1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi HUZURIDA QUYI AMUDARYO DAVLAT BIOSFERA REZERVATI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
Vazirlar Mahkamasining “2008—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 19-sentabrdagi 212-son hamda “BMTning Oʻzbekistonda Mingyillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 26-yanvardagi 21-son qarorlarida nazarda tutilgan kompleks tadbirlardan kelib chiqadigan vazifalarni bajarish, shuningdek, Amudaryo deltasida tabiiy toʻqay resurslarini muhofaza qilish, qayta tiklash va ulardan barqaror foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy va Amudaryo tumanlari hududida umumiy maydoni 68717,8 gektar boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tarkibida Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatini (keyingi oʻrinlarda davlat biosfera rezervati deb ataladi) quyidagi asosda tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Baday-toʻqay davlat qoʻriqxonasini tugatish va unga tegishli boʻlgan 6462,1 gektar yer maydonlarini davlat biosfera rezervati tarkibiga kiritish;
yer uchastkalarini, qoʻshimcha ravishda berilayotgan 5106,2 gektar yerni hisobga olgan holda, 1-ilovaga muvofiq davlat biosfera rezervati qoʻriqxona zonasiga doimiy foydalanishga berish;
davlat biosfera rezervatining bufer va oʻtish zonalari hududiga umumiy maydoni 57149,5 gektar boʻlgan yer uchastkalarini 2-ilovaga muvofiq qoʻshish.
Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
bufer va oʻtish zonalaridagi yerlar ushbu zonalarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi;
davlat biosfera rezervati tugatilayotgan Baday-toʻqay davlat qoʻriqxonasining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha voris hisoblanadi.
2. Quyidagilar:
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Quyi Amudaryo biosfera rezervatining xodimlarining cheklangan umumiy soni 32 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 8 nafardan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda:
davlat biosfera rezervati shtatlar jadvalini, shu jumladan Baday-toʻqay davlat qoʻriqxonasi va oʻrmon xoʻjaliklaridan berilayotgan shtat birliklari hisobiga, 5-ilovaga muvofiq shakllantirsin va tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
davlat biosfera rezervatini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlasin;
tugatilayotgan Baday-toʻqay davlat qoʻriqxonasining binolari, inshootlari va boshqa mulkini, shuningdek, davlat biosfera rezervatiga berilayotgan hududlarda joylashgan oʻrmon xoʻjaliklarining binolari va inshootlarini davlat biosfera rezervati balansiga belgilangan tartibda oʻtkazsin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga ijro etuvchi apparati xodimlarining tasdiqlangan umumiy soni doirasida davlat biosfera rezervati shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, rekreatsion va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlaridan olingan mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi belgilangan tartibda Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatini biosfera rezervatlarining xalqaro tarmogʻiga kiritish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi davlat biosfera rezervatida:
ilmiy-uslubiy rahbarlikni va ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
tanazzulga uchragan ekotizimlarni qayta tiklash, tuproq va suvni ehtiyotlash, tabiat resurslaridan barqaror foydalanishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan fundamental, amaliy va fanlararo tadqiqotlarni amalga oshirish;
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini hisobga olish, meteorologik va gidrologik kuzatuvlar olib borish, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy tusdagi maʼlumotlarni yigʻish, ifloslanishlar taʼsirini oʻrganish;
biologik xilma-xillikni baholash va monitoringini yuritish sohasida uslublar va yondashuvlarni ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlasin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda belgilangan tartibda:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
davlat biosfera rezervati uchun yer uchastkalarini olib qoʻyish va ajratish materiallarini rasmiylashtirishni;
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar boʻyicha qoʻriqxona, bufer va oʻtish zonalari chegaralarini belgilashni;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
