1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TIJORAT BANKLARI UChUN NIZOMDAGI SARMOYaNING ENG OZ MIQDORINI O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyuldagi PF-3624-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va bank muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobatchilikni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining:
1993-yilning 1-iyulidan boshlab amaldagi va yangidan tashkil qilinadigan tijorat banklari uchun nizom jamg‘armasining eng oz miqdorini 100 million so‘m, kooperativ va xususiy banklar nizom jamg‘armasining eng oz miqdorini 50 million so‘m qilib belgilash to‘g‘risidagi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan 1993-yilning 1-iyunigacha tijorat, kooperativ va xususiy banklarni mazkur Farmonning 1-bandi talablarini hamda ularning bundan buyon ishlashi qay darajada maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqidagi takliflarni belgilangan tartibda respublika Oliy Kengashiga taqdim etsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 16-fevral,
PF-563-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 3-son, 138-modda)