, faoliyatini muvofiqlashtirish va qarorlar qabul qilish.
‎B 5.1. METH rejimi
‎METHning maqomidan kelib chiqqan holda, o‘rnatilgan rejimi to‘g‘risidagi ma’lumot keltiriladi. Nima taqiqlangan, nimaga ruxsat etilgan.
‎B 5.2. METHni boshqarish
‎Xodimlarning shtat tuzilmasi: asosiy bo‘limlar va bo‘linmalar, ulardagi xodimlar soni va to‘liqligi, funksional vazifalari, o‘zaro harakatlar chizmasi.
‎B 5.3. Mulk va huquqlari
‎METHning asosiy mulkchilik toifalari (umumdavlat/mintaqaviy, xususiy/ jamoat, nodavlat) ko‘rsatiladi. Mulkdorlar, mulk turi, umumiy maydoni, mulkning sotib olingan sanasi, qonuniy huquqlari, boshqaruv va kelishuv sohasidagi mavjud siyosat keltiriladi.
B 6. Resurslarni boshqarish
‎B 6.1. Infratuzilma va rivojlantirish

‎Ijtimoiy va jamoatchilik infratuzilmasi (yo‘llar, maktablar, tibbiy idoralar xonalari va asbob-uskunalari, suv va elektr energiyasini uzatish, aloqa vositalari va hokazo) sanab o‘tiladi. Muhim sanoat va tijorat infratuzilmalari (to‘g‘onlar, zavodlar va hokazo) sanab o‘tiladi.
B 6.2. METHning moddiy-texnik bazasi‎
‎Asbob-uskunalar, transport va aloqa vositalari, formalar, qurollar va boshqalarning mavjudligi va holati aks ettiriladi.
‎B 6.3. Jamg‘armalarni saqlash
‎Ilmiy kolleksiyalarning mavjudligi va holati, ularni saqlash sharoitlari qayd etiladi. Bundan tashqari ish yuritilishi, arxivning mavjudligi va holati aks ettiriladi.
‎B 6.4. Yerdan foydalanish va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat
Resurslardan (yer, suv, biologik) asosiy va qo‘shimcha foydalanish tavsiflanadi
‎B 6.5. Mahalliy jamoalar va aholi
‎METH yoki uning alohida uchastkalarining ma’muriy mansubligi (maydonlar ko‘rsatilgan holda), tutash aholi punktlarining nomlari, aholining soni va zichligi, ularning METHga ta’siri, aholining etnik tarkibi va demografik tendensiyalar, bandligi va ularning asosiy faoliyat turlari haqidagi ma’lumotlar, shuningdek METH atrofidagi vaziyatga umumiy baho berishga ko‘maklashadigan boshqa ma’lumotlar keltiriladi.
‎B 6.6. Dam olish va turizm
‎Muhofaza qilinadigan va unga tutash hududlarning turistik va rekreatsion salohiyati tavsiflanadi. Kelib-ketishlar va turistik hamda rekreatsion faoliyatning turlari keltiriladi.
‎B 6.7. Axborot, xabardorlik, ta’lim
‎Aholi bilan ekologik ma’rifiy va tushuntirish ishlarining holati, aholi xabardorligini oshirishga mas’ul infratuzilmaning mavjudligi va rivojlanganligi. Mavjud muammolar va to‘laqonli imkoniyatlar.
‎B 6.8. Rivojlantirish tashabbuslari
‎Tabiatni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan loyiha/dasturlarni amalga oshirishga va qo‘riqxona salohiyatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan avvalgi, joriy va kutilayotgan homiylik/grant yordamlari.

V. METHni BAHOLASH‎

‎V 1. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning qimmatli obyektlari
‎Ushbu hududga xos bo‘lgan eng qimmatli va noyob xususiyatlar aniqlanadi. Biologik xilma-xillik (dastlabki yovvoyi nusxasiga yaqinliligi bilan)ning yuqori darajada saqlanganligi va to‘planganligi bilan belgilanadigan qo‘shni mintaqalarga nisbatan ahamiyatliligi. Bunda quyidagilar:
‎• biologik xilma-xillikning noyobligi;
‎• tabiiy va madaniy meros obyektlari;
‎• ijtimoiy-iqtisodiy qadriyatlar;
‎• rekreatsion faoliyatni amalga oshirish uchun sharoitlar
V 2. Manfaatdor tomonlar‎
‎Manfaatdor tomonlarga baho bergan holda ma’lumot keltiriladi.
V 3. Boshqarish samaradorligini chegaralaydigan omillar (tahdidlar, muammolar va hokazo.)‎
‎Boshqarish rejasi e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan asosiy omillarga baho beriladi.
‎Asosiy omillar:
‎• uy-joy qurilishi va tijoratning rivojlanishi;
‎• qishloq xo‘jaligi va suv obyektlari (akvakultura);
‎• energetika va qazib chiqarish sanoati;
‎• transport vositalari va servis yo‘laklari;
‎• biologik resurslardan foydalanish;
‎• yangi aholi punktlarini bunyod qilish;
‎• begona turlar va genlar;
‎• ifloslanish;
‎• tabiiy hodisalar;
‎• boshqalar.
V 4. Boshqarish salohiyatini baholash‎
‎Boshqaruv idoralarining (va hamkorlarning) qimmatbaho boyliklarni muhofaza qilish va tahdidlarni bartaraf etish chora-tadbirlari bo‘yicha mavjud salohiyatiga baho beriladi.
‎• moliyaviy mablag‘lar;
‎• moddiy resurslar;
‎• xodimlar/mehnat resurslari;
‎• xodimlarning individual layoqatliligi;
‎• rahbarlik;
‎• manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik;
‎• xabardorlik va jamoatchilik ko‘magi.

