1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.02.00 Tovar belgisi (Xizmat koʻrsatish belgisi);
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
TOVAR BELGISI VA XIZMAT KOʻRSATISh BELGISINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh UChUN TALABNOMA TUZISh, TOPShIRISh VA KOʻRIB ChIQISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1988-1]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 19-oktabrdagi 13-mh-sonli ““Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1988-7, 19.10.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 24-iyundagi 72-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1988, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 30-31-son, 353-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-avgust,
35-son
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 35-sonli buyrugʻiga ILOVA
Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Patent idorasi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi” degan soʻzlar “Agentlik — Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 48-banddagi “Patent idorasiga” va “Patent idorasining” degan soʻzlar tegishli ravishda “Agentlikka” va “Agentlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 59-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Patent idorasi” va “Patent idorasining” degan soʻzlar tegishli ravishda “Agentlik” va “Agentlikning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 1—5 ilovalardagi “UzR DPI” qisqartmasi va “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi 100047, Toshkent shahri, Toʻytepa koʻchasi, 2a uy Tel.: (99871) 232-00-13, 232-00-15 Faks: (99871) 233-45-56 E-mail: info@patent.uz” degan soʻzlar tegishli ravishda “OʻR IMA” qisqartmasi bilan va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy, Tel.: (99871) 232-00-13, Faks: (99871) 233-45-56 E-mail: info@ima.uz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 417-modda)