1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING USTAVIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 331-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 9-iyundagi 223-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ustavigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 7-sentabr,
249-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-sentabrdagi 249-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ustaviga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandidagi “fundamental va amaliy tadqiqotlarni” soʻzlari “fundamental, amaliy va innovatsiya ilmiy tadqiqotlarni (keyingi oʻrinlarda — ilmiy tadqiqotlar deb yuritiladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 3-bandidagi “fundamental va amaliy” soʻzlari “ilmiy” soʻzi bilan almashtirilsin.
“44. Fanlar akademiyasining vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibi fan va texnikaning rivojiga ulkan hissa qoʻshgan, ilmiy-texnik ishlanmalarni yaratish va amaliyotga joriy etish, ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda katta xizmat qilgan olimlar qatoridan ilmiy-tadqiqot muassasalari direktorlarining Kengashi bilan kelishilgan holda Fanlar akademiyasi prezidentining tavsiyasiga binoan Umumiy majlisda ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadilar”.
10. 45-bandidagi “akademiklar” soʻzi “olimlar” soʻzi bilan almashtirilsin.
“67. Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha hisobotlar, Fanlar akademiyasi olimlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining mualliflik huquqini himoya qilish normalariga rioya etish asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasiga topshiriladi.”
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 36-son, 368-modda)