yer-kadastr hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati taʼminoti uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasini taʼminlash boʻyicha 2011-yil uchun tasdiqlangan budjet mablagʻlarining umumiy miqdori doirasida budjet mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
2012-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi taʼminoti uchun budjet mablagʻlarining umumiy miqdori doirasida davlat biosfera rezervati taʼminoti uchun mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-avgust,
243-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustdagi 243-son qaroriga 1-ILOVA
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining qoʻriqxona zonasi uchun doimiy foydalanishga beriladigan yer uchastkalarining
MAYDONI
Tumanlar nomi
Ilgarigi yerdan foydalanganlar
Beriladigan yer uchastkalari maydonlari (ga)
Berilayotgan yerlarning toifalari
Amudaryo
Qipchoq oʻrmon xoʻjaligi
3536,5
Oʻrmon fondi yerlari
“Mangli-dombik” fermer xoʻjaligi
71,4
Qishloq xoʻjaligi yerlari
—
279,4
Zaxiradagi yerlar
Tuman boʻyicha jami:
3887,3
Beruniy
Baday-toʻqay davlat qoʻriqxonasi
6462,1
Tabiatni muhofaza qilish maqsadidagi yerlar
Beruniy oʻrmon xoʻjaligi
1201,4
Oʻrmon fondi yerlari
Beruniy qirgʻoqni mustahkamlash dambalari va oʻzanlarni tartibga soluvchi inshootlar boshqarmasi
17,5
Suv fondi yerlari
Tuman boʻyicha jami:
7681,0
Qoʻriqxona zonasi boʻyicha jami:
11568,3
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustdagi 243-son qaroriga 2-ILOVA
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining bufer va oʻtish zonalariga kiritilgan yer uchastkalari
MAYDONI
Tumanlar nomi
Bufer zonasi, ga
Oraliq zona, ga
Amudaryo
3919,9
31402,1
Beruniy
2811,5
19016,0
Jami
6731,4
50418,1
Hammasi
57149,5
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustdagi 243-son qaroriga 3-ILOVA
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati toʻgʻrisida
1. Quyi Amudaryo biosfera rezervati (keyingi oʻrinlarda biosfera rezervati deb ataladi) Amudaryo deltasidagi toʻqaylarning biologik xilma-xilligini saqlashni, tabiatdan barqaror foydalanishni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni, madaniy boyliklarni muhofaza qilishni taʼminlashga moʻljallangan yer usti va suv ekologik tizimlarini oʻz ichiga oladigan, muhofaza qilinadigan tabiiy hudud va milliy tabiiy meros obyekti hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/106/0245-son)
2. Biosfera rezervatining davlat tilidagi nomi — “Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati”, rus tilida – “Nijne-Amudarinskiy gosudarstvenniy biosferniy rezervat”, ingliz tilida— “Lower Amudarya State Biosphere Reserve”.
3. Biosfera rezervatining hududi doimiy foydalanish uchun biosfera rezervatiga ajratilgan yer uchastkalarida, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning biosfera rezervati yer uchastkalari chegaralari doirasidagi yer uchastkalarida joylashgan.
4. Biosfera rezervati hududida zonalarga ajratishga muvofiq tabiat obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning har xil rejimlari belgilanadi.
Qoʻriqxona zonasiga yonma-yon joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning suvdan foydalanishini tashkil qilish uchun biosfera rezervati yer uchastkalarida sugʻorish kanallarining ishlashini taʼminlash uchun belgilangan tartibda servitutlar belgilanadi.
5. Biosfera rezervati hududi yer tuzish rejalari, dasturlari, va chizmalarini ishlab chiqishda hamda tumanlarni rejalashtirishda, tabiat resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish boʻyicha boshqa rejalarni ishlab chiqishda hisobga olinadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
6. Biosfera rezervati oʻz faoliyatini hududidagi boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasining yer toʻgʻrisidagi, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar toʻgʻrisidagi, tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi, oʻrmon toʻgʻrisidagi, oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
7. Biosfera rezervati belgilangan tartibda xalqaro biosfera rezervatlari tarmogʻiga kiritilishi va atrof muhitning global monitoringida ishtirok etishi Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga muvofiq Umumjahon merosi roʻyxatiga taqdim etishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/106/0245-son)
8. Biosfera rezervatining pochta manzili: 230206, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beruniy tumani, Oltinsoy QFY.
