1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari koʻrsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2004 YIL 10-MARTDAGI 118-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2011 YIL 8 SENTYABRDAGI PQ-1615-SON QARORI)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 8-sentabrdagi PQ-1615-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 2-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 4-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 10-martdagi 118-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 27-modda) 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari Kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 2-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 4-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-dekabrdagi 318-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 10-martdagi 118-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
ikkinchi xatboshidagi “takomillashtirish” soʻzidan keyin “shuningdek avtomobilda tashuvlar va avtomobil transporti obyektlari xavfsizligini tashkil etish” soʻzlari qoʻshilsin;
“iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tashuvlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirishning kompleks dasturlarini, shuningdek avtomobil transporti xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish”;
yettinchi xatboshiga “malakasini oshirishni” soʻzlaridan keyin “shu jumladan transport xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha” soʻzlari qoʻshilsin.
“Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining tashkiliy tuzilmasi va agentlik hududiy boʻlimining namunaviy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq”;
ikkinchi xatboshidagi “takomillashtirish” soʻzidan keyin “shuningdek avtomobilda tashuvlar va avtomobil transporti obyektlari xavfsizligini tashkil etish” soʻzlari qoʻshilsin;
“iqtisodiyot tarmoqlari va aholining tashuvlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirishning kompleks dasturlarini, shuningdek avtomobil transporti xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirish”;
yettinchi xatboshiga “amalga oshirishni” soʻzlaridan keyin “shu jumladan transport xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha” soʻzlari qoʻshilsin;
ikkinchi xatboshidagi “tashishni tashkil etish va uning” soʻzlari “tashishni tashkil etish va avtomobil transporti obyektlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “transporti” soʻzidan keyin “shu jumladan avtomobil tashuvlari xavfsizligini taʼminlash” soʻzlari qoʻshilsin;
“avtomobil va daryo transportini rivojlantirish kompleks dasturlarini, shuningdek avtomobil transporti xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil qiladi”;
“e” kichik bandiga “amalga oshirishni” soʻzlaridan keyin “shu jumladan transport xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha” soʻzlari qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 49-son, 499-modda; 2016-y., 1-son, 4-modda)