toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.02.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BUDJETIDAN MABLAGʻ BILAN TAʼMINLANADIGAN TAShKILOTLARNING DAVRIY MOLIYAVIY HISOBOTLARINI TUZISh, TASDIQLASh HAMDA TAQDIM QILISh BOʻYIChA QOIDALARNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 27-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2270]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2017-yil 26-dekabrdagi 181-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2270-1, 15.02.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 2-sentabrdagi 91-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarning oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1865, 2008-yil 13-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 42-son, 424-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 27-avgust,
57-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 27-avgustdagi 57-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha
QOIDALAR
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda) va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142-modda) qonunlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, barcha budjet tashkilotlari va boshqa budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) davriy moliyaviy hisobotlarni tuzish, tasdiqlash hamda taqdim etish tartibini belgilaydi.
I boʻlim. Umumiy qoidalar
1. Tashkilotlar mazkur Qoidalar talablariga muvofiq, budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar ijrosi boʻyicha oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni (keyingi oʻrinlarda moliyaviy hisobotlar deb yuritiladi) tuzadi va topshiradi.
Yillik moliyaviy hisobotlar hisobot yilidan keyingi yilning 1-yanvar holatiga tuziladi. Choraklik moliyaviy hisobotlar hisobot yilining 1-aprel, 1-iyul va 1-oktabr holatiga, oylik moliyaviy hisobotlar hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasi holatiga tuziladi.
2. Tashkilotlar set, shtat va kontingentlar rejalarining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllarga muvofiq tuzadi va topshiradi.
3. Tashkilotlar tomonidan topshiriladigan yillik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Balans (1-shakl) (mazkur Qoidalarning 1-ilovasi);
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl) (mazkur Qoidalarning 2-ilovasi);
Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisida maʼlumot (mazkur Qoidalarning 3-ilovasi);
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot (mazkur Qoidalarning 4-ilovasi);
Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot (mazkur Qoidalarning 5-ilovasi);
Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar harakati toʻgʻrisida hisobot (mazkur Qoidalarning 6-ilovasi);
Boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar harakati boʻyicha hisobot (mazkur Qoidalarning 7-ilovasi);
Joriy yilning moliyaviy natijalari toʻgʻrisida hisobot (mazkur Qoidalarning 8-ilovasi);
Nomoliyaviy aktivlarning harakati toʻgʻrisida hisobot (mazkur Qoidalarning 9-ilovasi).
4. Agarda, tashkilotlar qonunchilikka muvofiq hisobot davrida mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini amalga oshirsa, u holda ushbu faoliyatlari boʻyicha belgilangan tartibda va muddatlarda moliya organlariga Moliyaviy hisobot shakllarini toʻldirish boʻyicha qoidalari (roʻyxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) bilan tasdiqlangan moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot 2-son shaklga muvofiq taqdim qiladilar.
5. Tashkilotlar tomonidan topshiriladigan choraklik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Balans (1-shakl);
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl);
Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisida maʼlumot;
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot;
Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot;
Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar harakati toʻgʻrisida hisobot;
Boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar harakati boʻyicha hisobot.
6. Yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xati ilova qilinadi. Tushuntirish xatida budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetasi ijrosi jarayoniga taʼsir qilgan asosiy omillar, jumladan, budjetdan ajratilgan mablagʻlarni iqtisod qilinishining sabablari (tahlillari) (agarda iqtisod qilingan boʻlsa), debitorlik va kreditorlik qarzlarning vujudga kelish sabablari va vaqti, yoʻl qoʻyilgan muddati oʻtgan qarzdorlikni undirish boʻyicha koʻrilgan choralar, qonunchilikka muvofiq tashkilotlarga soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha berilgan imtiyozlar va ularning sarflanishi toʻgʻrisida maʼlumotlar, shuningdek hisobot davrida kirim qilingan va sarflangan qogʻoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, kamomadi aniqlangan va oʻgʻirlangan pul mablagʻlari va boshqa tovar-moddiy qimmatliklar summasi va hisobotlar bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tushuntirishlar keltiriladi. Bundan tashqari, hisobot yilining birinchi choragi boʻyicha moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xatida asosiy vositalar va boshqa aktivlarini (jumladan, tugallanmagan qurilish va oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni) qayta baholash boʻyicha axborotlar ochib beriladi.
Tushuntirish xati tashkilot rahbari yoki uning oʻrinbosari (birinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs), tashkilot bosh hisobchisi yoki uning oʻrinbosari (ikkinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs) hamda moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi (shtatlar jadvaliga muvofiq holda reja-iqtisod boʻyicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlanadi.
7. Tashkilotlar tomonidan topshiriladigan xarajatlar smetasi ijrosi haqida oylik hisobot (1-OX shakl) mazkur Qoidalarning 10-ilovasiga muvofiq tuziladi.
8. Budjet tashkiloti boʻlmagan, ammo budjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (tegishli hududiy moliya organlariga) har oyda xarajatlar smetasi ijrosi haqida oylik hisobot (1-OX shakl)ni hamda chorak (yil) uchun xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)ni mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq holda taqdim qiladilar.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mahalliy budjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan mablagʻ oluvchi tashkilotlar tomonidan 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda tegishli hududiy moliya organlariga xarajatlar smetasi ijrosi haqida oylik hisobot (1-OX shakl)ni taqdim qilinmaydi.
Bunda, xarajatlar smetasi ijrosi haqida oylik hisobot (1-OX shakl)ni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan mablagʻ oluvchi tashkilotlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Moliyaviy hisobot shakllaridagi barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan koʻrsatkichlar toʻldirilishi kerak. Tashkilotlarda tegishli aktivlar, passivlar va operatsiyalarning mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) toʻldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustidan chizib qoʻyiladi.
11. Moliyaviy hisobotlar shakllari (jamlanma hisobotlardan tashqari) Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan 308-son shakldagi “Bosh-jurnal kitobi” (keyingi oʻrinlarda “Bosh-jurnal kitobi” (308-shakl) deb yuritiladi) va boshqa tegishli hisob registrlari maʼlumotlari asosida tuziladi.
12. Moliyaviy hisobotlar shakllarining manzil (ust) qismi quyidagi tartibda toʻldiriladi:
“Tashkilot” rekvizitida tashkilotning toʻliq nomi koʻrsatiladi;
“Boʻlim, kichik boʻlim, bob” rekvizitida tashkilotning budjet tasnifining vazifa jihatidan vazifaviy va tashkiliy jihatdan boʻlinishi (belgilanishi) koʻrsatiladi;
“Hisobot davri” rekvizitida hisobot tuzilayotgan tegishli davr (yil, chorak, oy) koʻrsatiladi;
“Budjet turi” rekvizitida tashkilot tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi budjet tasnifiga muvofiq mablagʻlar manbai va tashkilot taqdim etadigan hisobot boʻyicha budjetlar darajasi kodlari koʻrsatiladi.
“Oʻlchov birligi” rekvizitida hisobot tuzilayotgan oʻlchov birligi keltiriladi.
II boʻlim. Moliyaviy hisobotlarni tuzish
I bob. Moliyaviy hisobotlarni tuzish
13. Moliyaviy hisobotlarni tuzishda quyidagi shartlar toʻliq saqlanishi lozim:
hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablagʻlari, asosiy vositalar, moddiy qimmatliklarning inventarizatsiya qilinishi va hisob-kitoblar natijalarining toʻliq aks ettirilishi;
analitik hisob maʼlumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga sintetik hisob yuritish hisobvaraqlari boʻyicha aylanmalar va qoldiqlarga bir xil boʻlishi, shuningdek moliyaviy hisobotlar maʼlumotlarining sintetik va analitik hisob maʼlumotlariga mosligi;
moliyaviy hisobotlardagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlardan foydalanish.
Ushbu asosiy shartlarga rioya qilinmagan holda tuzilgan moliyaviy hisobotlar notoʻgʻri tuzilgan deb hisoblanadi.
14. Tashkilotlar jamlama moliyaviy hisobotlarni oʻzlari koʻrib chiqqan tasarrufidagi quyi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari hamda oʻzining xarajatlar smetasi boʻyicha moliyaviy hisobotlari asosida tuzadi.
15. Moliyaviy hisobotlar, qoida tariqasida, oʻsib boruvchi tartibda bitta oʻn xonali sonda ming soʻm hisobida tuziladi.
16. Agarda, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablarini buzmagan holda moliyaviy hisobotlar koʻrsatkichlari manfiy qoldiq bilan chiqsa (manfiy qoldiqqa ega boʻlsa), u holda hisobotlarda ushbu koʻrsatkichlar “minus” belgi bilan aks ettiriladi.
II bob. Balans moddalarini inventarizatsiya qilish
17. Qonunchilikka muvofiq asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qoʻyilmalar, moddiy boyliklar, pul mablagʻlari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalarini inventarizatsiyadan oʻtkazishlari shart.
18. Inventarizatsiyaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
asosiy vositalar, kapital qoʻyilmalar, moddiy boyliklar, pul mablagʻlari va qatʼiy hisobda turuvchi blankalari va boshqa aktivlarning haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobi maʼlumotlariga taqqoslash yoʻli bilan aniqlash, shuningdek moddiy boyliklar va pul mablagʻlarining saqlanishini nazorat qilish;
qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq belgilangan normativdan yuqori boʻlgan va foydalanilmayotgan moddiy boyliklarni aniqlash;
moddiy boyliklar hamda pul mablagʻlarini saqlash qoidalari va shartlariga rioya qilish;
balansda hisobga olingan moddiy boyliklar, kassalardagi, banklarning depozit hisob raqamlaridagi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalaridagi (keyingi oʻrinlarda gʻaznachilik boʻlinmalari deb yuritiladi) shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablagʻlari, hisob-kitoblar va balansning boshqa moddalari qiymatining haqiqiyligini tekshirish.
III bob. Moliyaviy hisobotlarni tuzish
1-§. Balans (1-shakl)
19. Balans (1-shakl)ni tuzishdan oldin barcha mavjud memorial ordyerlar bilan rasmiylashtirilgan buxgalteriya provodkalarini dastlabki hujjatlarga muvofiq holda toʻgʻri tuzilganligi hamda “Bosh-jurnal kitobi” (308-shakl)ga toʻgʻri yozilganligi, subschyotlar boʻyicha oylik aylanmalar va hisobot davri oxiriga “Bosh-jurnal kitobi” (308-shakl) boʻyicha qoldiqlar toʻgʻri hisoblanganligi tekshirib chiqiladi.
20. Hisobot davri oxiriga “Bosh-jurnal kitobi” (308-shakl)dagi chiqarilgan qoldiqlar balansning “Yil (chorak) oxiriga” ustuniga koʻchirib yoziladi.
21. Debitor va kreditor qarzlarni hisobga oluvchi subschyotlarda debitorlar va kreditorlar summalari oʻzaro hisobga olmagan holda, yaʼni, mavjud debitorlar balansning aktiv qismida, kreditorlik qarz esa, passiv qismida koʻrsatiladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirishda Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan 285-son shakldagi aylanma qaydnoma va boshqa tegishli hisob registrlari maʼlumotlaridan foydalaniladi.
22. “Yil boshiga” ustuni boʻyicha koʻrsatkichlar oʻtgan hisobot yili balansining “Yil (chorak) oxiriga” ustuni boʻyicha koʻrsatkichlarga aynan bir xil holda koʻchiriladi. Agarda, tashkilot hisobot yilining 1-yanvaridan keyin tashkil topgan boʻlsa, u holda balansning ushbu “Yil boshiga” ustuni toʻldirilmaydi.
23. Balansning aktiv qismidagi “Yil (chorak) oxiriga” ustuni boʻyicha:
“1-§. Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar” paragrafining “Asosiy vositalar: Boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati” qatorida tashkilotlarning hisobot davri oxiriga mavjud barcha asosiy vositalari, shu jumladan, ijaraga berilganlari ham dastlabki (tiklanish) qiymati boʻyicha aks ettiriladi.
Qayta baholash natijalari boʻyicha aniqlangan asosiy vositalarning tiklanish qiymati yillik va choraklik balanslarda “Yil boshiga” ustunida kasr chizigʻi bilan (maxrajida) aks ettiriladi;
“Eskirish summasi” qatorida asosiy vositalarning balans tuzilgan hisobot davri oxiriga hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi;
“Qoldiq (balans) qiymati” qatorida asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati bilan eskirish qiymati oʻrtasidagi farq (010-qatorda aks ettirilgan asosiy vositaning dastlabki (tiklanish) qiymatidan 011-qatorda aks ettirilgan eskirish summasini ayirmasi) aks ettiriladi;
