toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA IXTISOSLAShTIRILGAN MUZIKA VA SANʼAT AKADEMIK LITSEYINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-noyabrdagi 971-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yoshlarning puflama va zarbali cholgʻu asboblariga boʻlgan qiziqishlarini yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning keyinchalik maxsus kasb taʼlimi olishini taʼminlash, yuqori malakali ijrochilar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan muzika va sanʼat maktab-internati negizida Respublika ixtisoslashtirilgan muzika va sanʼat akademik litseyini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Respublika ixtisoslashtirilgan muzika va sanʼat akademik litseyida:
muzika taʼlimi va oʻquv jarayonining uzluksizligini taʼminlash maqsadida, istisno tariqasida, mavjud umumiy oʻrta taʼlim sinflari saqlanib qoladi;
oʻqitish umumiy hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Davlat taʼlim standartlarining oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi;
oʻquvchilar umumtaʼlim boʻgʻinining 5-sinfiga umumtaʼlim maktabining 4-sinfini bitirgan oʻquvchilar orasidan hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining 1-bosqichiga — Respublika ixtisoslashtirilgan muzika va sanʼat akademik litseyining 9-sinfi bitiruvchilari orasidan belgilangan tartibda, tanlov asosida, ilovaga muvofiq kvotalar boʻyicha qabul qilinadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Respublika ixtisoslashtirilgan muzika va sanʼat akademik litseyini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlasin, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda Respublika ixtisoslashtirilgan muzika va sanʼat akademik litseyi pedagog kadrlarining puflama va zarbali cholgʻu asboblari hamda tasviriy sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha malaka oshirishi tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin;
bir oy muddatda Respublika ixtisoslashtirilgan muzika va sanʼat akademik litseyining ustavi tasdiqlanishini va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi Respublika ixtisoslashtirilgan muzika va sanʼat akademik litseyiga sifatli oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda tizimli asosda metodik yordam koʻrsatib borsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Respublika ixtisoslashtirilgan muzika va sanʼat maktab-internatiga ajratilgan mablagʻlar va amaldagi xodimlar soni doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan muzika va sanʼat akademik litseyining xarajatlar smetasini va shtatlar jadvalini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin;
ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi Davlat budjeti parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 16-dekabr,
335-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-dekabrdagi 335-son qaroriga
ILOVA
Respublika ixtisoslashtirilgan muzika va sanʼat akademik litseyiga oʻquvchilar qabul qilish
KVOTASI
T/r‎

Taʼlim yoʻnalishlari nomi‎

Sinflar (guruhlar) soni‎ Oʻquvchilar soni‎
Yiliga jami qabul kvotasi:‎ 6‎ 200‎
shu jumladan:‎
1.‎ 5-sinfga qabul kvotasi — jami:‎ 5‎ 170‎
shu jumladan yoʻnalishlar boʻyicha:‎
1.1‎. puflama va zarbali cholgʻu asboblari ‎ 2‎ 68‎
1.2‎. tasviriy sanʼat‎ 1‎ 34‎
1.3‎. amaliy sanʼat‎ 1‎ 34‎
1.4.‎ ona tili va adabiyot (notiqlik sanʼati)‎ 1‎ 34‎
2.‎ Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining 1-bosqichiga (puflama va zarbali cholgʻu asboblari) qabul kvotasi ‎ 1‎ 30‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 51-son, 543-modda)