II. Biosfera rezervatining maqsadi va vazifalari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
9. Biosfera rezervati landshaftlarni, toʻqaylardagi oʻsimlik va hayvonot dunyosi turlarini, shu jumladan, kam uchraydigan va yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi turlarni, biosfera rezervati hududiga xos boshqa tabiat obyektlarini saqlab qolish, qayta tiklash, ekologik holatni yaxshilash, tabiat resurslaridan barqaror foydalanishni va aholining ijtimoiy farovonligini taʼminlash, tabiat jarayonlarini oʻrganish, ekologik taʼlim, maʼrifat va tarbiyaning rivojlanishiga yordam berish maqsadida tashkil etilgan.
10. Belgilangan maqsadlarga muvofiq, biosfera rezervati hududida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
mintaqaning tabiiy va madaniy merosini saqlab qolish;
biologik xilma-xillikni saqlab qolish va qayta tiklash;
landshaftlarni muhofaza qilish va qayta tiklash;
tabiat resurslaridan ekologik jihatdan barqaror foydalanishga yoʻnaltirilgan mexanizmlarni yaratish;
fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish;
atrof muhit, biosfera rezervati hududini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish monitoringini yuritish;
mahalliy aholini, nodavlat notijorat tashkilotlarni biosfera rezervatini boshqarishga jalb etish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.13.00 Ekologik taʼlim va tarbiya]
ekologik targʻibot va taʼlim;
aholining xabardorlik va ekologik ongi darajasini yuksaltirish;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
11. Biosfera rezervati yuridik shaxs sifatida tabiatni muhofaza qilish davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklida tashkil qilinadi va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga boʻysunadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
12. Koʻrsatib oʻtilgan vazifalarga muvofiq quyidagilar biosfera rezervatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
toʻqaylardagi biologik xilma-xillikni, shu jumladan, noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimlik va hayvonot turlarini saqlab qolish va qayta tiklash ishlarini tashkil qilish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga toʻqaylarning tabiiy resurslaridan foydalanish, ularni koʻpaytirish va qayta tiklash rejimini taʼminlashda yordam berish;
barqaror rivojlantirish boʻyicha namoyish loyihalarini amalga oshirish;
tabiiy landshaftlar tuzilmasini va ekotizimlar yaxlitligini, toʻqaylarning biologik turlarini va genetik xilma-xilligini muhofaza qilish, saqlab qolish sohasida ilmiy faoliyatni amalga oshirish;
tabiatdan foydalanuvchilar, nodavlat notijorat va ilmiy tashkilotlarni jalb qilgan holda atrof tabiiy muhit, biosfera rezervati hududini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish monitoringini olib borish;
tabiatdan foydalanish va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha ekologik jihatdan muhim yechimlarni qabul qilish mexanizmlarini ishlab chiqish va unga mahalliy aholini jalb etish;
ekologik bilimlar targʻibotini amalga oshirish, aholining ekologik taʼlimi va ekologik tarbiyasiga yordam berish;
biosfera rezervati faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni va uning biologik xilma-xilligini saqlab qolish va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tajribasini ommalashtirish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
13. Biosfera rezervatining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhri, oʻz nomi yozilgan shtampi, shuningdek banklarda hisob raqami, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqami boʻladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
