1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.07.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning boshqa masalalari]
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA “MAʼRIFAT MARKAZI” BINOSIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAʼMINLASH TOʻGʻRISIDA
Mamlakatning yirik axborot va madaniyat markazi sifatida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy talablarini hisobga olgan holda takomillashtirish, aholining intellektual ehtiyojlarini eng yuqori darajada qondirishga yoʻnaltirilgan prinsipial jihatdan yangi axborot-kutubxona muassasasini tashkil etish, madaniy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni saqlash va koʻpaytirish, shuningdek yagona ijtimoiy-madaniy va oʻquv-taʼlim markazi sifatida “Maʼrifat markazi” binosining zarur darajada faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimligi huzurida “Maʼrifat markazi” binosidan foydalanish va binoga tutash hududga xizmat koʻrsatish boʻyicha ixtisoslashtirilgan direksiya” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda Ixtisoslashtirilgan direksiya deb ataladi) tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
belgilangan meʼyorlar va standartlarga muvofiq “Maʼrifat markazi” binosidan ehtiyotlab va samarali foydalanish hamda binoning infratuzilmasini, unga tutash hududning obodonlashtirilganligi va tozaligini zarur darajada saqlash, shuningdek dov-daraxtlarni doimiy parvarish qilishni taʼminlash;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
binoni saqlashning murakkab texnologik asbob-uskunalari, axborot va muhandislik-kommunikatsiya tizimlarining zarur tarzda ishlashini taʼminlash, foydalanilayotgan mashinalar, mexanizmlar va inshootlarga oʻz vaqtida texnik xizmat koʻrsatish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.06.00 Xalqaro kongresslar. Konferensiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning buyurtmalari asosida xavfsizlik va huquq-tartibotning belgilangan talablariga rioya etib “Maʼrifat markazi” binosida xalqaro simpoziumlar, kongresslar va konferensiyalar oʻtkazilishiga koʻmaklashish.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
2. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Toshkent shahar hokimligining “Maʼrifat markazi” binosini belgilangan tartibda Ixtisoslashtirilgan direksiya balansiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Toshkent shahar hokimligi (Usmonov) bir oy muddatda:
Ixtisoslashtirilgan direksiya ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Ixtisoslashtirilgan direksiya direktorini tayinlasin;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
“Maʼrifat markazi” binosining davlat qabul komissiyasi dalolatnomasi natijalaridan kelib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Ixtisoslashtirilgan direksiyaning shtat jadvalini va xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlarini tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.01.00 Umumiy masalalar]
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kompleks tadbirlarni, shu jumladan “Maʼrifat markazi” binosidan foydalanishda xavfsizlik va huquq-tartibotning belgilangan talablariga rioya etish tadbirlarini amalga oshirsin.
4. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ixtisoslashtirilgan direksiya uchun 3 ta transport vositasini (ulardan 2 tasi — yengil avtomashina) sotib olish Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
joriy xizmat koʻrsatish hamda konditsionerlashtirish va ventilyatsiya tizimlari profilaktikasi, energiya taʼminoti, kompyuter va koʻtarish-tashish asbob-uskunalari, qoʻriqlash signalizatsiyasi va infratuzilmaning boshqa elementlari boʻyicha tadbirlar, shuningdek binolarni mukammal tozalash, hududni koʻkalamzorlashtirish va oʻsimliklarni parvarish qilish ishlari, qoidaga koʻra, Ixtisoslashtirilgan direksiya xarajatlari smetasida nazarda tutilgan budjet mablagʻlari hisobiga, shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
5. “Maʼrifat markazi” binosiga Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi (keyingi oʻrinlarda Milliy kutubxona deb ataladi) joylashtirilsin.
