toggle_night_mode
Hujjat 14.06.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“GEOGRAFIK OBYEKTLARNING NOMLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 4-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi 3561–XI-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 167-I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 257-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 335-modda) 22-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
22-modda. Geografik obyektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi 276-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 139-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) nomidagi “toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) muqaddimadagi “maʼmuriy-hududiy birliklar, aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlariga, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fizik-jugʻrofiy, geologik va boshqa obyektlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) VI, VII va VIII boʻlimlar chiqarib tashlansin;
4) IX boʻlimning nomidagi birinchi jumla chiqarib tashlansin;
5) 24, 25 va 26-moddalar chiqarib tashlansin;
6) X boʻlim chiqarib tashlansin;
7) 30-moddaning birinchi qismidagi “maʼmuriy-hududiy birliklar va aholi punktlariga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 31-modda chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi 417-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 122-modda) 6-moddasining oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“geografik obyektlarning nomlarini belgilash, normallashtirish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ulardan foydalanish va ularni saqlash”.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2011-yil 13-oktabrdagi 198 (5365)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-oktabr,
OʻRQ-304-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 41-son, 449-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2020-y., 03/20/626/1024-son; 29.08.2020-y., 03/20/635/1237-son)