14. Biosfera rezervatining oʻz ramziy belgilari — bayroqlari, vimpellari, emblemalari va shu kabilari boʻlishi mumkin.
Boshqa tashkilotlarning biosfera rezervati hududida joylashgan tabiiy va tarixiy-madaniy komplekslar tasviridan, shuningdek, ularning nomlaridan va ramzlaridan foydalangan holda matbaa mahsulotlari va boshqa mahsulotlarni, xalq isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishi faqat biosfera rezervati bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
15. Biosfera rezervatini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiradi, Boshqarma:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
biosfera rezervatini uning vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mulk bilan taʼminlaydi;
biosfera rezervatining daromad va xarajatlar smetasini, shuningdek, moliyaviy-xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarini tasdiqlaydi;
biosfera rezervati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini va ularning narxini tasdiqlaydi;
biosfera rezervatining budjetdan tashqari jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
zarur hollarda shtatlar jadvaliga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritadi;
biosfera rezervati ramzlarini tasdiqlaydi;
biosfera rezervatining ilmiy-tadqiqot va boshqa faoliyati rejalarini va ular boʻyicha hisobotlarni tasdiqlaydi;
qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
16. Biosfera rezervatini bevosita boshqarishni direktor va uning oʻrinbosarlari amalga oshiradi, ular biosfera rezervati faoliyatining tashkil qilinishi uchun javob beradi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
17. Biosfera rezervatining direktori Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining taqdimnomasiga binoan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tayinlanadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
Direktorning oʻrinbosarlari va bosh hisobchi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan holda biosfera rezervati direktorining buyruqlari bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
18. Biosfera rezervatininig direktori, qonunchilikka va mazkur Nizomga rioya qilgan holda, biosfera rezervati faoliyatiga rahbarlik ishlarini yuritadi. Biosfera rezervati direktori:
biosfera rezervati mablagʻlari va mulkini tasarruf qiladi;
biosfera rezervati xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va toʻxtatadi;
biosfera rezervatining asbob-uskunalari va boshqa mulklari muhofaza qilinishini tashkil etadi;
xoʻjalik shartnomalari tuzadi va ularning bajarilishini tashkil qiladi;
biosfera rezervati nomidan bank muassasalarida moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradi;
davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda ishonch qogʻozisiz biosfera rezervati manfaatlarini ifodalaydi.
Biosfera rezervati direktori biosfera rezervatining qoʻriqxona zonasi rejimini taʼminlash, mulkini saqlash, davlat statistika va boshqa hisobotlarini oʻz vaqtida taqdim qilish, moliyaviy, shartnomaviy va mehnat intizomiga rioya etilishi uchun javob beradi.
19. Biosfera rezervati direktorining ilmiy ishlar va ekologik taʼlim boʻyicha oʻrinbosari quyidagilar uchun javob beradi:
ilmiy-tadqiqot faoliyatini, atrof tabiiy muhiti monitoringini tashkil qilish va amalga oshirish;
biosfera rezervati hududini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish;
barqaror rivojlanishni rejalashtirishni tashkil qilish;
biosfera rezervatining rekreatsion faoliyatini taʼminlash;
ekologik targʻibot va taʼlimni tashkil qilish va amalga oshirish.
20. Biosfera rezervati direktorining muhofaza boʻyicha oʻrinbosari quyidagilar uchun javob beradi:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
biosfera rezervatining qoʻriqxona zonasini muhofaza qilishni, shu jumladan, yongʻin xavfsizligini taʼminlash;
qurol-yarogʻ, oʻq-dorilarning saqlanishini va ularning toʻgʻri olib yurilishini, maxsus kiyim-kechak, aloqa vositalari, maxsus aslahalar va boshqa texnikadan foydalanish va ularning saqlanishini taʼminlash;
amaldagi talablarning buzilishi holatlari boʻyicha materiallarni belgilangan tartibda tekshirish, rasmiylashtirish va aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun tegishli idoralarga yuborish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
biosfera rezervatini muhofaza qilish xodimlari tomonidan maʼmuriy javobgarlik choralarining toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash.
21. Muvofiqlashtiruvchi kengash quyidagi masalalarni koʻrib chiqish va tavsiyalar ishlab chiqish uchun tuziladi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
biosfera rezervatining chegaralari va koʻlamlarini oʻzgartirish;
biosfera rezervatining bufer va oʻtish zonalarida tabiatdan foydalanish va boshqa faoliyat turlari boʻyicha cheklovlarni belgilash yoki bekor qilish;
biosfera rezervati hududiga taalluqli tabiat resurslaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish boʻyicha yer tuzish va tuman boʻyicha loyihalashtirish rejalari va dasturlari, chizmalari, boshqa rejalar loyihalarini koʻrib chiqish;
biosfera rezervatidagi tabiat obyektlari va komplekslarini muhofaza qilish, koʻpaytirish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish;
biosfera rezervatining ish yuritishi uchun eng muhim hisoblangan boshqa masalalar boʻyicha.