G. METHni BOSHQARISH STRATEGIYASI‎

G 1. Muhofaza etiladigan hudud uchun uzoq muddatli vazifa
‎Muayyan hududning uzoq muddatli o‘rni va vazifasi, shu hududning istiqboldagi asosiy ko‘rinishi tavsiflanadi.
G 2. Zonalashtirish va makon rejasi‎
‎Hududlarni zonalashtirish, ularning tashkil etish holatini asoslovchi xaritalar tayyorlanadi. Foydalanishning aniq tartibi bilan muhofaza rejimi tavsiflanadi.
G 3. Boshqarish dasturlari‎
‎Boshqarish dasturlari keltiriladi.
‎Har bir dasturlarga quyidagilar kiradi:
‎• strategiyasi;
‎• asoslanishi va siyosati;
‎• dasturosti dasturlar;
‎• har bir dasturosti dastur uchun strategik maqsad.

‎‎D. TEZKOR REJA

‎‎Har bir dasturosti dastur uchun standart shaklda besh yillik muddatga tuzilgan batafsil bajarish rejasi keltiriladi.

Dastur va vazifa‎

‎‎

Dasturosti dasturi va maqsad ‎

‎‎

harakatlar‎

ko‘rsatkich ‎

ustuvorli
‎gi‎

N1‎

N2‎

N3‎

N4

N5

N6‎

N7

N8

N9

N10

Bajarilish bo‘yicha mas’ullar‎‎

‎‎Bajarilishi bo‘yicha tadbirlar (tashkiliy, tabiat muhofazasi, texnikaviy va boshqalar).
D 1. Boshqarish‎
Quyidagi bo‘limlar tavsiflanadi:
‎• boshqarish tizimi;
‎• boshqarish jadvali;
‎• ishtirok etish rejasi;
‎• tarqatilishi va aloqa vositalari.
D 2. Resurslar rejasi‎
Ushbu bo‘limda quyidagi ta’riflar tavsiflanadi:
‎D 2.1. Mehnat resurslari (kadrlar)
‎•
tashkiliy tuzilma;
‎• xodimlarga qo‘yiladigan talablar va lavozimlar tavsifi;
‎• xodimlar tanlash siyosati;
‎• o‘qitish ehtiyojlari.
‎D 2.2. Asbob-uskunalar va infratuzilma
• asbob-uskuna va infratuzilmaga bo‘lgan ehtiyojlar;
‎• ta’minot rejasi.
‎D 2.3. Moliyalar
• rejani bajarish uchun budjet;
‎• moliyalash rejasi.
D 3. Nazorat va hisobot
‎• biologik monitoring va hisobot;
‎• ijtimoiy-iqtisodiy nazorat va hisobot;
‎• idora ustidan nazorat (hisobot davri va boshqarish samaradorligi).
D 4. Rejalashtirish davri
‎• yillik ish rejasi uchun format;
‎• rasmiy tekshirish usullari;
‎• rejaning moslashuv jarayoni;
‎• yangi reja tayyorlash.‎

___________ yil uchun harakatlarning yillik
‎REJASI

Tadbirlar‎

Amalga oshirilish joyi Bajaruvchilar F.I.O. va lavozimi ‎

Javobgar shaxs F.I.O. va lavozimi ‎

Harakatlar / vazifalar‎

Muddatlar‎

1.‎

1.1‎.

2.‎

2.1‎.

E. ILOVALAR
Aksariyat hollarda alohida hujjat sifatida e’lon qilinadi. ‎

E 1. Qo‘shimcha ma’lumotlar
‎Ushbu bo‘limga xaritalar, jadvallar, batafsil yordamchi ma’lumot, rasmiy hujjatlarning nusxalari va hokazo kiritiladi:
‎• asos manbalar va bibliografiya;
‎• boshqarish rejasini ishlab chiqishda birgalikdagi harakatlar;
‎• rasmiy hujjatlar;
‎• xaritalar va sxemalar (izohlari bilan);
‎• turlar ro‘yxatlari (shu jumladan TMXI va O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan turlar, endemik turlar).

E 2. Texnik ilovalar
‎Loyiha tadbirlarini bajarish bo‘yicha qo‘shimcha texnik ma’lumot ilova qilinadi.
‎Misollar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
‎• nazorat qilishning batafsil rejasi;
‎• loyihalash uchun texnik me’yorlar;
‎• yaylovlarning holati va kartalar;
‎• tashrif qiluvchilar markazining ish rejasi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 6-son, 67-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)