1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.03 Foydali modelga boʻlgan huquq;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.04.00 Sanoat mulkiga boʻlgan huquq / 03.14.04.04 Sanoat namunasiga boʻlgan huquq;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
buyrugʻi
FOYDALI MODELGA, SANOAT NAMUNASIGA HAMDA DORI VOSITASI YOKI PESTITSIDGA TAALLUQLI IXTIROGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PATENTINING AMAL QILISHINI UZAYTIRISH QOIDALARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1678-1]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-avgustdagi 24-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3553, 27.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2007-yil 3-apreldagi 25-son buyrugʻi (2007-yil 5-may, roʻyxat raqami 1678) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 19-20-son, 203-modda) bilan tasdiqlangan Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-avgust,
30-son
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 30-son buyrugʻiga ILOVA
Foydali modelga, sanoat namunasiga hamda dori vositasi yoki pestitsidga taalluqli ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasiga (bundan buyon matnda Patent idorasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 3, 5 va 11-bandlardagi “Patent idorasiga” degan soʻzlar “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 14-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Patent idorasining” degan soʻzlar “Agentlikning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 15-banddagi “Patent idorasi” degan soʻzlar “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
5. 1 va 2-ilovalardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi 700047, Toshkent shahri, Toʻytepa koʻchasi, 2a uy” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 422-modda)