Yuqorida qayd etilgan masalalar boʻyicha yechimlar Muvofiqlashtiruvchi kengashda koʻrib chiqilgandan soʻng qabul qilinadi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Vazirlar Kengashi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, hududida biosfera rezervati joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ilmiy va boshqa tashkilotlar, muassasalar vakillari kiradi.
(21-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
Muvofiqlashtiruvchi kengashning shaxsiy tarkibi, shuningdek, uning toʻgʻrisidagi Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining taqdimiga binoan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(21-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
22. Biosfera rezervati toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar biosfera rezervatining pasportida aks ettiriladi. Pasportga kiritiladigan maʼlumotlar roʻyxati va uni yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
23. Biosfera rezervatining faoliyati boshqaruv rejalari asosida taʼminlanadi. Boshqaruv rejalarining mazmuni, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
24. Biosfera rezervati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organlariga atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning davlat kadastri uchun zarur maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, bepul taqdim etadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
25. Biosfera rezervatida Ilmiy kengash, shuningdek bamaslahat yechimlar qabul qilish uchun jamoatchilik asosida boshqa maslahat organlari tuziladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
26. Biosfera rezervati zonalari rejimiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
V. Biosfera rezervati hududini zonalarga ajratish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
27. Biosfera rezervati hududi 68717,8 gektardan iborat boʻlib, u biosfera rezervatiga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarida, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning davlat biosfera rezervati chegaralaridagi yer uchastkalarida joylashgan.
Maqsadi va vazifalarini amalga oshirish uchun biosfera rezervati hududida qoʻriqxona, bufer va oʻtish zonalari ajratiladi.
28. Qoʻriqxona zonasi 11568,3 gektardan iborat boʻlib, u qatʼiy rejimdagi muhofazalanadigan zona hisoblanadi. Ushbu zona tabiat obyektlari va komplekslarini toʻliq saqlab qolish, ilmiy tadqiqotlar va monitoring olib borish uchun moʻljallangan. Qoʻriqxona zonasi yerlari biosfera rezervatiga doimiy foydalanish uchun beriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.02 Davlat qoʻriqxonalari. Kompleks (landshaft) buyurtmali qoʻriqxonalar]
Biosfera rezervatining qoʻriqxona zonasi hududida, qonun hujjatlariga muvofiq, davlat qoʻriqxonalari rejimi oʻrnatiladi.
29. Bufer zonasi 6731,4 gektardan iborat boʻlib, tabiat obyektlari va komplekslarini saqlash, koʻpaytirish va qayta tiklash uchun moʻljallangan. Bufer zonasidagi rejim qonun hujjatlariga muvofiq oʻrnatiladi. Bufer zonasi yerlari yerdan foydalanuvchilar, yer egalari yoki ijarachilar tasarrufida yoki foydalanishida boʻladi.