“Nomoddiy aktivlar” qatorida tashkilotning hisobot davri oxiriga mavjud nomoddiy aktivlarining qiymati koʻrsatiladi;
“2-§. Noishlab chiqarish aktivlari” qatorida ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlmagan kapital xarajatlar, jumladan, yerni obodonlashtirish boʻyicha xarajatlar (040-subschyot) aks ettiriladi;
“3-§. Tovar-moddiy zaxiralar” qatorida hisobot davri oxiriga mavjud boʻlgan tayyor mahsulot, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va yarani bogʻlash vositalari, inventar va xoʻjalik jihozlari, yonilgʻi, yoqilgʻi-moylash materiallari, mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari va boshqa tovar-moddiy zaxiralari qoldiq summalari koʻrsatiladi, balansdan tashqari 10 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” va 12 “Eskirganlarining oʻrniga berilgan transport vositalarining ehtiyot qismlari” schyotlarida aks ettirilgan tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari bundan mustasno;
“4-§. Nomoliyaviy aktivlarga qoʻyilmalar” qatorida oʻrnatish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar, tugallanmagan qurilish, asosiy vositalarga boshqa xarajatlar, nomoddiy aktivlarga boshqa xarajatlar, tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar va tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlarni hisobga oluvchi subschyotlarning “Bosh-jurnal kitobi” (308-shakl) boʻyicha hisobot davrining oxiriga qoldiq summasi aks ettiriladi;
“Moliyaviy aktivlar” boʻlimida mavjud hisobvaraqlardagi pul mablagʻlari, akkreditivlar, kassadagi naqd pul qoldiqlari va boshqa pul mablagʻlarining, shuningdek gʻaznachilik boʻlinmalaridagi shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablagʻlarining qoldiq summalari aks ettiriladi;
“Debitorlar” boʻlimida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar boʻyicha qoldiq summalar (debitorlik qarzlar) aks ettiriladi.
24. Balansning passiv qismidagi “Yil (chorak) oxiriga” ustuni boʻyicha:
“Kreditorlar” boʻlimida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar boʻyicha qoldiq summalar (kreditorlik qarzlar) aks ettiriladi;
“Moliyaviy natijalar” boʻlimida tashkilotning joriy yilga moliyaviy natijalari (300 — 343 qatorlar), shuningdek yakuniy moliyaviy natijalari (350 — 356 qatorlar) har bir daromad (tushum)larning turlari boʻyicha alohida holda aks ettiriladi.
Bunda, joriy yilga moliyaviy natijalar (300 — 343 qatorlar) boʻyicha koʻrsatkichlar yillik balansda aks ettirilmaydi.
25. “Balansdan tashqari schyotlar” boʻlimida hisobot davri oxiriga aks ettirilgan balansdan tashqari schyotlar summasi koʻrsatiladi.
26. Balans (1-shakl) tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi, mazkur Qoidalarning 146-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
2-§. Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)
27. Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobotni tuzishdan oldin tashkilotlar:
tasdiqlangan xarajatlar smetalariga belgilangan tartibda kiritilgan oʻzgartirishlarning Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan 294-son shakldagi kassa va haqiqiy xarajatlarni hisobga olish daftariga (keyingi oʻrinlarda 294-shakl daftari deb yuritiladi) toʻgʻri yozilganligini;
hisobot davri uchun budjetdan moliyalashtirilgan mablagʻlarni tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq holda (kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda) amalga oshirilganligini (tegishli memorial ordyerlar, 294-shakl daftari va boshqa hisob registrlari asosida);
hisobot choragida amalga oshirilgan kassa xarajatlarining (gʻaznachilik boʻlinmalari orqali amalga oshirilgan toʻlovlarning) toʻgʻriligini (tegishli memorial ordyerlar, 294-shakl daftari va boshqa hisob registrlari asosida);
haqiqiy xarajatlarning hisob registrlariga toʻgʻri yozilganligini (tegishli memorial ordyerlar va 294-shakl daftari maʼlumotlari asosida) tekshirib chiqishlari lozim.
28. “Tasdiqlangan (aniqlangan) reja” ustuniga xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda belgilangan reja iqtisodiy xarajatlar tasnifining tegishli xarajat moddalari boʻyicha koʻrsatiladi.
29. “Hisobot davri uchun moliyalashtirilgan” ustuni boʻyicha tashkilotlarga budjetdan xarajatlar smetalariga muvofiq yil boshidan oʻsib boruvchi tartibda moliyalashtirilgan mablagʻlar (294-shakl daftari maʼlumotlari asosida) xarajatlar tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari boʻyicha yoziladi (4-guruhning xarajat moddalaridan tashqari).
Davlat budjetining gʻazna ijrosiga oʻtilgan tashkilotlar ushbu ustun boʻyicha yil boshidan oʻsib boruvchi tartibda gʻaznachilik boʻlinmalari orqali amalga oshirilgan toʻlovlarni koʻrsatadilar.
30. “Kassa xarajati-jami” ustunida tashkilotning budjet mablagʻlari boʻyicha depozit hisob raqamidan xarajatlar smetalarida koʻzda tutilgan maqsadlar uchun oʻtkazilgan mablagʻlar yil boshidan oʻsib boruvchi tartibda (294-shakl daftari maʼlumotlari asosida) xarajatlar iqtisodiy tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari boʻyicha yoziladi.
Davlat budjetining gʻazna ijrosiga oʻtilgan tashkilotlar ushbu ustun boʻyicha yil boshidan oʻsib boruvchi tartibda gʻaznachilik boʻlinmalari orqali amalga oshirilgan toʻlovlarni koʻrsatadilar.
31. “Haqiqiy xarajatlar-jami” ustunida haqiqiy xarajatlar (budjet boʻyicha) yil boshidan oʻsib boruvchi tartibda (294-shakl daftari maʼlumotlari asosida) xarajatlar iqtisodiy tasnifining hisobot shaklida keltirilgan xarajat guruhlari va moddalari boʻyicha yoziladi.
32. Budjet mablagʻlari hisobidan sotib olingan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)da xarajatlar iqtisodiy tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib olish” xarajat moddasining tegishli kichik modda va elementlari boʻyicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
Bunda, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan sotib olingan asosiy vositalar boʻyicha hisoblangan eskirish summasi esa, tegishli ravishda budjetdan tashqari mablagʻlarning harakati toʻgʻrisidagi hisobotlarda xarajatlar iqtisodiy tasnifining 43 50 000 “Asosiy vositalarni sotib olish” xarajat moddasining tegishli kichik modda va elementlari boʻyicha haqiqiy xarajatlar sifatida aks ettiriladi.
33. Budjet tashkiloti boʻlmagan budjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlar tomonidan budjetdan olingan mablagʻlarning ijrosi boʻyicha tuzilgan xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)da xarajatlar iqtisodiy tasnifining tegishli moddalari, kichik moddalari va elementlari boʻyicha amalga oshirilgan kassa xarajatlaridan oshmagan holda haqiqiy xarajatlarni toʻliq aks ettiradi.
34. Tashkilotlarga boshqa budjetlar hisobidan mablagʻlar ajratilgan hollarda mazkur mablagʻlarning sarflanishi boʻyicha xarajatlar smetasi ijrosi haqida oylik hisobot (1-OX shakl) hamda xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl) tegishli moliya organiga mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda taqdim qilinadi.
Asosiy xarajatlar smetasi boʻyicha moliyalashtiruvchi tegishli moliya organiga mazkur hisobotlarning nusxalari maʼlumot uchun taqdim qilinadi.
35. Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl) xarajatlar tasnifining har bir boʻlim, kichik boʻlim va bobi boʻyicha alohida holda tuziladi.
36. Budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisob raqamlaridagi (shaxsiy hisobvaraqlaridagi) tejab qolingan va belgilangan tartibda Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkazilgan budjet mablagʻlari alohida “Tejab qolingan va Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilgan mablagʻlar” (I — IV xarajat guruhlariga qoʻshilmagan holda) qatorida hisobot davrining kassa xarajatlari sifatida aks ettiriladi.
37. Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl) tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi, mazkur Qoidalarning 146-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
3-§. Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisida maʼlumot
38. Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisida maʼlumot tashkilotning hisobot davri oxiriga budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi.
39. “Debitor qarzdorlik” qismida tashkilotning barcha mavjud debitorlik qarzlari aks ettiriladi.
40. “1-gr. boʻyicha jami. Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining 1-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari boʻyicha mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi.
41. “2-gr. boʻyicha jami. Ish haqiga qoʻshimchalar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining 2-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari boʻyicha mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi.
42. “3-gr. boʻyicha jami. Kapital qoʻyilmalar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining 3-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari boʻyicha mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi.
43. “4-gr. boʻyicha jami. Boshqa xarajatlar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining 4-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari boʻyicha mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi.
44. “Xarajatlar guruhlari boʻyicha jami” qatorida yuqoridagi 4 ta xarajat guruhlari boʻyicha jami debitorlik qarzlar aks ettiriladi.
45. “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha” qatorida yuqoridagi xarajat guruhlari boʻyicha aks ettirishning imkoni boʻlmaydigan quyidagi hisob-kitoblar natijasida yuzaga kelgan debitorlik qarzlar aks ettiriladi:
bolalarning maktabgacha taʼlim muassasalarida (bolalar bogʻchalari va yaslilarda) saqlanganligi;
bolalarning musiqa va sanʼat maktablarida oʻqitilganligi;
tarbiyalanuvchilarning maktab-internatlarda va boshqa taʼlim muassasalarida saqlanganligi;
ish joyida ovqat bilan taʼminlanganligi uchun xodimlar bilan va boshqa shu kabi hisob-kitoblar natijasida yuzaga kelgan debitorlik qarzlar.
46. Mazkur debitorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) va balans (1-shakl)da aks ettirilgan 156 — “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotining hisobot davriga mavjud debet qoldigʻiga mos boʻlishi lozim.
47. “Pensiya jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladigan toʻlovlarni hisoblanishi boʻyicha” qatorida tashkilotlarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladigan hisoblangan toʻlovlar boʻyicha debitorlik qarzlari aks ettiriladi.
48. “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar boʻyicha” qatorida pul mablagʻlari va tovar-moddiy qimmatliklar kamomadlari boʻyicha, hamda aybdor shaxslar hisobiga yozilgan va belgilangan tartibda undirib olingan tovar-moddiy qimmatliklar qiymati boʻyicha yuzaga kelgan debitorlik qarzlari, shuningdek boshqa hisob-kitoblar hisobi aks ettiriladi. Mazkur debitorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) va balans (1-shakl)da aks ettirilgan 170 — “Kamomadlarga doir hisob-kitoblar” subschyotining hisobot davriga mavjud debet qoldigʻiga mos boʻlishi lozim.
49. “Talabalar bilan toʻlov-kontrakt mablagʻlari yuzasidan hisob-kitoblar boʻyicha” qatorida taʼlim muassasalarida talabalar bilan toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha, jumladan, toʻlov-kontrakt mablagʻlarining hisoblanishi natijasida yuzaga kelgan debitorlik qarzlar aks ettiriladi. Mazkur debitorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) va balans (1-shakl)da aks ettirilgan 175 — “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotining toʻlov-kontrakt mablagʻlarining hisoblanishi natijasida talabalardan yuzaga kelgan debitorlik qarzlar qismi boʻyicha hisobot davriga mavjud debet qoldigʻiga mos boʻlishi lozim.
50. “Yuqori va quyi tashkilotlar oʻrtasidagi boshqa hisob-kitoblar boʻyicha” qatorida yuqori mablagʻ taqsimlovchilar bilan ularga qarashli boʻlgan muassasalar oʻrtasida xarajatlar smetasining ijrosi jarayonida vujudga keladigan turli hisob-kitoblar, jumladan, markazlashgan tartibda berilgan moddiy aktivlarga doir operatsiyalar boʻyicha yuzaga kelgan debitorlik qarzlar aks ettiriladi. Mazkur debitorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) va balans (1-shakl)da aks ettirilgan 180 — “Yuqori va quyi tashkilotlar oʻrtasidagi boshqa hisob-kitoblar” subschyotining hisobot davriga mavjud debet qoldigʻiga mos boʻlishi lozim.
51. “Yuqoridagi aks ettirilganlardan tashqari boshqa hisob-kitoblar boʻyicha debitorlik qarzlar” qatorida yuqorida keltirilmagan boshqa debitorlik qarzlar aks ettiriladi.
52. “Hammasi” qatorida tashkilotning barcha mavjud debitorlik qarzlari aks ettiriladi.
53. “Kreditor qarzdorlik” qismida tashkilotning barcha mavjud kreditorlik qarzlari aks ettiriladi.
54. “1-gr. boʻyicha jami. Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining 1-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari boʻyicha mavjud kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
55. “2-gr. boʻyicha jami. Ish haqiga qoʻshimchalar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining 2-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari boʻyicha mavjud kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
