EKSPORT OPERATSIYALARINI “BIR DARCHA” TAMOYILI BOʻYICHA AMALGA OSHIRISH MEXANIZMINI BOSQICHMA-BOSQICH JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek eksport operatsiyalarini amalga oshirish mexanizmini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2011-yil 1-oktabrdan boshlab “bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmining bosqichma-bosqich joriy etilishi tajriba tariqasida roʻyobga chiqarilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi joriy etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bir vaqtning oʻzida davlat bojxona xizmatlari organlarida kontraktlarni hisobga qoʻyish, tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni, veterinariya, fitosanitariya, gigiyena sertifikatlarini berish va bojxonada rasmiylashtirish bilan birga, “bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmini joriy qilish uchun masʼul organ etib belgilansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaziy banki tegishli sertifikatlarni berish uchun va “bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi joriy etiladigan tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha vakolatli banklar boʻlimlari uchun kamida ikki nafar vakolatli vakilning faoliyat yuritishini taʼminlasinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2012-yil 1-aprelgacha barcha xizmatlarning yagona elektron maʼlumotlar bazasi shakllantirilishini nazarda tutgan holda onlayn rejimida eksport operatsiyalarni bojxonada rasmiylashtirishning birxillashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha zarur tayyorgarlik chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi “bir darcha” tamoyili boʻyicha eksport operatsiyalarini rasmiylashtirish mexanizmini joriy etish natijalari toʻgʻrisidagi tahliliy axborotni hamda tegishli qonun hujjatlari normalarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni 2012-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining barcha tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlariga 2012-yil 1-apreldan boshlab onlayn rejimida elektron shakldagi hujjatlarni taqdim etgan holda “bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi joriy etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 17-noyabr,
305-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qaroriga 1-ILOVA
“Bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi toʻgʻrisida
Vaqtinchalik nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom bir vaqtning oʻzida davlat bojxona xizmati organlarida kontraktlarni hisobga qoʻyish, tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni, veterinariya, fitosanitariya, gigiyena sertifikatlarini berish va bojxonada rasmiylashtirish bilan birga, “bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmini belgilaydi.
Eksport tovarlarini sertifikatsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish tartibotlaridan oʻtish sxemasi ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovada keltirilgan.
Ushbu Vaqtinchalik nizom qonun hujjatlarida belgilanadigan tovarlarning alohida toifalarini eksport qilish uchun qoʻshimcha ruxsatnoma hujjatlari (litsenziya, ruxsatnoma) olish bilan bogʻliq boʻlgan eksport tartibotlarini amalga oshirish mexanizmiga joriy etilmaydi.
2. Mazkur Vaqtinchalik nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
“bir darcha” tamoyili — davlat bojxona xizmati organlarida kontraktlarni hisobga qoʻyish, tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni, veterinariya, fitosanitariya, gigiyena sertifikatlarini berish va eksport qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish (keyingi oʻrinlarda sertifikatsiyalash va bojxona rasmiylashtiruvi deb yuritiladi) uchun eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirishning soddalashtirilgan mexanizmi, bunda arizachi arizaning yagona shaklini toʻldiradi va uni zarur hujjatlarni ilova qilgan holda “bir darcha” tamoyili boʻyicha eksport tartibotlarini rasmiylashtirish joriy etiladigan tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida (keyingi oʻrinlarda TIF bojxona postlari deb yuritiladi) faoliyat yurituvchi manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakolatli vakillariga taqdim etadi;
arizachi — eksport qiluvchi va/yoki deklarant va/yoki bojxonada rasmiylashtirish mutaxassisi;
arizaning yagona shakli — sertifikatsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish uchun hujjatlarni berishda arizachi tomonidan toʻldiriladigan shakl.
II. Sertifikatsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish tartibi
3. Arizachi eksport qilinadigan tovarlarni sertifikatsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish uchun ushbu Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq yagona shakl boʻyicha arizani toʻldiradi.
4. TIF bojxona postlarida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekekspertiza” OAJ (keyingi oʻrinlarda vakolatli sertifikatsiya organlari deb ataladi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining vakillari doimiy ravishda faoliyat yuritadilar.