30. Oʻtish zonasi 50418,1 gektarni tashkil qiladi va u biosfera rezervatidagi tabiat obyektlari hamda komplekslariga zarar keltirmaydigan xoʻjalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishga moʻljallangan. Oʻtish zonasi yerlari boshqa yerdan foydalanuvchilar, yer egalari va ijarachilar tasarrufida yoki foydalanishida boʻladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
31. Biosfera rezervati hududi yoki zonalari koʻlamini va chegaralarini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
32. Qoʻriqxona zonasida har qanday xoʻjalik faoliyati yoki boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanish taqiqlanadi, ilmiy tadqiqotlar va atrof tabiiy muhit monitoringi bundan mustasno. Biosfera rezervati xodimlari hisoblanmaydigan shaxslarning ushbu hududda boʻlishiga faqat biosfera rezervati yoki Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi rahbarining ruxsatnomasi bilan yoʻl qoʻyiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
33. Bufer zonasida quyidagilarga ruxsat etiladi:
qoʻriqxona zonasida biologik xilma-xillikni saqlashga salbiy taʼsir koʻrsatmaydigan anʼanaviy tabiatdan foydalanish;
qishloq xoʻjaligi uchun ekstensiv va mavsumli foydalanish — qishloq xoʻjaligi ekinlarini belgilangan tartibda ekish, mol boqish va pichan oʻrish;
yengil turdagi imoratlar va inshootlar qurish;
biosfera rezervati xodimlari uchun, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda turar joylar va xizmat xonalari qurish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.04 Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar]
rekreatsion foydalanish, ekologik turizm;
dori-darmon va oziq-ovqat oʻsimliklarini yigʻish;
atrof tabiiy muhit monitoringi va ekotizimlardagi oʻzgarishlarni nazorat qilish;
ilmiy tadqiqotlar olib borish, mutaxassislarni oʻqitish va tayyorlash;
biologik xilma-xillik obyektlarini koʻpaytirish va muhofaza qilish, shu jumladan, pitomniklar, namoyish volyerlari barpo etish va boshqalar;
oʻrmonlarni muhofaza qilish, koʻpaytirish va himoya qilishga doir oʻrmon xoʻjaligi faoliyati;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 Oʻrmondan va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.01 Umumiy qoidalar. Daraxt va butazorlarni kesish]
daraxtlarni sanitariya maqsadida kesish, parvarishlash uchun kesish;
maʼdanli suvlar va davolash resurslaridan foydalanish;
ekologik bilimlar targʻiboti, namoyish uchastkalari, yangi texnologiyalar markazlari tashkil qilish va tabiatdan foydalanishni boshqarish boʻyicha oʻquv dasturlarini amalga oshirishi;
yongʻinga qarshi chora-tadbirlarni oʻtkazish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
veterinariya va sanitariya profilaktika tadbirlarini oʻtkazish.
34. Bufer zonasida xoʻjalik faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
35. Oʻtish zonasida muhofaza qilinadigan obyektlar va komplekslarga zarar keltirmaydigan turli xil ishlab chiqarish faoliyatiga yoʻl qoʻyiladi. Oʻtish zonasida qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlab chiqarish obyektlari, shuningdek, ekologik yoʻnalishdagi texnologiyalarni oʻrganish uchun eksperimental uchastkalar joylashadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari]
36. Oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini saqlash, qayta tiklash va muhofaza qilish maqsadida bufer va oʻtish zonalarida tabiat pitomniklari tashkil etilishi mumkin.
VII. Biosfera rezervatining ilmiy-tadqiqot faoliyati va monitoring
37. Biosfera rezervatining ilmiy-tadqiqot faoliyati tabiat jarayonlarini va hodisalarini fundamental tarzda oʻrganishga, shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
38. Biosfera rezervati hududida atrof tabiiy muhitning doimiy monitoringi, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy koʻrsatkichlar boʻyicha monitoring amalga oshiriladi. Monitoring natijalaridan biosfera rezervatini boshqarish rejalarini tuzish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini tuzish, biosfera rezervatlarining xalqaro tarmogʻida global monitoring yuritish uchun foydalaniladi.