56. “3-gr. boʻyicha jami. Kapital qoʻyilmalar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining 3-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari boʻyicha mavjud kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
57. “4-gr. boʻyicha jami. Boshqa xarajatlar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining 4-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari boʻyicha mavjud kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
58. “Xarajatlar guruhlari boʻyicha jami” qatorida barcha 4 ta xarajat guruhlari boʻyicha jami kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
59. “Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha boʻladigan mablagʻlar yuzasidan hisob-kitoblar boʻyicha” qatorida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va maʼlum shartlar bajarilgandan keyin qaytarilishi lozim boʻlgan summalar hisobi boʻyicha yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar aks ettiriladi. Mazkur kreditorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) va balans (1-shakl)da aks ettirilgan 155 — “Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha boʻladigan mablagʻlar boʻyicha hisob-kitoblar” subschyotining hisobot davriga mavjud kredit qoldigʻiga mos boʻlishi lozim.
60. “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha” qatorida yuqoridagi xarajat guruhlari boʻyicha aks ettirishning imkoni boʻlmaydigan quyidagi hisob-kitoblar natijasida yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar aks ettiriladi:
bolalarning maktabgacha taʼlim muassasalarida (bolalar bogʻchalari va yaslilarda) saqlanganligi;
bolalarning musiqa va sanʼat maktablarida oʻqitilganligi;
tarbiyalanuvchilarning maktab-internatlarda va boshqa taʼlim muassasalarida saqlanganligi uchun ota-onalar bilan;
ish joyida ovqat bilan taʼminlanganligi uchun xodimlar va boshqa shu kabi hisob-kitoblar.
61. Mazkur kreditorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) va balans (1-shakl)da aks ettirilgan 156 — “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar” subschyotining hisobot davriga mavjud kredit qoldigʻiga mos boʻlishi lozim.
62. “Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar boʻyicha (1 va 4-guruhda koʻrsatilganlaridan tashqari)” qatorida tashkilotlar tomonidan mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va realizatsiya qilishdan qonunchilikka muvofiq budjetga hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek mazkur shaklning 1 va 4-guruhlarida aks ettirilmagan boshqa budjet bilan hisob-kitoblar natijasida hisobot davriga yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
63. “Boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan hisob-kitoblar boʻyicha (1, 2 va 4-guruhda koʻrsatilganlaridan tashqari)” qatorida realizatsiya qilingan mahsulotlar (ish, xizmatlar)ning haqiqiy hajmidan Pensiya jamgʻarmasiga qonunchilikka muvofiq majburiy ajratmalari, shuningdek 1, 2 va 4-guruhlarida aks ettirilmagan boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan hisob-kitoblar boʻyicha kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
64. “Talabalar bilan toʻlov-kontrakt mablagʻlari yuzasidan hisob-kitoblar boʻyicha” qatorida taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt mablagʻlarining hisoblanishi va toʻlanishi natijasida talabalar bilan hisob-kitoblar boʻyicha yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar aks ettiriladi. Mazkur kreditorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) va balans (1-shakl)da aks ettirilgan 175 — “Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar” subschyotining toʻlov-kontrakt mablagʻlarini hisoblanganiga nisbatan ortiqcha toʻlanishi natijasida talabalar bilan hisob-kitoblar natijasida yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar qismi boʻyicha hisobot davriga mavjud kredit qoldigʻiga mos boʻlishi lozim.
65. “Yuqori va quyi tashkilotlar oʻrtasidagi boshqa hisob-kitoblar boʻyicha” qatorida yuqori mablagʻ taqsimlovchilar bilan ularga qarashli boʻlgan muassasalar oʻrtasida xarajatlar smetasining ijrosi jarayonida vujudga keladigan turli hisob-kitoblar, shuningdek markazlashgan tartibda berilgan moddiy aktivlarga doir operatsiyalar boʻyicha yuzaga kelgan kreditorlik qarzlar aks ettiriladi. Mazkur kreditorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) va balans (1-shakl)da aks ettirilgan 180 — “Yuqori va quyi tashkilotlar oʻrtasidagi boshqa hisob-kitoblar” subschyotining hisobot davriga mavjud kredit qoldigʻiga mos boʻlishi lozim.
66. “Yuqoridagi aks ettirilganlardan tashqari boshqa hisob-kitoblar boʻyicha kreditorlik qarzlar” qatorida yuqorida keltirilmagan boshqa kreditorlik qarzlar aks ettiriladi.
67. “Hammasi” qatorida tashkilotning barcha mavjud kreditorlik qarzlari aks ettiriladi.
68. “Jami qarzdorlik” ustuni boʻyicha tashkilotning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan hisobot davriga mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlarning jami summasi koʻrsatiladi.
69. “Budjet hisobidan” ustunida budjet mablagʻlari boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorlik koʻrsatiladi. “Budjetdan tashqari mablagʻlar” ustunida esa, budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha vujudga kelgan jami qarzdorlik summasi koʻrsatiladi.
70. Agarda, yuzaga kelgan debitorlik qarzni budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga aniq ajratishning imkoni boʻlmasa, u holda ushbu debitorlik qarz budjet mablagʻlari boʻyicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari summasidan oshmagan holda budjet mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladi. Debitorlik qarzning qolgan (budjetdan oshgan) qismi budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga yoziladi.
71. Agarda, yuzaga kelgan kreditorlik qarzni budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga aniq ajratishning imkoni boʻlmasa, u holda ushbu kreditorlik qarz budjet boʻyicha qoldiq limit mablagʻi doirasida iqtisodiy xarajatlar tasnifining tegishli moddasi boʻyicha budjet hisobidan koʻrsatiladi. Kreditorlik qarzning qolgan (budjet limitidan oshgan) qismi budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga yoziladi.
72. “Shundan muddati oʻtgan qarzdorlik — jami” ustunida “Jami qarzdorlik” ustunida koʻrsatilgan qarzdorlikdan muddati oʻtkazib yuborilgan, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda soʻndirilmagan qarzning umumiy summasi, “Budjet hisobidan” ustunida budjet mablagʻlari hisobiga vujudga kelgan qismi, “Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan” ustunida esa, budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga vujudga kelgan qismi koʻrsatiladi.
73. “Shundan Respublika tashqarisida” ustunida muddati oʻtgan qarzdorlikning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi qismi koʻrsatiladi.
74. “Izoh” ustunida qoʻshimcha izohlar keltiriladi.
75. Zarurat tugʻilgan taqdirda tashkilotlarga hamda hisobot oluvchilarga (tegishli moliya organlariga) ushbu hisobot shaklida hisobot oluvchilar tomonidan qarzdorlik boʻyicha talab qilingan qoʻshimcha maʼlumotlar olish imkonini beruvchi qoʻshimcha rekvizitlar qoʻshish huquqi beriladi.
76. Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisida maʼlumot tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi, mazkur Qoidalarning 146-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
4-§. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot
77. Mazkur hisobot tashkilotlar tomonidan hisobot davri mobaynida faoliyat turiga muvofiq mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlarni, vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mulklarini ijaraga berishdan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga koʻrsatilgan homiylik (begʻaraz) yordamlar hisobidan tushgan tushumlarni, shuningdek tejab qolingan va rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilgan budjet mablagʻlari harakatini aks ettirish uchun tuziladi.
78. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot shaklini tuzishdan oldin tashkilotlar:
hisobot choragi mobaynidagi faoliyat turiga muvofiq mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishga, vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mulklarini ijaraga berishga, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga koʻrsatilgan homiylik (begʻaraz) yordamlarga, shuningdek hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan budjet mablagʻlariga doir dastlabki hujjatlarni toʻliqligini;
(shaxsiy) hisobvaraqlardan olingan koʻchirmalarni va tegishli hisob registrlari maʼlumotlarini toʻgʻriligini tekshirib chiqadilar.
79. “1. Yil boshiga pul mablagʻi qoldigʻi” qatoriga tegishli hisobvaraqlardan koʻchirmalarga muvofiq Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha hisobot yilining birinchi yanvar sanasiga mavjud pul mablagʻlari qoldigʻi aks ettiriladi. Bunda, gʻaznachilik boʻlinmalarining tegishli tranzit hisobvaraqlaridagi tashkilotga tegishli boʻlgan qoldiq mablagʻlar ham hisobga olinishi lozim.
80. “2. Hisobot davrida tushgan daromadlar — jami” qatorida “a”, “b”, “v” va “g” qatorlar boʻyicha hisobot davriga tushgan barcha daromadlar (tushumlar)ning yigʻindisi koʻrsatiladi.
81. “a) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan” qatorida faoliyat turi boʻyicha mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishdan olingan jami tushumlar (pul mablagʻlari) koʻrsatiladi.
82. “b) vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mulklarini ijaraga berishdan” qatorida vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va boshqa mulklarni ijaraga berishdan tushgan daromadlar (pul mablagʻlari) koʻrsatiladi.
83. “v) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga koʻrsatiladigan homiylik (begʻaraz) yordami hisobidan” qatorida Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga homiy tashkilotlardan hamda jismoniy shaxslardan tushgan homiylik yordamlari koʻrsatiladi.
84. “g) hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan budjet mablagʻlari hisobidan” qatorida tejab qolingan va belgilangan tartibda budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilgan budjet mablagʻlari koʻrsatiladi.
85. “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatorida “Kassa xarajatlari — jami”da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi koʻrsatiladi.
86. “4. Hisobot davri oxiriga pul mablagʻi qoldigʻi” qatorida “1. Yil boshiga pul mablagʻi qoldigʻi” qatorida aks ettirilgan summa va “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar — jami” qatorida aks ettirilgan tushumlar yigʻindisidan “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatori boʻyicha aks ettirilgan kassa xarajatlarining ayirmasi koʻrsatiladi.
87. “Xarajatlar yoyilmasi”da Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari boʻyicha aks ettiriladi.
88. Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi, mazkur Qoidalarning 146-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
5-§. Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot
89. Mazkur hisobotni tuzishdan oldin tibbiyot muassasalari:
Tibbiyot muassasasining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarining shakllanish manbalariga va sarflanishiga doir birlamchi hujjatlarning toʻliqligini;
shaxsiy hisob raqamlardan olingan koʻchirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlarini tekshirib chiqadilar.
90. “1. Yil boshiga pul mablagʻi qoldigʻi” qatorida tegishli hisobvaraqlarning hisobot yilining birinchi yanvar sanasidagi koʻchirmalariga asosan Tibbiyot muassasasining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha pul mablagʻlari qoldigʻi aks ettiriladi.
Bunda, tibbiyot muassasalariga tegishli boʻlgan gʻaznachilik boʻlinmalaridagi tranzit hisobvaraqlaridagi tegishli pul mablagʻlari qoldigʻini ham hisobga olish lozim.
91. “2. Hisobot davrida tushgan daromadlar — jami” qatorida “a”, “b”, “v”, “g” va “d” qatorlar boʻyicha hisobot davriga tushgan barcha daromadlar (tushumlar)ning yigʻindisi koʻrsatiladi.
92. “a) tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan umumiy budjet mablagʻlarining 5 foizi hisobidan” qatorida tibbiyot muassasasi uchun budjetdan ajratiladigan umumiy mablagʻlarning (xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan jami mablagʻlarning) 5 foizigacha boʻlgan qismining muassasaning mazkur jamgʻarmasiga oʻtkazilgan summalari koʻrsatiladi.
93. “b) homiylar va donor tashkilotlardan” qatorida homiy va donor tashkilotlardan tushgan homiylik yordamlari koʻrsatiladi.
94. “v) pulli davolash va xizmatlar koʻrsatishdan” qatorida tibbiyot muassasalarining pulli davolash va xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlari koʻrsatiladi.
95. “g) hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan budjet mablagʻlari” qatorida qonun hujjatlariga muvofiq koʻrsatilgan jamgʻarmaga oʻtkazilgan tejab qolingan mablagʻlar summasi koʻrsatiladi.
96. “d) vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mulklarini ijaraga berishdan” qatorida tibbiyot muassasalari vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va boshqa mulklarni ijaraga berishdan tushgan daromadlarini koʻrsatadilar.
