1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.04 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.10.00 Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VA “SOYUZNEFTEGAZ VOSTOK LIMITED” KOMPANIYASI OʻRTASIDA 2007-YIL 23-YANVARDAGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JANUBIY-GʻARBIY HISOR VA USTYURT MINTAQASI HUDUDLARIDAGI KONLARGA NISBATAN MAHSULOT TAQSIMOTIGA OID BITIM DOIRASIDA NEFT VA GAZ KONDENSATINI QAZIB OLISH BOʻYICHA YER QAʼRIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN (ROYALTI) SOLIQNI HISOBLAB CHIQARISH VA TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 11-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2277]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulotni taqsimotiga oid bitimga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
1. Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Neft va Gaz kondensatini qazib olish boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 27-sentabr,
24-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 27-sentabr,
2010-47-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 27-sentabrdagi 24, 2010-47-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Neft va Gaz kondensatini qazib olish boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitim (keyingi oʻrinlarda MTB deb yuritiladi) doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi Neft va Gaz kondensatini qazib olish boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
I. Umumiy qoida
1. Mazkur Nizomda foydalanadigan bosh harf bilan berilgan tushunchalar, agar mazkur Nizomda boshqacha hol toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilmagan boʻlsa, MTBda belgilangan maʼnoni anglatadi.
2. Neft va Gaz kondensatiga nisbatan yer qaʼridan foydalanganlik (royalti) uchun soliqni soliq toʻlovchisi boʻlib Investor hisoblanadi. Bunda yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni Investorning vakillari — Marketing kompaniyasi yoki MTBga muvofiq vakolatga ega boʻlgan boshqa shaxslar toʻlashlari mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
(III bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
3. Neft boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqning soliq solish obyekti boʻlib MTB shartlariga koʻra, MTBning 11.9 boʻlimida belgilab berilgan tegishli neft konlaridagi neftni tayyorlash qurilmalarining chiqish joyida oʻlchov bogʻlamalaridagi neft hajmi hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
4. Gaz kondensati boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqningsoliq solish obyekti boʻlib MTB shartlariga koʻra, MTBning 11.9 boʻlimida belgilab berilgan gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarining chiqish joyida, shuningdek Shoʻrton gaz-kimyo kompleksidagi quyish estakadasidagi oʻlchov bogʻlamalaridagi Gaz kondensatining hajmi hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
5. Neft va/yoki Gaz kondensatini ularga qayta ishlov berilmasdan sotilgan xolda tegishli hajmlar boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblash Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 64-bobi va MTBning 11.9 boʻlimiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda soliq bazasini aniqlash uchun MTBning 11.9 boʻlimiga muvofiq Yetkazib berish punktidagi hisoblangan Narxdan foydalaniladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
6. Agar MTB doirasida qazib olingan Neft va/yoki Gaz kondensati keyinchalik qayta ishlangan mahsulot (keyingi oʻrinlarda Neft mahsulotlari deb yuritiladi) sotilishi bilan xom ashyo berish asosida qayta ishlansa, soliq bazasini aniqlash uchun “orqaga qaytish” (“Netback”) prinsipiga asoslanib aniqlanadigan Neft va/yoki Gaz kondensatini Yetkazib berish punktidagi hisoblangan Narx qoʻllaniladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
Neft mahsulotlari sotilayotganda soliq bazasini aniqlash uchun Yetkazib berish punktidagi Hisob-kitob narxi (keyingi oʻrinlarda “Netback” narx deb yuritiladi) quyidagicha hisoblanadi:
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
YEPHN — Neftgaz mahsulotlarini sotishda soliq bazasini aniqlash uchun Yetkazib berish punktidagi oʻrtacha hisob-kitob narxi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
SNHQ — Neft mahsulotlarini qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarning hisobot davri uchun quyidagilarni chiqarib tashlangan haqiqiy qiymati:
ushbu Neft mahsulotlarini sotishga qilingan Sarf-xarajatlar (MTBning 13.3 boʻlimida koʻrsatilgan taʼrifga asosan Neft va Gaz kondensatini qayta ishlashdan olingan mahsulotlarini Yetkazib berish punktidan Sotish punktigacha yetkazib berish uchun qilingan xarajatlar);
tegishli Neft mahsulotlarini olishda (texnik shartlar, qonunchilik hujjatlarining talablari va hokazolarga koʻra) muqarrar yuzaga keladigan Neft yoki Gaz kondensatini Yetkazib berish punktidan sotish uchun moʻljallangan Neft mahsulotlarini Yetkazib berish punktigacha yetkazib berish uchun qilingan sarf-xarajatlar, shu jumladan, lekin cheklanmagan holda: yuklash xarajatlari, transportda tashish, qayta ishlash, shuningdek namunalar tahlili, Neft yoki Gaz kondensati va Neft mahsulotlarining sifat va miqdorini aniqlash boʻyicha xarajatlari;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
FNFH — hisobot davrida sotilgan Neft mahsulotlarining tegishli hajmini tayyorlash uchun foydalanilgan Neft va Gaz kondensatining, Neft va/yoki Gaz kondensatini Yetkazib berish punktidan boshlab texnologik xarajat va Neft va Gaz kondensatining yoʻqotilishini hisobga olgan holdagi umumiy fizik hajmi.
7. Har bir hisobot davrida yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblash hisobot davrida Neft va/yoki Gaz kondensatining sotiladigan hajmlarini Yetkazib berish punktidagi Neft va/yoki Gaz kondensatining narxi va yil boshidan hisobot davrining yakunigacha qayta ishlashga joʻnatilgan Neftning “Netback” narxi va/yoki Gaz kondensatini “Netback” narxi boʻyicha sotishning oʻrtacha narxi boʻlgan hisob-kitob narxi boʻyicha amalga oshiriladi.
Neft mahsulotlarining birinchi sotilishi amalga oshirilgan hisobot davrida hisob-kitob “Netback” narxi Qazib olish boshlanishidan hisobot davrining yakuniga qadar Neft va Gaz kondensatining qazib olingan (chiqarib olingan) va qayta ishlashga yuborilgan hajmiga nisbatan qoʻllaniladi.
8. Agar hisobot davrida sotilishi nazarda tutilgan Neft va Gaz kondensati, shuningdek ularning Neft mahsulotlari sotilmagan boʻlsa, qazib olingan (ishlab chiqarilgan) Neft va/yoki Gaz kondensatining sotilmagan qismi uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soligʻini solish maqsadida soliq bazasi, Neft va/yoki Gaz kondensati yoki Neft mahsulotlari sotilgan soʻnggi hisobot davridagi hisob-kitob narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
V. Soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
(V bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
11. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq hisoboti har bir hisobot va soliq davri tugaganidan keyin Investorning yoki Operatorning soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga soliq davri boshlanganidan eʼtiboran ortib boruvchi yakun bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 28-yanvardagi 2020-03-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining (roʻyxat raqami 3221, 2020-yil 24-fevral) 5-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
14. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliq toʻlash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
15. Investor yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari va MTBga muvofiq javobgar boʻladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
16. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 5-iyuldagi 47-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2277-2, 09.08.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 41-son, 451-modda; 2016-y., 24-son, 300-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 09.08.2023-y., 10/23/2277-2/0576-son)