DAVLAT MULKI OBYEKTLARIDAN OQILONA FOYDALANISH VA ULARNI TASARRUF ETISHNI TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan oqilona foydalanish va ularni tasarruf etishni, shu jumladan ularni sotish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari biznesini rivojlantirish uchun ularning ustav fondlariga kiritish yoki ularga ijaraga berish yoʻli bilan, taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini oqilona tasarruf etishni taʼminlashga doir takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
keyinchalik oqilona foydalanish va tasarruf etish uchun boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarining aniqlangan roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan oqilona foydalanish va ularni tasarruf etish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga* muvofiq belgilansin.
3. Boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan kelgusida oqilona foydalanish va ularni tasarruf etishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda Ishchi komissiya deb ataladi) tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 3 ilova berilmaydi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2011-yil 1-dekabrgacha 1-ilovada* koʻrsatilgan obyektlarni ulardan foydalanishning zamonaviy talablariga muvofiqligi yuzasidan texnik koʻrikdan oʻtkazishni belgilangan tartibda taʼminlasin hamda har bir obyekt boʻyicha ulardan bundan keyin foydalanish imkoniyatlari, shu jumladan faoliyat yoʻnalishi boʻyicha foydalanish imkoniyati, yoxud buzib tashlash zarurligi toʻgʻrisida xulosa bersin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek obyektlarni balansda saqlovchilar bilan birgalikda 2012-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalarining tegishli xulosalari asosida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
obyektlar bazasida mintaqalarni rivojlantirishning tasdiqlangan dasturlariga va shaharsozlik hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish uchun ularning bazasida kichik sanoat maydonchalari barpo etish uchun — muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari mavjudligini hisobga olgan holda;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.08.00 Fuqarolarning ayrim toifalarini davlat uy-joy fondiga qarashli uy-joy binolari bilan taʼminlash]
yosh oilalar va voyaga yetgan yetim bolalar uchun turar joylarga, shuningdek boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlariga qayta ixtisoslashtirish uchun — moliyalashtirish manbalari mavjudligini hisobga olgan holda;
keyinchalik sotish, ijaraga berish yoki tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tashkil etiladigan ustav fondiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ulushi sifatida kiritish uchun;
boʻshab qoladigan yer uchastkalarini keyinchalik mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufiga bergan holda belgilangan tartibda buziladigan obyektlarning roʻyxatlarini aniqlab ulardan bundan keyin oqilona foydalanish va tasarruf etish boʻyicha Ishchi komissiyaga asosli takliflar kiritsinlar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
6. Ishchi komissiya (Xoʻjayev) 2012-yil 1-fevralgacha boʻlgan muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflarini puxta oʻrganib chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 1-ilovada* koʻrsatilgan obyektlardan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
7. Belgilansinki, 1 va 2-ilovalarda* koʻrsatilgan obyektlarni buzish va balansdan hisobdan chiqarish boʻshab qoladigan yer uchastkalari mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan holda belgilangan tartibda balansda saqlovchilar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
8. Budjet mablagʻlari va obyektlarni balansda saqlovchilarning budjetdan tashqari daromadlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlari prognozi oshirib bajarilishidan olingan mablagʻlar, obyektlar buzilgandan keyin qoladigan qurilish materiallarini sotishdan tushadigan mablagʻlar, shuningdek davlat mulkini sotishdan olingan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtiyorida qoladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalarining xulosalarini olish va obyektlarni buzish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash manbalari etib belgilansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Savdo-sanoat palatasi, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati manfaatdor organlari bilan birgalikda bir oy muddatda ijaraga berish yoki sotish uchun tadbirkorlik subyektlariga taklif etilayotgan foydalanilmayotgan binolar va xonalar, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha Internet tarmogʻida axborot bazasini tashkil etsin va uni doimiy ravishda yangilab borsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 8-sentabr,
251-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 36-son, 369-modda; 2015-y., 4-son, 43-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 11-son, 161-modda)