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
5. “Bir darcha” tamoyili boʻyicha sertifikatsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi tovarlarni sertifikatlashtirish]
6. Birinchi bosqichda arizachi oladigan sertifikatning turiga qarab TIF bojxona postlaridagi vakolatli sertifikatsiya organlariga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yagona shakldagi arizani taqdim etadi:
a) tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni olish uchun (Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻzekspertiza” OAJ):
eksport qilinadigan tovarni tayyorlovchi, ishlab chiqarishda foydalanilgan xom ashyoning kelib chiqishi va komponentlari (xom ashyo yetkazib berishga shartnomalar, schyot-fakturalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlarning nusxalari;
texnologik jarayonlarni tartibga soluvchi hujjatlarning nusxalari.
Tovarlar kelib chiqqan mamlakatni, ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan import qilingan komponentlar, xom ashyo-materiallar, butlovchi va ehtiyot qismlarni aniqlash boʻyicha murojaat qilingan taqdirda — yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Yukning bojxona deklaratsiyasi nusxasi;
materiallar va qoʻshilgan qiymatning foizdagi ulushini aniqlash uchun tovarning tannarxi hisob-kitobi;
tovar pozitsiyasining tovarni qayta ishlash natijasida yuzaga kelgan birinchi toʻrtta belgisidan biri darajasida TIF TN boʻyicha oʻzgarishini asoslab berish;
sertifikatni rasmiylashtirish xizmatlari uchun toʻlovlar toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati;
b) veterinariya sertifikatini olish uchun (Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi):
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
nazoratdagi yukni tranzit qilishga veterinariya ruxsatnomasi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
veterinariya guvohnomasi;
sertifikatni rasmiylashtirish xizmatlari uchun toʻlovlar toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati;
v) fitosanitariya sertifikatini olish uchun (Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat bosh inspeksiyasi):
sertifikatni rasmiylashtirish xizmatlari uchun toʻlovlar toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati;
g) gigiyena sertifikatini olish uchun (Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi):
Davlatlararo standart (GOST), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standarti (OʼzDSt)ga mos boʻlgan tovarni sertifikatsiyalashni tartibga soladigan normativ hujjat nusxasi;
sertifikatni rasmiylashtirish xizmatlari uchun toʻlovlar toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati.
taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va ularda uchraydigan nomuvofiqlikni aniqlash uchun ularni darhol koʻrib chiqadilar;
taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga mos kelganda ularni qabul qiladilar;
kamchiliklar aniqlanganda arizachiga yagona shakldagi arizada kamchiliklarni koʻrsatgan holda kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni qaytaradilar.
8. Vakolatli sertifikatsiya organlari vakillari ariza qabul qilingan kun mobaynida, eksport uchun moʻljallangan tovarlardan belgilangan tartibda namunalar oladilar va tovarlar namunalarini hamda hujjatlarni tegishli sinov laboratoriyalariga va/yoki vakolatli organlarga yuboradilar.
9. Eksportga moʻljallangan tovarlar uchun laboratoriya sinovlari, ekspertizadan oʻtkazish va tegishli sertifikatlar berish muddati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan tashqari, koʻpi bilan 3 ish kunini tashkil etadi.
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
Qishloq xoʻjaligi mahsulotini eksport qilishda:
tovarning kelib chiqishi sertifikatini berish muddati 3 ish kunidan oshmaydi;
laboratoriya sinovlarini oʻtkazish va boshqa tegishli sertifikatlarni berish muddati 5 ish kunidan oshmaydi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31-iyuldagi 232-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 31-son, 357-modda)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.02.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi tovarlarni sertifikatlashtirish]
10. Laboratoriya sinovlari yakunlari boʻyicha ijobiy natija olingan taqdirda vakolatli sertifikatsiya organlari vakillari bir ish kuni mobaynida arizachiga bevosita TIF bojxona postida tegishli sertifikatlarni beradilar.