97. “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatorida 4-ustun “Kassa xarajatlari — jami”da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi koʻrsatiladi.
98. “4. Hisobot davri oxiriga pul mablagʻi qoldigʻi” qatorida “1. Yil boshiga pul mablagʻi qoldigʻi” qatorida aks ettirilgan summa va “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar — jami” qatorida aks ettirilgan tushumlar yigʻindisidan “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatori boʻyicha aks ettirilgan kassa xarajatlarining ayirmasi koʻrsatiladi.
99. “Xarajatlar yoyilmasi”da koʻrsatilgan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari boʻyicha aks ettiriladi.
100. Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi, mazkur Qoidalarning 146-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
6-§. Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov- kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar harakati toʻgʻrisida hisobot
101. Ushbu hisobot taʼlim muassasalaridagi oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish uchun moʻljallangan.
102. Taʼlim muassasalari mazkur hisobotni tuzishdan oldin quyidagilarni toʻgʻriligini tekshirib chiqadilar:
oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlarning shakllanishi va sarflanishiga oid barcha dastlabki hujjatlarning toʻliqligini;
analitik hisob maʼlumotlarining tegishli sintetik hisob maʼlumotlarga muvofiqligini;
tegishli hisob registrlari maʼlumotlarining toʻliq va toʻgʻri yozilganligini.
103. “1. Yil boshiga pul mablagʻi qoldigʻi” qatorida tegishli hisobvaraqlardan koʻchirmalarga muvofiq hisobot yilining birinchi sanasiga mavjud toʻlov-kontrakt mablagʻlari qoldigʻi aks ettiriladi.
104. “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar — jami” qatorida “a”, “b” va “v” qatorlar boʻyicha hisobot davriga tushgan daromadlarning yigʻindisi koʻrsatiladi.
105. “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatorida “Kassa xarajatlari — jami” ustunida aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi koʻrsatiladi.
106. “4. Hisobot davri oxiriga pul mablagʻi qoldigʻi” qatorida “1. Yil boshiga pul mablagʻi qoldigʻi” qatorida aks ettirilgan summa va “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar — jami” qatorida aks ettirilgan tushumlar yigʻindisidan “3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatori boʻyicha aks ettirilgan kassa xarajatlarining ayirmasi koʻrsatiladi.
107. “Xarajatlar yoyilmasi”da toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari boʻyicha aks ettiriladi.
108. Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi, mazkur Qoidalarning 146-bandida nazarda tutilgan tashkilotlar bundan mustasno.
7-§. Boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar harakati boʻyicha hisobot
109. Mazkur hisobot quyidagi budjetdan tashqari mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun moʻljallangan:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun mablagʻlari;
oʻtgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi;
maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan tushumlar;
maktabdan tashqari muassasalarda bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan tushumlar (musiqa va sanʼat maktablari);
xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi boʻyicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlar;
maktab-internatlar va litseylarda bolalarning taʼminoti uchun ota-onalardan tushumlar;
ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari;
umumtaʼlim muassasalarida darsliklar ijarasi toʻlovidan tushgan budjetdan tashqari mablagʻlar;
kapital qoʻyilma mablagʻlari boʻyicha depozitlar;
turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan toʻlovlar;
boshqa taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi;
budjet tashkilotlarining boshqa budjetdan tashqari mablagʻlari;
grantlar, insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari;
kreditlar.
110. Hisobotni tuzishdan oldin tashkilotlar quyidagilarni tekshiradilar:
hisobot choragi mobaynidagi barcha mazkur budjetdan tashqari mablagʻlarining shakllanish manbalariga va sarflanishiga doir birlamchi hujjatlarning toʻliqligini;
hisob raqamlardan olingan koʻchirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlarini.
111. “Yil boshiga mablagʻ qoldigʻi” ustuni boʻyicha tashkilotlar hisobot shaklida keltirilgan barcha budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha hisobot yilining birinchi sanasiga boʻlgan mavjud qoldiq mablagʻlarni aks ettiradilar.
112. “Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar) — jami” ustunida hisobot shaklida keltirilgan barcha budjetdan tashqari mablagʻlarning turlari boʻyicha alohida holda hisobot davrida tashkilotning hisobvaraqlariga kelib tushgan tushumlar aks ettiriladi.
113. “Xarajatlar yoyilmasi” boʻlimi boʻyicha mazkur budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan hisobot davrida amalga oshirilgan kassa va xarajatlarni xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajatlar moddasi, kichik moddasi va elementlari boʻyicha har bir budjetdan tashqari mablagʻlarning turlari boʻyicha alohida holda aks ettiradilar.
114. Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi, mazkur Qoidalarning 146-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
8-§. Joriy yilning moliyaviy natijalari toʻgʻrisida hisobot
115. Mazkur hisobot tashkilotning joriy yilning yakunlari boʻyicha moliyaviy faoliyatining natijasi, yaʼni, har bir daromad (tushum)larning turlarini mazkur daromadlar (tushumlar) hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar bilan solishtirish natijasi boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi.
116. Hisobot “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) va daromadlar (tushumlar) va xarajatlar hisobi yuritiladigan boshqa hisob registrlari maʼlumotlari asosida toʻldiriladi.
117. “1. Daromadlar (tushumlar)” boʻlimi boʻyicha:
“1.1. Budjetdan moliyalashtirish” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 232 — “Budjetdan moliyalashtirish” subschyotining maʼlumotlari aks ettiriladi;
“1.2. Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 242 — “Taʼlim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablagʻlari” subschyotining maʼlumotlari aks ettiriladi;
“1.3. Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushadigan mablagʻlar boʻyicha daromadlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 252 — “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyotining maʼlumotlari aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu maʼlumotlar “a) toʻlov-kontrakt mablagʻlari”, “b) depozitga qoʻyilgan mablagʻlar boʻyicha daromadlar” va “v) boshqa tushumlar” qatorlari boʻyicha alohida holda aks ettiriladi;
“1.4. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlari” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 262 — “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyotining maʼlumotlari aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu maʼlumotlar “Tovar (ish, xizmat)lar realizatsiyasidan”, “Foydalanilmayotgan davlatning mol-mulklarini ijaraga berishdan” va “Homiylik yordamlaridan” qatorlari boʻyicha alohida holda aks ettiriladi;
“1.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlari” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 262 — “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar” subschyotining maʼlumotlari aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu maʼlumotlar “Pulli davolash va xizmatlar koʻrsatishdan”, “Homiy va donor tashkilotlardan” va “Foydalanilmayotgan davlatning mol-mulklarini ijaraga berishdan” qatorlari boʻyicha alohida holda aks ettiriladi;
“1.6. Boshqa daromadlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 272 — “Boshqa budjetdan tashqari daromadlar” va 273 — “Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar” subschyotlarining maʼlumotlari aks ettiriladi;
“1.7. Soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar” qatorida joriy yilda taʼlim muassasalaridagi toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha hamda Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlari boʻyicha hisoblangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar aks ettiriladi.
118. “Daromadlar (tushumlar) jami” qatorida barcha daromadlar (tushumlar)ning yigʻindisi aks ettiriladi.
119. “2. Xarajatlar” boʻlimi boʻyicha:
“2.1. Budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 231 — “Budjet mablagʻlari boʻyicha haqiqiy xarajatlar” subschyotining maʼlumotlari aks ettiriladi;
“2.2. Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 241 — “Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotining maʼlumotlari aks ettiriladi;
“2.3. Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 251 — “Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotining maʼlumotlari aks ettiriladi;
“2.4. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 261 — “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotining maʼlumotlari aks ettiriladi;
“2.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” qatorida tibbiyot muassasalari tomonidan “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 261 — “Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” subschyotining maʼlumotlari aks ettiriladi;
“2.6. Boshqa daromadlar boʻyicha haqiqiy xarajatlar” qatorida “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl)dagi 271 — “Boshqa daromadlar boʻyicha haqiqiy xarajatlar” subschyotining maʼlumotlari aks ettiriladi;
120. “Xarajatlar jami” qatorida mazkur Qoidalarning 117-bandida koʻrsatilgan barcha daromadlar (tushumlar) hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarning yigʻindisi aks ettiriladi.
121. “3. Moliyaviy natija” boʻlimi boʻyicha:
“Joriy yilga moliyaviy natija” qatorida tashkilotning joriy yilga moliyaviy natijasi, yaʼni, jami daromad (tushum) (080-qator)dan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar jami (150-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi.
“a) budjet mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.1. Budjetdan moliyalashtirish” (010-qator)dan “2.1. Budjet mablagʻlari boʻyicha haqiqiy xarajatlar” (090-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;
“b) toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.2. Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar” (020-qator)dan “2.2. Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” (100-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;
“v) taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.3. Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushadigan mablagʻlar boʻyicha daromadlar” (030-qator)dan “2.3. Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” (110-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;
“g) budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha yakuniy moliyaviy natija” qatorida “1.4. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlari” (040-qator)dan “2.4. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” (120-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;
“d) tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlari” (050-qator)dan “2.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” (130-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;
“e) boshqa daromadlar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natija” qatorida “1.6. Boshqa daromadlar” (060-qator)dan “2.6. Boshqa daromadlar boʻyicha haqiqiy xarajatlar” (140-qator)ning ayirmasi aks ettiriladi;
j) budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga hisoblangan soliq va boshqa toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar” qatorida “1.7. Soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar” (070-qator) maʼlumotlari aks ettiriladi.
122. Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan hisobot yili uchun topshiriladigan balans bilan birga taqdim qilinadi.
9-§. Nomoliyaviy aktivlar harakati toʻgʻrisida hisobot
123. Nomoliyaviy aktivlar harakati toʻgʻrisida hisobot tashkilotning hisobot yili mobaynidagi nomoliyaviy aktivlari (asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va tovar-moddiy zaxiralari)ning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi.
124. Mazkur hisobot shaklini tuzishdan oldin tashkilotlar:
hisobot yili boshiga mavjud asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy zaxiralar qoldigʻining toʻgʻriligini (asoslanganligini);
yil mobaynida tashkilotga kirim boʻlgan va tashkilotdan chiqim boʻlgan barcha nomoliyaviy aktivlarni budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobi boʻyicha alohida holda hisob registrlarida Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan 326-son shakldagi asosiy vositalar boʻyicha aylanma qaydnomada, 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da, “Bosh-jurnal kitobi”da (308-shakl) va boshqa tegishli registrlarda) toʻgʻri aks ettirilganligini;
kirim va chiqim operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligini va toʻliqligini tekshirib chiqadilar.