39. Quyidagilar ilmiy tadqiqotlar va monitoringning vazifalari hisoblanadi:
fundamental va amaliy, shu jumladan, mahalliy muammolarni hal qilishga qaratilgan tadqiqotlar, ijtimoiy va tabiiy fanlarni birlashtiruvchi fanlararo tadqiqotlar, shuningdek, tanazzulga uchragan ekotizimlarni qayta tiklashga, tuproq va suvni saqlashga, tabiat resurslaridan barqaror foydalanishga yoʻnaltirilgan tadqiqotlarni olib borish;
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini hisobga olish, meteorologik va gidrologik kuzatuvlar olib borish, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy tusdagi maʼlumotlarni yigʻish, ifloslanishlarning taʼsirini oʻrganish;
biologik xilma-xillikni baholash va monitoringini yuritish sohasida usullar va yondashuvlarni ishlab chiqish va sinab koʻrish;
ilmiy tadqiqotlar va monitoring natijalaridan oqilona foydalanish maqsadida maʼlumotlarni boshqarishning funksional tizimini yaratish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
40. Ilmiy faoliyat va monitoring oʻtkazishga ilmiy muassasalar, shu jumladan xorijiy davlatlarning ilmiy muassasalari, shuningdek, alohida olimlar jalb etiladi. Ilmiy muassasalar va alohida mutaxassislar biosfera rezervati bilan kelishilgan holda oʻz dasturlari boʻyicha ilmiy faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
41. Biosfera rezervati ilmiy-tadqiqot faoliyatining Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobiga olingan natijalari davlat mulki hisoblanadi. Yuridik va jismoniy shaxslar hisobiga olingan ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalariga egalik huquqi biosfera rezervati va qayd qilingan shaxslar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarda belgilanadi. Biosfera rezervati ilmiy tadqiqot natijalaridan bepul foydalanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
42. Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun biosfera rezervatida ilmiy fondlar saqlanadigan joy, dala bazalari va biosfera rezervati hududida kordonlar boʻlishi lozim. Biosfera rezervati ilmiy fondlari muddati belgilanmasdan saqlanishi shart.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
43. Biosfera rezervatida uslubiy rahbarlik va ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]
44. Biosfera rezervatida Ilmiy kengash tuziladi. Ilmiy kengash toʻgʻrisidagi Nizom va uning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimining taqdimnomasiga binoan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.14.00 Nashriyot va poligrafiya faoliyati]
45. Biosfera rezervati oʻz ilmiy asarlarining chop etilishini taʼminlaydi va shaxsiy bosma nashrlariga ega boʻlishi mumkin.
VIII. Jamoatchilikning xabardorligi va uning biosfera rezervati boʻyicha qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
46. Biosfera rezervati jamoatchilikning xabardorligini va ularning biosfera rezervati boʻyicha qarorlar qabul qilishda ishtirokini taʼminlaydi.
Biosfera rezervatini boshqarishga aholini jalb qilish maqsadida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, shuningdek fuqarolar orasidan joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarori bilan maslahat komissiyasi tuziladi. Biosfera rezervati boʻyicha mazkur hududlarda yashaydigan aholining manfaatlariga daxldor qarorlar maslahat komissiyasining xulosalarini hisobga olgan holda qabul qilinadi.
47. Jamoatchilikni xabardor qilish uchun biosfera rezervatida axborot (tashrif) markazlari tashkil qilinadi, ularda aholiga ekologik bilimlarni targʻib qilish va oʻqitish tadbirlari oʻtkaziladi. Mazkur markazlarda biosfera rezervati, uning tabiiy tavsifnomasi, zonalarga ajratilishi toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar saqlanadi.
Axborot (tashrif) markazlaridagi ishlar biosfera rezervati xodimlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
IX. Biosfera rezervatini muhofaza qilishni amalga oshirish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
48. Biosfera rezervatining qoʻriqxona zonasini muhofaza qilish biosfera rezervati muhofaza xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
49. Biosfera rezervati muhofaza xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
qoʻriqxona zonasi hududida boʻlish huquqini beradigan hujjatlarni tekshirish;
ashyolar va transport vositalarini koʻzdan kechirish;
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish, huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda maʼmuriy ushlab turishni amalga oshirish, ashyolar va hujjatlarni, shuningdek, tabiatdan noqonuniy foydalanishdan olingan mahsulotlarni olib qoʻyish, maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash;
aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun materiallarni tegishli organlarga joʻnatish;
biosfera rezervati rejimini buzgan holda amalga oshirilgan tabiatdan foydalanish, xoʻjalik yoki boshqa faoliyat toʻgʻrisida tegishli idoralarga xabar berish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
50. Biosfera rezervati muhofaza xodimlariga xizmat vazifalarini bajarish paytida belgilangan tartibda xizmat qurolini olib yurishga ruxsat etiladi. Biosfera rezervati muhofaza xodimlari oʻz xizmat vazifalarini bajarish paytida xizmat qurolini va maxsus vositalarni (qoʻlkishan, rezina tayoq, koʻzdan yosh oqizadigan gaz, transport vositalarini majburiy toʻxtatuvchi vositalarni) qoʻllash, shuningdek, xizmat itlaridan foydalanish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.04.00 Ovchilik qurollari, xizmat qurollari, portlovchi moddalar va boshqa qurollar muomalasi]
Xizmat qurolini va maxsus vositalarni olib yurish, shuningdek, ularni berish, olib yurish, saqlash, qoʻllash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
51. Biosfera rezervati muhofaza xodimlari Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha davlat inspektorlariga tegishli hamma huquqlar va imtiyozlardan foydalanadilar.
