1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
2.Moliya / Sugʻurta]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XUSUSIY TADBIRKORLIK VA KIChIK BIZNESNI SUGʻURTA YOʻLI BILAN HIMOYA QILUVChI AGENTLIKNI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PF-4993-sonli “2017-yilgi soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari qabul qilingani munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim Farmonlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni jadal rivojlantirish, tadbirkorlik harakatining davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini hamda kreditorlarga qarz kapitali evaziga kafolatlar berilishini koʻzda tutuvchi dasturlarni roʻyobga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida:
1. Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank”, “Tadbirkorbank”, “Savdogarbank”, “Mevasabzavotbank”ning, Tadbirkorlar uyushmasining, Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar uyushmasining, Ishbilarmon xotin-qizlar uyushmasining “Madad” sugʻurta agentligini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
“Madad” agentligi muassislarining agentlik ustav jamgʻarmasini 10 million soʻm miqdorida shakllantirish haqidagi taklifi maʼqullansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Madad” sugʻurta agentligi:
yuridik shaxs huquqiga boʻlgan ochiq turdagi hissadorlik jamiyati hisoblanadi va oʻz faoliyatini Ustavga muvofiq toʻla xoʻjalik hisobi prinsiplari asosida tashkil qiladi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda oʻz boʻlinmalariga ega boʻladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 3-martdagi PF-3404-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 9-son, 104-modda)
3. Quyidagilar “Madad” sugʻurta agentligi faoliyatning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
— xususiy tadbirkorlar va kichik biznesga kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar olish uchun taqdim etiladigan investitsiya loyihalarini baholash va ekspertiza qilish;
— tadbirkorlik tavakkalchiliklaridan imtiyozli shartlar asosida sugʻurta yoʻli bilan himoya etish, kreditlar qoplanmaganligi uchun qarzdorning masʼuliyatini sugʻurtalash;
— respublikada xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni rivojlantirishga yoʻnaltiriladigan xorijiy sarmoyalarini sugʻurta yoʻli bilan himoya qilinishni taʼminlash.
4. “Madad” agentligining muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi uning sugʻurta jamgʻarmasini shakllantirishga 100 million soʻm miqdorida foizsiz ssuda ajratib bersin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.05 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.05.00 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus toʻlovlar / 07.10.05.03 (Кучини йукотган) Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha imtiyozlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.06.00 (Кучини йукотган) Ekologiya soligʻi / 07.10.06.03 (Кучини йукотган) Ekologiya soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.07.00 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.03 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar;
7.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.03 (Кучини йукотган) Er soligʻi boʻyicha imtiyozlar]
5. “Madad” sugʻurta agentligi qonunda belgilangan soliqlar, shuningdek majburiy toʻlovlar toʻlashdan uch yilga ozod qilishsin, mablagʻlarning shu qismi sugʻurta jamgʻarmasini toʻldirishga va uni texnika bilan jihozlashga sarflanishi belgilab qoʻyilsin.
6. Vazirlar Mahkamaning bir hafta muddat ichida “Madad” sugʻurta agentligining faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 26-iyul,
PF-1207-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 7-8-son, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 104-modda; 2017-y., 13-son, 198-modda)