125. Ushbu hisobotda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar toʻgʻrisida maʼlumotlar “Bosh-jurnal kitobi” (308-shakl) va boshqa asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi yuritiladigan hisob registrlari maʼlumotlari asosida toʻldiriladi. Hisobotda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning (budjet yoki budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan olinganligi koʻrsatilgan holda) yil boshiga mavjud qoldigʻi, hisobot yili mobaynida kirim boʻlgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qiymati va chiqim boʻlgan (hisobdan chiqarilgan)larining qiymati, shuningdek hisobot davri oxiriga tashkilotlar balansida qolgan asosiy vositalar va nomoliyaviy aktivlarning qiymati koʻrsatiladi.
126. Asosiy vositalarni har yilgi qayta baholash hisobiga dastlabki qiymatining oʻzgarishi (oshishi yoki kamayishi) hisobot shaklining alohida “Qayta baholash natijasida” qatorida aks ettiriladi.
127. Tovar-moddiy zaxiralar boʻyicha hisobot davri boshiga va oxiriga qoldigʻi, shuningdek tashkilot ehtiyojlari uchun tovar-moddiy zaxiralarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan sarflangan summasi alohida holda koʻrsatiladi.
Shuningdek, tashkilotga hisobot yili mobaynida kirim boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar, jumladan bepul olinganlari, sotib olinganlari, ortiqcha materiallarning kirim qilinganlari hamda yil mobaynida chiqim qilingan material zaxiralar, jumladan bepul berilganlari, sotilganlari, kamomadlar va boshqa sabablar tufayli chiqim qilinganlarining qiymati koʻrsatiladi.
128. Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan hisobot yili uchun topshiriladigan balans bilan birga taqdim qilinadi.
10-§. Xarajatlar smetasi ijrosi haqida oylik hisobot (1-OX shakl)
129. Tashkilotlar xarajatlar smetasi ijrosi haqida oylik hisobotni tuzishdan oldin:
budjet mablagʻlari boʻyicha hisob raqamlardagi mablagʻlar harakati boʻyicha bank koʻchirmalarining toʻliqligini;
hisob raqamlardan (shaxsiy hisobvaraqlardan) oʻtkazilgan mablagʻlarning (amalga oshirilgan toʻlovlarning) toʻgʻriligi va asoslanganligini;
amalga oshirilgan kassa xarajatlarini tegishli hisob registrlariga (294-shakl va Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)ga (keyingi oʻrinlarda 292-shakl daftari deb yuritiladi) toʻliq va toʻgʻri yozilganligini tekshirib chiqadi.
130. Hisob registrlaridagi (294-shakl va 292-shakl daftarlaridagi) yozuvlarning toʻgʻriligiga ishonch hosil qilingandan soʻng, ushbu daftarlar (294-shakl daftari) maʼlumotlari asosida xarajatlar smetasi ijrosi haqida oylik hisobot (1-OX shakl) mazkur Qoidalarning 131 — 139-bandlarida koʻrsatilgan tartibda toʻldiriladi.
131. “Mablagʻlarni yil boshidagi qoldiqlari”, “Mablagʻlarni hisobot oyi boshidagi qoldiqlari” va “Mablagʻlarni hisobot davrining oxiriga qolgan qoldiqlari” ustunlarida gʻazna ijrosiga oʻtilmagan tashkilotlarning budjet mablagʻlari boʻyicha mos ravishda hisobot yili, hisobot oyi boshidagi, shuningdek hisobot davri oxiridagi mavjud mablagʻlar qoldigʻi miqdori koʻrsatiladi;
gʻazna ijrosiga oʻtilgan tashkilotlar esa, ushbu ustunlarni toʻldirmaydilar.
132. “Hisobot oyi uchun ajratilgan mablagʻlar” ustunida tasdiqlangan xarajatlar smetasiga (keyinchalik belgilangan tartibda kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda) muvofiq hisobot oyida tashkilotga budjetdan ajratilgan (hisob raqamiga kelib tushgan) mablagʻlar hisobot shaklida keltirilgan xarajat moddalariga boʻlingan holda koʻrsatiladi. Bunda, notoʻgʻri yoki ortiqcha moliyalashtirilishi va boshqa sabablar tufayli tashkilot tomonidan budjetga qaytarilgan mablagʻlar hisobga olinishi lozim.
133. Davlat budjetining gʻazna ijrosiga oʻtilgan tashkilotlar ushbu ustunda hisobot oyi mobaynida gʻaznachilik boʻlinmalari orqali amalga oshirilgan toʻlovlarni (kassa xarajatini) koʻrsatadilar.
134. “Yil boshidan ajratilgan mablagʻlar” ustunida tasdiqlangan xarajatlar smetasiga (keyinchalik belgilangan tartibda kiritilgan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda) muvofiq hisobot yili boshidan oʻsib boruvchi tartibda tashkilotga budjetdan ajratilgan (hisob raqamiga kelib tushgan) mablagʻlar hisobot shaklida keltirilgan xarajat moddalariga boʻlingan holda koʻrsatiladi. Bunda, notoʻgʻri yoki ortiqcha moliyalashtirilishi va boshqa sabablar tufayli tashkilot tomonidan budjetga qaytarilgan mablagʻlar hisobga olinishi lozim.
135. Davlat budjetining gʻazna ijrosiga oʻtilgan tashkilotlar ushbu ustunda yil boshidan oʻsib boruvchi tartibda gʻaznachilik boʻlinmalari orqali amalga oshirilgan toʻlovlarni (kassa xarajatini) koʻrsatadilar.
136. “Oylik kassa xarajatlari” ustunida tashkilot tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan maqsadlar uchun hisobot oyida budjet mablagʻlari boʻyicha depozit hisob raqamidan (shaxsiy hisobvaragʻidan) oʻtkazilgan (toʻlangan) mablagʻlar hisobot shaklida keltirilgan xarajat moddalariga boʻlingan holda koʻrsatiladi. Bunda, notoʻgʻri yoki ortiqcha oʻtkazilishi (toʻlanishi) va boshqa sabablar tufayli budjet tashkiloti hisob raqamiga (gʻaznachilik boʻlinmalaridagi shaxsiy hisobvaragʻiga) qaytarilgan mablagʻlar (kassa xarajatlarining tiklanishi) hisobga olinishi lozim.
137. “Yil boshidan kassa xarajatlari” ustunida tashkilot tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan maqsadlar uchun hisobot yili boshidan oʻsib boruvchi tartibda budjet hisob raqamidan (gʻaznachilik boʻlinmalaridagi shaxsiy hisobvaragʻidan) oʻtkazilgan (toʻlangan) mablagʻlar hisobot shaklida keltirilgan xarajat moddalariga boʻlingan holda koʻrsatiladi. Bunda, notoʻgʻri yoki ortiqcha oʻtkazilishi (toʻlanishi) va boshqa sabablar tufayli tashkilot hisob raqamiga (gʻaznachilik boʻlinmalaridagi shaxsiy hisobvaragʻiga) qaytarilgan mablagʻlar (kassa xarajatlarining tiklanishi) hisobga olinishi lozim.
138. Xarajatlar smetasi ijrosi oylik hisobot (1-OX shakl) xarajatlar tasnifining har bir boʻlim, kichik boʻlim va bobi boʻyicha alohida holda tuziladi.
139. Budjet hisob raqamlaridagi (shaxsiy hisobvaraqlaridagi) tejab qolingan va belgilangan tartibda rivojlantirish jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkazilgan budjet mablagʻlari alohida (I — IV xarajat guruhlariga qoʻshilmagan holda) “Tejab qolingan va Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilgan mablagʻlar” qatorida kassa xarajatlari sifatida aks ettiriladi va “Xarajatlarning hammasi”da hisobga olinadi.
140. Oylik hisobot hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan taqdim qilinadi, mazkur Qoidalarning 146-bandida nazarda tutilgan tashkilotlar bundan mustasno.
III boʻlim. Moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash hamda taqdim etish tartibi
141. Boʻysunish boʻyicha yuqori turuvchi tashkilotga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi. Markazlashtirilgan buxgalteriyada moliyaviy hisobotlar u tashkil etilgan tashkilot rahbari tomonidan hamda markazlashtirilgan buxgalteriyaning bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi.
Bunda, gʻazna ijrosiga oʻtilgan tashkilotlarning tegishli moliyaviy hisobotlari, jumladan, xarajatlar smetasi ijrosi haqidagi oylik hisobot (1-OX shakl), xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl) hamda budjetdan tashqari mablagʻlarning harakati toʻgʻrisida hisobotlar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
142. Vazirliklar va idoralar, hokimliklar boshqarmalari (boʻlimlari)ning Moliya vazirligi hamda hududiy moliya organlariga taqdim etiladigan jamlama moliyaviy hisobotlari tegishli ravishda mazkur boshqaruv idoralarining vakolatli rahbari va ushbu idoralarning buxgalteriya xizmatlari rahbarlari (hisobchilari) tomonidan imzolanadi. Vazirliklar va idoralar, hokimliklar boshqarmalari (boʻlimlari) muhrlarisiz hamda yuqorida koʻrsatilgan mansabdor shaxslarning imzolarisiz moliyaviy hisobotlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
143. Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetida turadigan tashkilotlar moliyaviy hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli buyruqlariga muvofiq belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar.
144. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar)lar budjetlarida turadigan tashkilotlar moliyaviy hisobotlarni tegishli vazirlik va idoralarga, hokimliklar boshqarmalariga (boʻlimlariga) ular tomonidan belgilangan, lekin mazkur Qoidalar bilan oʻrnatilgan muddatlardan kech boʻlmagan muddatlarda taqdim etadilar.
145. Tashkilotlar tegishli moliya organlariga ular tomonidan belgilangan, lekin mazkur Qoidalar bilan belgilangan muddatlardan kech boʻlmagan muddatlarda jamlama moliyaviy hisobotlarni taqdim etadilar. Muddatlar tegishli budjetning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarning yuqori turuvchi moliya organiga oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlashni hisobga olgan holda belgilanadi.
146. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 9-son, 51-modda) muvofiq, moliya yiliga qoʻshimcha vaqt etib belgilangan davr mobaynida operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun moliyaviy hisobotlarni topshirishning alohida muddatlari Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
147. Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetida turadigan tashkilotlar yuqori turuvchi idoralarga hisobotlarni boʻysunishiga qarab ular tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etadilar.
148. Oʻzbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari choraklik jamlama moliyaviy hisobotlarni hisobot davridan keyin 25 kundan kechiktirmasdan, yillik moliyaviy hisobotlarni esa, hisobot yilidan keyin keladigan yilning 20-fevralidan kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatilgan muddatlar doirasida vazirlik va idoralar tomonidan choraklik va yillik jamlama moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning differensiyalangan muddatlarini belgilaydi.
149. Moliyalashtirilishi (xarajatlarining toʻlanishi) yil davomida bir budjetdan boshqasiga oʻtkazilgan yoki bir vazirlik (idora) tasarrufidan boshqasiga oʻtkazilgan tashkilotlarda oʻtkazish sanasiga moliyaviy hisobot (yillik hisobot shakllari hajmida) tuziladi hamda u ilgarigi va hozirgi yuqori turuvchi idoralarga taqdim etiladi. Kelgusida hisobot faqat yangi yuqori turuvchi idoraga taqdim etiladi.
150. Tashkilotlar uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish sanasi ular tomonidan haqiqatda taqdim etilgan sana hisoblanadi. Hisobot taqdim etish uchun belgilangan muddat ishlamaydigan kunga toʻgʻri kelgan taqdirda hisobot ishlamaydigan kun arafasidagi soʻnggi ish kunida taqdim etiladi.
151. Vazirlik va idoralar, hokimliklar boshqarmalari (boʻlimlari) hamda boshqa budjet mablagʻlarini oluvchilar tomonidan hisobotlar belgilangan muddatda topshirilmagan taqdirda Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari budjet mablagʻlarini oluvchilar rahbarlarini yozma ravishda ogohlantirgan holda budjetdan moliyalashni (xarajatlarini toʻlashni) cheklashlari, zarur hollarda esa toʻxtatib qoʻyishlari mumkin.
152. Moliyaviy hisobotlarda oʻchirish va ustiga yozishlar boʻlmasligi kerak. Hisobotlarda xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ularni hisobotlarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlaydilar. Moliyaviy hisobotlarga kiritilgan barcha tuzatishlar haqida ularni yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tekshirish va tasdiqlashda mazkur moliyaviy hisobotlar taqdim etilgan barcha joylarga (manzilgohlarga) majburiy tartibda xabar qilinishi shart.
153. Tashkilotlar, hokimliklar boshqarmalari (boʻlimlari) hamda boshqa budjet mablagʻlarini oluvchilar (budjet mablagʻlarini bosh taqsimlovchilar) oʻz tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini qabul qiladilar, koʻrib chiqadilar hamda tasdiqlaydilar, agarda qonunchilikda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa.
154. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari oʻtgan yilgi moliya yakunlarini chiqarishda vazirlik va idoralar, hokimliklar boshqarmalari (boʻlimlari)ning oʻz tasarrufidagi tashkilotlarining yillik moliyaviy hisobotlarini koʻrib chiqishda ishtirok etishlari mumkin.
155. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari quyidagi huquqlarga ega:
zarur hollarda moliyaviy hisobotda keltirilgan maʼlumotlar yuzasidan tushuntirishlar talab qilish;
buxgalteriya hisobi va hisobotlari maʼlumotlarini hamda ularning hujjatlar bilan asoslanganligini, shuningdek taftish dalolatnomalari va tashkilotning moliya-xoʻjalik faoliyatini oʻrganish materiallarini joyida koʻrib chiqish.
156. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari moliyaviy hisobotlarda nomuvofiqliklar va noaniqliklar mavjud boʻlganda oʻz eʼtiroz va takliflarini tegishli tashkilotlarga ular qabul qilingan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan xabar qiladi.
IV boʻlim. Nazorat va javobgarlik
157. Mazkur Qoidalar talablarining bajarilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
158. Tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari moliyaviy hisobot maʼlumotlarining toʻliqligi, toʻgʻriligi hamda oʻz vaqtida taqdim qilinishi yuzasidan javobgardirlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarga
1-ILOVA

