1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
1991-YIL 26-SENTABRDAGI
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118-4-moddasi 2, 4-bandlariga va “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq hamda muhofaza va hududiy yaxlitlik tadbirlarini kuchaytirish, davlat mustaqilligi va suverenitetini taʼminlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish maqsadida:
1. Oʻzbekiston SSR Davlat xavfsizligi Ittifoq — respublika komiteti tugatilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.02.00 Milliy xavfsizlik Kengashi]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik boshqarmasi tuzilib, Respublika Prezidentiga boʻysundirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Milliy xavfsizlik boshqarmasi tuzilishi, nizomi va soniga doir takliflarni tayyorlasin hamda taqdim etsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik boshqarmasi birinchi navbatda razvedka, kontrrazvedka va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bilan shugʻullanishi kerakligi belgilab qoʻyilsin. Sobiq Davlat xavfsizligi komitetining yuqorida sanab oʻtilgan vazifalar bilan bogʻliq boʻlmagan va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid barcha tuzilma, boʻlinmalari va boʻlimlarini tugatish koʻzda tutilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 26-sentabr,
PF-265-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 11-son, 244-modda)