6. Belgilansinki:
a) Milliy kutubxona faoliyati:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
pulli xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan mablagʻlar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi;
(6-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
b) Milliy kutubxonaga Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari kompleksi tashkil etilgan asosan yangi tashkiliy shart-sharoitlarni va “Maʼrifat markazi” binosini qurishda foydalanilgan texnologik yechimlarni hisobga olgan holda jahon standartlari darajasidagi axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshirish uchun Milliy kutubxona faoliyatini tashkil etish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutadigan amaliy chora-tadbirlar koʻrsin:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 261-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2012-y., 36-son, 412-modda)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va koʻrgazma faoliyati]
zarur axborotdan foydalanish imkonini berish bilan birga bilishga doir qiziqishlarni shakllantirish va Milliy kutubxona huzuridagi muzey, koʻrgazmalar zali va kinomarkazda tashrif buyuruvchilarning madaniy dam olishini tashkil etish imkonini beradigan yagona ijtimoiy-madaniy va oʻquv-taʼlim markazi sifatida kutubxona faoliyatini tashkil etish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
foydalanuvchilarning, shu jumladan imkoniyatlari cheklangan foydalanuvchilarning eng zamonaviy kompyuter texnikasi, axborot kioskalari va virtual maʼlumotnoma xizmatlari bilan jihozlangan kutubxonaning qiroatxona zalida hamda Wi-Fi maʼlumotlar uzatishning simsiz texnologiyalaridan va internetdan foydalangan holda kutubxona tashqarisida milliy va jahon axborot resurslaridan qulay foydalanishi uchun zamonaviy shart-sharoitlarni taʼminlash;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
maxsus dasturiy komplekslarni joriy etish asosida kutubxona faoliyatining barcha jarayonlarini avtomatlashtirish, shu jumladan axborot-kutubxona resurslarini toʻldirish, ilmiy qayta ishlash, saqlash hamda qogʻoz va elektron shakllarda foydalanuvchilarga berish, shuningdek milliy elektron resurslarni, yigʻma elektron katalogni shakllantirish hamda korporativ, milliy tarmoqlarni va boshqa tarmoqlarni respublikaning yagona elektron axborot-kutubxona resursiga integratsiyalash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
matnlarni elektron formatga oʻtkazishning jahon darajasidagi yangi ilgʻor texnologiyalarini qoʻllagan, nodir kitoblar va manuskriptga maxsus ishlov bergan va ularni tegishli sharoitlarda saqlagan holda milliy axborot-kutubxona resurslarini, shu jumladan noyob va alohida qimmatli nashrlarni saqlash, konservatsiya qilish va taʼmirlash.
8. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Milliy kutubxona bilan birgalikda bir oy muddatda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurish va uning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish qoidalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
9. Milliy kitob palatasi va Milliy kutubxonaning milliy bibliografiya boʻlimi ularning funksiyalarini maqbullashtirish va Milliy kutubxona tuzilmasida milliy bibliografiya va davlat bibliografik hisobga olish boʻlimi hamda kitoblar va davriy nashrlarning xalqaro standart raqamlari boʻlimi (ISBN va ISSN)ni tashkil qilish yoʻli bilan qayta tashkil etilsin.
10. Quyidagilar:
“Maʼrifat markazi” binosidan foydalanish va binoga tutash hududga xizmat koʻrsatish boʻyicha ixtisoslashtirilgan direksiya” davlat muassasasining xodimlarning cheklangan soni 55 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 5 nafar boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-apreldagi 98-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 14-son, 157-modda)
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-apreldagi 98-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 14-son, 157-modda)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Madaniyat va sport” tarmogʻi boʻyicha budjet mablagʻlari doirasida 2011-yilda Milliy kutubxona va Ixtisoslashtirilgan direksiya taʼminotiga zarur sarf-xarajatlarni moliyalashtirsin, 2012-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ushbu maqsadlar uchun tegishli budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
12. Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 12-apreldagi 123-son qarorining 1, 2 va 10-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-noyabr,
302-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-noyabrdagi 302-son qaroriga 1-ILOVA
“Maʼrifat markazi” binosidan foydalanish va binoga tutash hududga xizmat koʻrsatish boʻyicha ixtisoslashtirilgan direksiya” davlat muassasasining
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-apreldagi 98-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 14-son, 157-modda)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-apreldagi 98-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 14-son, 157-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 475-modda; 2012-y., 14-son, 157-modda, 36-son, 412-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2018-y., 09/18/1038/0508-son; 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)