1-son shakl‎

BALANS
‎20 ___ yil 1 _______________ holatiga

Tashkilot ______________________________________________
‎‎Hisobot davri: yillik, 1-aprel, 1-iyul, 1-oktabr
Budjet turi ___________________________________________
‎‎Oʻlchov birligi _________________________________________


‎AKTIV ‎


‎Qator kodi‎

‎Yil boshiga‎

‎Yil (chorak) oxiriga‎

I BOʻLIM. NOMOLIYAVIY AKTIVLAR
‎1-§. Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar ‎

Asosiy vositalar: ‎
Boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati (010, 011, 012, 013, 015, 018, 019-subschyotlar)‎ 010‎
Eskirish summasi (020, 021, 022, 023, 025, 029-subschyotlar)‎ 011‎
Qoldiq (balans) qiymati (010 qator — 011 qator)‎ 012‎
Nomoddiy aktivlar (030-subschyot)‎ 020‎
Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar — jami (012 + 020 qatorlar)‎ 030‎

2-§. Noishlab chiqarish aktivlari‎

Yerni obodonlashtirish (040-subschyot)‎ 040‎

3-§. Tovar-moddiy zaxiralar‎

Tayyor mahsulot (050-subschyot)‎ 050‎
Qurilish materiallari (060-subschyot)‎ 060‎
Oziq-ovqat mahsulotlari (061-subschyot)‎ 061‎
Dori-darmonlar va yarani bogʻlash vositalari (062-subschyot)‎ 062‎
Inventar va xoʻjalik jihozlari (063-subschyot)‎ 063‎
Yonilgʻi, yoqilgʻi-moylash materiallari (064-subschyot)‎ 064‎
Mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari (065-subschyot) ‎ 065‎
Boshqa tovar-moddiy zaxiralar (069-subschyot)‎ 066‎
Tovar-moddiy zaxiralar — jami (050 + 060 + 061 + 062 + 063 + 064 + 065 + 066 qatorlar) ‎ 070‎

4-§. Nomoliyaviy aktivlarga qoʻyilmalar‎

Oʻrnatish uchun moʻljallangan asbob-uskunalar (070-subschyot)‎ 080‎
Tugallanmagan qurilish (071-subschyot)‎ 081‎
Asosiy vositalarga boshqa xarajatlar (072-subschyot)‎ 082‎
Nomoddiy aktivlarga xarajatlar (080-subschyot)‎ 090‎
Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar (090-subschyot)‎ 100‎
Tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlar (091-subschyot)‎ 101‎
Nomoliyaviy aktivlarga qoʻyilmalar — jami (080 + 081 + 082 + 090 + 100 + 101 qatorlar)‎ 110‎

I BOʻLIM BOʻYIChA JAMI (030 + 040 + 070 + 110 qatorlar)‎

120‎

II BOʻLIM. MOLIYAVIY AKTIVLAR‎

Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan budjet mablagʻlari (100-subschyot)‎ 130‎
Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan budjet mablagʻlari (101-subschyot)‎ 131‎
Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablagʻlar (110-subschyot)‎ 140‎
Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar (111-subschyot)‎ 141‎
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari (112-subschyot)‎ 142‎
Boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar (113-subschyot)‎ 143‎
Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida boʻladigan mablagʻlar (114-subschyot)‎ 144‎
Valyuta hisobvaragʻi (115-subschyot)‎ 145‎
Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablagʻlari (119-subschyot)‎ 146‎
Milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlari (120-subschyot)‎ 150‎
Xorijiy valyutadagi naqd pul mablagʻlari (121-subschyot)‎ 151‎
Akkreditivlar (130-subschyot)‎ 160‎
Yoʻldagi pul mablagʻlari (131-subschyot)‎ 161‎
Pul ekvivalentlari (132-subschyot)‎ 162‎
Depozitga qoʻyilgan pul mablagʻlari (140-subschyot)‎ 170‎

II BOʻLIM BOʻYIChA JAMI (130 + 131 + 140 + 141 + 142 + 143 + 144 + 145 + 146 + 150 + 151 + 160 + 161 + 162 + 170 qatorlar)‎

180‎

III BOʻLIM. DEBITORLAR‎

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar (150-subschyot)‎ 190‎
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar (152-subschyot)‎ 191‎
Sugʻurta boʻyicha toʻlovlar (154-subschyot)‎ 192‎
Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar (156-subschyot) ‎ 193‎
Boshqa debitorlar bilan hisob-kitoblar (159-subschyot)‎ 194‎
Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar (160-subschyot) ‎ 200‎
Yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha hisob-kitoblar (161-subschyot)‎ 201‎
Shaxsiy jamgʻarib boriladigan Pensiya hisobvaragʻi badallari boʻyicha hisob-kitoblar (162-subschyot)‎ 202‎
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan hisob-kitoblar (163-subschyot)‎ 203‎
Boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan hisob-kitoblar (169-subschyot)‎ 204‎
Kamomadlarga doir hisob-kitoblar (170-subschyot)‎ 210‎
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar (172-subschyot)‎ 211‎
Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar (175-subschyot)‎ 212‎
Xodimlar bilan boshqa hisob-kitoblar (179-subschyot)‎ 213‎
Yuqori va quyi tashkilotlar oʻrtasidagi boshqa hisob-kitoblar (180-subschyot)‎ 220‎

III BOʻLIM BOʻYIChA JAMI (190 + 191 + 192 + 193 + 194 + 200 + 201 + 202 + 203 + 204 + 210 + 211 + 212 + 213 + 220 qatorlar)‎

230‎
BALANS (120 + 180 + 230 qatorlar)‎ 240‎

PASSIV‎

Qator kodi‎

Yil boshiga‎

Yil oxiriga (chorak)‎

III BOʻLIM. KREDITORLAR‎

Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar (150-subschyot)‎ 250‎
Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar (152-subschyot)‎ 251‎
Sugʻurta boʻyicha toʻlovlar (154-subschyot)‎ 252‎
Budjet tashkilotini�g ixtiyorida vaqtincha boʻladigan mablagʻlar boʻyicha hisob-kitoblar (155-subschyot)‎ 253‎
Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar (156-subschyot) ‎ 254‎
Boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblar (159-subschyot)‎ 255‎
Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar (160-subschyot) 260‎
Yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha hisob-kitoblar (161-subschyot)‎ 261‎
Shaxsiy jamgʻarib boriladigan Pensiya hisobvaragʻi badallari boʻyicha hisob-kitoblar (162-subschyot)‎ 262‎
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan hisob-kitoblar (163-subschyot)‎ 263‎
Boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan hisob-kitoblar (169-subschyot)‎ 264‎
Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar boʻyicha hisob-kitoblar (171-subschyot)‎ 270‎
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar (172-subschyot)‎ 271‎
Xodimlar bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar (173-subschyot)‎ 272‎
Stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar (174-subschyot)‎ 273‎
Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar (175-subschyot)‎ 274‎
Xodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq boʻyicha hisob-kitoblar (176-subschyot)‎ 275‎
Deponentlangan toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar (177-subschyot)‎ 276‎
Xodimlar bilan boshqa hisob-kitoblar (179-subschyot)‎ 277‎
Yuqori va quyi tashkilotlar oʻrtasidagi boshqa hisob-kitoblar (180-subschyot)‎ 280‎

III BOʻLIM BOʻYIChA JAMI (250 + 251 + 252 + 253 + 254 + 255 + 260 + 261 + 262 + 263 + 264 + 270 + 271 + 272 + 273 + 274 + 275 + 276 + 277 + 280 qatorlar)

290‎

IV BOʻLIM. MOLIYAVIY NATIJALAR‎

Budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar (231-subschyot)‎ 300‎
Budjetdan moliyalashtirish (232-subschyot)‎ 301‎
Budjet mablagʻlari boʻyicha hisobot davriga joriy moliyaviy natija (301-300 qatorlar)‎ 302‎
Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar hisobiga amalga oshirilgan xarajatlar (241-subschyot)‎ 310‎
Taʼlim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablagʻlari (242-subschyot)‎ 311‎
Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha hisobot davriga joriy moliyaviy natija (311-310 qatorlar) ‎ 312‎
Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar (251-subschyot)‎ 320‎
Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha daromadlar (252-subschyot)‎ 321‎
Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar boʻyicha hisobot davriga joriy moliyaviy natija (321-320 qatorlar)‎ 322‎
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar (261-subschyot)‎ 330‎
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar (262-subschyot)‎ 331‎
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha hisobot davriga joriy moliyaviy natija (331-330 qatorlar)‎ 332‎
Boshqa daromadlar boʻyicha xarajatlar (271-subschyot)‎ 340‎
Boshqa budjetdan tashqari daromadlar (272-subschyot)‎ 341‎
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar (273-subschyot) ‎ 342‎
Boshqa daromadlar boʻyicha hisob�t davriga joriy moliyaviy natija (341+342-340 qatorlar)‎ 343‎
Yakuniy moliyaviy natija (351 + 352 + 353 + 354 + 355 + 356 qatorlar) ‎ 350‎
Budjet mablagʻlari boʻyicha yakuniy moliyaviy natija (280-subschyot) ‎ 351‎
Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha yakuniy moliyaviy natija (281-subschyot)‎ 352‎
Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha yakuniy moliyaviy natija (282-subschyot)‎ 353‎
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha yakuniy moliyaviy natija (283-subschyot)‎ 354‎
Boshqa daromadlar boʻyicha yakuniy moliyaviy natija (284-subschyot)‎ 355‎
Budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar (285-subschyot) ‎ 356‎
IV BOʻLIM BOʻYIChA JAMI (302 + 312 + 322 + 332 + 343 + 350 qatorlar)‎ 360‎
BALANS (290 + 360 qatorlar)‎ 370‎