Direktor va direktorning muhofaza boʻyicha oʻrinbosari Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha katta davlat inspektorlariga, muhofaza xodimlari esa — davlat inspektorlariga tenglashtiriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
52. Biosfera rezervati muhofaza xodimlari belgilangan namunadagi formali kiyim-kechak va belgilangan normativlar boʻyicha daraja belgilari bilan taʼminlanadi.
Muhofaza xodimlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tadbirlar oʻtkazadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
53. Muhofaza xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy sugʻurta qilinadi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
54. Biosfera rezervati hududini muhofaza qilishga Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha jamoat inspektorlari jalb etilishi mumkin.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
X. Yakunlovchi qoidalar
55. Biosfera rezervati mulkiga imoratlar, inshootlar, Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan tezkor boshqarish huquqi bilan unga berilgan pul mablagʻlari kiradi.
56. Biosfera rezervati quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti;
(56-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
(56-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari;
biosfera rezervati tabiiy resurslariga yetkazilgan zararni qoplash tartibida yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan mablagʻlar;
biosfera rezervati qoʻriqxona hududida sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qarorlar ijrosi tartibida lavozimli shaxslar va fuqarolardan undiriladigan jarimalar;
ilmiy-tadqiqot, rekreatsion, turizm-ekskursiya, tabiatni muhofaza qilish, reklama-nashriyot va targʻibot faoliyatidan olingan daromadlar;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
Biosfera rezervati oʻz mablagʻlarini Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq mustaqil ravishda tasarruf qiladi.
(56-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
57. Biosfera rezervatida qonun hujjatlariga muvofiq biosfera rezervatini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil qilinadi.
58. Biosfera rezervati oʻzi amalga oshiradigan faoliyat boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq hisob-kitob va hisobot yuritadi.
59. Biosfera rezervati xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan ozod qilish shtatlar jadvali va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12 bobi (“Mehnat shartnomasi”).
60. Biosfera rezervati faoliyati yuzasidan nazoratni vakolatli davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
61. Biosfera rezervati rejimi buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq, belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining VIII bobi (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik).
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.09 Davlat biosfera rezervatlari]
62. Aybdor shaxslardan biosfera rezervatining muhofaza qilinadigan tabiat obyektlari va komplekslariga yetkazgan zararini qoplash uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda mablagʻ undiriladi.
63. Biosfera rezervatini tugatish va qayta tashkil qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49, 55-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustdagi 243-son qaroriga 4-ILOVA
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati ijro etuvchi apparatining
TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustdagi 243-son qaroriga 5-ILOVA
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatining shtatlar jadvalini Baday-toʻqay davlat qoʻriqxonasi va oʻrmon xoʻjaliklarining berilayotgan shtat birliklari hisobiga shakllantirish
T/r
Korxona va muassasalar nomi
Berilayotgan shtat birliklari soni
1.
Baday-toʻqay davlat qoʻriqxonasi
24
2.
Beruniy oʻrmon xoʻjaligi
1
3.
Bozatau oʻrmon xoʻjaligi
1
4.
Qipchoq oʻrmon xoʻjaligi
2
5.
Nukus oʻrmon xoʻjaligi
1
6.
Qoraoʻzak oʻrmon xoʻjaligi
1
7.
Qoʻngʻirot davlat oʻrmon-ovchilik xoʻjaligi
2
Jami
32
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 351-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 30-son, 734-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; 17.03.2026-y., 09/26/106/0245-son)