11. Ikkinchi bosqichda arizachi eksport uchun moʻljallangan tovarlarning eksport kontraktini hisobga qoʻyish va bojxonada rasmiylashtirish uchun davlat bojxona xizmati organlari xodimiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
eksport kontrakti;
yukning bojxona deklaratsiyasi;
vakolatli bank tomonidan berilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va ularda uchraydigan nomuvofiqlikni aniqlash uchun ularni darhol koʻrib chiqadi;
taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga mos kelganda ularni qabul qiladi;
kamchiliklar aniqlanganda arizachiga yagona shakldagi arizada kamchiliklarni koʻrsatgan holda kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni qaytaradi.
13. Davlat bojxona xizmati organi xodimi tovarlarni eksportga yetkazib beradigan mikrofirmalar va kichik korxonalarning eksport kontraktlarini bir kun mobaynida hisobga qoʻyadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan xom ashyo tovarlar roʻyxati bundan mustasno.
Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqa subyektlarining eksport kontraktlarini hisobga qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasida va hududiy bojxona boshqarmalarida, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
14. Davlat bojxona xizmati organi xodimi eksport qilinadigan tovarlarning yuklab joʻnatishga tayyorligiga qarab, ularni va transport vositalarini bojxona tekshiruvidan oʻtkazadi, shuningdek eksport qilinadigan tovarlarni va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvini bir ish kuni mobaynida amalga oshiradi.
15. Vakolatli sertifikatsiya organlari va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan mazkur Vaqtinchalik nizomning 6 va 11-bandlarida koʻrsatilmagan qoʻshimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
16. Hujjatlarni qayta koʻrib chiqishda vakolatli sertifikatsiya organlari va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan yagona shakldagi arizada ilgari bayon qilinmagan yangi eʼtiroz bilan daʼvo bildirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
III. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
17. Arizachidan sertifikatsiya va bojxonada rasmiylashtirish hujjatlari vakolatli sertifikatsiya organlari hamda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan butun ish kuni (soat 9:00 — 18:00) davomida qabul qilinadi.
18. Mazkur Vaqtinchalik nizomning buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
“Bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
Eksport tovarlarini sertifikatsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish tartibotlaridan oʻtish
“Bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qaroriga 2-ILOVA
“Bir darcha” tamoyili boʻyicha eksportga yetkazib berishlar bilan bogʻliq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi joriy etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari
ROʻYXATI
Bojxona postlari nomi
Post kodi
Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalari
“Nukus” TIF
35002
Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi
“Andijon” TIF
03011
Davlat bojxona qoʻmitasining Andijon viloyati boshqarmasi
“Buxoro-2” TIF
06006
Davlat bojxona qoʻmitasining Buxoro viloyati boshqarmasi
“Jizzax” TIF
08004
Davlat bojxona qoʻmitasining Jizzax viloyati boshqarmasi
“Qashqadaryo” TIF
10001
Davlat bojxona qoʻmitasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi
“Tinchlik” TIF
12001
Davlat bojxona qoʻmitasining Navoiy viloyati boshqarmasi
“Namangan” TIF
14010
Davlat bojxona qoʻmitasining Namangan viloyati boshqarmasi
“Samarqand” TIF
18005
Davlat bojxona qoʻmitasining Samarqand viloyati boshqarmasi
“Guliston” TIF
24009
Davlat bojxona qoʻmitasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi
“Termiz” TIF
22005
Davlat bojxona qoʻmitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi
“Chirchiq” TIF
27014
Davlat bojxona qoʻmitasining Toshkent viloyati boshqarmasi
“Vodiy” TIF
30003
Davlat bojxona qoʻmitasining Fargʻona viloyati boshqarmasi
“Urganch” TIF
33007
Davlat bojxona qoʻmitasining Xorazm viloyati boshqarmasi
“Toshkent-tovar” TIF
26002
Davlat bojxona qoʻmitasining Toshkent shahar boshqarmasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 478-modda; 2012-y., 31-son, 357-modda; 2013-y., 2-son, 24-modda; 2016-y., 52-son, 604-modda; 2017 y, 29-son, 693-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/933/0303-son; 09.02.2018-y., 09/18/102/0685-son, 28.05.2018-y., 10/18/392/1277-son, 26.11.2018-y., 06/18/5582/2220-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 01.04.2019-y., 09/19/269/2861-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son, 19.09.2019-y., 09/19/787/3770-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)