V BOʻLIM. BALANSDAN TAShQARI SChYOTLAR‎

Ijaraga olingan asosiy vositalar (01)‎ 380‎
Masʼul saqlashga olingan tovar-moddiy qimmatliklar (02)‎ 381‎
Qatʼiy hisobot blanklari (04)‎ 382‎
Toʻlovga qobiliyatsiz debitorlarning qarzlarini xarajatga chiqazilishi (05)‎ 383‎
Markazlashtirilgan taʼminot boʻyicha toʻlangan moddiy qimmatliklar (06)‎ 384‎
Oʻquvchilar va talabalarning qaytarilmagan moddiy qimmatliklar boʻyicha qarzlari (07)‎ 385‎
Koʻchma sport sovrinlari va kuboklari (08)‎ 386‎
Toʻlanmagan yoʻllanmalar (09)‎ 387‎
Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari (10)‎ 388‎
Harbiy texnikalarning oʻquv predmetlari (11)‎ 389‎
Eskirganlarining oʻrniga berilgan transport vositalarining ehtiyot qismlari (12)‎ 390‎


‎Rahbar __________________‎


‎Bosh hisobchi _______________

(imzo)‎

(imzo)

M.Oʻ.‎

‎‎___ ____________ 20____ yil
Balans (1-shakl) ga
ILOVA

20___ yilning 1-yanvar holatiga
‎subschyotlar boʻyicha amalga oshirilgan yakuniy yozuvlar toʻgʻrisida
‎MAʼLUMOT

Subschyotlar

______ yil 1-yanvar holatiga qoldiq (yakuniy yozuvlarga qadar)

Subschyotlar boʻyicha yakuniy yozuvlar

‎‎230-subschyot

‎‎240-subschyot‎

‎‎250-subschyot‎

‎‎260-subschyot‎

‎‎270-subschyot

d-t‎

k-t‎

d-t‎

k-t‎

d-t‎

k-t‎

d-t‎

k-t‎

d-t‎

k-t‎

d-t‎

k-t‎

231‎ x‎
232‎ x‎
241‎ x‎
242‎ x‎
251‎ x‎
252‎ x‎
261‎ x‎
262‎ x‎
271‎ x‎
272‎ x‎
273‎ x‎
Jami‎
Qoldiq‎

Rahbar ______________________

Bosh hisobchi______________‎________
‎‎(imzo)

(imzo)‎‎‎

M.Oʻ‎ ____ _________________ 20____ yil
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarga
2-ILOVA

‎‎2-son shakl

Xarajatlar smetasining ijrosi haqida
‎HISOBOT
‎20____ yil _________________ holatiga

Tashkilot __________________________________________
Boʻlim _______ kichik boʻlim_______ bob _____
‎‎Hisobot davri: yillik, 1-aprel, 1-iyul, 1-oktabr holatiga
Budjet turi __________________________________________________
Oʻlchov birligi: ______________________________

Toifa‎

Modda va kichik modda‎

Element‎

Xarajatlar nomi‎

Qator kodi‎

Tasdiqlangan (aniqlangan) reja‎

Hisobot davri uchun moliyalashtirilgan‎

Kassa
‎xarajati — jami‎

Haqiqiy
‎xarajatlar — jami‎

‎‎A

B‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

x‎

x‎

x‎

Tejab qolingan va Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilgan mablagʻlar.‎

Xarajatlarning hammasi‎
‎‎Rahbar _______________________ ‎‎Bosh hisobchi __________________________

‎‎(imzo)

‎‎(imzo)

M.Oʻ‎ ‎‎____ _________________ 20____ yil
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarga
3-ILOVA

Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisida
‎M A ʼ L U M O T
‎20___ yil __________________ holatiga

Tashkilot ___________________________________________________________________
Bob ____
Hisobot davri: yillik, 1-aprel, 1-iyul, 1-oktabr holatiga
Budjet turi ________________________________________________________________
Oʻlchov birligi: _____________

T/r‎‏

Xa�ajat moddasi‎‏

Xarajat nomi‎‏

Jami qarzdorlik‎‏

Shundan

Shundan muddati oʻtgan qarzdorlik — jami

Shu jumladan

Shundan respublika tashqarisida

Izoh

budjet hisobidan‎

budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan‎

budjet hisobidan‎

budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan‎

A‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

‎‎DEBITOR QARZDORLIK:

1-gr. boʻyicha jami‎

Ish va unga tenglashtirilgan toʻlovlar‎

...‎
2-gr. boʻyicha jami‎

Ish haqiga qoʻshimchalar‎

...‎
3-gr. boʻyicha jami‎

Kapital qoʻyilmalar‎

...‎
4-gr. boʻyicha jami‎

Boshqa xarajatlar‎

...‎

Xarajatlar guruhlari boʻyicha jami:‎

Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha‎

Pensiya jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladigan toʻlovlarni hisoblanishi boʻyicha‎

Kamomadlarga doir hisob-kitoblar boʻyicha‎

Talabalar bilan toʻlov-kontrakt mablagʻlari yuzasidan hisob-kitoblar boʻyicha‎

Yuqori va quyi tashkilotlar oʻrtasidagi boshqa hisob-kitoblar boʻyicha‎

Yuqoridagi aks ettirilganlardan tashqari boshqa hisob-kitoblar boʻyicha debitorlik qarzlar‎

Hammasi:‎

‎‎KREDITOR QARZDORLIK:

1-gr. boʻyicha jami‎

Ish va unga tenglashtirilgan toʻlovlar‎

...‎
2-gr. boʻyicha jami‎

Ish haqiga qoʻshimchalar‎

...‎
3-gr. boʻyicha jami‎ Kapital qoʻyilmalar‎
...‎
4-gr. boʻyicha jami‎ Boshqa xarajatlar‎
...‎

Xarajatlar guruhlari boʻyicha jami:‎

Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha boʻladigan mablagʻlar yuzasidan hisob-kitoblar boʻyicha‎

Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha‎

Budjetga toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar boʻyicha (1 va 4-guruhda koʻrsatilganlaridan tashqari) ‎

Boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan hisob-kitoblar boʻyicha (1, 2 va 4-guruhlarda koʻrsatilganlaridan tashqari) ‎

Talabalar bilan toʻlov-kontrakt mablagʻlari yuzasidan hisob-kitoblar boʻyicha‎

Yuqori va quyi tashkilotlar oʻrtasidagi boshqa hisob-kitoblar boʻyicha‎

Yuqoridagi aks ettirilganlardan tashqari boshqa hisob-kitoblar boʻyicha kreditorlik qarzlar‎

Hammasi:‎
‎‎Rahbar _________________________ ‎‎Bosh hisobchi __________________________

(imzo)‎

(imzo)‎
M.Oʻ‎ ‎‎____ _________________ 20____ yil
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarga
4-ILOVA

Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida
‎HISOBOT
‎20____ yil _____________ holatiga

‎‎
‎Tashkilot _________________
Hisobot davri: yillik, 1-aprel, 1-iyul, 1-oktabr
‎‎Budjet turi ______________
Oʻlchov birligi ____________

‎‎Koʻrsatkichlar

Summa‎

‎‎1. Yil boshiga pul mablagʻi qoldigʻi
‎‎2. Hisobot davrida tushgan daromadlar — jami
‎‎shu jumladan:
‎‎a) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan
‎‎b) vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mulklarini ijaraga berishdan
‎‎v) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga koʻrsatiladigan homiylik (begʻaraz) yordami hisobidan
‎‎g) hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan budjet mablagʻlari
‎‎3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami
‎‎4. Hisobot davri oxiriga pul mablagʻi qoldigʻi

‎‎
‎Xarajatlar yoyilmasi

Xarajatlar nomi‎

toifa‎

modda va kichik modda ‎

element‎

Kassa xarajatlari — jami‎

Xarajat (261-subschyot boʻyicha)‎

A‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

Xarajatlarning hammasi‎
‎‎Rahbar ______________________ ‎‎Bosh hisobchi _____________________
(imzo)‎

(imzo)‎

M.Oʻ.‎ ‎‎____ ______________ 20____ yil
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarga
5-ILOVA

Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida
‎HISOBOT
‎20____ yil _____________ holatiga

‎‎
‎Tashkilot _________________
Hisobot davri: yillik, 1-aprel, 1-iyul, 1-oktabr
‎‎Budjet turi ______________
Oʻlchov birligi ____________

‎‎Koʻrsatkichlar

Summa‎

‎‎1. Yil boshiga pul mablagʻi qoldigʻi
‎‎2. Hisobot davrida tushgan daromadlar — jami
‎‎shu jumladan:
a) tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining 5 foizi hisobidan
b) homiy va donor tashkilotlardan‎‎
v) pulli davolash va xizmatlar koʻrsatishdan
g) hisobot choragining oxirgi ish kunida tejab qolingan budjet mablagʻlari
d) vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mulklarini ijaraga berishdan
‎‎3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami
‎‎4. Hisobot davri oxiriga pul mablagʻi qoldigʻi

‎‎
‎Xarajatlar yoyilmasi

Xarajatlar nomi‎

toifa‎

modda va kichik modda ‎

element‎

Kassa xarajatlari — jami‎

Xarajat (261-subschyot boʻyicha)‎

A‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

Xarajatlarning hammasi‎
‎‎Rahbar ______________________ ‎‎Bosh hisobchi _____________________
(imzo)‎

(imzo)‎

M.Oʻ.‎ ‎‎____ ______________ 20____ yil
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarga
6-ILOVA

Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar harakati toʻgʻrisida
‎HISOBOT
‎ 20____ yil _____________ holatiga

‎‎
‎Tashkilot _________________
Hisobot davri: yillik, 1-aprel, 1-iyul, 1-oktabr
‎‎Budjet turi ______________
Oʻlchov birligi ____________

‎‎Koʻrsatkichlar

Summa‎

‎‎1. Yil boshiga pul mablagʻi qoldigʻi
‎‎2. Hisobot davrida tushgan daromadlar — jami
‎‎shu jumladan:
a) 01.03.20___ yilga oʻtuvchi kontrakt summasi (20___ — 20___ oʻquv yili uchun)
b) joriy yil uchun tushgan kontrakt summasi (20___ — 20___ oʻquv yili uchun
v) boshqa tushumlar
‎‎3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami
‎‎4. Hisobot davri oxiriga pul mablagʻi qoldigʻi

‎‎
‎Xarajatlar yoyilmasi

Xarajatlar nomi‎

toifa‎

modda va kichik modda ‎

element‎

Kassa xarajatlari — jami‎

Xara�at (251-subschyot boʻyicha)‎

A‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

Xarajatlarning hammasi‎
‎‎Rahbar ______________________ ‎‎Bosh hisobchi _____________________
(imzo)‎

(imzo)‎

M.Oʻ.‎ ‎‎____ ______________ 20____ yil
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarga
7-ILOVA

‎‎Boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar harakati boʻyicha
‎HISOBOT
‎20___ yil __________________ holatiga

‎‎
‎Tashkilot ______________________________
‎‎Hisobot davri: yillik, 1-aprel, 1-iyul, 1-oktabr
‎‎Budjet turi ___________________________
Oʻlchov birligi _________________________

