Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TAMAKI MAHSULOTLARI VA ALKOGOLLI ICHIMLIKLARGA AKSIZ MARKALARINI QOʻLLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 589-6]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 23-sentabrdagi 178-son va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 13-sentabrdagi 2024-17-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3566, 31.10.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) va “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) qonunlarining 6 va 7-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-oktabrdagi 283-son “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va ruxsat berish tartibotlarini amalga oshirishda davlat boshqaruv funksiyalarini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 454-modda) qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 10-dekabrda 04-02-05/809, 98-156-son va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 6-dekabrda 02/8-42-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 589, 1999-yil 7-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 2-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.