Tushumlarning nomi‎

Yil boshiga mablagʻ qoldigʻi‎

Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar) — jami‎

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun mablagʻlari (4-002-0-0)‎
Oʻtgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi (4-004-0-0).‎
Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan tushumlar (4-005-0-0)‎
Maktabdan tashqari muassasalarda bolalar taʼminoti uchun ota-onalardan tushumlar (musiqa va sanʼat maktablari) (4-006-0-0)‎
Xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi boʻyicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlar (4-007-0-0)‎
Maktab-internatlar va litseylarda bolalarning taʼminoti uchun ota-onalardan tushumlar (4-008-0-0) ‎
Ajratmalar hisobiga shakllanadigan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari (4-010-0-0)‎
Umumtaʼlim muassasalarida darsliklar ijarasi toʻlovidan tushgan budjetdan tashqari mablagʻlar (4-011-0-0)‎
Kapital qoʻyilma mablagʻlari boʻyicha depozitlar (4-012-0-0)‎
Turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan toʻlovlar (4-013-0-0) ‎
Boshqa taʼlim muassasalarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi (4-015-0-0)‎
Budjet tashkilotlarining boshqa budjetdan tashqari mablagʻlari (4-999-0-0)‎
Grantlar, insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari — jami ‎
Kreditlar (6-000-0-0)‎

orqa tomoni


‎XARAJATLAR YoYILMASI


‎A. KASSA XARAJATLARI

Xarajatlar nomlashini‎

Toifa

Modda va kichik modda

Element‎‏

Mablagʻlar manbasi va budjetlar darajasi tasnifi boʻyicha kodlar kesimida

4-002-0-0‎

4-004-0-0‎

4-005-0-0‎

4-006-0-0‎

4-007-0-0‎

4-008-0-0‎

4-010-0-0‎

4-011-0-0‎

4-012-0-0‎

4-013-0-0‎

4-015-0-0‎

4-999-0-0‎

5-000-0-0‎

6-000-0-0‎

A‎

B‎

V‎

G‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami‎

x‎

x‎

x‎

Hisobot davri oxiriga pul mablagʻi qoldigʻi‎

x‎

x‎

x‎

B. HAQIQIY XARAJATLAR

Xarajatlar nomlashini‎‏

Toifa

Modda va kichik modda

Element

Mablagʻlar manbasi va budjetlar darajasi tasnifi boʻyicha kodlar kesimida‎‎

4-005-0-0‎

4-006-0-0‎

4-007-0-0‎

4-008-0-0‎

4-010-0-0‎

4-013-0-0‎

4-015-0-0‎

4-999-0-0‎

A‎

B‎

V‎

G‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

Haqiqiy xarajatlar — jami‎

x‎

x‎

x‎

‎‎Rahbar ________________________ ‎‎Bosh hisobchi_______________________

‎‎(imzo)‎

(imzo)‎
M.Oʻ‎ ‎____ ______________ 20____ yil
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarga
8-ILOVA

Joriy yilning moliyaviy natijalari toʻgʻrisida
‎HISOBOT*
‎20___ yil _____________ holatiga‎


‎Tashkilot _________________
‎‎Hisobot davri: yillik
‎‎Budjet turi ______________
‎‎Oʻlchov birligi ____________

Koʻrsatkichlar‎

Qator kodi‎

Summa‎

1.1. Budjetdan moliyalashtirish ‎

010‎

1.2. Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar ‎

020‎

1.3. Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushadigan mablagʻlar boʻyicha daromadlar (031 + 032 + 033) ‎

030‎
shundan:‎

a) toʻlov-kontrakt mablagʻlari‎

031‎

b) depozitga qoʻyilgan mablagʻlar boʻyicha daromadlar‎

032‎
v) boshqa tushumlar‎ 033‎

1.4. Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlari (041 + 042 + 043)‎

040‎
shunda�:‎

a) tovar (ish, xizmat) realizatsiyasidan‎

041‎

b) foydalanilmayotgan davlatning mol-mulklarini ijaraga berishdan‎

042‎
v) homiylik yordamlaridan‎ 043‎

1.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlari (051 + 052 + 053)‎

050‎

a) pulli davolash va xizmatlar koʻrsatishdan‎

051‎

b) xomiy va donor tashkilotlardan‎

052‎

v) foydalanilmayotgan davlatning mol-mulklarini ijaraga berishdan‎

053‎

1.6. Boshqa daromadlar (061 + 062)‎

060‎
shundan:‎

a) inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar ‎

061‎

b) boshqa budjetdan tashqari daromadlar ‎

062‎

1.7. Soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar (071 + 072)‎

070‎
shundan:‎

a) taʼlim muassasalaridagi toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha‎

071‎

b) budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlari boʻyicha‎

072‎

Daromadlar (tushumlar) jami (010 + 020 + 030 + 040 + 050 + 060 + 070)‎

080‎

‎‎2. Xaraja�lar

2.1. Budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar ‎

090‎

2.2. Toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlar hisobiga amalga oshirilgan xarajatlar ‎

100‎

2.3. Taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar ‎

110‎

2.4. Budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar‎

120‎

2.5. Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar‎

130‎

2.6. Boshqa daromadlar boʻyicha xarajatlar ‎

140‎

Xarajatlar jami (090+100+110+120+130+140)‎

150‎

‎‎3. Moliyaviy natija

Joriy yilga moliyaviy natija (161 + 162 + 163 + 164 + 165 + 166 + 167) ‎

160‎
shundan:‎

a) budjet mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natija (010-090) ‎

161‎

b) toʻlovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natija (020-100)‎

162‎

v) taʼlim muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natija (030-110)‎

163‎

g) budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha joriy yilga m�liyaviy natija (040-120)‎

164‎

d) tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi boʻyicha joriy yilga moliyaviy natija (050-130)‎

165‎

e) boshqa daromadlar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natija (060-140)‎

166‎

j) budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga hisoblangan soliq va boshqa toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar (070)‎

167‎


‎‎‎Rahbar _____________‎‎ ‎

(imzo)‎‎

Bosh hisobchi _________‎

(imzo)‎‎

‎M.Oʻ‎‎‎‎‎‎‎‎‎

‎‎ ‎‎‎‎ ‎____ ___________ 20____ yil

* Agarda budjet tashkilotlari tomonidan hisobot davrida tovar (ish, xizmat)lar realizatsiyasidan (pulli davolash va xizmatlar koʻrsatishdan) daromad olingan boʻlsa, u holda ushbu hisobotga belgilangan tartibda tuzilgan Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot (2-shakl) ilova qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarga
9-ILOVA

Nomoliyaviy aktivlar harakati toʻgʻrisida
‎HISOBOT‎

Tashkilot ______________________

‎‎5-son shakl

‎‎Bob _______
Hisobot davri: yillik

‎‎20___ y. 1-yanvar holatiga

Budjet turi ____________________
‎‎Oʻlchov birligi: ______________

Koʻrsatkich nomi

Qator kodi

‎‎Yil boshiga qoldiq

‎‎Yil oxiriga qoldiq

‎‎Yil mobaynida tashkilot ehtiyojlari uchun sarflandi

jami

‎‎shu jumladan

‎‏jami

‎‎shu jumladan

jami

‎‎shu jumladan‎

budjet mablagʻlari hisobidan‎

budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan‎

budjet mablagʻlari hisobidan

budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan‎

budjet mablagʻlari hisobidan‎

budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

Asosiy vositalar — jami (011 + 012 + 013 + 014 + 015 + 016 + 017)‎

010‎ x‎ x‎‎ x‎‎
Shundan: turar joy imoratlar (010)‎ 011‎ x‎‎ x‎‎ x‎‎
Noturar joy imoratlar (011)‎ 012‎ x‎‎ x‎‎ x‎‎
Inshootlar (012)‎ 013‎ x‎‎ x‎‎ x‎‎
Mashina va jihozlar (013)‎ 014‎ x‎‎ x‎‎ x‎‎
Transport vositalari (015)‎ 015‎ x‎‎ x‎‎ x‎‎
Kutubxona fondi (018)‎ 016‎ x‎‎ x‎‎ x‎‎
Boshqa asosiy vositalar (019)‎ 017‎ x‎‎ x‎‎ x‎‎

Nomoddiy aktivlar (030)‎

020‎ x‎‎ x‎‎ x‎‎

Tovar-moddiy zaxiralar — jami (031 + 032 + 033 + 034 + 035 + 036 + 037 + 038)‎

030‎
Tayyor mahsulot (050)‎ 031‎
Qurilish materiallari (060)‎ 032‎
Oziq-ovqat mahsulotlari (061)‎ 033‎

Dori-darmonlar va yarani bogʻlash vositalari (062)‎

034‎

Inventar va xoʻjalik jihozlari (063)‎

035‎
Shu jumladan: qogʻoz‎

Yonilgʻi, yoqilgʻi-moylash materiallari (064)‎

036‎

Mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari (065)‎

037‎
Boshqa tovar-moddiy zaxiralar (069)‎ 038‎
Jami (010 + 020 + 030)‎ 040‎

Koʻrsatkichlar nomi‎‏

Qator kodi‎‏

Asosiy vositalar jami‎‏

Shundan‎‎

Nomoddiy aktivlar jami

Shundan‎‎

Tovar-moddiy zaxiralar jami‎‏

Shundan‎‎

budjet mablagʻlari hisobiga‎

budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga‎

budjet mablagʻlari hisobiga‎

budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga‎

budjet mablagʻlari hisobiga‎

budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

Kirim — jami (051 + 052 + 053 + 054 + 055 + 056 + 057 + 058)‎ 050‎
shu jumladan:‎
sotib olindi‎ 051‎
qurildi (yaratildi, tayyorlandi)‎ 052‎
begʻaraz olindi‎ 053‎
tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan oʻtkazildi‎ 054‎
uzoq muddatli aktivlar tarkibidan oʻtkazildi‎ 055‎
ortiqcha materiallar kirimga olindi‎ 056‎
qayta baholash natijasida‎ 057‎
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar‎ 058‎
Chiqim — jami (061 + 062 + 063 + 064 + 065 + 066 + 067 + 068)‎ 060‎
shundan:‎
begʻaraz berilgan‎ 061‎
sotilgan‎ 062‎
tabiiy yoʻqotishlar natijasida hisobdan chiqarilgan‎ 063‎
kamomad va oʻgʻirliklar natijasida hisobdan chiqarilgan:‎ 064‎
shundan, tashkilot hisobiga‎
aybdor shaxslar hisobiga‎
tugatilgan‎ 065‎
tashkilot ehtiyojlari uchun hisobdan chiqarilgan‎ 066‎
qayta baholash natijasida‎ 067‎
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar‎ 068‎
Maʼlumot uchun: asosiy vositalarning eskirishi 02-schyot — jami

shundan

020-subschyot‎

021-subschyot‎

022-subschyot‎

023-subschyot‎

025-subschyot‎

029-subschyot‎

Yil boshiga‎
Yil oxiriga‎

‎‎‎Rahbar _________‎‎______

‎‎‎‎Bosh hisobchi ______________‎‎
‎_

(imzo)

‎‎(imzo)

M.Oʻ‎ ‎‎____ ________________ 20____ yil
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish boʻyicha qoidalarga
10-ILOVA

Xarajatlar smetasi ijrosi haqida
‎OYLIK HISOBOT
‎ 20___ yil ________________ oyi uchun

1-OX shakl

Tashkilot _______________________________
‎‎Boʻlim _______ kichik boʻlim ________ bob______
‎‎Budjet turi _______________________________
‎‎Oʻlchov birligi _____________________________

Toifa‎

Modda va kichik modda‎

Element‎

Xarajatlar nomi‎

Qatorlar kodi‎

Mablagʻlarni yil boshidagi qoldiqlari‎

Mablagʻlarni hisobot oyi boshidagi qoldiqlari‎

Hisobot oyi uchun ajratilgan mablagʻlar‎

Yil boshidan ajratilgan mablagʻlar‎

Oylik kassa xarajatlari‎

Yil boshidan kassa xarajatlari‎

Mablagʻlarni hisobot davrining oxiriga qolgan qoldiqlari‎

‎‎A

B‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

Tejab qolingan va Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilgan mablagʻlar.‎

x‎

x‎

x‎

Xarajatlarning hammasi‎
‎‎
‎Rahbar ___________________
‎‎
‎Bosh hisobchi ______________________

(imzo)

‎‎(imzo)

M.Oʻ‎ ‎‎____ _____________ 20____ yil
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 39-son, 408-modda)